Qarshiboyeva Nasiba Haydarovna, SHodiyeva Nozimaxon Azamat qizi, Toshpulatova SHaxlo Maxmud qizi, Ibragimova Zarina Karim qizi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 10.04.2020-yil PQ- 4670-sonli qarori (Yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risidagi ) va 26.11.2020-yildagi PQ-4901-sonli qarori ( Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug’chiligini yo’lga qo’yishni rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar ko’lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida) imzolandi. Ushbu qarorlar dorivor o’simliklarga alohida e’tibor qaratilganligidan dalolat beradi. Zero, bizning serquyosh o’lkamiz dorivor o’simliklarni ko’plab turlarini o’z bag’rida yetishtiradi.
Shotaradoshlar oilsiga mansub
shotara —(
Fumaria vaillantii Loisel) turning tarkibida “Protopin gidroxlorid” preparati bo’lib, farmatsevtika sanoatida jigar kasalliklarida qo’llaniladi. Shuning uchun bu turning bioekologiyasi o’rganilmoqda.
Shotara (
Fumaria vaillantii Loisel.)
, Shotara
doshlar oilasiga mansub
bir yillik begona oʻt.
Poyasi tik oʻsadi, sershox, boʻyi 10—30
sm.
Barglari ketma-ket joylashgan, ikki marta patsimon ajralgan, uzun bandli.
Gullari pushti, uchlari binafsha rangli
shingil toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi
sharsimon bir
urugʻli yongʻoqcha.
Ildizi — oʻqildiz. Aprel—iyulda gullab uruglaydi.
Maysalari kech
kuzda, erta
bahorda paydo boʻladi.
Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Begona oʻt sifatida lalmi va
sugʻoriladigan don ekinlari orasida,
paxta dalalarida oʻsadi. Shuningdek, tashlandiq yerlar,
turar joylar, yoʻl,
ariq yoqalari, ekinzor chekkalari,
xiyobonlar,
bogʻ va
uzumzorlarda uchraydi.
Kimyoviy tarkibi: Shotara tarkibida organic kislota, fenol, alkaloidlar 0,2-0,6%, oshlovchi moddalar 2,9%, smola 4,7 %, C va K vitaminlari bor. Ta’mi o’ziga xos achchiq.
Fumaria vaillantii, F. parviflora tarkibidagi 25 xil alkaloidlar osimlikning turli organlaridan ajratib olingan ( Aliyev, 1967; Yunusov, 1981; Isroilov,1993). Bundan tashqari
Fumaria turlarida alkaloidlar bilan bir qatorda fumarin kislotasi, glikozidlar, oshlovchi, shakar moddalari, smolasimon, bo’yoq bo’luvchi efir moyi va organik kislotalar, bargidan esa ‘C’ vitamini kabi moddalarning uchrashi ham aniqlangan.
- K. Aliyev (1960) Fumaria L. turkumi turlari tarkibidagi alkaloidlar ichida eng asosiysi bo’lgan protopin – 0,06 – 0.19 % tashkil qilishini aniqlab, shundan F. parviflora tarkibida alkaloidlar 0.15 – 0.36 % F. vaillantiida esa 0.19 – 1.1% . S. A. Tarivediyeva (1958) tajribalaridagi tarkibidagi kimyoviy birikmalar, jumladan alkaloidlar o’simlikning yoshiga populyatsiya tarkibiga, yil fasllariga mos ravishda alkaloidlarning son va sifat ko’rsatkichlari uzviy o’zgarib turishi bayon etilgan. Shu boisdan bu o’simlik tarkibidagi kerakli kimyoviy faol moddalar o’simlikning bargi, poyasi, ildizi kabi vegetativ organlarida to’planishi aniqlangan, va o’simlikning yoshiga, yil fasliga qarab xom ashyo tayyorlash muddati rejalashtirilgan. S.A.Tarivardiyevaning ma’lumotiga ko’ra shotara tarkibidagi alkaloidlar uning ontogenezi davomida turlicha o’zgarib turishi aniqlangan.
1 – jadval. Fumaria L. turkumi vakillarining alkaloid miqdorining ontogenez davomida o’zgarishi.
Shotara turlari |
Vegetatsiya davrlari va alkaloid miqdori % larda |
|
Maysa davri |
Gullash davri(generativ) |
Mevalash |
Fumaria schleicheri |
0.070 |
0.190 |
0.30 |
Fumaria parviflora |
0.050 |
0.095 |
0.199 |
Fumaria vaillantii |
0.030 |
0.090 |
0.120 |
Jadvaldan ko’rinishicha shotaraning barcha yer ustki qismida o’simlikning alkaloid moddalarining miqdori mevalash davriga to’g’ri keladi.Shuning uchun shotara xom ashyosining mevalash davrida tayyorlash maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. D.A.Rahimov va boshqalar (1977) polyagrafik tadqiqotlariga muvofiq Toshkent viloyatida o’sadigan,
F.vaillantii turida protopinning tarkibi va miqdori o’simlikning mevalash, urug’ boylash davrida 0.14; 0.12; 0.07; 0.13% bo’lishi aniqlangan. Oshlovchi (dubl) moddalar shotara tarkibida 0.7% dan to 0.95%ni tashkil etadi.Terini oshlash maqsadida sanoatda foydalaniladigan F.vaillantii tarkibida qand moddasi 0.77% dan to 3.0% gacha bo’lsa, Glyukozid moddalari
F.parviflora tarkibida 0.022% .
F.vaillantii da esa 0.014% ni tashkil qiladi. Yog’ moddasi har ikkala turda ham deyarli bir xilda 2.46-2.50 hisobida uchraydi.
2 – jadval. Shotara turkumi turlarining tarkibidagi organik moddalar. (quruq holda, % hsobida. N. Qarshiboyeva olgan malumotlari bo’yicha)
Komponentlar |
F.vaillantii maysasi |
Mayda gulli F.parviflora maysasi |
Mualliflar |
Glyukozidlar jami |
0.014 |
0.022 |
Aliyev R.K. |
Antroglukozidlar |
– |
– |
Aliyev R.K. |
Achchiq modda |
Achchiq maza ko’rsatgichi 1:850 |
Achchiq maza ko’rsatkichi |
Aliyev R.K. |
Oshlovchi modda |
Gr. hisobida |
Gr .hisobida |
Aliyev R.K. |
Hajm uslubida |
0.70 |
1.2 |
Aliyev R.K. |
Og’irlik uslubi |
1.04 |
2.2 |
Aliyev R.K. |
Bo’yoq moddasi |
Qizil – bur
sariq rangda |
Qizg’ish |
Aliyev R.K. 1953 Tariverdiyeva |
Shakar moddasi |
0.77-2.25
0.7-3 |
|
Aliyev R.K. 1960 Tariverdiyeva S.A. 1958 |
A)ketosaxara gidrolizigacha |
2.3 |
2.23 |
Aliyev R.K. 1949 |
Gidrolizdan keyin |
2.26 |
2.74 |
Aliyev R.K. 1960 |
B)Aldegido shakari |
0.63 |
0.68 |
Aliyev R.K. 1960 |
Efir moyi |
izlari |
Izlar |
Aliyev R.K. 1960 |
Yog’ moddalari |
2.50 |
2.46 |
Aliyev R.K. 1960 |
Smola moddalari |
3.19 |
2.37 |
Aliyev R.K. 1960 |
Titruem kislotasi |
0.85 |
1.4 |
Aliyev R.K. 1960 |
Karotintora holda |
52.2 mg% |
60.79mg% |
Aliyev R.K. 1960 |
Quruq holda |
7.43mg% |
8.27mg% |
Aliyev R.K. 1960 |
Vitamin K |
0.56mg% |
|
Aliyev R.K. 1960 |
3 – jadval. Shotara turkumi (Fumaria L.) tarkibida uchraydigan alkaloidlar
№ |
Komponentlar |
F.
vaillantii |
Mualliflar |
F.
parviflora |
Mualliflar |
1 |
Alkaloidlar |
0.1-0.55 |
Zolotnitskaya 1965 |
0.19-1.1 |
Adilov 1962 |
2 |
Protopin C20 H26 NO5 |
0.06-0.19 |
Shevelyova,1970 |
0.08 |
Govindochari 1958 |
3 |
Fumar kislotasi |
+ |
Vahid M.A. 1963 |
|
|
4 |
Papaverin |
+ |
Plexanova 1975 |
|
|
5 |
Fumaridin C23 H26 N2 O5 |
0.005-0.027 |
Platonova 1956 |
+ |
Israilov 1968 |
6 |
d-a-girdastin |
+ |
Ibragimova 1974 |
– |
|
7 |
Fumaramin C21 H23 N2 O5 |
+ |
Israilov 1970 |
+ |
Israilov 1968 |
8 |
Parfumidin |
+ |
Kirjakov 1971 |
+ |
Israilov 1970 |
9 |
Adlumin |
+ |
Israilov 1970 |
|
|
10 |
Parfumin |
+ |
Israilov 1970 |
+ |
Israilov 1970 |
11 |
d- bikukulin |
+ |
Ibragimova 1974 |
|
|
12 |
I-Adlumin |
+ |
-==- |
|
|
13 |
Vaylantin- C20 H23 NO5 |
+ |
-==- |
|
|
14 |
Noryufirin- C17 H19 NO3 |
+ |
Yunusov S.Yu.1981 |
|
|
15 |
Xaylantifolin |
+ |
Yunusov S.Yu.1981 |
|
|
16 |
d-stilopin
Stilopin |
+ |
Yunusov S.Yu.1981 |
|
|
17 |
Oksimetilati |
+ |
Yunusov S.Yu.1981 |
|
|
18 |
Kriptopin |
+ |
Kirjakov 1971 |
+ |
Israilov 1968 |
19 |
Fumvaylin C20 H19 O6 N |
0.0007 |
Platonova 1956 |
|
|
20 |
Santivinarin C20 H14 NO4 |
+ |
Susplugas 1969 |
+ |
Susplugas 1977 |
21 |
N-metil gidrastein |
+ |
Forgaes R. 1975 |
+ |
Forgaes R. 1975 |
22 |
N-metil gidarstin |
+ |
Forgaes R. 1975 |
+ |
Forgaes R. 1975 |
23 |
N-metiladlumin C22 H24 NO6 |
+ |
Israilov 1993 |
|
|
24 |
Pallidin |
+ |
Israilov 1993 |
|
|
25 |
Norpallidin |
+ |
Israilov 1993 |
|
|
26 |
I-Adlumin |
|
|
+ |
Israilov 1968 |
27 |
Gidrastin C21 H21 NO6 |
+ |
Israilov 1968 |
+ |
Israilov 1968 |
28 |
Parchalanib ketuvchi alkaloid |
0.072 |
Aliyev R.K. 1960 |
0.079 |
Aliyev R.K. 1960 |
29 |
N-oksin alkaloid formalari |
+ |
Aliyev R.K. 1960 |
+ |
Aliyev R.K. 1960 |
30 |
Glyukoalkoloidlar |
+ |
Aliyev R.K. 1960 |
+ |
Aliyev R.K. 1960 |
Bu moddalardan tashqari vitaminlar ham uchrab – “K” vitamini
F. vaillantii turida – 0.56 mg %,
F. parviflora – 0.66% mg. “C” vitamin esa
F. vaillantiida 74.7 mg% ni tashkil etadi. (Tariverdiyeva, 1958; Aliyev, 1960).
Ahamiyati. Shotara qonni isitadi va tromblarni ochadi. Nafas olishni yengillashtiradi, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, jigarni tiqinlardan tozlaydi. Asosan o’simlik barglarini terib, quritib foydalaniladi, ammo ko’pincha barcha qismlaridan foydalaniladi. Uning tarkibidagi alkaloid biroz pulsni tezlashtirib, sarxush qiladi va ishtaxani ochadi. Ayollar kasalligida, ichak kasalliklarida, bezgakda, sariq kasalligida, bachadon va o’pka silida ishlatiladi. Bavosilda, surunkali ichki qon ketishda, qorin dam bo’lishida va bronxit kasalligida davo uchun ishlatiladi.
Xulosa
- Shotaradoshlar oilsiga mansub shotara—( Fumaria vaillantii Loisel) turning tarkibida “Protopin gidroxlorid” preparati bo’lib, farmatsevtika sanoatida jigar kasalliklarida qo’llaniladi. Shuning uchun bu turning bioekologiyasi o’rganilmoqda.
2.Kimyoviy tarkibi: Shotara tarkibida organic kislota, fenol, alkaloidlar 0,2-0,6%, oshlovchi moddalar 2,9%, smola 4,7 %, C va K vitaminlari bor. Ta’mi o’ziga xos achchiq.
- F.vaillantii turida protopinning tarkibi va miqdori o’simlikning mevalash, urug’ boylash davrida 0.14; 0.12; 0.07; 0.13% bo’lishi aniqlangan.
4.Terini oshlash maqsadida sanoatda foydalaniladigan F.vaillantii tarkibida qand moddasi 0.77% dan to 3.0% gacha bo’lsa, Glyukozid moddalari
F.parviflora tarkibida 0.022% .
F.vaillantii da esa 0.014% ni tashkil qiladi. Yog’ moddasi har ikkala turda ham deyarli bir xilda 2.46-2.50 hisobida uchraydi.
Adabiyotlar
- Mirziyoyev Sh. M. “Yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori PQ- 4670-son 10.04.2020-yil.
- Mirziyoyev Sh. M. “Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug’chiligini yo’lga qo’yishni rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar ko’lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori PQ-4901-son 26.11.2020-yil.
- Исраилов И.А. Изохинолиновые алкалоиды //Итоги исследования алкалоидоносных растений. Т.Фан. 1993. с. 132.
- Юнусов С.Ю. “Алколоиды” Т. Фан. 1981. c. 418.
- Qarshiboyeva N.H . Shotara yangi dorivor o’simlik //Узб. биол. журн. Т. 1999. 51-54 bet.
- Qarshiboyeva N.H . ”O’zbekistonda tarqalgan shotara (Fumaria vaillantii Loisel.) ning bioekologik xususiyatlari”. Avtоreferat T.2002.
- Ходжиматов К. Х. Ефирномасличное растения Узбекистана и пути их рационального использования. T. 1999. 110 s.
- Qarshiboyeva N.H . Shotara yangi dorivor o’simlik //Узб. биол. журн. Т. 1999. 51-54 bet.
- Qarshiboyeva N.H . ”O’zbekistonda tarqalgan shotara (Fumaria vaillantii) ning bioekologik xususiyatlari”. Avtoreferat T.2002.
- Qarshiboyeva N.H., Rahmonqulov F. vaillantii ni madaniylashtirish istiqbollari. « Развитие ботаническое науки в Центральной Азии и ее интеграция в производство» Материалы международной конференции (17.09.2004 g.) T.2004. s. 341.
- Qarshiboyeva N.H. va b. Botanika resursshunosligidan ruscha-o’zbekcha izohli lug’at. «Sangzor» nashriyoti . Jizzax 2012. 44 bet
- Tojiboyev Sh. J., Qarshiboyeva N.H. Botanika. «Namangan» nashriyoti. Namangan 2015. 310 bet