Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Lakli miniatura san’atining rivojlanishiga hissa qo’shgan usta rassomlar

A.Qodiriy nomidagi JDPU Texnologik talim tasviriy san’at fanlari  kafedrasi o’qituvchisi O’taboyev Baxtiyor Safarovich utaboyevbaxtiyor@gmail.com Annotatsiya O‘zbek xalqining eng nafis ijod turlaridan biri Lakli miniaturadir. Manbalarga ko‘ra, surat solingan lakli qutichalar dastlab XVI asrda Buxoroda yasalgan ekan. Bu davrdagi lakli minjatura namunalari bizgacha yetib kelmagan, hunarmandchilikning bu turiga xos bo’lgan ko‘pgina ishlab chiqarish jarayonlari esa unutilib ketgan. Maqolada lakli miatyura san’atining mustaqillik oldi va mustaqillik yillarida qayta jonlanishiga hisssa qo’shgan usta rassomlar haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: lakli miniatyura, pape-mashe, obraz, sharq miniatyurasi. Abstract Lacquer miniature is one of the most exquisite creations of the Uzbek people. According to sources, lacquered boxes with pictures were first made in Bukhara in the 16th century. Examples of lacquered minjatura from this period have not reached us, and many production processes typical of this type of craft have been forgotten. The article talks about the master artists who contributed to the revival of the art of lacquer ware before and during the years of independence. Key words: lacquer miniature, pape-mâché, image, oriental miniature. O‘zbek xalqining eng nafis ijod turlaridan biri Lakli miniaturadir. Manbalarga ko‘ra, surat solingan lakli qutichalar dastlab XVI asrda Buxoroda yasalgan ekan. Bu davrdagi lakli minjatura namunalari bizgacha yetib kelmagan, hunarmandchilikning bu turiga xos bo’lgan ko‘pgina ishlab chiqarish jarayonlari esa unutilib ketgan. 1970- yillarda O‘zbekistonning bir qator rassomlari va xalq ustalari ushbu ajoyib san’at turini qayta tiklashga bel bog‘ladilar. Ular orasida taniqli o‘zbek musavviri Chingiz Axmarov, o‘sha paytda yosh, navqiron san’atkorlar Niyozali Xolmatov, Shomahmud Muhammadjonov, Abduvosit Qambarov, Hayrat Kamolov, Munira Sotiboldiyeva va boshqalar bor edi. Ijodiy ustaxona tashkil etilib, unga o‘z asarlarida Sharq miniaturasining ko‘p asrlik an’analarini izchillik bilan rivojlantirib kelayotgan rassom Chingiz Axmarov rahbarlik qildi. Mutaxassislarning aniqlashicha, Sharqdagi tosh qog‘ozdan ishlangan buyumlarga naqsh solish usuli FedosJcTno, Palex, Mstera, Xoluy markazlariga mansub lakli miniatura san’atiga o‘xshab ketar ekan. Sanamnavislik usullarini meros qilib olgan rus miniatura ustalari qo‘llaydigan badiiy ifodalash vositalarining negizi sifatidagi jo‘shqin rangtasvir usuli ko‘p jihatdan Sharqning o‘rta asrlardagi miniaturachilari tajribasini eslatadi. Lakli miniatura san’atining butun jahonga mashhur asosiy markazlaridan biri Palex bilan tuzilgan o’zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaga binoan, 1982-yilda 0‘zbekiston tajriba ustaxonasi rassomlaridan iborat ijodiy guruh ushbu shaharga yo‘llandi. Ularni toshqog‘ozdan (pape-mashe) yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish, tuxumning sarig‘i asosida kukunsifat pigmentlardan bo‘yoqlarning kerakli tarkibini olish, mahsulotlami ishlashdagi issiqlik rejimi, yupqa zarvaraqlardan foydalanish, maxsus mo‘yqalamlarni tayyorlash usuli bilan tanishtirishdi. Palex naqshlari bilan tanishish o‘zbekistonlik ustalami O‘rta Sharq miniaturasining mumtoz namunalariga murojaat etishga undadi. Miniatura rangtasvirining an’anaviy lak bilan naqsh solish san’atiga kirib kelishi, O‘zbekiston rassomlarining ijodiy amaliyotida san’atning yangi turi – lakli miniaturaning paydo bo‘lishiga asos boidi. Lakli miniatura san’atining shakllanish jarayoni murakkab kechdi. O‘tgan 20 yil mobaynida ijodning ushbu turi rivojida ikkita tamoyil ayon о bo‘ldi. Birinchisi – miniatura rangtasviri badiiy merosiga ijodiy yondashgan holda va naqshin sujetda zamonaviy voqelikni aks ettirish boisa, ikkinchisi – mumtoz miniaturaning badiiy qonun- qoidalariga qat’iy rioya qilishdan iborat. Shomahmud Muhammadjonov ijodi lakli miniatura bilan shug‘ullanadigan ilk rassomlar avlodi uchun ibrat bo‘ldi. O‘rta asr Sharq miniaturasi, uning texnologik usullariga oid chuqur bilim va ayni chog’da akademik dastgohli rangtasvir malakalari Shomahmud Muhammadjonovda o‘ziga xos badiiy uslubning shakllanishiga zamin bo‘ldi. U naqshlarda o‘rta asrlar miniaturasi qonunlariga amal qiladi, Rassom qahramonlari ruhiy holatini qiyofa, vaziyat, imo-ishoralar, ranglarning ramziy ma’nolari orqali aks ettiradi. Biroq Shomahmud Muhammadjonov o‘rta asrlardagi ustalardan farqli ravishda, miniatura san’atining an’anaviy tizimiga zamonaviy muallifning o‘ziga xos badiiy tafakkurini ham singdirishga harakat qiladi. U O‘zbekiston tasviriy san’atida an’analar va zamonaviylikning uyg’unlashuvidan iborat o‘ziga xos yo‘nalishning asoschilaridan biriga aylandi. Niyozali Xolmatov monumental naqshlar va zargarlik buyumlarini yaratish sohasidagi ijodini miniatura san’ati bilan birga qo’shib olib borayotgan iste’dodli musavvir. Uning O‘zbekiston lakli miniaturasi rivojiga qo‘shgan hissasi salmoqlidir. Badiiy hunarmandchilikning bir necha turlari bilan shug‘u!lanish rassomning miniatura rangtasviri olamidagi ijodiy izlanishlarini yanada boyitdi. Xususan, uning miniaturalaridagi yorqin bezakli bo‘yoqlar qabarib turgan sirli halqachalarni eslatadi. Niyozali Xolmatovning asarlari suratning mutanosibligi, kompozitsiyaning lo‘ndaligi, xatning sipoligi bilan farqlanib turadi. G’ayrat Kamolov pape-mashedan ishlangan qutichalar, upadonlar, bezakli taxtachalami bevosita miniatura bilan bezaydi. Rassom mavzu tanlashda ko‘proq folklor ohanglariyu Navoiy dostonlariga murojaat qiladi. G‘ayrat Kamolov ijodi rang-barang bo‘lib, miniatura an’analarining Ovro‘po realistik rangtasvir usullari bilan birga qo‘shib olib borilishi bilan ajralib turadi. Toir Boltaboyev miniaturalari mavzusi ham xalq rivoyatlari, afsonalari, o‘zbek mumtoz she’riyatidan olingan. His-tuyg‘ularga tayanish va romantik obrazli-hissiy kayfiyat uning ijodiga xosdir. Toir Boltaboyev asarlarining o‘ziga xosligi ulaming kompozitsiya qurilishida ko‘zga tashlanadi. Tasvirlanayotgan voqea-hodisalar va personajlar ko‘pincha miniaturaning shartli olamiga sig‘masdan, uning doirasini yorib chiqadi. Sarg’ish, zarrin, och yashil, ko‘k, qizil ranglar Toir Boltaboyev asarlarida o‘ziga xos jilva qiladi. Ayrim kompozitsiyalarda rassom o‘z ustozi Chingiz Axmarov asarlaridan olingan «ko‘chirmalar»dan ijodiy foydalangan. Toir Boltaboyevning bugungi izlanishlari qog’ozdagi miniatura bilan ishlay boshiagan 1990-yillardan sezilarli farq qiladi. Zero, rassomning bugun yaratayotgan asarlarida ranglar yanada boyib, kompozitsiyalar ham ancha erkin tus olgan. Xurshid Nazirovning pape-mashedan ishlagan buyumlaridagi naqshin mavzular Sharq mumtoz she’riyati vakillari – Lutfiy, Hofiz Xorazmiy g‘azallaridagi sujetlardan ilhomlanish samarasi o‘laroq vujudga kelgan. Xurshid Nazirovning lakli miniaturasi uchun bezaklaming moiligi, voqealaming ko’tarinkiligi xarakterli bo‘lib, ular o‘zaga xos kompozitsiya va rangin vositalar orqali aks ettiriladi. Shunisi qiziqki, rassom naqshlaridagi qora rang obrazlar mazmunini ochib berishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi, ayni paytda Palex miniaturasi an’analariga ehtirom ma’nosini bildiradi, Abduhakim Karimov mahobatli devoriy suratni yaratishdagi ijodiy jarayonini miniatura san’ati bilan uyg’unlikda olib borayotgan iste’dodli musawirdir. Ijoddagi ushbu mushtaraklik musavviming miniatura rangtasviri olamidagi ijodiy izlanishlari doirasini yanada kengaytirdi. Abduhakim Karimovning miniatura asarlari mavzusi Sharq mumtoz she’riyati namoyondalari Navoiy, Nizomiy, Pahlavon Mahmud, Jomiy, Lutfiy, Furqat g’azallaridan ilhomlanish samarasi sifatida vujudga kelgan, His-tuyg‘ular, lirik obrazlilik ruhiy-hissiy ijodiy kayfiyat uning uslubiyatini belgilaydi. Lakli miniatura san’ati g‘oyat ulkan qunt, mahorat, bilim, nozik hissiyot talab qiladigan ijod turidir. Hozirgi miniatura ustasi Sharq mumtoz miniaturasining yuksak cho’qqilariga biroz bo‘lsa-da yaqinlashishga intiladi. Rassomlarning navqiron avlodiga mansub yoshlar o‘z ijodlarida avvalo miniatura san’atining an’anaviy qonun- qoidalariga amal qilmoqdalar. 0‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Respublika rassomlik kollejining lakli miniatura bo’limining bitiruvchilari Anvar Isroilov Jaloliddin Ashrapov, Shoilhom Shoyoqubov, Rasul Po‘latov, Abdulla Nazirov, Shorasul Shoahmedov, Kamoliddin Mirzayevlar shular jumlasidandir. Ularning ayrimlari «Usto» ijodiy birlashmasida, boshqalari «Hunarmand» uyushmasida mehnat qilishadi, yana birovlari erkin ijod bilan mashg‘ul. Ijodkorlarning Abulqosim madrasasida joylashgan hujralari shinamligi, ularda saf tortib turgan tayyor qutichalar, qadimgi qog‘ozlarga solingan chizmalar, kitoblar, badiiy materiallar diqqat-e’tiborni tortadi. Ehtimol, qo‘lyozma kitoblar ustida ko‘z nurini to‘kkan o‘rta asrlardagi musavvir ustalarni ham ana shunga o’xshagan ijodiy muhit o‘rab turgan boisa, ne ajab: bu yerda nihoyatda sokin va osoyishta ruhiyat hamda orzu-niyatlar hukm suradi. Bu rassomlar hali yosh bo’lishlariga qaramay, ularning har biri o‘z shogirdlariga ega. Badiiy an’analarning davomiyligi, Sharqdagi ta’lim shakllaridan birining o‘ziga xos xususiyatlari ham ana shunda namoyon bo’ladi. Yosh miniaturachilar asarlarida Sharq miniaturasining badiiy-uslubiy o‘ziga xos xususiyatlari: tasviming majoziyligi, ranglarning bezakbopligi, suratlardagi nafosat, ijroning puxtaligi saqlab kelinmoqda. Yosh ustalar toshqog‘ozni tayyorlashning qadimiy uslubini saqlab qolgan holda, faqat tabiiy bo‘yoq kukunlarga tuxum sarig‘ini qo‘shib ishlatishmoqda. O‘rta asrlardagi miniaturachi rassomlar ko’pincha qoliplardan foydalanishgan, vaqti kelib o‘z kompozitsiyalarini yaratish maqsadida uzoq vaqt davomida mashhur ustalarning rasmlaridagi ayrim unsurlardan nusxa olishgan. Lakli miniatura janrida ishlayotgan hozirgi yosh rassomlar ham o‘z amaliyotlarida ana shu tamoyilni qo’llashmoqda. Ular miniaturaning badiiy qonun- qoidalarini avaylab saqlagan holda tarixiy va zamonaviy mavzularda mualliflik kompozitsiyalarini yaratishmoqda. Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Xamsa», Jomiyning «Yusuf va Zulayho», Navoiyning «Xamsa» dostonlari va boshqa tarixiy-adabiy manbalar qahramonlari yosh ustalarning lakli naqshlarida yana qayta gavdalanmoqda. O‘zbekistonning hozirgi san’atida miniatura oddiy bir tur bo‘lmay, balki lakli miniatura, devoriy naqshlar, mato va charmdagi miniaturani o‘z ichiga oladigan keng qamrovli badiiy- uslubiy yo’nalishdir. Bugungi kunda miniatura san’ati aynan ravnaq pallasidadir, miniaturachi rassomlar doirasi kengayib, asarlarida badiiylik yuksalib bormoqda. . Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Bulatov S.S. o’zbek xalq amaliy bezagi san’ati T.: Mehnat 1991.
  2. Qodirxo’jayev P. Maktabda badiiy bezash ishlari. T.: o’qituvchi. 1991.
  3. Jiganov B.V. Oborudovaniye shkolьnыx Interyerov. M.: Prosveщ 1972.
  4. Zuyev D.D. Xudojestvennoye oformleniye shkolы. 1970