Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

BOSHLANG‘ICH  SINFLARDA  ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI  DARSLARINI O’TISH JARAYONIDA  MILLIY,  MA’NAVIY  TUYG’ULARNI SHAKLLANTIRISH

G.A.Xolboyeva p.f.n.,dots.,  JDPU  Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich  sinflarda  ona tili  va o‘qish savodxonligi  darslarini tashkil etish jarayonida milliy va manaviy tuyg’ularni takomillashtirishda ilg’or metod va usullardan foydalanish haqida  ma’lumot berilgan. Аннотация: В данной статье представлена ​​информация об использовании передовых методов и приемов совершенствования национальных и духовных чувств в процессе организации занятий по родному языку и читательской грамотности в начальных классах. Kalit so‘zlar: Metodika,  vosita,  ona tili va o‘qish  savodxonligi,  ma’naviyat, o‘qish  texnikasi, maqsad,  erkin fikrlash, pedagogik  texnologiya,   innovatsion texnologiya. Ключевые слова: Методика, инструмент, родной язык и грамотность чтения, духовность, техника чтения, цель, свободомыслие, педагогическая технология, инновационная технология.   O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim to‘g‘risida”gi  qonunda  keltirilgan  asosiy  maqsad  va vazifalardan  biri  ta’lim jarayonini  ilg‘or  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar asosida  tashkil etishdir.  Bugungi  kundagi  zamonaviy sharoitda  yoshlar o‘z faoliyatlarini   muvaffaqiyatli  olib borishlari  uchun bir nechta  chet tillarini  yaxshi  o‘zlashtirishlari  zarur. Yoshlar bu kabi tillarni o‘zlashtirishdan oldin  o‘z  ona tilini mukammal  bilishlari kerak.  O‘z  ona tilini mukammal  bilish  eng avvalo  boshlang‘ich  ta’limda  ona tilini  mukammal  o‘rganishdan  boshlanadi.   Bunga  erishish uchun  ta’lim  mazmunini  yangilash,  amaldagi  dastur  va darsliklarni takomillashtirish,  yangi  o‘quv  majmualarini  yaratishga  yo‘naltirilgan   tadbirlar  dasturi  ishlab  chiqilishi  va amalga  oshirilishi  darkor .  Bu  kabi  islohotlar  bugungi kunda mamlakatimizda  barcha  sohalarda  amalga  oshirilmoqda.  Buning  yaqqol  namunasini  ona tili  va o‘qish  savodxonligi  fanlarining  birlashtirilganligi  misolida  ham  ko‘rishimiz  mumkin.   Umumiy  holda  olib  qaraganda  bu  ikki  fan  bir-biriga  juda ham  yaqin  fanlar  hisoblanadi. Ona  tili  va  o‘qish  savodxonligi  fani  boshlang‘ich  sinf  o’quvchilarining  og‘zaki  va  yozma  nutqining  oshishida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Boshlang‘ich  sinflarda  o         ‘qitiladigan   fanlar  o‘z mohiyati  bilan  maqsad   va  vazifalari  bilan  ta’lim  tizimida  alohida  ahamiyatga  ega.   Chunki  ularning   zamirida   axloqiy  ta’lim-tarbiya   va savodxonlik   asoslari  turadi.  Shuning  uchun   boshlang‘ich  ta’lim  darslariga   o‘quvchilar  qiziqishini   oshirishga  alohida  e’tibor  berish  lozim.  Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarining  bunday  qiziqishini  oshirish  eng  avvalo  o‘qituvchining  asosiy  vazifalaridan  biridir.  Maktablarda  ona tili  va o‘qish  savodxonligi  darslarini  mazmunli  tashkil etish uchun  o‘qituvchilar  quyidagi  jihatlarga  e’tiborli  bo‘lishlari  kerak:
  1. Darsni 8-12, 15-20 kishidan  iborat  guruhlarda   tashkil  etish.
  2. O‘qishda zamonaviy texnik  vositalar  foydalanish.
  3. Til o‘rgatishda fan  bo‘yicha  darslik,  o         ‘quv  qo‘llanma,  uslubiy qo‘llanma, mavzular  bo‘yicha  uslubiy  ko‘rsatma  va ishlanmalardan  mustaqil  ravishda  foydalanish.
  4. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil  etishda  tilni  nazariy  jihatdan  o‘rganishga, yangi  nutqiy  ko‘nikmalar  hosil  qilishga  e’tibor  qaratish.
Bundan  tashqari,  ona tili  va o‘qish  savodxonligini  o‘rgatishda  to‘g‘ri  talaffuz  qilish  ko‘nikmasini  shakllantirsh  va so‘z  boyligini  muntazam  oshirib  borish  ham muhim  ahamiyatga   ega.  Bunda  texnik  vositalar – video  va audio  mangnitafonlardan  foydalanish  yaxshi  samara  beradi. Shu  o‘rinda  savol  tug‘iladi,  nima uchun  ona  tili  va o‘qish  savodxonligi,  bu  fan  avvalgi  holatidan  qanday  farq  qiladi? Ona tili – nutq,  o ‘qish  va  yozish  sohasidagi  ko‘nikmalarini  o‘quvchilar  o‘quv  mehnatining  zaruriy  sharti va  vositasi  hisoblanadi. O‘qish  savodxonligi –  jamiyat  tomonidan  talab  qilinadigan  va  inson  tomonidan  qabul  qilinadigan  yozma  tilning  shakllarini  idrok  etish  va  amaliyotda  qo‘llay  olish  qobiliyatidir.  Bunda  asosiy  e’tibor,  tushunishni  namoyon  qilishdan  o‘zlashtirilgan  ma’lumotlarni  qanday  qilib  loyihalar  va  vaziyatlarda  qo‘llay  olish  qobilyatlarini  namoyon  qilishga  qaratilmoqda.  Boshlang‘ich  sinf  darslarida  o‘quvchini   qalban  yuksak,  ma’naviy  boy   qilib  tarbiyalashda  ajdodlarimiz  yaratgan  asarlardan  foydalanilgan  holda  bilim  berish  hamda  odob – axloq  qoidalariga  o‘rgatish  muhim  ahamiyatga  ega. Boshlang‘ich  sinflarda  ona tili va o‘qish  savodxonligi  shu  kabi  xususiyatlari  bilan  boshqa  fanlardan  ajralib  turadi.  Xo‘sh ,  ushbu  fan  hozirda  qanday  maqsadlarda  va qay  yo‘nalishda  o‘qitib  kelinmoqda? Ona tili  va o‘qish  savodxonligi  fanini  o‘qitishda  asosiy  e’tibor  o‘quvchida  tilga  doir  to‘rt  ko‘nikma: o‘qib  tushunish,  tinglab  tushunish,  nutq  so‘zlash  va yozish  hamda  grammatik  savodxonlikni  shakllantirishga  qaratiladi. Ta’lim  jarayonida  o‘quvchilar  voqea-hodisalarni  kuzatish,  anglash,  qiyoslash,  analiz,  sintez  qilishga  o‘rgatish  orqali  ijodiy  va tanqidiy  tafakkurni,  fikrlash  doirasini  rivojlantirish muhim   ahamiyatga  ega.  Ona tili  va o‘qish  savodxonligi  fani  ushbu   maqsadlarni  amalga  oshirishga  xizmat  qiladi. Ona tili  va  o‘qish  savodxonligi  fanini  o‘qitishda  quyidagi  tamoyillarga  tayaniladi:
  1. Ta’lim berishda kommunikativ yondashuv,  ya’ni  tilning  muloqot  vazifasi  birlamchidir.  Shuningdek,  integrativ,  faoliyatga yo‘naltirilgan,  onglilik,  kashfiyotchilik,  farqli  va tanqidiy  yondashuvlar  e’tiborda  bo‘lishi  lozim.
  2. Tilni amaliyotda qo‘llash,  ya’ni  matnni  o‘qish  orqali  ham  grammatika,  ham  uning  qo‘llanishini  o‘rgatishga  asoslanadi.
  3. Grammatik savodxonlik  doirasida  o‘quvchining  so‘z  boyligini  oshirish,  so‘zlarning  ma’no  nozikliklari,  farq  va o‘xshashliklarini  his  qilish  va anglab  yetish,  bexato  talaffuz  qilish va yozish,   so‘zlarni   bog‘lab  gap,  gaplardan  esa  matn  tuza  olish,  birikmalardagi  ma’noviy  va grammatik,  matndagi  mantiqiy  xatoliklarini  topish  va tuzatish,  o‘zgalar  fikrini  to‘g‘ri  anglash,  bu  fikrni  turli  shaklda  ifodalash,  uzilgan  fikrning  davomini  tiklash  kabi  qator  mantiqiy  operatsiyalarni  bajarish,  nutq  vaziyatini  to‘g‘ri  baholash  va til  imkoniyatlarini  unga  mos  ravishda  foydalanish  ko‘nikmalarni  shakllantirish  va  malakasini  o‘stirishga e’tibor  qaratiladi.
  4. O‘qish savodxonligi doirasida  o‘quvchida  to‘g‘ri,  tez,  ongli,  ifodali  o‘qish  malakalarini  shakllantirish,  ularni  oddiy  kitob  o‘quvchidan  chuqur  mulohaza  yurituvchi,  ijodkor  kitobxon  darajasiga  ko‘tarish;   o‘qish  orqali  tevarak-atrof,   borliq  haqidagi  bilimlarni  kengaytirish,  ularning  dunyoqarashini  boyitish;  tafakkurida  elementar  adabiy  tushunchalarni  shakllantirish;   har  qanday  uslubdagi  matnni  o‘qish  va uni  anglash,  tanqidiy  va kreativ  fikrlash  ko‘nikmasini  oshirish  nazarda  tutiladi.
  5. Barcha uslubdagi turli  sohalarga oid   matnlar  bilan  tanishish  barobarida mashq  mashq  va topshiriqlar orqali  fanlar  orqali  integratsiya  amalga oshiriladi.
  6. O‘quvchining o‘qib tushunish,  og‘zaki  va yozma nutq  malakasini  umumiy  holda  rivojlantirish  maqsadida  ularning  har  biriga alohida e’tibor  qaratiladi.
  7. Badiiy matn ustida ishlash  jarayonida o‘quvchilarning yosh  xusussiyatlari,  qiziqishlari,  tilning  ifoda  imkoniyatlarini  tushunishi va his eta  olishi,  «so‘zni  hazm  qila olish«  imkoniyatlari  e’tiborga  olinadi.
  8. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni  voqea-hodisalarni  kuzatish, anglash,  qiyoslash,  analiz  va sintez  qilishga o‘rgatish  orqali  tafakkuri, fikrlash  doirasi  shakllantirib  boriladi.
  9. Yozma nutq bilan bog‘liq  beriladigan  topshiriqlarda  yozish  strategiyalari  taqdim  etiladi.  (Odatda bolaning  bog‘lanishli nutqini  o‘stirish, matn  yaratish  ko‘nikmasini  rivojlantirish  maqsadida  savollar,  rasmlar yoki  kuzatuvlar  asosida  matn tuzish bilan bog‘liq  mashq  va topshiriqlar berib   boriladi,  ammo  bu  jarayonda qanday  qilib  yozish masalasi  e’tibordan  chetda qoladi.  “Ona tili va o‘qish  savodxonligi”  ushbu  jihatlarga  e’tibor  qaratilgan:  noto‘liq  matnni  to‘ldirish,  berilgan  namuna  asosida  yozish,  taqdim  etilgan  tanlovlar  asosida yozish;  savollarga ketma-ketlikda  javob  yozish;  syujetli rasmlar  asosida  matn  yozish  kabi).
  10. Har bir mashg‘ulot  tilni o‘zlashtirishning  tabiiy  laboratoriyasi  sifatida  tashkil  etiladi.
Boshlang‘ich  sinf  ona tili va o‘qish  savodxonligi  darslarini  yuqorida keltirilgan  tamoyillar  talabidan  kelib  chiqib,  eng  samarali  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalari  asosida tashkil  qilish eng  muhim  vazifalardan  biridir.  Buning  uchun  eng  birinchi  navbatda,  pedagogik  texnologiyaning  mazmun  mohiyatini  anglab  yetish  kerak. An’anaviy  dars  shaklini  saqlab  qolgan  holda  unga turli-tuman  ta’lim oluvchilar  faoliyatini  faollashtiruvchi  metodlar  bilan boyitish  ta’lim  oluvchilarning  o‘zlashtirish  darajasining  ko‘tarilishiga  olib  keladi.  Buning  uchun  dars jarayoni  o‘qituvchi  tominidan  oqilona  tashkil  etilishi,  o‘quvchilarning  qiziqishini  oshirib,  ularning  dars jarayonidagi  faolligi  rag‘batlantirib  turilishi,  o‘quv  materiali  kichik-kichik  bo‘laklarga  bo‘lib,  ularning  mazmunini  ochishda  aqliy hujum,  kichik  guruhlarda ishlash,   bahs-munozara,  muammoli  vaziyat,  yo     ‘naltiruvchi matn,  loyiha,  rolli  o‘yinlar  kabi  metodlarni  qo‘llash  va o‘quvchilarni  amaliy  mashqlarni  mustaqil  bajarishga undash  talab  etiladi.   Bu  metodlardan  foydalanishni  ona tili va o‘qish  savodxonligi darslarini  milliy  jihatlar  bilan  tashkil etish  deb  ham atashadi. Milliy  jihatlar  deganda – ta’lim oluvchilarni  faollashtiruvchi  va mustaqil  fikrlashga  undovchi,  ta’lim  jarayonining  markazida  ta’lim oluvchi  bo‘lgan  dars  jarayonlari  tushuniladi.  Bu  jarayonlar  qo‘llanilganda  o‘qituvchi  o‘quvchini  dars  jarayonida  faol  ishtirok  etishga  chorlaydi.  Dars  jarayonini  milliy  jihatlar  bilan  tashkil  etishda  dars  mazmuniga  Vatan tuyg‘usi,   milliy  g‘urur,  an’ana  va  milliy  qadriyatlarimizni  o‘quvchilarning  ongiga  singdirish  hamda  muomala  madaniyati,  kiyinish,  ovqatlanish,  odobli,  mehnatsevar,  saranjom-sarishta  bo‘lish  kabi  insoniy  sifatlarni  shakllantirib  borish  lozim.  Bolalarning  aqliy  taraqqiyotini  shakllantirishda  tarixiy  mavzularga oid asarlarini  va buyuk  ajdodlarimizning  hayoti va ijodini  o‘rganish  muhim  ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish  savodxonligi  darslarini  Davlat  talablari  asosida hayotiy  tajribalarga,  kuzatishlarga  suyanib,  hayotga  bog‘lab o‘tishi  uning  ta’sirchanligini  ongli  idrok  etishlarini  ta’minlaydi.  O‘qish va  nutq o‘stirishning  ta’limiy  tarbiyaviy maqsadlari,  sinflar  bo‘yicha  o‘qish  mazmunini  o‘qish  ko‘nikmalarining  og‘zaki  va yozma  nutqlarini  rivojlantirish  usullarini,  mashg‘ulotlarning  yozma  nutq  bilan  bog‘lanish  kabi  masalalar  aniq  kiritilgan. Ushbu  jihatlardan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  zamonaviy  o‘qituvchi  butun  dunyo  ta’lim  tizimida  bo‘layotgan  yangiliklardan  doimo  xabardor  bo‘lishi  va ularni  o‘zlashtirib  faoliyati  davomida  qo‘llay  olish  lozim. Xulosa qilib  aytganda,  shu  paytgacha  ona tilini  o‘qitishdan  maqsad  tilning grammatikasini  o‘rgatish,  til  strukturasiga  oid  qoidalarni  yod  oldirish  bo‘lib kelgan.  Yangi darslikda esa  eng  muhim qoidalargina qoldirilgan.  Rang-barang  tasvir,  qiziqarli  boshqotirmalar,  o‘quvchilar  nutqini  rivojlantirishga  oid  topshiriqlarga  ko‘proq  urg‘u  berilgan. Umuman yangi  to‘ldirilgan  nashr  o‘quvchilarning  ona tili va o‘qish  savodxonligi  darslarida  ijodkorlik  qobiliyatlari,  mustaqil fikrlay olish  va fikrini  bayon eta olish    ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.  Bu  kabi  qobiliyat va ko‘nikmalarning  shakllanishida  o‘qituvchi  o‘z pedagogik  mahoratidan kelib chiqqan  holda darsni tashkil  qilish  kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni 2020 yil 19 may.
  2. Umumiy o‘rta ta’limning DTS va o‘quv dasturi. T.:2017. –74 b.
  3. 3. S.Matchonov, X.Bakieva, X.G’ulomova, SH.Yo’ldosheva, G.Xolboeva.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi Darslik. “Ishonchli hamkor” nashriyoti. Toshkent 2020-728 b.
  1. Ona tili va o‘qish  savodxonligi [Matn]: 2-sinf  o‘qituvchilari uchun metodik  qo‘llanma.  I.Azimova [va boshq]. – Toshkent:  Respublika ta’lim markazi,  2021.-128b