S.R. Gelchenova Kimyo va uni o’qitish metodikasi kafedrasi
Jizzax Davlat pedagogika instituti
Bugungi kunda mamlakatimizda bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur taxlili, jaxon bozori konunkurensasi keskin o’zgarib raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqorar va jadal suratlar bilan rivojlantrish uchun mutlaqo yangicha yondashish xamda tamoillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqoza etmoqda. Shu bilan birgalikda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasi oliy taьlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini yaratilishi oliy taьlimni tizimli isloh qilishning ustivor yo’nalishlarini belgilash,zamonaviy bilim va yuksak maьnaviyi-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakaliy kadirlar tayyorlash jarayonini sifat jixatdan yangi bosqichga ko’tarish,oliy talimni moderizatsiya qilish,ilg’orxorij texnologiyalariga asoslangan xolda taьlim tizimini tubdan isloh qilishga yo’naltirilgan. Buning uchun esa zamanaviy o’qituvchini inovatsion texnologiya asosida shakillantirish zarurdir. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi bo’lgan avlodni tarbiyalash, nihoyatda katta diqqat-e’tiborni talab qiladigan ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o’qituvchi o’quvchi yoki talabaning shakllanish jarayonini zo’r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayonlarni boshqarar ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo’lishi lozim. Shundagina o’qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va
Har qanday didaktik jarayonda o’qituvchini innovatsion ko’nikmalarni hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Innovatsiyalargina o’quvchilarni ta’lim jarayoniga qiziqtiradi, uning shaxsiy qiziqishlarini ichki ehtiyojga aylantiradi. Albatta innovatsini hosil qilish va unga o’quvchi qiziqishini kam yoki ko’p bo’lishi o’qituvchining mahoratiga bog’liq.[1] Ta’lim turli bosqichlarda amalga oshadi. Birinchi bosqich-o’quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda talaba ta’limning mazmuni bilan tanishib, o’zining bilish vazifalari nimalardan iborat ekanini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi. Ikkinchi bosqich-ular o’quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo’ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar. Uchinchi bosqich-yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar, o’qituvchining qo’shimcha izohlari orqali mustahkamlanadi. Turtinchi bosqichda-ular o’zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatga qarab amaliyotga tadbiq qiladilar.
Ta’limda faqat qiziqishga tayanib qolish ham motivatsiyaning asosli samarasi bo’la olmaydi. Bunda eng muhim samarali usul motivatsion-muammoli vaziyatlarni quyish yoki o’rganilayotgan predmetning ijtimoiy mohiyatini aks ettiradigan maxsus bilishga oid vazifalarning qo’yilishidir.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o’qituvchida o’z kasbiga layoqat bo’lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo’lishdir. Bu avvalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishida ko’rinadi. Bundan tashqari o’qituvchi, o’quvchiga o’z faoliyatining ob’yekti sifatida qiziqib qarashi, uning ehtiyoj va xususiyatlarini tushuna bilishi lozim.
Quyidagilar mutaxassisning pedagogik tayyorlanganligining zarur va yetarli darajasini ta’minlaydigan asosiy talablar hisoblanadi:[2]
- Dars berish mahorati. 2.Tarbiyalash mahorati 3.O’quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlari; 4.Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati.
Kimyo fan o’qituvchilarida innovatsion g’oyalarning shakillantirishda pedagog kreativlik to’shunchalari kasbiy faoliyatida vujudga kelishi kerak:
1.Kaspiy faoliyatiga ijodiy yondashuv. 2.Yang-yangi g’oyalarni yaratishda faolik ko’rsatish. 3-Ilg’or pedagogik yutug’lar va tajribalarni mustaqil o’rganish. 4-Hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashini kunikmalarini shakillantirish.
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o’zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi.
Pedagog o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o’zini o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o’z oldiga muammoli masalalarni qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi.
Pedagogik o’qituvchida kreativlik potensialiga ega bo’lishi o’zida quyidagi malakalarni namoyon eta oladi:[1.2]
1.Bajariladigan vazifaning mohiyati va axamiyatini belgilay bilish.
2.Masalaning qo’yilishini taxlil qila olish.
3.Masalani hal qilish rejasini tuzish.
4.Masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz,sintez, induksiya, deduksi,taqoslash va b.)larni qo’llash.
5.Masalani hal qilish usullarini tanlay olish.
6.Qabul qilingan qarorning to’g’riligini asoslash va qayta tekshirish.
7.Masalani hal qilishda kichik tatqiotlar- izlanishlarni olib borish.
8.Masalani hal qilish sharoiti,jarayonning borishi va masala yechimi yakunlarini umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish.
Xorijiy mamalakatlarning ta’lim tizimi amaliyotida shaxs kreativlik sifatlarida shakllantirish yoki rivojlantirishga xizmat qiladigan ko’plab metod va strategiyalar qo’llaniladi. Ushbu metod va strategiyalarning didaktik ahamiyati shundaki, ular talaba va o’quvchilarni o’quv materiallari yuzasidan chuqur o’ylashga majbur qiladi.
Ayniqsa, “Keys-stadi” texnologiyasining o’rni kattadir. Bunda, esa muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni hal qilishga doir o’quv topshiriqlarini ishlab chiqishda “Keys-stadi” texnologiyasi muhim ahamiyatga ega. Texnologiya qariyib 150 yildan buyon xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda.
Darhaqiqat, keys-stadi talabalarni har qanday mazmunga ega vaziyatni o’rganish va tahlil qilishga o’rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir: ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to’plash, ularni o’rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o’qituvchi va talaba (talaba) o’rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o’quv natijalari. Buning natijasida talabalar o’rtasida qo’ydagi ko’nikmalar shakillanish zarur:
1.Taxlil ko’nikmalari va tanqidiy tafakurni revojlantirish.
2.Nazariya va amaliyot birligini taьminlash.
3.Muammo yuzasidan turli qarashlar yondashuvlarni namoyish qilish.
4.Qarorlar qabul qilish vauning oqibatlariga doir muloxazalarni taqdim etish.
5.Noaniqliklar mavjud bo’lgan sharoitda muqobil variantlarni baxolash ko’nikmalarini shakillantirish.
Kupgina metodist olimlarning M.Rozenberg va L.M.Mitina nazariyalariga asosan o’qituvchilik faoliyati mohiyatiga tayangan holda bo’lajak o’qituvchini kasbiy-pedagogik jihatdan tayyorlash modeli quyidagi uchta o’zaro bog’liq yo’nalish asosida namoyon bo’lishini qayd etib o’tadi:
1) talabaning shaxsi; 2) talabaning o’quv-o’rganish faoliyati; 3) talaba tomonidan tashkil etiluvchi ijtimoiy munosabatlar.
Bugungi kunda taьlim tizimida innovatsion komponitlarini singdirib borishda xorijning mashg’ur kimyogarlari va metodistlarning ilmiy meroslarini va nazariyalarini,ayniqsa mashhur kimyo tarixchilaridan B.Kedrov kimyoviy dialektika, V.Shtrube kimyoning taraqqiyot yo’li, M.DJua kimyoning umumiy tarixi bilan shug’ullangan bo’lsalar, O.Benfey, V.Karpenko, B.Newbold, M.Pennington, P.Phillips, L.Corte, Z.Syelak, J.Keutgen, K.Javorovalar kimyo fanining ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish masalalarini tahlil etganlar.[3.4.5] R.Becker M.Galajlar bevosita kimyoviy tajribalarni tashkil etish va o’tkazish metodikalari bo’yicha ko’pgina tadqiqotlar olib borganlar.Bularning ilmiy nazariyalariga mos ravishda bo’gungi kunda ta’lim sifatini o’zgartirishda o’qituvchining innovatsion g’oyalarini shakillantirishda qo’ydagilarni amalga oshirishni tavsiya etamiz:
1.Tashkilotchi-ijtimoiy pedagog: o’quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlaydi. 2.Sinf yetakchisi-sinfda ijobiy psixologik muhit yaratadi va ta’sir ko’rsatadi; 3.Metodist-ta’lim jarayonida o’quvchilarning muammoni yechishda yordam beradi va qo’llab quvatlaydi.; 4.Faylasuf-bilim va tajribalarni tahlil qiladi, o’z qarashlarini asoslaydi; 5.Tajribali yaqin do’st o’quvchilar oldidagi to’siq va muammolarni bartaraf etishga yordam beradi; 6.Tadqiqotchi-novator-yangilik yaratuvchi-muntazam ravishda o’z ustida ishlaydi, yangi g’oyalar yaratadi, tatbiq etadi; 7.O’quv jarayonini rahbari va uni rag’batlantiruvchi-maqsadga etish vositalari, istiqbolini nazarda tutadi, o’qitish uslublarini tanlaydi, o’quvchilarni o’qishga o’rgatadi, ijodiy yondashadi; 8.O’zaro ta’sir ko’rsatuvchi-jamoa bo’lib ishlay oladi va ishlashga o’rgatadi; 9.Maslahatchi- shaxsiy namunasini o’rgat. Tarbiyachi-o’quvchilarga jismonan, aqliy va ma’naviy tomondan rivojlanishlariga yordam beradi; 11.Psixolog-o’zini yaxshi biladi va tushunadi; 12.O’zgarishlarga yo’naltiruvchi-o’quvchilarni hayotiy ko’nikmalarini yaxshilashga yordam beradi; 13.Ma’lumotlarni taqsimlovchi-o’quvchilarga asosiy yangi ma’lumotlarni yetkazadi va amaliyotga tatbiq etishga o’rgatadi.
Yaxshi o’qituvchi o’quvchiga “hunar” o’rgatishi, aqlli o’quvchi esa uni o’rganishi lozim. O’quvchilar “hunarni” qanchalik tez va mustahkam o’rganib olsalar, ular shunchalik birovlarga muhtoj bo’lmasdan o’z “mahsulotlariga” ega bo’ladilar. Mana shunday vazifalarni amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalar juda qo’l kelishini pedagogik tajribalarning natijalari ko’rsatmoqda.
Interfaol mashg’ulotlarni amalda qo’llashda ularni sifat va samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar: tashkiliy – pedagogik, ilmiy – pedagogik, hamda o’qituvchiga,o’quvchilarga, ta’lim vositalariga bog’liq omillar deb atash mumkin.
Interfaol mashg’ulotning asosiy shakllari: katta doira, charxpalak, akvarium, kichik guruhlarda (juftlikda) ishlash va boshqalarda naьmoyon bo’ladi.
Interfaol mashg’ulotning asosiy usullari: interfaol seminar, trening, ma’ruza, aqliy hujum, ishchanlik o’yini darslarda amalga oshiriladi.
Interfaol mashg’ulot samaradorligini belgilashning pedagogik psixologik asoslari sifatida o’qituvchining mashg’ulotni olib borishdagi kasbiy pedagogik mahorati, o’quvchilarning mashg’ulot mavzusini qanchalik to’liq va puxta o’zlashtirishga erishganliklari kabi ma’lumotlar hisobga olinadi.
Interfaol mashg’ulotlar o’ziga xos tashkiliy tuzilishga ega bo’lib, uni tashkil qilish va olib borish bo’yicha faoliyat turlari alohida ajratilgan va har biri bo’yicha alohida vazifalar shaklida nom berilgan. Ular bajaradigan vazifalariga ko’ra qo’yidagicha nomlanadilar:[2.3]
- Moderator 8. Lektor 15. Assistent
- Trener 9. Ekspert 16. Kotib
- Tyutor 10. Innovator 17. Texnolog
- Fasilitator 11. Kommunikator 18. metodist
- Mentor 12. O’qituvchi 19. Koordinator
- Kouch 13. Menejer 20. O’quvchilar
- Konsulьtant 14. Spektr
Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi – o’quvchilarning muloqot olib borish bo’yicha ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o’z o’rtoqlarini fikrini tinglashga o’rgatish orqali tarbiyaviy vazifalari bajarilishini ta’minlaydi.
Interfaol mashg’ulotlarni amalda qo’llash bo’yicha ayrim tajribalarni o’rganish asosida bu mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy – pedagogik, ilmiy-metodik hamda o’qituvchiga, o’quvchilarga, ta’lim vositalariga bog’liq omillar deb atash mumkin. Ular o’z mohiyatiga ko’ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishini nazarda tutishimiz lozim
Talabaga markazlashgan sinf xonalarida talabalar birgalikda darsning muhim elementlari va o’zlarining hali anglab yetmagan bilimlarini anglab olishadi.
Agar o’qituvchi haqiqatdan ham talabalarni fikrlashini istasa u talabalar ijtimoy hayotiga bog’liq bo’lgan ruxlantiruvchi qo’shimcha kuch va g’ayrat bag’ishlovchi materiallarni topishi lozim. Qachonki o’qituvchilar o’quvchilarni fikrlashga majbur qilsa talabalar uylariga nafaqat o’zlari istagan qobiliyatlar va keng dunyoqarash bilan qaytib ketishadi. Buning uchun esa aloqador materiallar o’quv jarayonini sifatini oshiradi.
Hozirgi ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogda muallimning innovatsion kunikmalarini hosil qilishda qo’ydagi jarayonlarni amalga oshirishi zarur: shaxsiga, kasbiga xos xislat va fazilatlarning mujassam bo’lishi, ulardan o’qitish va tarbiyalash jarayonida o’rinli, me’yorida foydalana olish zarurligini nazarda tutadi. Ular: 1) o’qituvchining shaxsiy xislatlari, 2) kasbiy bilimi, 3) kasbiy xislatlari, 4) shaxsiy pedagogik uddaburonligi, 5) tashkilotchilik malakalari, 6) kommunikativ malakalari, 7) gnostik malakalari, 8) ijodiy xislatlari shakillangan bo’lishligini ko’rsatib o’tamiz. Shu bilan bir qatorda, o’qituvchi taьlim sifatini oshirishda,innovatsion faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun pedagogik qobiliyatlarning muhim komponentlari mavjud bo’lishlishligi va uning qo’ydagi metod va usullari orqali amalga oshirishmiz: 1) didaktik qobiliyat, 2) akademik qobiliyat, 3) perseptiv qobiliyat, 4) nutq qobiliyati, 5) tashkilotchilik qobiliyati, 6) avtoritar qobiliyat, 7) kommunikativ qobiliyat, 8) pedagogik ijodiy xayol, 9) diqqatni taqsimlay olish qobiliyatini egallagan bo’lishi shart. Kupginametodist olimlarning mulohazalariga ko’ra, bulardan tashqari yana o’qituvchining ezgu maqsad sari intilishi, mehnatsevarligi, qat’iyligi, kamtarligi, haqgo’yligi, sadoqatli bo’lishi, namunali xulqi, yurish turishi, o’zini tuta bilishi, tashqi qiyofasi, xullas, uning milliy va umuminsoniy axloq me’yorlariga mos keluvchi sifat hamda fazilatlarni egallashi uning o’z kasbiy faoliyatiga tayyorligi va o’quv-tarbiya jarayoni samarasini ta’minlovchi muhim omillar ekanligini e’tirof etamiz.
Pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorlash bo’yicha tadqiqotlar ichida M.V.Klarinning ishlari alohida o’rinni egallaydi. U o’z ishlarida innovatsion faoliyatni ijtimoiy-madaniy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali tashkil etilgan uzluksiz ta’limning zarurligi bilan bog’laydi. Ushbu yondoshuv shaxsning erkin tanlash imkoniyatiga yo’nalganligidadir, bunda o’qish faoliyati yetakchi o’rinlardan birini egallaydi va shaxsning rivojlanishidagi muhim, yetakchi vosita va shaxsni ta’lim jarayoniga jalb etuvchi usul bo’lishi mumkin.
Pedagogning innovatsion faoliyatiga tayyorgarligi jarayoni quyidagicha kechadi, jumladan: mo’ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish, yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va aniqlik darajasini belgilash, yangilikni tadbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish va yangilikni tadbiq etadigan tashkilotning innovatsiyani qabul qilish qobiliyatiga baho berish.
Zamonaviy taraqqiyotga mos uzluksiz rivojlanib borayotgan kimyo va pedagogika ta’limi talabalar kasbiy tayyorgarligiga yangicha yondashuvi bo’lg’usi o’qituvchilarni pedagogik, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga yo’naltirish; umummadaniy, umumkasbiy, fan sohasidagi kompetensiyalarni egallash orqali ta’lim natijalariga erishishni ta’minlash lozimligi ko’rsatib o’tildi. Kimyoning asoslari asosida talabalar kasbiy tayyorarligi sifatini ta’minlashning integrativ metodologiyasi kimyo o’qitishning nazariy va metodik jihatdan integratsiyalash orqali amalga oshirishligi ko’rsatib o’tildi. Ularning kimyo asoslari asosida kasbiy-metodik tayyorlash mazmunini innovatsion ta’lim paradigmalari, kimyo ta’limi nazariyasi va amaliyotining taraqqiyot tendensiyalari, fanga oid kompetensiyalarini egallash bilan bog’liq kimyoviy-metodik kompetenligini shakllantirish tashkil etishligi aniqlandi.
Kimyoviy-metodik kompetentlikda o’qituvchini innovatsion qobiliyatlarini shakillantirishda kimyo fani o’qituvchilarini nafaqat umummadaniy va umumkasbiy balki, maxsus (kimyo fanining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, fanga oid) kompetensiyalarini egallashni ham taqozo etishi o’quvchi talabalarda innovatsion faoliyati vujudga kelishi orqali kimyoviy tushunchalarnig shakillantirishga yo’naltiradi.
Foydalangan adabiyotlar.
1.Omonov H.T., Qurbonnazarov O.A. Kimyo, inson va biosfera. –Toshkent: O’zbekiston ziyolilarining ilmiy-ma’rifiy uyushmasi, 1993.-26 b.
2.Omonov H.T. Kimyogarlik kasbi: yutuq va muammolar.//“Kasb ta’limi”: muammolar va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy seminari materiallari.–Toshkent: oshkent Moliya instituti, 2011. – 56-57 b.
3.Abraham Harold Masloou. Motivation and Personality. Year of the edition: 2011
4.Albert Bandura, Richard Walters. Teenage aggression. Studying of influence of education and family relations. Publishing house: Eksmo-Press, Aprel-Press ISBN: 5-04-004214-0 Year of the edition:-2000
5.Karl Rogers, Jerome Freyberg. Freedom to study. ISBN: 5-89357-099-5, 0-02-403121-6. Year of the edition: 2002