Azimova D. E., Sharipova M.X.
Jizzax Davlat Pedagogika universiteti
E-mail: dilya_7662323@mail.ru
Annotatsiya. Ushbu maqola Turkiston tizmasining shimoliy yon bag‘irliklar florasining xayotiy shakllari bo‘yicha qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. Turkiston tizmasining shimoliy yon bag‘irliklar florasining xayotiy shakllari bo‘yicha qiyosiy tahlili I.G. Serebryakov [1962] tomonidan ishlab chiqilgan tasnifi asosida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: flora, tur, turkum, oila.
Сравнительный анализ жизненных форм флоры северных склонов Туркестанского хребта
Аннотация. Данная статья посвящена сравнительному анализу жизненных форм флоры северных склонов Туркестанского хребта. Сравнительный анализ жизненных форм флоры северных склонов Туркестанского хребта И.Г. Информация представлена на основе классификации, разработанной Серебряковым [1962].
Ключевые слова: флора, виды, род, семейство.
FLORISTIC FINDINGS DETERMINED FROM THE FLORA OF THE NORTHERN SIDE SLOPES OF THE TURKESTAN RANGE
Summary. This article is devoted to the comparative analysis of the life forms of the flora of the northern slopes of the Turkestan ridge. Comparative analysis of the life forms of the flora of the northern slopes of the Turkestan ridge I.G. Information is provided based on the classification developed by Serebryakov [1962].
Key words: flora, species, genus, family.
Turkiston tizmasi –
Hisor Olay tog‘ sistemasiga kiruvchi tog‘lar.
O‘zbekiston va
Tojikiston hududida joylashgan.
Sirdaryo va
Zarafshon oralig‘ida
suvayirg‘ich. SHarqdan g‘arbga
Mastchoh tog‘ tugunidan Zarafshon daryosining o‘rta oqimigacha 350 km ga cho‘zilgan, eni 60 km dan ziyod. SHarqda,
So‘x daryosining boshlanish qismida, Olay tog‘laridan Mastchoh tog‘ tuguni orqali ajraladi, g‘arbda Parmontepa qal’asi yaqinida tugaydi. Turkiston tizmasi sharqda
Farg‘ona vodiysini, g‘arbda
Mirzacho‘lni o‘rab turadi. SHarqiy qismi baland (5000-5400 m), qor va
muzliklar bilan qoplangan. G‘arbiy qismi (CHumqartov) past (2600-3400 m). Eng baland joyi sharqda 5680 m (Piramida cho‘qqisi), g‘arbda
Bozorxonim cho‘qqisi (3405 m), shim.g‘arbiy qismi
Molguzar tog‘laridan iborat. Bular bir-biridan
Sangzor daryosi vodiysi bilan ajralgan.
Nurota tog‘larini ham Turkiston tizmasining davomi deb hisoblaydilar. U Molguzardan
Ilono‘tti tog‘ yo‘lagi orqali ajralgan. Turkiston tizmasida ko‘plab dovonlar mavjud.
SHahriston dovonidan Ustrushona –
Dushanba avtomobil yo‘li o‘tgan.
Turkiston tizmasining shim. yon bag‘ri qiya, qir va adirlarga tutashib ketadi. SHim. yon bag‘rining sharqida
Bo‘ragan, Bosmondiq, Oqsuv, Laylak,
Isfara kabi soylar qir va muzliklardan suv oladi. G‘arbda Sangzor daryosining chap irmoqlari: Guralash,
Boyqo‘ng‘ir, Kukjar, Tangatopdi, Jumjum, Baxmazar soylari qor va bahorgi yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi. Daryolari maʼlum havzalarga quyilmasdan, tekislikka chiqqach, butunlay sug‘orishga sarflanadi; Zomin,
Jizzax suv omborlari barpo etilgan.
Tizmaning g‘arbiy qismida 2800-3400 m, sharqida 3000-3500 m balandlik har xil o‘tlar bilan qoplangan. 3500 m dan yuqori qismi
alp mintaqasidan iborat. Zomin tog‘o‘rmon davlat qo‘riqxonasi va Zomin xalq bog‘i tashkil etilgan.
O‘simliklarning tashqi muhit sharoitiga turlicha moslashishi hayotiy shakl deyiladi. “Hayotiy shakl”, “Hayotiy forma” tushunchalari botanika fani rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tadqiqotchilar, olimlarni qiziqtirib kelgan. Eramizdan avvalgi davrlarda yashab o‘tgan Hayotiy formalar haqidagi ta’limot A. Gumboldtning “Идеи о физиономике растений” (1806) nomli asari bosilib chiqqandan keyin boshlandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. A. Gumboldt fizionomik jihatdan keskin farq qiladigan dastlab 16 ta keyin 19 ta “asosiy formalarni” aniqlagan. Drude keyinchalik 1913 yili yangicha klassifikatsiyasini taklif etdi. Bu klassifikatsiya hayotiy formalarni tekshirishda filogenetik belgilarga ham e’tibor berilishi kerakligi haqida birinchi marta o‘z g‘oyasini ilgari surgan klassifikatsiyalardan biri edi. Bu klassifikatsiyada Drude quruqlikdagi va suv o‘simliklarini 40 ta guruhga ajratadi, tuban o‘simliklarni qo‘shganda barchasi bo‘lib 55 ta hayotiy forma bo‘lgan.
B.A.Keller 1923-1926 va 1933- yillarda cho‘l, chala cho‘l va dashtlar uchun hayotiy formalar sitematikasini taklif etdi, u sistematikada o‘ziga xos ekologik-geografik metodni asoslab berdi. E.P.Korovin va D.N. Kashkarovning gil tuproqli cho‘llari uchun asosiy ekologik formalar ro‘yxatini tuzdilar, cho‘llardagi hayotiy formalar umuman A.V.Prozorovskiy (1936,1940) ancha batafsil ishlab chiqilgan; keyinroq esa L.E.Rodin (1963), N.T.Nechaeva, V.K.Vasilevskaya, K.G.Antonovalar (1973) o‘rganilgan.
Hayotiy formalar tushunchasining muallifi bo‘lgan Varming 1884-yili o‘zining morfologik-biologik sistemasini taklif etdi. U o‘simliklarni 2 ta asosiy guruhga bo‘ladi: monokarplar va polikarplar. Bu asosiy guruhlar ham o‘z navbatida bo‘linib ketadi, monokarplarga- monotsikllilar, ditsikllilar va politsikllilar. Polikarplarga esa- a) harakatsiz yoki sekin harakatlanadigan o‘simliklar, b) harakatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklar, er ostida harakatlanadigan (ildizpoyasi, o‘q ildizlari) va suv yuzida suzib yuruvchi o‘simliklar turlari kiradi. Varm birinchi marta o‘simliklarni hayotiy formalarini sitemaga solishda er osti organlariga ham e’tibor berdi.
Hayotiy shakllarning keng tarqalgan klassifikatsiyasi 1934 yili daniyalik olim S. Raunkiaer tuzgan. S. Raunkiaer o‘z klassifikatsiyasida o‘simliklarni har xil noqulay sharoitga moslashishiga qarab guruhlarga ajratgan. S. Raunkiaer o‘simliklarni 5 ta guruhga ajratgan, bular:
1.Fanerofitlar- faneros- ochiq
2.Xamefitlar- xame- past
3.Gemikriptofitlar- gemi- yarim
4.Kriptofitlar- kriptos- yashirin
5.Terofitlar- teros- yoz
Rus olimi G.N.Visotskiy 1918 yilda o‘zining “культурно-фитологический очерк” asarida hayotiy formalarning orginal sitemasini taklif etgan. Uning sxemasi asosan quruq dasht va cho‘llar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘simliklarni vegetativ ko‘a va tarqalishiga ko‘ra guruhlarga ajratgan.
Turkiston tizmasining shimoliy yon bag‘irliklar florasida tarqalgan turlarni I.G. Serebryakov [1962] tomonidan ishlab chiqilgan tasnif asosidagi tahlili amalga oshirildi. Olim tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga ko‘ra, floradagi turlar 19 ta hayotiy shakllarga mansubligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanilgan biologik hayotiy shakllar va ulardagi turlar soni va foiz ulushi (1.1-jadval) da keltirilgan. I.G. Serebryakov [1962] tomonidan ishlab chiqilgan tasnifda turning kaysi tipga mansubligini aniqlashda o‘simlik o‘sish sharoiti muhim ahamiyat kasb etadi. Undan tashqari tadqiqotchining sub’ektiv fikri ustunlik qiladi.
Mazkur florada turlarning hayotiy shaklariga ko‘ra yuqorigi ko‘rsatgich, o‘qildizli polikarp o‘tlarga to‘g‘ri keldi. Mazkur tipdagi turlar florada turlarning (422) 1/3 qismini tashkil etadi. Bunga juda yaqin ko‘rsatkichlar bevosita qo‘shni bo‘lgan Zomin qo‘riqxonasi florasi uchun ham xos hisoblanadi (368 tur, 30,87%) [3; 145-b.]. Bu holat xam C. Raunkiaer [1934] tasnifidagi gemikriptofitlarga to‘g‘ri kelib, O‘rta Osiyoning tog‘li qismiga xos bo‘lgan xususiyatlarni namoyon etadi. Mazkur tipdagi turlar
Fabaceae, Asteraceae, Caryophyllaceae, Lamiaceae singari polimorf oilalarning vakillariga to‘g‘ri keladi [2; 632-b.].
Uzoq vegetatsiyali bir yillik o‘tlar Turkiston tizmasining shimoliy yon bag‘irliklar florasida 244 turdan iborat bo‘lib, jami turlarning 19,44%ni tashkil etadi. Ushbu guruhga mansub turlar
Asteraceae, Poaceae, Fabaceae, Euphorbiaceae, Brassicaceae, Boraginaceae singari oila vakillari orasida ko‘p uchrashi aniqlangan. SHuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bu guruhga oid bo‘lgan turlarning soni bo‘yicha Turkiston tizmasining shimoliy yon bag‘irliklar florasidagi Oqsuv daryo havzasi florasidan ortda turadi (344 tur, 25,67%) [4; 41-b.]. Biroq, bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘rta Osiyoning tog‘li qismidagi bir qator floralardan ustun turadi. Ular qatoriga Surxon qo‘riqxonasi (131 tur, 17,63%) [5; 160-b.], Nurota qo‘riqxonasi (131 tur, 16,67%) [6; 45-49-b.], Zomin qo‘riqxonasi (184 tur, 15,43%) [3; 145-b.], Varzob daryo havzasi (142 tur, 9,25%) [7; 272-b., 57; 356-b.] floralarini kiritish mumkin.
1.1-jadval
I.G. Serebryakov (1962) tasnifidagi hayotiy shakllar va ulardagi turlar soni va foiz ulushi
№ |
Hayotiy shakllari |
Turlar soni |
foiz hisobida |
1 |
Daraxtlar |
25 |
1,99 |
2 |
Butalar |
53 |
4,22 |
3 |
YArimbuta va yarimbutachalar |
58 |
4,62 |
4 |
YOstiqsimon polikarplar |
2 |
0,15 |
5 |
Lianalar |
3 |
0,23 |
6 |
Paporotniklar |
6 |
0,47 |
7 |
O‘qildizli polikarp o‘tlar |
422 |
33,62 |
8 |
Panjaildizli, qisqaildizli va ildizbachkili polikarplar |
45 |
3,58 |
9 |
Ildizpoyali polikarp o‘tlar |
11 |
0,87 |
10 |
Popuk ildizli polikarplar |
49 |
3,90 |
11 |
Piyozli polikarp o‘tlar |
54 |
4,30 |
12 |
Ildiztugunakli, tugunakpoyali, tugunaksimon yo‘g‘onlashgan polikarp o‘tlar |
45 |
3,58 |
13 |
Ikki yillik o‘tlar |
42 |
3,34 |
14 |
Uzun vegetatsiyali bir yillik o‘tlar |
244 |
19,44 |
15 |
Efemerlar |
125 |
9,96 |
16 |
Parazit o‘tlar |
16 |
1,27 |
17 |
Qalin chimli polikarplar |
23 |
1,83 |
18 |
Siyrak chimli polikarplar |
28 |
2,23 |
19 |
O‘q ildizli monokarplar |
5 |
0,40 |
Jami: |
1255 |
100 % |
Yuqoridagi raqamlardan xulosa kilinsa, ushbu tipdagi turlar uchun optimal sharoitning mavjudligi Turkiston tizmasi va unga yondosh bo‘lgan hududlarning iqlimining namligi va tekislik mintaqasidan uzoqda joylashganligi bilan izohlanadi.
Efemerlar asosan adir, quyi va tog‘oldi mintaqalarda keng tarqalgan turlar hisoblanadi. Florada efemerlar 125 turdan iborat bo‘lib, 9,96%ni tashkil etadi. Florada tarqalgan efemer turlar
Brassicacae, Fabaceae, Poaceae, Ranunculaceae, Papaveraceae oilalarning terofitlari hisoblanadi.
Turkiston tizmasining shimoliy yon bag‘irliklar florasida daraxlar, butalar hayotiy shakliga mansub turlar soni bo‘yicha O‘rta Osiyoning tog‘li qismidagi boshqa floralarga nisbatan ko‘pligi bilan ajralib turadi (mazkur holatni fanerofitlar misolida ham keltirilgan, unda xamefitlarsiz). Florada daraxlar 25 tur (1,99%), butalar 53 tur (4,22%), yarim buta va butacha 58 tur (4,62%) iborat, mazkur turlar birgalikda umumiy floraning 10,83% tashkil etadi.
Turkiston tizmasining shimoliy yon bag‘irliklar florasida tarqalgan turlarning hayotiy shakllari bo‘yicha tahlil natijalariga ko‘ra, S. Raunkiaer [1934] hamda I.G. Serebryakov [1962] tomonidan ishlab chiqilgan tasniflarda floraning asosini ko‘p yillik polikarp turlar tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Tahlillar natijasida yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, mazkur florada tarqalgan daraxt va butalar ya’ni, fanerofitlar O‘rta Osiyoning tog‘li qismidagi boshqa floralarga nisbatan xilma-xilligi yuqori bo‘lgan hududlardan ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Umuman olganda o‘simliklarning floradagi o‘rni bo‘yicha birinchi o‘rinni ko‘p yillik o‘simliklar, ikkinchi o‘rinni bir yillik o‘simliklar, uchinchi o‘rinni daraxt va butalar, to‘rtinchi o‘rinni esa yarimbuta va yarimbutachalar egallaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
- Серебряков И.Г. Экологическая морфология растений. – М: Выс. шк., 1962. – 378 с.
- Raunkiaer C. The life form of plants and statistical plant geography. – Oxford, 1934. – 632 p.
- Эсанкулов А.С. Флора Зааминского государственного заповедника: дис. …канд.биол. наук. – Тошкент: 2012. – 145 б.
- Сулайманов Н.О. Флора бассейна реки Аксу (Туркестанский хребет): дис. …канд. \биол. наук. – Тошкент: 2008. – 238 б.
- Ибрагимов А.Ж. Флора Сурханского заповедника (хребет Кугитанг): Дис. …канд. биол. наук. – Ташкент: 2010. – 160 б.
- Бешко Н.Ю. Флора Нуратинского заповедника: Дис. …канд. биол. наук. – Ташкент: 1999. – 45-49 с.
- Камелин Р.В. Видовой состав растительного покрова ущелья р. Варзоб. Высшие растения // В кн. Флора и растительность ущелья реки Варзоб. – Л.: Наука, 1971. – 272 с.
- Азимова Д.Э. Молгузар тизмасининг флораси: дис. …канд.биол. наук. – Тошкент: 2018. – 147 б.