Ropiev Allayor Saydullaevich
JDPU o’qituvchisi
Annotatsiya
Maqolada Respublikamizda amalga oshirilayotgan Konstitusion islohotlarning davr talabi ekanligi, uning keng jamoatchilik muhokomasiga qo’yilishi va referendum o’tkazish orqali qabul qilinishining ahamiyati, kiritilayotgan o’zgarishlarda xalqaro umumeʻtirof etilgan qoidalarning aks etishi, O’zbekstonda ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy va xukukiy soxalarda izchil isloxotlar amalga oshirilib borilayotganligi, Yangi O’zbekiston deya atalayotgan yurtda inson huquq va erkinliklarini taʻminlash maqsadida yana bir katta qadam tashlanib, bosh maksadi xalq uchun erkin, obod va faravon xayot yaratib berishdan iborat bo’lgan ezgu maksad sari qadam qo’yilayotganligi, Prezidentimizning inson huquq-erkinliklari va manfaatlarining taʻminlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish va aholining turmush tarzini yaxshilash, xususiy mulk himoyasi hamda tadbirkorlar huquq va erkinliklarining, oila institutining konstitusiyaviy kafolatlarni kuchaytirish, insonparvar va demokratik huquqiy davlat qurish hamda sud-huquq tizimini isloh qilish masalalarida Konstitusion islohotlarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan maxsus komissiya bilan uchrashuvdagi takliflari hamda uni amalga oshirish mexanizmlari to’g’risida fikrlar yuritilgan.
Аннотация
В статье конституционные реформы, проводимые в нашей Республике, являются потребностью времени, важностью их вынесения на общественное обсуждение и принятия путем референдума, отражением во вносимых изменениях международно-признанных правил, последовательностью социально-экономических, политических и правовой сфере в Узбекистане, что осуществляются реформы, что сделан еще один большой шаг по обеспечению прав и свобод человека в стране под названием Новый Узбекистан, и что главная цель – создание свободной, благополучной и благополучной жизни народа, что Президент – человек Осуществление конституционных реформ в вопросах обеспечения прав и свобод и интересов народа, развития социально-экономической сферы и улучшения образа жизни населения, усиление конституционных гарантий защиты частной собственности и права и свободы предпринимателей, институт семьи, построение гуманного и демократического правового государства, реформирование судебно-правовой системы предложения встречи со специальной комиссией, созданной в целях повышения, и механизмы ее реализация обсуждалась.
Annotation
In the article, the constitutional reforms implemented in our Republic are the demand of the times, the importance of their submission to public discussion and adoption through a referendum, the reflection of internationally recognized rules in the introduced changes, consistent socio-economic, political and legal spheres in Uzbekistan. that reforms are being implemented, that another big step has been taken to ensure human rights and freedoms in the country called New Uzbekistan, and that the main goal is to create a free, prosperous and prosperous life for the people, that the President is a human being Implementation of constitutional reforms in the issues of ensuring the rights and freedoms and interests of the people, developing the socio-economic sphere and improving the lifestyle of the population, strengthening the constitutional guarantees of the protection of private property and the rights and freedoms of entrepreneurs, the institution of the family, building a humane and democratic legal state, and reforming the judicial and legal system. the proposals of the meeting with the special commission created for the purpose of increase and the mechanisms of its implementation were discussed.
Konstitusiya davlatning asosiy huquqiy hujjati, inson va fuqarolar hayotining mezonidir. Jamiyatning har bir jabhasi, odamlarning kundalik hayoti Konstitusiyada belgilangan meʻyorlar, normalar bilan chambarchas bog’liq. Mamlakatda demokratik tamoyillar qaror topganligining muhim xususiyatlaridan biri jamiyatda ko’ppartiyaviylik tizimining mavjudligi, qonun ustivorligining taʻminlanganligi, amaldagi meʻyoriy hujjatlarning xalqaro umumeʻtirof etilgan qoidalarga asoslanganligi qolaversa, fuqarolar huquqiy savodxonligining shakllanganligi bilan o’lchanadi. O’zbekistonda bu tamoyil, eng avvalo, davlatning asosiy qonuni bo’lmish konstitusiyasida mustahkamlangan.
Bugungi kunda siyosiy partiyalar, siyosiy institutlar hamda keng jamoatchilik ommasi konstitusiyada belgilangan huquqlaridan foydalangan holda, mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishi, jamiyatni yanada rivojlantirish uchun o’z dasturiy g’oyalaridan kelib chiqib, muqobil takliflar berishi, fuqarolar manfaatlarini samarali himoya qilish yuzasidan yanada tashabbuskor bo’lishi talab etiladi. Bu esa, yangi demokratik huquqiy davlatni shakllantirish hamda fuqarolik jamiyatini qaror toptirish yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar samaradorligini taʻminlashga xizmat qiladi.
So’nggi yillarda O’zbekstonda ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy va xukukiy soxalarda izchil isloxotlar amalga oshirilib borilmokda. Bugun Yangi O’zbekiston deya atalayotgan yurtda inson huquq va erkinliklarini taʻminlash maqsadida yana bir katta qadam tashlanib, bosh maksadi xalk uchun erkin, obod va faravon xayot yaratib berishdan iborat bo’lgan ezgu maksad sari qadam ko’yilmokda.
Davlatlar Konstitusiyaviy rivojlanishi tarixidan bizga ayonki, kaysiki jamiyatda tub o’zgarishlar ro’y berayotgan bir paytda asosiy konunga o’zgartirishlar kiritilishi taqozo etiladi. Zero, har qanday demokratik islohotlar chin maʻnoda xalqchil, konstitusiyaviy asosga ega bo’lsagina, yanada bardavom bo’ladi, ko’zlangan ezgu maqsadlarga erishiladi.
Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitusion islohotlar yuzasidan turli fikr va muloxazalar bildirilmoqda. Mazkur jarayonda barchaga teng yaratilgan fikr erkinligi sababli oddiy fuqarodan tortib, mamlakatning ko’zga ko’ringan mansabdor shaxslari va olimlari xam bu borada fikrini erkin va baralla aytmoqda. Albatta, bu boradagi mulohazalar turlicha va doim xam bir-biriga mutanosib emas.
Maʻlumki, jamiyat va davlat rivojlanib borar ekan amalda bo’lgan qonunlar xam ushbu o’zgarish va rivojlanishga mos tarzda takomillashtirilishni talab qiladi. Aks holda, zamon talabiga javob bermagan qonun yuridik kuchga ega hisoblansada, amalda jamiyat va fuqarolar uchun foydasiz, ishlamaydigan qoidaga aylanib qoladi. Konstitusiyaviy islohotlarda jamoatchilik, xususan, fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki — chinakam xalq Konstitusiyasi yaratilishining garovidir . Negaki “Inson — jamiyat — davlat” konstitusiyaviy tamoyilini amalga oshirish adolatli va ochiq fuqarolik jamiyatining konstitusiyaviy ¬huquqiy asoslarini mustahkamlash, uning institutlari roli va mavqeini oshirish bilan uzviy bog’liqdir.
Konstitusiyaviy islohotlar jarayonida Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda qayd etilgan tavsiyalar, ЕXHTning, jumladan, Yangi Еvropa uchun Parij xartiyasi, Asosiy huquqlar bo’yicha Еvropa Ittifoqi xartiyasi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida jamiyatning barcha qatlamlari vakillarini davlat va jamiyat boshqaruvi jarayonlariga jalb etish bo’yicha qabul qilingan xalqaro va mintaqaviy huquqiy hujjatlar alohida hisobga olinganligini, fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil etish va ular faoliyati asoslarini konstitusiyaviy jihatdan tartibga solishga alohida eʻtibor qaratilayotganligini taʻkidlash joiz.
O’zbekistondagi Konstitusion islohotlarning boshlanishi 2022-yilning 20-iyunida Respublikamiz Prezidentining Konstitusiyaviy komissiya aʻzolari bilan uchrashuvdan boshlandi deyishimiz mumkin. Ushbu uchrashuvda Prezidentimiz Konstitusiyaviy yangilanish davr talabi ekanligi, har qanday Konstitusiya hayotiy bo’lishi lozimligi, xalqaro normalar va qoidalarga mos kelishi, mamlakatning ijtimoiy va huquqiy voqeliklariga, xalqning orzu-umidlari va kelajak istiqboliga, xususan, zamon talabiga javob bera olishi kerakligi to’g’risida fikrlarini bayon etib, Yangilanayotgan Konstitusiyamiz “Xalq — qonunlarning yagona manbai va muallifidir” hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida va jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi”, degan tamoyillarga asoslanib ishlab chiqilsagina, tom maʻnoda xalqimiz xohish irodasining ifodasi — haqiqiy xalq Konstitusiyasi bo’lishini bugungi kun hamda kelgusida davlat va jamiyatda insonning o’rni, davlat va jamiyat faoliyatidagi ustuvor siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, maʻnaviy-gumanitar tamoyillar, aholi farovonligi hamda jamiyat va davlat taraqqiyotini taʻminlashda konstitusiyaviy islohotlarning ahamiyatini aniqlab olish davr taqozosi hisoblanadi deya taʻkidladilar hamda asosiy qonunga o’zgartirishlar kiritish jarayonida soxalarda eʻtibor qaratilishi zarur bo’lgan takliflarini kiritib o’tdilar.
Inson huquq-erkinliklari va manfaatlarining taʻminlanishi masalasida:
– ayrim fuqarolar tomonidan o’lim jazosini tiklash yuzasidan bildirilgan takliflarga munosabat bildirib, bu insonning tabiiy va uzviy huquqi xisoblangan yashash huquqi kafolatlariga xamda demokratik va insonparvar g’oyalarga zid ekanligini taʻkidlab, “O’zbekistonda o’lim jazosi taʻqiqlanadi” degan muhim normani asosiy qonunda aks ettirishning maqsadga muvofiqligi;
– huquq-tartibot organlari tomonidan qo’lga olingan gumon qilinuvchi shaxslar huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida «ko’plab davlatlarning Konstitusiya va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda aks etgan «Miranda qoidasi»ni qo’llash unga ko’ra, shaxsni ushlash chog’ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishi shartligi;
-„Xabeas korpus“ institutini rivojlantirish zarurligi, yaʻni, shaxs sudning qaroriga qadar ko’pi bilan qirq sakkiz soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emasligi, agar sud tomonidan shaxsni hibsga olish yoki unga nisbatan boshqacha turdagi ozodlikni cheklash haqida qaror belgilangan muddatda qabul qilinmasa, bunday shaxsni darhol ozod qilish kerakligi;
– shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklashga asos bo’lishi mumkin emasligi, – ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati taʻminlanishi shart ekanligi;
– fuqarolarning mamlakat bo’ylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash huquqi, mamlakatdan to’siqlarsiz chiqish va qaytish huquqi, shaxsiy hayot daxlsizligi va uning kafolatlanishi lozimligi;
Ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish va aholining turmush tarzini yaxshilash masalasida – «O’zbekiston —ijtimoiy davlat» degan g’oyani asosiy qonun bilan mustahkamlash, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, inson qadrini ulug’lash masalasiga alohida eʻtibor qaratish lozimligi;
– muhtojlarga uy-joy, yashash uchun zarur bo’lgan isteʻmol tovarlarining eng kam miqdori belgilab qo’yilishini taʻminlash, shaxs va uning oilasi munosib hayot kechirishi uchun etadigan ish haqi bilan taʻminlash, kambag’allikni qisqartirish, bandlikni taʻminlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, ishsizlikdan himoyalanish, malakali tibbiy yordam, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash;
– aholi turmushi uchun zarur resurslar — ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, transport va boshqa qulayliklar yaratish, majburiy mehnatga chek qo’yish,
– uy-joylarining noqonuniy buzilishi yoki tortib olinishi holatlariga butunlay barham berish, cudning qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi shartligi, imoratlar buzilishi xolatida kompensasiya to’lanishi shartligi;
– uy-joyga yoki shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko’zdan kechirish va tintuv o’tkazishga faqat qonunda belgilangan holat va tartibda yo’l qo’yilishining asosiy qonunda qatʻiy belgilanishi,
Xususiy mulk himoyasi hamda tadbirkorlar huquq va erkinliklari ning konstitusiyaviy kafolatlarni kuchaytirish masalasida
– mulkdorlarning sud qarorisiz, o’zining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz mol-mulkidan mahrum etilmasligini nazarda tutuvchi, qoidalarning belgilab qo’yilishi lozimligi;
– tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, o’z faoliyati yo’nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli ekanligini, davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investisiyaviy muhit hamda sharoitlarni taʻminlashi, erkin va halol raqobatning himoya qilinishi, iqtisodiy faoliyatda monopollashtirishga yo’l qo’yilmasligini kafolatlashi lozimligi;
– er xususiy mulk bo’lishi mumkinligi, qishloq xo’jaligi erlari va o’rmon fondi davlat tasarrufida bo’lib, tadbirkorlik subʻektlariga ijara shartnomasi asosida berilishi to’g’risidagi qoidaning kiritilishi;
Oila institutining konstitusiyaviy asoslarini rivojlantirish masalasida
– oila, ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi, teng huquqliligi asosida shakllanishi hamda jamiyat va davlatning himoyasida ekanini, davlat oilaning to’laqonli rivojlanishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratishi, ko’p bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar yaratib berish lozimligi; – bolalar manfaatlari, ularning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to’laqonli rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish ustuvor yo’nalish ekanligi,
– davlat iqtidorli yoshlarni, ularning moddiy ahvolidan qatʻi nazar, doimo qo’llab-quvvatlashi, davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sog’lom turmush tarzi tamoyillari asosida maʻnaviy va axloqiy etuk insonlar etib tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni yaratishi kerakligi;
– ota-onalar o’z farzandlari voyaga etguniga qadar ularning tarbiyasi, taʻlim olishi, sog’lig’i, to’laqonli va barkamol rivojlanishi to’g’risida g’amxo’rlik qilish huquqiga egaligi;
Insonparvar va demokratik huquqiy davlat qurish hamda sud- huquq tizimini isloh qilish masalasida
– huquqiy davlat —demokratik tamoyillar asosida qabul qilingan qonunlar oldida barcha teng va hisobdor bo’lgan, hech kim qonundan ustun turmaydigan, „O’zbekiston — huquqiy davlat“ degan g’oyani Konstitusiyada aniq mustahkamlab qo’yish lozimligi;
– davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligi, mazkur organlarning ixcham va tejamkor bo’lishini taʻminlash davlat boshqaruvi organlari vakolatlariga tegishli o’zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qoidalarni qo’shish, jumladan:
- Oliy Majlisning hukumatni shakllantirish va uning samarali faoliyat yuritishini taʻminlash borasidagi vakolatlarini kengaytirish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarini tayinlash bo’yicha farmon Senat tomonidan tasdiqlanishi tartibini joriy etish;
- Korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha yillik milliy maʻruzani muhokama qilishni parlament vakolatiga kiritish;
- Oliy Majlisning parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarining konstitusiyaviy asoslarini kuchaytirish;
- Prezidentning ayrim vakolatlarini (masalan, Hisob palatasi raisini lavozimga tayinlash va ozod qilish vakolati) Oliy Majlisga o’tkazish;
- hokimlar va mahalliy Kengashlar vakolatini bir-biridan ajratishdir, xususan, «hokimlar bir vaqtning o’zida xalq deputatlari Kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitusiyadan chiqarib tashlash» lozimli;
– Oliy Majlis Senati, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga ham yangi qonunchilik takliflarini kiritish vakolati berilishi zarurligi;
-hukumat vakolatlarining kengaytirilishi, Vazirlar Mahkamasi va hokimliklarning ekologiya, yoshlar siyosatini amalga oshirish, oilani qo’llab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish, qulay jamoat transportini rivojlantirish, aholining dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratish, fuqarolik jamiyati institutlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha masʻuliyatini belgilash lozimli; Sud-huquq tizimi bilan bog’liq Konstitusiyaviy normalarga eʻtiborni kuchaytirib «sud-huquq tizimini qoralovchi, jazolovchi organdan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylantirish»;
– Konstitusiyaviy sud faoliyatini yanada takomillashtirish, «fuqarolar va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan ularga nisbatan qo’llanilgan qonunning Konstitusiyaga mosligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini ko’rib chiqish» Konstitusiyaviy sudning vakolati sifatida Konstitusiyada aks ettirilishi lozimligi
– O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va normalari, jumladan, tinchlikparvarlik va do’stona siyosat yuritish, inson huquqlari va erkinliklari hamda davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish masalasiga eʻtibor qaratish
– Milliy xavfsizlik konsepsiyasi hamda O’zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini yangi tahrirda ishlab chiqilishi zarurligi to’g’risida taklif va mulohozalarini aytib o’tdilar.
Shuningdek Prezidentimiz taʻlim, ilm-fanni rivojlantirish, ayollar va bolalar huquqlarini ximoya qilish, millat hayotining davomiyligini taʻminlash vauning genofondini saqlash, tibbiyot sohasini tubdan isloh qilish, ekologik xavfsizlik, mahallalarning maqomini rivojlantirish, davlat boshqaruvi organlari vakolatlariga tegishli o’zgartirishlar kiritishni, tashqi siyosat va boshq a ko’plab masalalarga eʻtibor qaratib, yangilangan Konstitusiya loyihasini umumxalq muhokamasida ko’rib chiqish hamda referendum o’tkazish yo’li bilan qabul qilishni taklif etdi. Bu „Konstitusiyaning yagona manbai va muallifi — xalqdir“ degan tamoyilga to’la mos keladi», — deya taʻkidladi Shavkat Mirziyoev. Prezident so’zi yakunida yangilanayotgan Konstitusiya hayotda to’la qaror topishi uchun davlat tomonidan barcha kuch va vositalar safarbar etilishi, har bir konstitusiyaviy norma ijrosini taʻminlash bo’yicha aniq ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy choralar ko’rilishiga ishontirdi.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, ilg’or konstitusiyaviy tajribalarni o’rganib, puxta o’ylagan holda, bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan Asosiy qonunimizni takomillashtirish Konstitusiyaviy komissiyaning muhim vazifalaridan biri bo’ldi. Negaki jahon amaliyoti islohotlarni izchil amalga oshirishda aynan jamiyat va davlatni modernizasiya qilishning konstitusiyaviy¬ huquqiy asosini rivojlantirish muhim ahamiyatga egaligini ko’rsatyapti. BMT, ЕXHT, ShHT, ЕI, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida qabul qilingan 400 dan ortiq konvensiya, deklarasiya, rezolyusiya hamda konstitusiyaviy rivojlanish borasidagi xalqaro tajriba o’rganib chiqilganligini, 193 mamlakat Konstitusiyasi, konstitusiyaviy islohotlari tizimli ravishda tahlil etilganligini OAV berilayotgan maʻlumotlardan bilishimiz mumkin.
Darhaqiqat, jahon tajribasini sinchiklab tahlil qilar ekanmiz, bugun dunyoda hech bir davlatning Konstitusiyasi ilk bor qabul qilingan tahririda saqlanib qolinmaganiga guvoh bo’lamiz. Birgina XXI asrda dunyoning 90 ga yaqin davlatida konstitusiyaviy islohotlar muvaffaqiyatli o’tkazilgan, 57 tasida yangisi qabul qilingan. Xalqaro va xorijiy tajribani chuqur tahlil etish va o’rganishlar asosida “Jahon konstitusiyalari”, “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʻzo davlatlar konstitusiyalari”, “Konstitusiyaviy islohotlar: dunyo mamlakatlari tajribasi” kabi ko’pgina asarlar yaratildi. Ular asosida konstitusiyaviy qonun loyihasi va islohotlarga oid fikr¬ mulohazalar, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Aholiga konstitusiyaviy qonun loyihasini keng tanishtirish, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda har bir moddaning keng muhokamasini tashkillashtirish, fuqarolar fikrini o’rganish, bu borada aholi turli qatlamlari va Konstitusiyaviy komissiya o’rtasida mustahkam aloqani taʻminlashda minglab jurnalist va blogerlar ishtirok etishgan. Muhokamalarda turli masalalar, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy sohaga yoki ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarga taalluqliligidan qatʻi nazar, keng jamoatchilik ommasi eʻtiboriga havola qilingan.
Jamiyatdagi fikrlar va g’oyalar xilmaxilligi, ular orasidagi raqobat yaqqol namoyon etildi. Malumotlarga ko’ra Konstitusiya islohotlariga oid materiallar davlat telekanallarida 7401, nodavlat telekanallarda 7167, jami 14 ming 568 lavha, intervyu, informasion va maxsus ko’rsatuv efirga uzatilgan. Davlat radiokanallarida 2151, nodavlat radiokanallarda 1947, jami 4098 informasion va maxsus eshittirish tashkil qilindi. Markaziy bosma nashrlarda 786, hududiy bosma nashrlarda 584, jami 1370 maqola chop etildi. Konstitusiyaviy islohotlar yuzasidan internet nashrlarida 7726 ta, “Telegram”, “Facebook”, “Instagram”, “YouTube” kabi ijtimoiy tarmoqlarda 52 ming 550 ta, jami 60 ming 276 ta axborot materiali eʻlon qilindi. Konstitusiyaviy islohotlarni targ’ib qilishga qaratilgan 550 dan ortiq reportaj, videorolik tayyorlanib, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishi taʻminlangan, davlat va nodavlat telekanallarda targ’ib qilinishi natijasida portaldan foydalanuvchilar soni keskin ortib, bugungi kun holatiga ko’ra, 73 ming 600 nafarni tashkil etilgan. Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan takliflarga portal foydalanuvchilari tomonidan 15 ming 872 ta izoh hamda 384 ta qo’shimcha taklif qoldirilgan. Konstitusiyaviy islohotlar yuzasidan internetda eʻlon qilingan axborot materiallari foydalanuvchilar tomonidan 270 million martadan ortiq ko’rilgan va 122 mingdan ortiq izoh qoldirilgan.
“Dunyo” axborot agentligi esa rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekistondagi konstitusiyaviy islohotlarga bag’ishlangan xalqaro darajadagi anjumanlar va xorijiy davlatlar jamoatchiligi fikrlarini, OAVda berilgan maqolalar sharhini muntazam ravishda yoritib borilgan.
Maʻlumotlarga tayanib aytishimiz mumkinki qabul qilinayotgan Konstitusiya, tom maʻnoda xalqimiz xohish irodasining ifodasi — haqiqiy xalq Konstitusiyasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Ò.,
«O‘zbekiston», 2017.
2. I.A. Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot
yo‘li. Ò., «O‘zbekiston», 1992.
3. I.A. Karimov. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8 yilligiga
bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘zlangan nutq. «Xalq so‘zi»
gazetasi, 2000-yil 7-dekabr.
4. I.A. Karimov. Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarnichuqurlashtirishning
muhim vazifalari. Ò., «O‘zbekiston»,1996.
5. I.A. Karimov. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolining asosiy tamoyillari. Ò., «O‘zbekiston», 1995.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4- yanvardagi «O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida»gi
Farmoyishi. «Xalq so‘zi gazetasi, 2001-yil 5-yanvar.
- M irziyoyev Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug* va kelajagi
farovon bo’ladi. (kirill
alifbosida). Т.: « 0 ‘zbekiston*, 2018, 3-tom, 58-bet
- Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy
bahodir. Т.:« 0 ‘zbekiston», 2018. 2-tom.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-
yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini
o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoyishi. «Xalq so‘zi»
gazetasi, 2001-yil 5-yanvar.
- O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 4-apreldagi
«Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etilishining
asosiy prinsiðlari to‘g‘risida»gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2002-yil.
- O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi «Davlat
boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini
kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonuni. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun
hujjatlari to‘plami. T., 2007.
- O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi «Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirda tasdiqlangan Qonuni.
13. Konstitutsiyaning vujudga kelishi va uning jamiyat hayoti taraqqiyotidagi o’rni,
O ‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilishi, unda fuqarolar ishtiroki va
Konstitutsiyamizning rivojlanishi haqida engmuhim ma’lumotlarni akademik
- Saidov tomonidan yaratilgan « 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi tarixi asari.
– T: «TASVIR», 2018.
- 15. Ò. Odilqoriyev, I.Ò. Òulteyev. Ikki palatali Parlament. Ò. IIV Akademiyasi,
2005.
16. U. Òojixonov, X. Odilqoriyev, A. Saidov. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. Ò., «Sharq», 2001.
17. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh. Ò.,
«Sharq», 1997.
- O. Husanov. Konstitutsiyaviy huquq atamalari. T.,
«Sharq», 2015.