Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

PISA xalqaro baholash dasturida topshiriqlar tayyorlashda matnlarning o‘rni.

Nilufar Turanazarova 1Jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo‘lim «Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim» kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Jizzax, O‘zbekiston Anotatsiya. Ushbu maqola PISA xalqaro baholash dasturi tadqiqotlarini o‘tkazishda qo’llaniladigan topshiriqlarni takomillashtirish va topshiriq matnlari ustida olib boriladigan ishlar bo‟yicha dasturda ishtirok etadigan muassasalar hamda o‘quvchilarga samarali ko‘mak berishga qaratilgan. Kalit so‘z: PISA xalqaro baholash, o‘qish savodxonligi, topshiriqlar, matn, o‘quvchi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi har tomonlama e’tiborni kuchaytiradi. Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi: PIRLS– boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash; TIMSS–4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash; TALIS– rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim muassasalaridao‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish; PISA– 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagifanlardan savodxonlik darajasini baholash. EGRA va EGMA esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi va yondashuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi. Bu o‘rinda xalqaro baholash dasturlaridagi topshiriqlar uchun olinadigan matnlar alohida ahamiyatga egadir. Yirik hajmli matnlar bir necha satr boshidan tashkil topib bo‘limlar, boblar va kitoblar kabi kattaroq qismlarga ajratiladi. Kichik hajmli matnlar esa bir nechta jadvallardan tuzulib jadvalli shaklda bo‘lishi mumkin. Bu ikki matn statik yoki faol kabi turlarga ajratiladi. Aralash va murakkab formatli matnlar esa ham statik ko‘p hollarda faol matn  ko‘rinishida bo‘ladi. Statik ko‘rinishdagi matnlarda  surat va grafiklar tasvirlaniladi, bu  esa ularning ajralmas qismidir. Faol matnlarda videolar, animatsiyalar va audio fayllarni uchratish mumkin, bu esa ularning ajralmas qismi hisoblanadi. Hozirgi baholash dasturlarida video va animatsiyadan foydalanish ma’lum darajada cheklangan, sababi ular qo‘shimcha shartlarni talab etadi, audio materiallardan esa umuman foydalanilmaydi. Hozirgi kunda dastur miqyosida yirik hajmli matnlardan keng foydalanilmoqda.  Yirik hajmli matnlarga misol qilib gazeta yangiliklari, insholar, asarlar, qisqa hikoyalar va xatlarni kiritish mumkin. Yirik hajmli matnlarda o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun  sarlavha va mundarija yordamida matn tarkibning tuzilishi ko‘rsatiladi. Matnda ketma-ketlikni (tartibni) ifodalovchi kirish so‘zlar (“birinchidan”, “ikkinchidan”, “uchinchidan”, va shu kabilar), “shuning uchun,” “shu sababli”  kabi matn qismlari o‘rtasida sabab-natija munosabatlarini ifodalovchi sabab bog‘lovchilari va shunga o‘xshash bir qancha ishoralar ham ko‘rsatiladi (masalan, gap oxirida nuqta qo‘yish shular jumlasidan). PISA tadqiqotlari o‘qish savodxonligida topshiriqlarning murakkabligi o‘quvchilarning  bilim olishlariga to‘siq bo‘la olmaydi, balki muammolarni yechishga doir malaka va ko‘nikma hosil qilishlari uchun zaruriy manbaa bo‘ladi. So‘nggi yillarda o‘quvchilarning o‘qib-tushunish ko‘nikmasini xotiraga tayanib baholash, matn bilan tanishganlaridan so‘ng  matn asosidagi savollarga javob berish, bevosita tadqiqotlarda o‘tkazilgan sinovlardan ko‘ra samarali emasligi haqida munozaralar olib borilmoqda. Ancha oldin tanishgan matn bilan ishlab, javob berish o‘quvchilarga qiyinchilik yaratishi aniq, dasturda o‘qish savodxonligining bu jihati ham inobatga olindi. Shuningdek, o‘quvchiga matnli topshiriq berilib, qisqa vaqtdan keyin matn olib qo‘yilsa, kitobxonning o‘qib-tushunish ko‘nikmasi xotirada saqlab qolish ko‘nikmasi bilan aralashib ketishi aniqlandi. Aslida o‘qib-tushunish ko‘nikmasi xotirada saqlab qolish ko‘nikmasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ikkalasi bir-birdan ayro o‘rganilmaydi. Shularni inobatga olib hozirda PISA o‘qish savodxonligini baholash tartibiga oid kiritilgan o‘zgarishlar o‘zini oqlamagan. Mazkur masalani o‘rganish maqsadida, PISA tadqiqotlarining keyingi etaplarida berilgan matn o‘qib chiqish uchun sarflanadigan vaqt, savollarga javob berishda matnni takrorlashlariga ajratilgan  vaqt va topshiriqni bajarish uchun belgilangan umumiy vaqtlarni inobatga olinishi ko‘zda tutilgan. Matnning maqsadi va ichki tuzilishi asosida uning turi aniqlanadi. Asosiy matn turlari: tasvirlovchi matnlar; hikoyaviy matnlar; ifodalovchi matnlar; isbotlovchi. Tasvirlovchi matnlar – fazodagi jismlarning xususiyatiga oid bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zida jamlaydi. Bunday matnlar odatda nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Tasvirlovchi matnlarning turli shakllari bor. Impressionistik tasvirlovchi matnlar fazodagi yo‘nalishlar, sifatlar va munosabatlarning subyektiv tasvirlaridan tarkib topgan bo‘lsa, texnik tasvirlovchi matnlar fazodgi obyektiv kuzatuvlarni o‘z ichiga oladi. Texnik tasvirlovchi matnlarda diagramma va tasvirlar kabi formatlardan foydalaniladi. Hikoyaviy matnlarda ma’lumotlar hech qanday vaqtga qaramay jimslarning xususiyatlariga ishora qilinadi. Hikoyaviy matnlar odatda qachon?, qay ketma-ketlikda? va nima uchun? savollari asosida bayon qilinadi, ularning ham turli shakllari bo‘ladi. Hikoyaviy matnlarda harakatlar va voqealar subyektiv tomondan yondoshilgan holda ta’riflanadi. Hikoyaga asoslangan materiallar o‘quvchilarga sodir bo‘lgan yoki bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida mustaqil fikr-mulohaza yuritishga davat etadi. Hikoyaviy matnlarga asarlar, qisqa hikoyalar, pyesalar, tarjimai xollar, hajviy komikslar va voqea-hodisalar kabilarni kiritiladi. Ifodalovchi matnlarda murakkab yoki aqliy tushunchalar tahlil qilinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar beriladi. Bu matnda elementlar bir-biri bilan qanday munosabatga kirishishi va mazmunan bir butunlik yoki yakdillikni hosil qilishi yoritiladi va qayday qilib? so‘rog‘iga javob beradi. Ifodalovchi matnlar o‘z shakllariga ega,  unda aqliy tushunchalar va tajribalar subyektiv nuqtai nazardan izoh talab etadi. Ifodalovchi matnda biror tushuncha so‘z yoki termin bilan qanday bog‘liqligi aytiladi. Buning uchun tushuncha tarkibi alohida qismlarga ajratilgan holda anglashiladi va qismlardagi munosabatlar ajratib tahlil qilinadigan bir butunlik yoki yaxlitlik sifatida olinadi. Ifodaviy matn turiga misol qilib ilmiy maqolalar, ayrim diagrammalar, grafalar, xaritalar va kiritmalarni kiritish mumkin. Isbotlovchi xususiyatli matnlar tushunchalar yoki farazlar orasidagi bog‘liqlikni bildiradi. Isbotlovchi xususiyatli matnlar nima uchun? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Isbotlovchi xususiyatli turlariga so‘zlovchi bildirgan fikr-mulohaza va uning dunyqarashini ko‘rsatishga va fikrlashga undovchi matnlar kiradi. Isbotlovchi xususiyatli matnning izohlariga hodisalar, fikr-mulohazalarning alohida tizimini tashkil etuvchi jismlar va tushunchalar, qadr-qimmat va ishonch kabi tushunchalar birikadi. Ilmiy tarafdan isbotlovchi matnlarda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri  bo‘lgan farazlarning  bilim va tafakkurga oid hodisa ekanligi, jismlar va g‘oyalardan tarkib topishi aytiladi. Ko‘rsatma beruvchi matnlarda (yo‘l-yo‘riq yoki dasturiy matnlar) nima qilishni ko‘rsatuvchi ko‘rsatmalar beriladi, ya’ni topshiriqni bajarish bo‘yicha berilgan yo‘riqnoma desa ham bo‘ladi. Unga retseptlar, birinchi tibbiy yodam yo‘riqnomasi va raqamli dasturiy ma’lumotlarni boshqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar kiradi. Kelishuv xususiyatli matnlar uchrashuv yoki yig‘ilishlarni tashkillari, qilinishi kerak bo‘lgan narsalarni so‘rash kabi maqsadga erishishga yo‘naltirilgan matnlar hisoblanadi. Kelishuv xususiyatli matnlar odatda xususiyatiga ko‘ra shaxsiy bo‘lib, bu ularni nima sababdan boshqa matn turiga kiritilmasligini tushuntirirshga imkon beradi. Kelishuvga oid matnlar odatda shaxsiy bilim va tushunchalardagi kelishuvlarga asoslanadi. Bu ko‘rinishdagi matnlarga kundalik elektron yozishmalar, biror narsani so‘rash yoki rejalashtirish maqsadidagi matnli habarlar yaratish misol bo‘ladi. Hikoyaviy matnlar insonlarning olam borasidagi tasavvurlari, fikrlarini ifoda qilib, ular faktlarga yoki hujjatlarga asoslangan bo‘lib, ko‘pgina milliy va xalqaro baholash dasturlarida muhim o‘rin tutadi. Boshqa dasturlarda berilgan matnlarda to‘qima va hayoliy tasavvurlar, dunyoga badiiy qarash, tasavvuriy tushunchalarni ifodalaydi. O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholashga qaratilgan boshqa tadqiqotlarda (masalan, Ta’limdagi Yutuqlarni Milliy Baholash Dasturi (NAEP), O‘qish savodxonligini Tadqiq Etishda Ta’limdagi Yutuqlarni Baholovchi Xalqaro Assosiatsiyasi (IEARLS) va Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash xalqaro dasturi (PIRLS)) matnlarning to‘qima, badiiy va hujjatli matnlar kabi tasniflarini o‘rganishni maqsad qilib oldi. Mualliflar badiiy asarlarni yozishda ham faktlarga asoslangan matnlardan foydalanganliklari tufayli dasturlar o‘rtasidagi farqlanish  noaniqlashib qoldi. PISA o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturida ham aniq faktlarga asoslangan u yoki bu turga kirmaydigan matnlar va badiiy matnlar qo‘llaniladi. Shunday bo‘lsada, PISA tadqiqotlarida o‘quvchilarning faktlarga asoslangan va badiiy matnlarga oid bilimlari orasidagi farqni baholashni maqsad qilmaydi. PISA tadqiqotlarida to‘qima va badiiy matnlar hikoyaviy matnlar sifatida tasniflanadi. Xususiyatli matnlar, ko‘rsatma beruvchi va kelishuvga oid matnlar turli matn turiga xos xususiyatga ega real hayotiy matnlarni tasniflash imkoniyatiga ega emas. O‘quv darsligining biror bo‘limi ayrim ta’riflardan (ifodalovchi), muammoni yechishga qaratilgan ko‘rsatmalardan (ko‘rsatma beruvchi), yechim topishning qisqacha bayonidan (hikoyaviy) va yechim bilan bog‘liq ayrim jismlarning tasviridan (tasvirlovchi) tuzilgan bo‘lishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar.
  1. Ismailov A. va boshqalar Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash (Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma). Toshkent, 2019-yil, 92 bet.
  2. Norboyeva D. 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo’yicha o’tkaziladigan xalqoro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun daftari Toshkent, 2019-yil, 15 bet.
  3. www.oecd.org/pisa – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining rasmiy veb sayti
  4. S.Matchonov, A.Shojalilov, X.G‘ulomova, Sh.Sariyev, Z.Dolimov 4-sinf O‘qish kitobi-Toshkent 2017
  5. Matchanov S. va boshqalar O’qish kitobi. 4-sinf darsligi.Toshkent – 2020. 160 bet.
  6. Radjiev A.B.va boshqalar. O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi. Qo‘llanma. Toshkent – 2019 62 bet