Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘QITUVCHINING DIDAKTIK KOMPETENTLIGI O‘Z O‘ZINI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA

G‘iyosova Zebo Toshbo‘lovna – JDPU matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi (+998995825282, zebojdpi@gmail.com) Annotatsiya: Maqolada zamonaviy o‘qituvchining didaktik kompetentligi rivojlanish darajasini belgilaydigan indikatorlar (10 ta) haqida ma’lumotlar berilgan. O‘qituvchining didaktik kompetentligini ifodalovchi quyidagi: “Falsafaning ochib berilishi + pedagogik qarashning o‘zgarishi + pedagogik strategiyaning o‘zgarishi + pedagogik taktikaning o‘zgarishi + ijodkorlik” formulaning mohiyati ochib berilgan. Annoatsiya: V state privedenы svedeniya o pokazatelyax (10), opredelyayuщix uroven razvitiya didakticheskoy kompetentnosti sovremennogo uchitelya. Raskrыta suщnost sleduyuщey formulы, vыrajayuщey didakticheskuyu kompetentnost uchitelya: «Raskrыtie filosofii + izmenenie pedagogicheskogo videniya + izmenenie pedagogicheskoy strategii + izmenenie pedagogicheskoy taktiki + tvorchestvo». Abstract: The article provides information on indicators (10) that determine the level of development of the didactic competence of a modern teacher. Expressing the didactic competence of the teacher, the following: «Disclosure of philosophy+ changing the pedagogical vision+ changes in the pedagogical strategy+ change of pedagogical tactics + creativity» reveals the essence of the formula. Kalit so‘zlar: kompetentlik, didaktik kompetentlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar bo‘yicha savodxonlik, bilimlarni   chuqurlashtirish, bilimlarni yaratish. Klyuchevыe slova: kompetentnost, didakticheskaya kompetentnost, informatsionno-kommunikatsionnaya gramotnost, uglublenie znaniy, sozdanie znaniy. Key words: competence, didactic competence, information and communication literacy in technology, deepening knowledge, knowledge creation.   “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik” ni anglatadi. Kompetentlik tushunchasidan o‘qituvchining ta’lim oluvchilarga ta’lim berish sohasidagi samarali faoliyatini tavsiflashda, pedagogik faoliyatni standartlashtirishda va uning samaradorligini baholashda foydalaniladi. V.V. Serikovning ta’kidlashicha, “Pedagogik faoliyatning kompetentlik tushunchasi orqali ifodalanadigan yangi sifatiga erishish kasbiy-pedagogik faoliyatning yo‘naltiruvchi asoslarini (pedagogik yechimlarning kompetensiya turiga qaratilganligi, loyixalash va yuqori samarali pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish tajribasiga ega) o‘zlashtirish bilan ta’minlanadi”- degan fikrni bildirgan [8, 244 bet]. PISA tadqiqoti natijalariga ko‘ra, maktab ta’limi sifati asosan o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifati bilan belgilanadi. O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarning o‘zgarishini esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ularning kompetentligi standart misolida ko‘rib chiqish mumkin [9] (1-jadvalga qarang). Ular YuNESKO ning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun bergan tavsiyalari bo‘lsada, standart asosan o‘qish va o‘qituvchining didaktik kompetentligi sohasidagi o‘zgarishlarga yangicha yondashuvni aks ettiradi. Bugungi kunda pedagogik faoliyatga qo‘yiladigan talablarning o‘zgarishi, birinchi navbatda, o‘qish va o‘qitish jarayoniga, o‘qituvchining didaktik kompetentligiga yondashuvlar bilan bog‘liq. O‘qituvchi o‘z faoliyati davomida o‘qitishdan o‘qishga, talabalarning ijodkorligi va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga o‘tishini ta’minlash, ta’limdagi muloqot va hamkorlik uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratish va boshqa turli didaktik muammolarga duch keladi. Bu muammolarni yechish o‘qituvchidan didaktik kompetentlikning yuqori darajasini talab qiladi [11]. Didaktik kompetentlikning mohiyatini aniqlashda V. I. Grinev, I. G. Shamsutdinova, Yu. V. Maxovalar fikriga tayanamiz. V. I. Grinevning fikriga ko‘ra, didaktik kompetentlik – bu ijodiy ta’lim jarayonida o‘z-o‘zini anglashning turli didaktik masalalarini yechishga qaratilgan nazariy va amaliy tayyorgarlikda namoyon bo‘ladigan didaktik-kasbiy faoliyatga integrativ sifat [1].  I. G. Shamsutdinovaning fikriga ko‘ra esa, bu “tezkor, oqilona, asosli va aniq didaktik qarorlar qabul qilish, didaktik masalani yechishning eng qisqa yo‘lini topish, muayyan sharoitlarga mos keladigan metodlar, usullar va o‘quv vositalarini tanlash qobiliyati» [10]. Biz shu tadqiqotimiz doirasida Yu.V.Maxovaning: “o‘qituvchining didaktik kompetentligi proffessionallik darajasining umumlashtirilgan majmuaviy xarakteristikasi sifatida kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi”,- degan fikriga tayanamiz [5]. O‘qituvchining didaktik kompetentligi sohasidagi o‘zgarishlarga yondashuvlar :                                                                                     1-jadval.
  Konsepsiya Axborot-kommunikatsiya tenologiyalar savodxonligi Bilimlarni chuqurlashtirish Bilimlarni yaratish
Dastur va baho Tayanch bilimlar Bilimlarni qo‘llash Bilimlar jamiyatida zarur ko‘nikmalar
Pedagogik amaliyot O‘qitishda axborot-kommunikatsiya tenologiyalardan foydalanish Murakkab masalalarni yechish O‘z–o‘zini rivojlantirish
Raqamli ko‘nikmalar Qo‘llash Integratsiya Transformatsiya
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari Asosiy vositalar Murakkab vositalar Keng tarqalgan texnologiyalar
Ta’lim jarayonini tashkil etish va uni boshqarish O‘quv ishining an’anaviy shakllari Xamkorlik guruxlari Ta’lim tashkilotlari
Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi Raqamli kompetentlik Tarmoqli o‘zaro ta’sirlashuv O‘qituvchi novator sifatida
  Didaktik kompetentlik – deganda, biz  ta’lim oluvchilarni o‘qitish va ularni rivojlantirish sohasidagi didaktik masalalarni yechishga integral qobiliyatlarini tushunamiz [2, 7]. O‘qituvchining didaktik kompetentligi formulasini quyidagicha ifodalash mumkin: “Falsafaning o‘zgarishi + pedagogik qarashning o‘zgarishi + pedagogik strategiyaning o‘zgarishi + pedagogik taktikaning o‘zgarishi + ijodkorlik”. Zamonaviy o‘qituvchi falsafasining o‘zgarishi – quyidagi pedagogik  tushunchalarni yangicha tushunish orqali hayotning butun bosqichining yetakchi rolini belgilaydigan yaxlit insonparvarlik tamoyilini amalga oshirish bilan bog‘liq: – ta’lim –o‘z taqdirini o‘zi belgilashning turli xil variantlarini, o‘z «men» ini tanlashni ta’minlaydigan inson hayotini ko‘p qirrali modellashtirish sifatida shaxsning erkin o‘z-o‘zini belgilash jarayoni bo‘lib qadriyatlarni o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilar bilan hamkorlik qilish, ta’lim oluvchiga mustaqil ta’limga o‘tish sharoitida shaxsning faolligini rag‘batlantirish kabi ta’lim vazifalarini hal qilishni talab qiladi; – insonning shaxsiy olami – shaxs va olam o‘rtasidagi muhim munosabatlar tuzilmasi bo‘lib, inson ular doirasida harakat qiladi va bu tuzilma inson tomonidan ta’lim oluvchilarning muhim tadbirlarda va turli xil ta’lim amaliyotlarida ishtirok etishi orqali, yangi qadriyatlar asosida qayta shakllanadi; ta’lim oluvchi nafaqat o‘quv – bilish faoliyatning makoni shaxsiy hayotiy faoliyat sub’ekti hamdir; – ta’lim makoni – ta’lim oluvchi tomonidan ta’lim tanlovini muntazam takomillashtirishni amalga oshiradigan “loyixa” sifatida o‘zlashtiriladigan uning rivojlanish va ta’lim olish imkoniyatlari makonidir; – o‘qish –o‘qituvchining ham, o‘quvchining ham erkinligi namoyon bo‘lganda, ularning faoliyati ijodiy bo‘lsa, shaxsning mohiyatini anglaydigan o‘zini o‘zi anglash vositasi;  ta’lim jarayonida shaxsiy hayot tarziga erishish shartlari bo‘lib u shaxsning o‘z-o‘zini anglashining kengayishi va simmetrik aloqa asosida konstruktiv shaxslararo shaxsiy muloqotga kirish imkonini beradigan o‘zaro munosabatlarni qurishni ko‘zda tutadi. O‘qituvchi faoliyatining qurilishi esa neoklassik metodologiya bilan bog‘liq, chunki biz hali ham klassik an’anaviy didaktikadan chetga chiqmayapmiz shu bilan birga faoliyat, shaxs va tizim kabi tushunchalar bilan ishlaymiz. Bu o‘z navbatida bugungi kunda didaktikaning rivojlanishini neodidaktika, deb belgilashga imkon beradi, chunki barcha ta’lim jarayoni asosini faoliyatli va kompetentli yondashuv tashkil qilsa ham, zamonaviy ijtimoiy-madaniy sharoitda amalga oshiriladi. Zamonaviy o‘qituvchining pedagogik strategiyasi bugungi kunda quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: – o‘qishga muloqot sifatida qarash (o‘quvchining sinfdoshlari, boshqa sinf o‘quvchilari, ta’lim munosabatlari ishtirokchilari bilan kengaytirilgan muloqotga (dialog, shaxsiy muloqot, boshqalar) kirishish; – o‘qishga refleksiya sifatida qarash (o‘quvchining sub’ektiv pozitsiyasini amalga oshirish uchun refleksiv amallarni o‘zlashtirish orqali o‘z sub’ektiv pozitsiyasini amalga oshirishga,  natijada zamonaviy insonning refleksiv hayot tarziga, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini takomillashtirishga ko‘tarilishi / “mazmunli yashash”); – o‘qishga tushunish sifatida qarash (ta’lim oluvchining intellektual ko‘nikmalar, universal o‘quv amallarini egallash orqali ta’lim mazmunida o‘zining shaxsiy ishtirokiga erishish); – o‘qishga loyixalash sifatida qarash (formal, noformal va informal ta’lim asosida faoliyat usullarini loyihalashda rasmiy, norasmiy ta’limga asoslangan shaxsiy ta’lim traektoriyasini loyihalashga qodir). Zamonaviy o‘qituvchining didaktik kompetentligining rivojlanish darajasi quyidagilar bilan  belgilanadi: motivatsiyani rivojlantirish, o‘quv materialining mazmunini tanlash, pedagogik tashxisni amalga oshirish, axborot-ta’lim muhitini loyihalash, ta’lim oluvchini o‘quv loyihasiga qo‘shishni ta’minlash, o‘quv kommunikatsiyasini loyihalash va tashkil etish, tushunish jarayonini loyihalash va tashkil etish, talabaning baholash faoliyatini tashkil etish, ta’lim oluvchining individual o‘quv – bilish faoliyatni amalga oshirish uchun sharoitlarni ta’minlash, o‘quvchining refleksiv faoliyatini tashkil etish kabi zamonaviy didaktik vazifalarning butun sinfini yechishga innovatsion-texnologik tayyorligi bilan belgilanadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin [3, 4, 7]: 1). O‘qitishning rag‘batlantiruvchi metodlari va usullarini qo‘llash orqali ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini rivojlantirish, shuningdek, har bir ta’lim oluvchiga (turli vaqt oralig‘ida) ta’limning ma’nosini tushunishga, “men-olam” mazmunli munosabatlarni qurishga imkon beradigan yaxlit ta’lim tizimini yaratish va o‘quv – bilish faoliyatda qiziqishlar va hayotiy ehtiyojlarni amalga oshirish; 2). O‘quv materiali mazmunini yangi asoslar bo‘yicha tanlash: tayyor bilimlarni o‘zlatirish uchun emas, balki ta’lim oluvchi tomonidan mustaqil ravishda ta’lim masalalari va ularni yechish usullarining shakllantirilishini ta’minlash maqsadida o‘quv materialini o‘quv yoki ta’lim / madaniy vaziyat ko‘rinishida taqdim etish asosida ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyati uchun sharoitlar yaratish; 3). Monitoring asosida, ta’lim oluvchilarning shaxsiy yutuqlari va rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda, ularni qo‘llab-quvvatlashning yangi asoslarida pedagogik tashxislashni amalga oshirish; 4). Axborot-ta’lim muhitini resurslar to‘plami sifatida loyihalash: ta’lim oluvchilarga o‘quv faoliyatida tubdan farqli pozitsiyani ta’minlashga qaratilgan faol, tashabbus ko‘rsatish, ta’lim amallarini tanlashga imkon beruvchi axborot, kommunikatsion, texnologik, instrumental, predmetli resurslarni loyihalash (passiv ta’lim pozitsiyasidan faol va so‘ngi avtonom ta’lim pozitsiyalariga o‘tish);          5). Nafaqat real ta’lim muhitida, balki real hayotiy jarayonlarda harakat va mas’uliyat tajribasiga ega bo‘lish maqsadida ta’lim oluvchilarning shaxsiy o‘quv – bilish faoliyati va individual ta’lim marshrutining o‘quv loyihasiga kiritilishini ta’minlash; 6). O‘zi va  boshqa ta’lim oluvchilar uchun muloqot kontekstini, ta’lim vaziyatini, madaniy vaziyatni, o‘quv vaziyatini, o‘quv vazifasining mazmunini anglash, tushunish va talqin qilish jarayonini loyihalash va tashkil etish; 7). Ta’lim oluvchilarni hamkorlikda rejalashtirish, aloqa vositalarini tanlash va birgalikdagi faoliyat shakllarini amalga oshirishga jalb qilish orqali ta’lim kommunikatsiyasini loyihalash va tashkil etish; darsda va darsdan tashqarida guruh dinamikasini boshqarish; darsda, auditoriyada va auditoriyadan tashqari jamoalarda turli xarakterdagi guruhlarda tengdoshlar bilan muloqot qilish tajribasini o‘zlashtirish orqali shaxsini shakllantiruvchi omil sifatida muloqot tajribasini boyitish; 8). Ta’lim oluvchilarning baholash faoliyatini tashkil etish, pedagogika oliy ta’lim muassasasi ta’lim oluvchilarini shakllantiruvchi baholash, mezonlarga asoslangan holda baholash, talabalarning o‘quv, bilish, tadqiqot, loyiha va boshqa faoliyati keng jamoatchilik faoliyatini amalga oshirish orqali uning muvaffaqiyati va yutuqlari dinamikasini ta’minlaydigan yangi baholash amallariga jalb etilganligini ta’minlash; 9). Auditoriyada va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim oluvchilarning individuallashtirilgan o‘quv – bilish  faoliyatini amalga oshirish uchun sharoitlarni ta’minlash, o‘quv jarayoni va talabaning shaxsiy profilini individuallashtirishga o‘tish; 10). Ta’lim oluvchining reflektiv faoliyatini tashkil etish; ta’limni rejalashtirish, o‘z-o‘zini baholash va o‘quv – bilish faoliyatining barcha bosqichlarida o‘zaro baholash, “Men va men emas” o‘rtasidagi farqni aniqlashning ichki ko‘rsatmalari va usullarini o‘rnatish, o‘zini o‘zi nazorat qilish qobiliyatini rivojlantirish orqali talabaning refleksiyaga jalb etilishini ta’minlash. Shuni ta’kidlash kerakki, didaktik kompetentlik darajali xususiyatga ega. Biz M. N. Pevzner, O. M. Zaychenko, S. N. Gorыcheva tomonidan ishlab chiqilgan yondashuvga tayanamiz,  ular didaktik kompetentlikning quyidagi uch ta darajasini tavsiflaydi: reproduktiv, evristik, ijodiy [6]. Reproduktiv daraja: faoliyatni stereotiplash (namunalarni aniq o‘rganish, usullar va shakllarning cheklangan to‘plami), tayyor ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, o‘zini faqat o‘qitilayotgan fan kontekstda namoyish etish, o‘zgarishlarga motivatsiyaning pastligi kabi o‘quv jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu yerda pedagogning didaktik kompetentligining me’yoriy-adaptiv, o‘zgarmas, strukturlangan xarakteri aniq namoyon bo‘ladi. Evristik daraja qo‘llaniladigan texnologiyalar, o‘qitish uslublari va usullarining o‘zgaruvchanligi va samaradorligi, faoliyatdagi bir xilliklarni rad etish, uni takomillashtirish uchun o‘z tajribasini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, ijodiy tafakkur usullaridan foydalanish bilan tavsiflanadi. Ijodiy daraja o‘qituvchining didaktik jarayonni tashkil etishdagi sub’ektivligida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi individual faoliyat uslubidan foydalanadi, o‘quv jarayonini loyihalash va modellashtirishning (tizimli modellashtirish) zamonaviy samarali nazariyalari va texnologiyalari darajasida pedagogik muammolarni hal qiladi, o‘z texnologiyalarini loyihalash va takomillashtirishga qodir, innovatsion faoliyatda faol ishtirok etadi, o‘zgarishlarga moslashuvchan tarzda moslashadi. Aynan kreativ daraja zamonaviy o‘qituvchiga mustaqil rivojlantirishga o‘tishga imkon beradi. Shunday qilib, zamonaviy o‘qituvchining didaktik kompetentligi deganda, o‘qituvchining o‘quvchini o‘qitish va rivojlantirishda yuzaga keladigan murakkab kasbiy vazifalarni hal etish qobiliyatini tushunamiz.   ADABIYoTLAR RUYXATI:  
  1. Grinev, V. I. Formirovanie didakticheskoy kulturы buduщego uchitelya: dis. … kand. ped. nauk. – Xarkov, 2003.
  2. Dautova, O. B. Didakticheskaya kultura i didakticheskaya kompetentnost sovremennogo uchitelya kak trebovanie uspeshnoy realizatsii FGOS OO // Universitetskoe obrazovanie sovremennogo pedagoga– SPb. : Izd-vo RGPU imeni A. I. Gersena, 2016. S. 410–417.
  3. Dautova, O. B. Proektirovanie uchebno-poznavatelnoy deyatelnosti shkolnika na uroke v usloviyax FGOS. Sankt-Peterburg: KARO, 2016. 184-s.
  4. Maxova, Yu. V. Ispolzovanie gruppovogo konsultirovaniya pri formirovanii didakticheskoy kompetentnosti pedagogov // Srednee prof. obrazovanie. 2009. № 5. S. 46–48.
  5. Nauchno-metodicheskoe soprovojdenie personala shkolы: pedagogicheskoe konsultirovanie i superviziya: Monografiya / Pevzner, O. M. Zaychenko, V. O. Buketov, S. N. Gorыcheva, A. V. Petrov, A. G. Shirin. – Velikiy Novgorod: NovGU im. Yaroslava Mudrogo; Institut obrazovatelnogo marketinga i kadrovыx resursov, 2002. – 316 s.
  6. Pedagogicheskiy slovar: Noveyshiy etap razvitiya terminologii / O. B. Dautova, N. A. Vershinina, M. G. Yermolaeva, Ye. Yu. Ignateva, O. N. Krыlova, N. N. Surtaeva, O. N. Shilova, S. V. Xristoforov. – SPb. : KARO, 2020. – 328 s.
  7. Serikov, V. V. Obuchenie kak vid pedagogicheskoy deyatelnosti. – M. : Izdatelskiy sentr «Akademiya», 2008. Struktura IKT kompetentnosti uchiteley. Rekomendatsii YuNESKO. Tretya versiya, 2019 – 70 s.
  8. Struktura IKT kompetentnosti uchiteley. Rekomendatsii YuNESKO. Tretya versiya, 2019 – 70 s.
  9. Shamsutdinova, I. G. Didakticheskaya kompetentnost uchitelya // Vыsshee pedagogicheskoe obrazovanie v Rossii : materialы mejdunarod. nauch.-prakt. konf. : v 2 ch. – M., 1997. – Ch. 1. s. 222
  10. G‘iyosova Z.T. Bo‘lajak matematika fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish. “ILM-FAN FIDOKORI” Xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovi: maqolalar to‘plami.(29-dekabr 2022-yil)-T.:Farg‘ona sh.
  11. G‘iyosova Z.T. Bo‘lajak o‘qituvchining didaktik kompetentligi mohiyati. “Yangi O‘zbekiston: Innovatsiya, fan va ta’lim” mavzusidagi respublika 50-ko‘p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiya materiallari to‘plami, 31 mart 2023 yil10-qism. – Toshkent: «Tadqiqot», 2023. – 34 b.
  12. G‘iyosova Z.T. Ta’lim sifatini oshirishda intenfaol metodlar. Pedagoglar malakasini oshirish tizimiga innavatsion yondashuv: Xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari. / Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari 2022 y. 6-7-aprel. 275-b.