Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

MEDIATA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK MAKTAB MENEJERLARINI O‘QITISH

Alimova Qunduz Oybek qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi   Annotatsiya: Ushbu maqolada mediata’limning mazmun mohiyati hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida fikrlar keltirilgan. Bundan tashqari maqolada mediata’lim muhitida  bo‘lajak maktab menejerlarini o‘qitish jarayonlari va xorijiy mamlakatlarda mediata’limga bo‘lgan e’tibor haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Mediata’lim, ommaviy axborot vositalari, mediasavodxonlik, mediamadaniyat, kommunikatsiya, texnologiya, mediamakon, tanqidiy fikrlash, kognitiv va  affektiv tajribalar. Аннотация: В данной статье представлены представления о сущности медиаобразования и его важности на сегодняшний день. Кроме того, в статье рассказывается о процессах подготовки будущих руководителей школ в среде медиаобразования и о том внимании, которое уделяется медиаобразованию в зарубежных странах. Ключевые слова: Медиаобразование, СМИ, медиаграмотность, медиакультура, коммуникация, технологии, медиапространство, критическое мышление, когнитивно-аффективные переживания. Abstract: This article presents ideas about the essence of media education and its importance today. In addition, the article talks about the processes of training future school managers in the environment of media education and the attention paid to media education in foreign countries. Keywords: Media education, mass media, media literacy, media culture, communication, technology, media space, critical thinking, cognitive and affective experiences. Kirish. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining turli shakllari yoki ularning shaxsiy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotimizga ta’sirini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Shuning uchun, axborot jamiyati hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun kompetensiyalarning yangi turlari (bilim, ko‘nikma va malaka) zarur. Ommaviy axborot vositalari so‘nggi yarim asrda insoniyat hayotida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa yurtimizga epidemiyaning kirib kelishi ko‘proq turtki bo‘ldi, To‘g‘ri epidemiya juda ko‘p talofatlar olib keldi, lekin bu qandaydir insonlarning ish faoliyatiga ijobiyroq ta’sir etdi, chunki odamzod ushbu vositalar asosida ko‘pgini ishlarini amalga oshirdi. Hattoki, ushbu vositalardan foydalanishni bilmagan aholi ham foydalanishni o‘rgandi. Juda ko‘p ommaviy axborot vositalariga ehtiyoj sezishdi. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari butun sayyoramiz aholisi hayotining eng muhim sohalaridan biridir. Sotsiologlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘rtacha 75 yilgacha yashagan “madaniyatli odam” taxminan 50 yil faol, uyqusiz faoliyat bilan shug‘ullanadi. Va u roppa-rosa to‘qqiz yilini televizor ko‘rishga sarflaydi: Masalan, 21asr boshida, 18 yoshgacha bolgan bolalari va o‘smirlari bo‘lgan amerikalik oilalarning 99 foizida kamida bitta televizor, 97 foizida kamida bitta videomagnitafon va radio mavjud. Oilalarning 74 foizi kabel yoki sun’iy yo‘ldosh televideniyasidan foydalangan, 69 foizi esa shaxsiy kompyuterlar (shundan 45% – Internetga ulangan.[3.4] Mana shunday faktorlar ta’lim sistemasini zamon bilan hamnafas olib borish, bozor iqtisodiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, insonning butun umrini qamrab oluvchi uzluksiz ta’limni joriy etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu esa albatta, ommaviy axborot vositalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugungi kunda tez-tez ishlatiladigan “savodxonlik” atamasi ko‘pincha turli xil ta’riflar bilan birga keladi, ular orasida “raqamli”, “kompyuter”, “vizual”, “texnologik”, “kommunikatsiya” va, albatta, “ommaviy axborot vositalari” va “axborot” degan tushunchalar mavjud[2.14]. Ushbu tendentsiya ushbu sohadagi tadqiqotlarga qiziqish ortib borayotganidan va zamonaviy jamiyatning dinamik o‘zgarishidan dalolat beradi. Shunisi e’tiborga loyiqki, bugungi kunda “savodxonlik” an’anaviy o‘qish va yozish qobiliyatlaridan ko‘ra ko‘proq narsani o‘z ichiga oladi. Axborot savodxonligi sohasidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilar hatto ta’lim muhitida ham ma’lumotlarning ishonchliligini baholashda qiynaladilar, shuning uchun ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi ko‘nikmalari yoshlarda keksa yoshdagilarga qaraganda yaxshiroq rivojlangan deb ishoniladi. Ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi ko‘nikmalarini egallash o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun o‘quv muhitini boyitish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada dinamik qilish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Bu esa mediata’limni kirib kelishiga asos bo‘ladi. Jahon miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy sohalarda olib borilayotgan global o‘zgarishlar kadrlar tayyorlash tizimini mediata’lim asosida takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mediatalim (Media Educatio) yetakchi ilmiy markazlar hamda ta’lim muassalaridan xalqaro ta’lim, fan va madaniyat tashkilotlari YUNESKO, Aloqalar va ma’lumotlar almashinuvi markazi (Centre de liaison de lenseignement et des médias information, Fransiya), The University Southampton (Buyuk Britaniya), Institute fur Film Und Bild im Wissenschaft (Germaniya) hamda maxsus mediamarkazlar (Center for Media Education)da amalga oshirilmoqda. Shuning uchun oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak maktab menejerlarini o‘qitishni mediatalim asosida tashkil etish va takomillashtirish dolzarbligicha qolmoqda. Xalqaro ilg‘or tajribalarga ko‘ra, AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Avstraliya kabi rivojlangan mamlakatlarning ta’limi mediatalim asosida ta’lim jarayonini amalga oshirishga doir pedagogik modellarni ishlab chiqish, o‘qitishning pedagogik va psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, ta’lim jarayonida talabalarning mediasavodxonligini rivojlantirish  alohida e’tirof etiladi.[6.5] Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirish jarayonida mediata’limni kirib kelishiga asos bo‘lgan me’yoriy hujjatlar ham mavjud deb hisoblaymiz. O‘zbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan “Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor vazifasining ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lajak maktab menejerlarini o‘qitishni  rivojlantirishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalanib kasbiy faoliyatga tayyorlashni jadallashtirish zarurati yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa, mediatalim asosida oliy talim muassasalari talabalarini pedagogik faoliyatda kasbiy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish natijalarini ob’ektiv va avtomatik baholash shakllari va usullarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi[1.39] PF-4947-sonli va 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli Farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoklarining ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli va 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori, 15 yanvar 2007 yildagi O‘RQ-78 sonli “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunlar, qarorlarlar va boshqa me’yoriy hujjatlar va manbalar ushbu tadqiqot ishini qay darajada o‘rganilganini aks ettiradi. Shu o‘rinda parlament tomonidan “Ijro hokimiyati organlari faoliyatining, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, davlatning ichki hamda tashqi siyosatining ochiqligi va oshkoraligi” ni ta’minlaydigan bir qator qonunlarni qabul qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2014 yil 5 may kuni respublikamizda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun milliy axborot makonining yanada shaffof bo‘lishiga, uning kengayishiga hamda global axborot makonida O‘zbekiston imijining, milliy kontent mazmuni, shakli va usullarining boyishiga xizmat qilishi shubhasiz. Ushbu tub o‘zgarishlardan asosiy maqsad – jamiyat uchun foydali, kun sayin rivojlanayotgan mehnat bozorida raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni yetishtirib berishdan iboratdir. Tadqiqot metodologiyasi.  Shunday qilib, XX asrning 90-yillarida media-ta’lim Kanada va Avstraliyadagi barcha o‘rta maktablarda (1-sinfdan 12-sinfgacha) ta’limning majburiy tarkibiy qismiga aylandi. Mediata’lim Buyuk Britaniya maktablarida ona tili darslariga birlashtirilgan bo‘lib, bu yerda, masalan, har yili 25 000 o‘rta maktab o‘quvchilari va 8 000 universitet talabalari yakuniy imtihonlari uchun media kursini tanlaydilar.[4.224] Aytgancha, Amerika ommaviy axborot vositalarining kengayishi ko‘plab mamlakatlarda mediata’limning jadal rivojlanishiga hissa qo‘shdi: ko‘plab Evropa ommaviy axborot vositalari o‘qituvchilari chet eldagi ommaviy madaniyat ta’siriga qarshi turishga yordam berish uchun talabalarning “tanqidiy fikrlashlarini” rivojlantirdilar. Bu esa ta’lim tizimini rivojlantirishga hamda media savodxonlikni shakllantirishga turtki bo‘ladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Oksford ensiklopediyasining 2001-yildagi nashri media ta’limni “Media ta’lim – media orqali ta’lim berishdan tashqari mediani o‘rganishdir. Media ta’lim bir vaqtning o‘zida mediamatnlar qanday yaratilishi va tarqatilishini anglash bilan birgalikda, o‘quvchi yoshlarda ommaviy axborot vositalari orqali uzatilayotgan axborotlar mazmunini tahlil qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantirish tushuniladi. Shuning bilan birga, mediata’limning asosiy maqsadlaridan biri – media mahsulotlarni yaratish bo‘yicha o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish nazarda tutiladi.” Mediata’lim orqali shakllangan mediasavodxonlik va mediamadaniyat ko‘nikmalari ommaviy axborot vositalari orqali uzatilayotgan axborotlarni tushunish, ularni shaxsga va jamiyatga ta’sirini o‘rganish jarayonini nazarda tutadi. Mediasavodxonlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan inson mediamatnlarni qabul qilish, tahlil qilish, baholash va yaratish qobiliyatlarga ega bo‘ladi, ulardagi ijtimoiy-madaniy va siyosiy kontekslarni tushuna oladi. Media ta’lim ham, media o‘rganish ham mediasavodxonlik (media savodxonligi) maqsadlariga erishishga qaratilgan. Bu esa o‘z navbatida media makonni yaratishiga asos bo‘ladi. “Media makon” (Media space) tushunchasi 1980 yildan beri qo‘llanilmoqda. R. Stults va S. Xarrisonlar bu kontseptsiyani “bir vaqtning o‘zida bir joyda bo‘lmasa ham, odamlar guruhlari birgalikda ishlashlari mumkin bo‘lgan elektron shartlar” deb atashgan. Media makonida odamlar jismoniy taqsimlangan hududlarni qamrab oluvchi real vaqtda vizual va audio muhitlarni yaratishi mumkin. Shuningdek, ular ushbu muhitda tasvir va tovushlarni yozib olish, kirish va ijro etishni boshqarishi mumkin.[5.54] Umuman olganda, media ta’limning maqsadi – yangi avlodni zamonaviy axborot sharoitida hayotga tayyorlash, turli xil ma’lumotlarni idrok etish, insonni uni tushunishga o‘rgatish, uning psixikaga ta’siri oqibatlarini anglash, muloqot qilish usullarini o‘zlashtirishdan iborat bo‘ladi. Ya’ni ommaviy axborot vositalarining haddan tashqari jalb qilinishining salbiy ta’sirini yumshatishdir (asosan voyaga etmagan auditoriyaga nisbatan). O‘qituvchilar ma’lum bir auditoriya uchun tushunarli bo‘lgan aniq misollar bilan ommaviy axborot vositalarining (masalan, televidenie) salbiy ta’sirini ochib berish orqali o‘quvchilarga voqelik va matn o‘rtasidagi farqni tushunishga yordam berishga harakat qiladi va shu asosida shakllantiradi. Tahlil va natijalar: Mediata’limni bo‘lajak maktab menejerlarga ommaviy axborot vositalari orqali ko‘proq ma’lumot oladigan dunyoni boshqarish imkonini berishi kerak. Ommaviy axborot vositalari ularning siyosiy mulohazasiga katta hissa qo‘shishini tushunishlari kerak. Ular tushunishlari kerakki, kommunikatsiya kengayishi odamlarga tugmani bosish orqali “to‘g‘ridan-to‘g‘ri” demokratiya orqali o‘zini namoyon qilish va siyosiy hayotda ishtirok etish uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratadi va shu bilan birga, yaxshi siyosiy axborot, davlat organlaridan yaxshiroq ma’lumot beradi. Ular tanqidiy xulosaga kelish uchun ommaviy axborot vositalaridan qanday foydalanishni o‘rganishlari va shu tariqa harakat qilish uchun o‘zlarining vakolatlarini kuchaytirishlari kerak. Ommaviy axborot vositalari nafaqat xayoliy olamlarning vositachisi sifatida, balki voqelik tasvirini proyeksiya qilishda ham o‘z voqeligini yaratishini ular boshdan kechirishlari kerak. Shunga qaramay, talabalar ushbu boshqariladigan voqelik o‘z qadriyatlarida neytral bo‘lolmasligini tushunishlari kerak. Ular turli xil ommaviy axborot vositalarining tuzilishi, dizayni va ta’sirini tan olishlari kerak, va ular qaysi kontent asosan qaysi ommaviy axborot vositalari tomonidan tashilishini tushunishlari kerak. Ular bir xil tarkiblar boshqacha tarzda taqdim etilishi va shuning uchun turli xil ta’sirga ega ekanligini bilishlari kerak bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra mediata’limning kirib kelishi quydagilarda aks etadi. Ommaviy axborot vositalari mavzusini ta’kidlagan 21asrning eng yorqin voqealaridan ba’zilari:
  • 2001 yil 15 yanvar – inglizcha Vikipediya (Vikipediya) ning rasmiy ishga tushirilishi.
  • 2001 yil 11 may – rus tilida Vikipediya bo‘limi tashkil etilganligi e’lon qilindi.
  • 2001 yil 31 oktyabr – Yerning yetti millionlik aholisi tug‘ildi.
  • 2001 yil 25 oktyabr – Microsoft Windows XP operatsion tizimini chiqardi.
  • 2004-yil 4-fevral – eng yirik Facebookning yaratilishi dunyoning ijtimoiy tarmog‘i
  • 2014 yil 7 fevral – Sochida (Rossiya) XXII qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilishi, u tarixda texnologik jihatdan eng ilg‘or deb tan olingan.[2.66]
Umuman olganda, mediata’lim ommaviy axborot vositalarida ta’lim olgan fuqarolar foydalanishi mumkin bo‘lgan mexanizmga aylanadi Xulosa. Ommaviy axborot vositalari o‘z-o‘zidan jamiyatimizda hukm surayotgan rol taqsimoti haqidagi tushunchani o‘zgartira olmasa ham, ular jamoatchilikka ta’sir ko‘rsatish va ma’rifat berishda muhim ahamiyatga ega. Muayyan qadriyatlarni aks ettirish orqali ular asosiy qiymat tushunchalarini saqlab qolishga hissa qo‘shadi va g‘oyalar, modellar va qarashlarni kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi mumkin. Mediadan foydalanish yoshlar, ayniqsa talabalarning bo‘sh vaqtini o‘tkazishning muhim qismi hisoblanadi. Shu bois mediata’limning yoshlar bilan ishlash jarayoniga integratsiyalashuvi tabiiy holdir. Bugungi kunda mediata’lim rivojlanish jarayonida muhim vosita hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi tarkibiga kiruvchi bilim va ko‘nikmalar odamlarga texnologiyadan samarali foydalanish imkonini beradi. Chunki bugungi kunda biz bilamizki, faqatgina bo‘lajak maktab menejerlarigina emas balki, butun avlod media vositalaridan foydalanishni bilishi kerak. Yuqorida aytganimizdek, mediata’lim  mediasavodxonlikni chiqib kelishiga turtki bo‘ladi. Jamiyatda mediasavodxonlik darajasi yuqori bo‘lgan va mediasavodxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan eng ilg‘or mamlakatlardan biri Finlyandiyadir. Jahon matbuoti erkinligi indeksi 2020 ma’lumotlariga ko‘ra, Finlyandiya 178 mamlakat ichida 2-o‘rinni egallaydi. Finlyandiya eng erkin ommaviy axborot vositalariga ega davlat ekanligidan tashqari, mamlakatda so‘z erkinligi va turli tuzilmalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha qulay vaziyat mavjud. Finlandiya davlatini bilamizki, hamma jabhada rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi, chunki bu davlatning ta’lim tizimi ham boshqa mamlakatlarga qaraganda, balanroq. Xususan mediata’lim, mediasavodxonlik darajasi ham yuqori darajada. Ularning mediata’limga oid sayti bor shu sayt orqali targ‘ib qiladi. Bundan tashqari maktablarida, maktabgacha ta’lim muassasalarda, oliy ta’lim muassasalarida ham darsliklar sirasiga kiritilgan desak mubolag‘a bo‘lmaymiz.

Mediadan foydalanishning afzalliklari:

  • Ko‘pgina media manbalari (badiiy filmlar, musiqiy videolar, vizualizatsiya, yangiliklar) qisqa vaqt ichida murakkab g‘oyalarni namoyish eta oladigan juda yuqori ishlab chiqarish sifatiga ega. Bu miqdoriy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.
  • Media ham kognitiv, ham affektiv tajribalarni taklif qiladi. Agar sahnalar kuchli hissiy tarkibga ega bo‘lsa, u muhokamani, o‘z qadriyatlarini baholashni va o‘zini o‘zi baholashni qo‘zg‘atishi
  • Media manbalaridan foydalanish o‘quvchilarni madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan voqealar bilan bog‘lashgayordam beradi. Natijada, ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning ijobiy natijasi shundaki, o‘qituvchilar o‘z materiallari va misollarini yangilab turishlari kerak bo‘ladi
  • Yangilik hikoyalari sinfda o‘qitiladigan nazariyalarni real dunyo voqealari va siyosatlari bilan bog‘lashuchun ishlatilishi mumkin .
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda shuni ta’kidlashimiz mumkinki, mediata’lim bugungi kunda mexanizmiga aylanadi, qaysi ommaviy axborot vositalarida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar media muhitiga moslashish uchun foydalana oladilar, ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga solishning haqiqiy ishtirokchisi bo‘la oladilar, media kompetentsiyasi, tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘ladi, o‘ylaydi, fikrlaydi, tanlab idrok etishni rivojlantiradi, ong va xulq-atvorda foydali ma’lumotlarni yangilaydi, yangidan yangi loyihalar yaratadi va shular asosida media olamini kashf etadi.   FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI  
  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida” gi Farmoni.// O’zbekiston hujjatlari to’plami.-T.,2017.-B.39.
  2. Александр Федоров Медиаобразование: история и теория учебное пособие для вузов.-М., 2015.- П.232
  3. А.В.Федоров, А.А.Новикова Медиаобразование в ведущих странах запада. Таганрог: Изд-во Кучма, 2005.  270 c.
  4. Боговиз А. В., Лобова С. В., Рагулина Ю. В. Практика медиаобразования. Медиаобразование в регионах России: проблемы и перспективы // Медиаобразование. Учебник .-М., 2017.- П.256
  5. Медиаобразование как фактор оптимизации российского медиапространства, коллективная монография.-М., 2014.- П.428
  6. Nekboyev Xurshid Xoliyorovich Media ta’lim asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy-tanqidiy yondashuvlarini takomillashtirish.D.-T.,2020.-B 125