Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

ETNIK BIRLIKLARNING SHAKLLANISHIDA G’ALLAOROL

Xudoyorov O‘ktam Boyzaqovich  Jizzax davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti umumiy tarix o’qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekistoning qadimiy go’shalaridan hisoblangan G‘allarol tumanining etnik birliklari shakllanishi tarixiy va ilmiy asosda tahlil etilgan.          Kalit so’zlar: Ustrushona, Turon, G’allaorol, Etnonim, Qang’li, To’shbuloq, Karizquduq, Turk. Аннотация: В данной статье на историко-научной основе анализируется формирование этнических единиц Галларольского района, который считается одним из древних уголков Узбекистана. Ключевые слова: уструшона, туран, галлаорол, этноним, канглы, тошбулок, кяризгудук, тюрк. Abstract: In this article, the formation of ethnic units of Ghallarol district, which is considered one of the ancient corners of Uzbekistan, is analyzed on a historical and scientific basis. Key words: Ustrushona, Turan, Gallaorol, Ethnonym, Kangli, Toshbulok, Karizguduq, Turk. Mustaqillik yillarida Oʼzbekistonda tarix fani rivojlanishning yangi bosqichiga koʼtarildi va ijtimoiy tarix bilan bogʼliq tadqiqotlar koʼlamining kengayishiga olib keldi. “Hаr qаndаy svilizаtsiyа ko‘plаb   millаtlаr, хаlqlаr , elаtlаr hаrаkаtining vа sezilаrli tа’sirining mаhsulidir. Qisqа qilib аytgаndа, bosqinchilаr, ko‘chmаnchilаr kelib ketаverаdi, аmmo хаlq boqiy bo‘lib qolаverаdi, uning mаdаniyаti, tarixi аbаdiy yаshаydi [1. 4]. O’zbekistoning qadimiy go’shalaridan hisoblangan G‘allarol tumani ham o’zing tarixiy rivojlanish bosqichini bosib o’tgan bo’lib, mintaqada etnik birliklarning shakllanish jarayoni ham kuzatilgan. O’zbekiston Respublikasining Jizzax viloyati tarkibidagi G’allaorol tumani 1926-yil 29-sentbrda tashkil etilgan bo’lib, 1931-yilgacha Yangiqo’rg’on nomi bilan atalgan. G’allaorol tumani Jizzax viloyatining g’arbiy, janubi-g’arbiy qismida joylashgan. Shimoldan Forish, sharqdan Jizzax, janubdan Baxmal tumanlari, g’arbdan Samarqand viloyatining Bulung’ur tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1969 kvadrat kilometr. Аholisi 175,7 (2021-yil 1-aprel) ming kishini tashkil qiladi. Tarixiy manzilgohlardan Nurtepa madaniyatni taʼsirida mil. avv. VI asrda vujudga kelgan Mugʼtepa (Kiropol), Kurkatdagi Shirin, Savatdagi Xontepa, Sogʼanoqtepa I, II kabi oʼzida shahar belgilarini mujassam qiluvchi yirik manzilgohlar uchun xarakterlidir. Ularda aniqlangan yertoʼla, yarim yertoʼla va yer usti inshootlari bu yerda aholining oʼtroqlashuv jarayoni ancha erta boshlanganligidan dalolat beradi. Etnonimlar ko’pincha qadimiy, ko’hna so’zlardan tashkil topganligi bois, ularni tilning hozirgi holati bilan izohlashni iloji yo’q. Shuni ham qayd qilish  kerakki, etnooykonimlar tuman aholisining tarixiy shakllanishi, taraqqiyoti, xalqlarining qadimiy munosabati, intefatsiya va mifatsiyasi o’rganishda  muhim manba hisoblanadi. Xitoy yuzi qishlog’i G’allaorol tumanidagi “Qipchoqsuv” qishloq fuqarolar yig’iniga tarkibidagi qishloq bo’lib, tumanning janubiy-g’arbiy qismida, tog’dan Samarqand viloyatining Bulung’ur va Jomboy tumanlari bilan chegara hududda, G’o’bdin tog’i etaklarida joylashgan. Suhbatdoshimiz Ravshanov Hazratqul otaning fikrlariga ko’ra ushbu urug’ vakillari Zomin tumanidan kelgan yuz urug’ining shahobchasidir. Yana bir taxminlariga ko’ra karvon yo’lida joylashgan ushbu qishloqdan Xitoylik savdogarlar yurishgan hamda Xitoy izi ma’nosini anglatadi. Qishloq nomlanishining yana bir varianti xususidagi taxminga ko’ra Xito va yuz urug’idan kelib chiqqan [2. 2]. Turk qishlog’i G’allaorol tumanining g’arbiy qismida Samarqand viloyatining Payariq, Qo’shrabot tumanlari bilan chegara hududda joylashgan qishloq bo’lib, “Jiydali” qishloq fuqarolar yig’ini tarkibiga kiradi. Bu qishloqning hozirgi joyi ilgarigisidan biroz sharqroqda joylashgan. Kunbotar tomondagi tog’liklar yonbag’irlarida Mallabuloq deb nomlangan buloq bo’lib, qishloq nomi ham Mallabuloq deb atalgan. Hozirgi qishloq o’rni soylikda joylashgan bo’lib, ko’lmaklardan iborat hudud bo’lgan. Bu tomonga (ko’lmak tomonga) o’tish uchun juda katta oraliqda faqatgina ikkita o’tadigan joy bo’lgan. Ulaming biri “jotiq”(yotiq) ikkinchisi “Toshkechuv” deb nomlangan. Bu ikkita o’tish joyi oralig’ida ya’ni ko’lmaklardan iborat bo’lgan joyda hozirgi kunda ko’plab qishloqlar joylashgan. Ularni shimoldan janubga tomon sanaydigan bo’lsak quyidagi qishloq nomlari kelib chiqadi: Jarbuloq, Gulchambar, Anoyi, Sho’rcha, Beshkal, Turk, Qoratosh, Oq qovun (Qizil kuch, Ramazon) Juma va yondosh bo’lgan barcha mayda qishloqchalar. Bu qishloqlar aholisini o’zbeklarning Turkman, Boysun-Qo’ng’irot, Turk, Jiydali-Qo’ng’irot urug’i vakillari tashkil etishadi [2. 5]. Qang’li G’allaorol shahrining janubiy-sharqiy tomonida joylashgan Qang’li 1 va Qang’li 2 deb nomlangan qishloqlarda istiqomat qiluvchi xalq vakillaridir. Bu qishloq bugungi kunda D. Yo’ldoshev nomli jamoa xo’jaligi tarkibiga kiradi. Mahalla oqsoqollarining aytishlaricha, qang‘lilarning Jizzaxga kelib o‘troqlashganlari uzoq zamonlarda ro‘y bergan. Axborotchi Ergashboy ota Begaliyevning ma’lumotiga ko‘ra, qang‘liliklaming ajdodlari Jizzax o‘rdasining ichidagi mahallada istiqomat qilishgan. Mahalla, qo‘y bozorining yaqinida bo‘lgan U davrlarda qang‘lilar asosan chorvachilik (qo‘raga qamab boqish usulidagi – A.P.) va qisman dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan [3. 167] «Qang’li» so‘zining kelib chiqishi va etimologiyasi haqida ham turli fikrlar, afsona va rivoyatlar, ma’lumotlar mavjud. Xususan, XIII asming ikkinchi yarmida yashab o‘tgan tarixchi Rashid – ad – din «qang‘li» so‘zining kelib chiqishini afsonaviy shaxs O‘g‘uzxon bilan bog‘laydi. Rashid-ad-din tomonidan keltirilgan rivoyatga ko‘ra, O‘g‘uzxon o‘z urug‘ – aymoqlari bilan urushib ulami yengan va katta o‘ljani ko‘lga kiritgan. Ushbu o‘lja, boylik shu darajada ko‘p bo‘lganki, ulami o‘z qarorgohiga tashitish uchun xon aravalar yasatgan. Arava turkiyda «qang’li» so‘zi bilan ifodalangan [4. 82] Ushbu voqeadan keyin O‘g‘uzxon va uning yor-birodarlari qang’li nomi bilan atalganlar. Qang‘lilaming barchasi ulaming avlodlari hisoblangan. Abulg‘oziy Bahodirxon (1644-1664 y) ham qang’li so‘zining kelib  chiqishini O‘g‘uzxonning harbiy yurishlari bilan bog‘lab, quyidagilami yozadi: «O‘g‘uzxon borib Tatarni chobti … lashkarini qirdi. O‘g‘uzxonning lashkarining  qo‘lina ul choqli o‘luk mol tushdi kim, yuklamakka kuluk ozlik qildi. Bir yaxshi chibar kishi bor edi. Ul fikr qilib arabani yasadi. Andin ko‘rmakcha barcha araba yasadilar. Mollarini yuklab (aravaga 1 A.P.) qaytdilar. Arabag‘a qaniq deb ot  qo’ydilar. Andin ilgari oti-da yo‘q yerdi, o‘zida yo‘q yerdi. Aning uchun qaniq tedilar kim, yuruganda qaniq-qaniq qilib ovoz kelur, ani yasagan kishini qaniqli tedilar. Barcha qaniqli eli ul kishining o‘g‘lonlari turur» [5. 3]. Koriz quduq qishlog’i G’allaorol tumanining g’arbiy qismida joylashgan. Koriz quduq qishlog’i tarixi taxminan 350-400 yil oldin paydo bo’lgan. Ma’lumotchimiz 50 yoshli Safar aka Siddiqovning aytishicha bugungi kunda qishloqda istiqomat qiluvchi aholi vakillari 350-400 yillar muqaddam Zomin tumanining Laylakuya qishlog’idan ko’chib kelishgan [6]. To’shbuloq qishlog’i G’allaorol tumanidagi “Qipchoqsuv” qishloq fuqarolar yig’iniga tarkibidagi qishloq bo’lib, tumanning janubiy-g’arbiy qismida, tog’dan Samarqand viloyatining Bulung’ur va Jomboy tumanlari bilan chegara hududda, G’o’bdin tog’i etaklarida joylashgan. Tuyoqli urug’iga mansub bo’lgan ushbu «qishloq vakillaridan biri, hamsuhbatimiz 70 yoshli Muhammadiyev Safar otaning ta’kidlashicha Buxoro xoni Abdullaxon II davrida Surxondaryodan chiqib Panjikentning Zarafshon daryosi bo’yidagi Ko’ktosh qishlog’iga ko’chib borishadi. Keyinchalik urug’ning bir qismi Panjikentdan chiqib ketib Jomboy tumanining Qoraqasmoq, Bulung’ur tumanining Jingichka (Ingichka) qishlog’iga, yana bir qismi esa G’o’bdin tog’i etaklaridagi Qoraovuz (Qorahovuz) qishlog’iga ko’chib kelishgan (chorvachilik maqsadida mual). Qoraovuz qishlog’i hozirgi Qayrag’ochli qishlog’i yonida bo’lgan. Keyinchalik o’troq turmush tarzi qulayligi tufayli hozirgi Safarbuloq qishlog’i yuqorisidagi Kattaqishloq deb ataluvchi Iqishloqqa ko’chib kelishgan. Tabiiy tuzilishiga ko’ra bu hududdagi tog’lar qaddini(ko’kragini) g’oz tutib turganga o’xshab ko’rinadi va shu tog’lardan ko’plab buloqlar chiqib turadi. Chorvador aholi tilida “ko’krak” so’zi “to’sh” Iso’ziga almashtirib ishlatiladi. Shu sababli ham tog’ning bunday qismidan ya’ni “to’sh” qismidan chiqib turgan buloqlar tufayli qishloq nomi ham to’shdan chiqayotgan buloq ma’nosida To’shbuloq deb nomlanadi. Bu qishloqqa ko’chib kelganlaming bugungi kunda o’n birinchi avlodi yashab kelmoqda. Qishloqning qadimiyligini mana shu fakt bilan izohlab o’tish lozim [7]. So’ngi yillarda Oʼrta Osiyo xalqlari tarixini organish, milliy xalqlar tarixini haqqoniy va xolisona yoritishda etnologiya fani yangi va qimmatli maʼlumotlar bilan yanada boyidi. Bu esa Oʼrta Osiyo hududi aholisining etnik shakllanishi, bu hududdagi migratsiya jarayonlari haqida yanada chuqurroq malumotlar olishga xizmat qiladi. Shu ma’noda Ustrushona davlati tarkibiga kirgan Jizzax vohasi va xususan G’allaorol tumani hududlari ham Turon zaminining qadim va oʼrta asr tarixida muhim oʼrin egallagan, faol ishtirok etgan bir boʼlagi hisoblanadi. Vohaning tog’ va tog’oldi mavzelari qadimdan aholi zich joylashgan madaniy oʼlkalar qatoriga kirgan. Koʼplab chashma, buloq, soy va daryolar havzasida hosil boʼlgan katta kichik bu vohalarda lalmikorlikdan tashqari sun’iy sugʼorish tizimlariga asoslangan dehqonchilik va oʼtroq hayot ancha qadimdan boshlangan. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. I.А.Kаrimov. “Tаriхiy хotirаsiz kelаjаk yo’q”. N. “Shаrq” 1998.
  2. Dala yozuvi. Toshtemir Yodgorov so’zlariga ko’ra yozib olimdi. 2015.
  3. K. Shoniyozov.Qang’ davlati va Qang’arlar, T.: “Fan” 1990.
  4. Nosirov O’. Amir Temur va Jizzax. “Ta’zim” T.:1996
  5. Pardayev A.Jizzax mahallalari maqolalar turkumidan. 2016. Jizzax haqiqati. 10-iyul
  6. Dala yozuvi. Safar Siddiqovdan yozib olindi. 2016. Mart
  7. Dala yozuvi. Muhammadiyev Safar otadan yozib olingan. 2016. mart