Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSLARINI O‘QITISHNING SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI

Omonov Xasan Sulaymonovich, JDPU Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti.   Annotatsiya: Maqolada umumta’lim maktablarida musiqa darslarini o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish va ayniqsa natijadorlikka erishishda «Musiqa tinglash», «Musiqa savodi», «Jamoa bo‘lib kuylash» kabi o‘qitish shakllarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqishiga qarab u yoki bu musiqiy cholg‘uga yollash kabi asosiy faoliyatlarni tashkil etish metodikasi bayon etilgan. Аннотатсия: Обосновывается рол и значение таких форм обучения, как «Слушание музыки», «Музыкалная грамота», «Пение в группе» в повышении качества и эффективности уроков музыки в общеобразователных школах, и особенно в достижении резултата. в стате. Также описывается способ организатсии основных занятий, таких как прокат того или иного музыкалного инструмента в зависимости от заинтересованности учащихся. Abstract: The role and importance of such teaching forms as «Listening to Music», «Music Literacy», «Singing in a group» in improving the quality and effectiveness of music lessons in general education schools, and especially in achieving results, is explained in the article. Also, the method of organizing basic activities, such as hiring one or another musical instrument, depending on the interest of the students, is described. Kalit so‘zlar: Musiqa ta’limi, musiqa savodxonligi, mutatsiya, qadriyat, an’analar, urf-odat, qo‘shiq, aytim, bolalar qo‘shiqlari, vokal-xor mashqlari. Ключевые слова: Музыкалное образование, музыкалная грамотност, мутатсия, сенност, традитсия, traditsiya, pesnya, pogovorka, detskie pesni, vokalno-xorovыe uprajneniya. Key words: Music education, music literacy, mutation, value, tradition, tradition, song, saying, children’s songs, vocal-choir exercises. Ajdodlarimiz asrlar davomida musiqaning ezgulikka xizmat qilishini to‘g‘ri anglaganlar va undan oqilona foydalanganlar. Xalqimiz yaratgan qadriyatlarning noyob usuli hisoblangan musiqa har sohada, chunonchi, ta’lim-tarbiya, mehnat va ijtimoiy munosabatda ma’lum darajada o‘z ifodasini topgan. Musiqa ongli faoliyat, samarali mehnat, samimiy munosabat uchun muhim tarbiya vositasidir. Darhaqiqat, mamlakatimiz o‘zining mustaqilligi, o‘z erki va haqhuquqlarini o‘z qo‘liga olgan davrdan musiqaning jozibali, husnkor ko‘lami, uning mavqei yanada kengaydi, jamiyatda tutgan o‘rni mustahkamlandi. O‘quv tarbiya jarayonida musiqa yosh avlodga axloqiy-estetik tarbiya berishning asosiy shakli hisoblandi, o‘ylab ko‘rilsa ta’limning bir qadar jadallashuvi samaradorligi unga bog‘liqligi kunday ayon. Shu sababli ham bo‘lsa kerak, umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida «Musiqa madaniyati» darslarida o‘quvchilarning musiqa orqali ong va tafakkurini o‘stirish soha mutaxassislarining oldiga ulkan vazifalarni qo‘ymoqda. Musiqiy jihatdan savodxonlikka ega bo‘lishning aniq maqsad hamda vazifalari mavjud. Bu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda mavjud ilmiy va uslubiy yondashuv muayyan yoʼnalishni belgilaydi. Musiqani o‘zlashtirish, tinglash, ijro etish va undan hayotda keng foydalanish insoniy tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Yosh avlodni komillikka yetaklaydi. Musiqa san’ati nafosat tarbiyasining muhim omili bo‘lib, yosh avlodni kamolotga yetishishi uchun eng tez ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Mazkur jarayon aslida maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab shakllanadi, biroq maktabda rivojlantiriladi va yosh avlodning ichki dunyosini boyitib, butun hayoti mobaynida unga hamroh bo‘lib boradi. Bu kabi nafosat tarbiyasi uchun asosan musiqa madaniyati darslari muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini unumli o‘tish va bolalarning mustahkam bilim olishlari uchun, bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi musiqa madaniyati darslarida beriladigan barcha o‘quv materiallarni puxta o‘zlashtirib olishi lozim. Eng avvalo, boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan davlat talablari hamda dastur asosida yaratiladigan darsliklarni ishlab chiqishda musiqa asarlarini oddiydan murakkabga tamoyili asosida ta’limning uzlyuksizligi va izchilligini ta’minlagan holda tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun, eng avvalo, boshlang‘ich sinflarda musiqa darsining sifat va samaradorligini oshirishni ta’minlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ma’lumki, musiqa darslari quyidagi kabi asosiy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi: – musiqa tinglash; – musiqa savodi; – jamoa bo‘lib kuylash; – o‘quvchilarning qiziqishiga qarab u yoki bu «musiqiy cholg‘u»ga yoʼllash.    Darsning har bir faoliyat turida bolalar turli musiqa asboblarida chalish, kuy va qo‘shiqlarga mos raqs harakatlarini bajarish, musiqa asboblarini chalishni qo‘l harakatlari bilan taqlid qilish, chapak chalish va dirijyorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarning yanada qiziqarli va jozibali bo‘lishini ta’minlaydi. Barcha dars faoliyatlari bir-biri bilan uzviy, mantiqiy bir butunlikni vujudga keltirishni taqozo etadi. Musiqa madaniyati darslarini mazmunli, hamma uchun foydali o‘tishini ta’minlashda fortepiano cholg‘usi bilan bir qatorda o‘zbek xalq yoki qardosh xalqlar liy cholg‘ularidan keng foydalanish yuqori samara beradi. Bugungi kunda musiqa madaniyati darslarini ilmiy-metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish, boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisi oldiga qo‘yilgan dolzarb vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Umumta’lim maktablarida musiqa o‘qitish o‘quvchilarni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalashning ustvor vositalaridan biridir. Unda musiqa madaniyati darslarida olingan bilim va malakalar chuqurlashadi, takomillashib umumlashadi. Ayniqsa, musiqani tinglab, badiiy jihatdan mustaqil tahlil qilish, qo‘shiq o‘rgatish, musiqa savodi bo‘yicha yetarlicha bilim olish ko‘nikmasi shakllanadi va astasekin malakaga aylanib boradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini to‘g‘ri tashkil etishi, ularning ijodkorlik qobiliyatlarini ishlatishi, musiqa tinglash, kuylash va musiqa savodiga doir ko‘rgazmali qurollar va ayniqsa, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanib o‘quv jarayonini tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilarning yoshiga mos bolalar qo‘shiqlari yoki o‘zbek xalq musiqa ijodidagi qo‘shiqlarni o‘rganishlarida bolalar ovozining o‘zgarish (mutatsiya) holatlarini eʼtiborga olish, ular ovozlarini asrab-avaylab tarbiyalash, avj pardalarni ijro etishlarida baqirib kuylashlariga yoʼl qo‘ymaslik lozim. Aksincha, har bir dars mashg‘ulotida qo‘shiq o‘rganish jarayonida ovoz sozlash mashqlarni bajarish, kichik etyudlarni kuylash, ovozni yaxshi qizdirish maqsadga muvofiq. O‘qituvchi bu kabi ehtiyotkorlik orqali ularning ovoz paychalariga ziyon yetkazmasligi lozim. Ovoz shakllanishi notekis bo‘ladi, chunki bu yoshda mutatsiya davri kuchayadi1. Xorijiy mutaxassislarning so‘nggi ilmiy-amaliy tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, ayniqsa, o‘g‘il bolalarda ovoz boylamlari yoʼg‘onlashib, ovoz registri bir oktavaga pasayadi. Natijada ba’zan bolalar sof intonatsiyada aniq kuylay olmaydilar. Bunday paytda o‘qituvchi kuylash uchun qulay yoʼllarni izlashi talab etiladi Pedagog, psixolog, musiqashunos olimlar va hatto dunyoning eng yirik vokal ijrochilari tomonidan o‘tkazilgan tajribalar mutatsiya davrida ovozlarni to‘g‘ri taqsimlash, ovozlarning tekis chiqishi va qiyinchiliklarga duch kelmasligiga olib kelganligini ko‘rsatgan. Tanlangan qo‘shiqlar qahramonlik, lirik, estrada, o‘zbek xalq qo‘shiqlari janrlaridan iborat bo‘lganligi o‘quvchilarda ko‘proq qiziqish uyg‘otishini ko‘rsatadi. Ba’zi bir qo‘shiqlarni solist yordamida ham o‘rgatish mumkin. Ashula aytganda asarning dinamik belgilari, tempi, badiiy ijrosiga erishish zarur. Bu o‘rinda o‘quvchilar musiqa savodidan yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, o‘quv jarayonida egallangan bilimlarga tayanib, notaga qarab kuylash, intervallar, o‘lchovlar, dinamik belgilar, parallel major va minor lad3  transponere – lot. joyini o‘zgartirmoq, yaʼni tovushlarni boshqa balandlikka ko‘chirish ma’nosini anglatadi. Bundan tashqari, ular musiqiy asarning shaklini ham bilishlari kerak. Musiqa tinglash jarayoni birmuncha murakkablashadi. Chunki darsning asosiy qismi tinglash jarayonida o‘tadi. Xalq qo‘shiqlari, maqomlar, mumtoz musiqa haqida fikr yurita olishlari kerak. Musiqani badiiy jihatdan mustaqil tinglab, uni mukammal idrok etish, musiqaning tuzilishi, yangi qo‘shiqlar, musiqa adabiyoti, musiqa savodi bilan tanishtirish ishlari nihoyasiga yetadi. Lekin vokal-xor ishlarida, qo‘shiq o‘rgatish, ovoz sozlash jarayonida ularning ovozlarini ehtiyot qilish, metodik to‘g‘ri yoʼllanma berish kerak. Ba’zi paytlarda, bolalar bilan suhbatlashish, ota-onalarni taklif etib, farzandining cog‘lig‘i haqida murojaat qilishni taklif qilish lozim. Chunki bolalarda mutatsiya davri asosan 7-sinfda boshlanadi. Mutatsiya davrigacha o‘g‘il va qiz bolalarda ovoz hosil qilish organlarining tuzilishi o‘xshash bo‘lib, ular bir-biridan uncha farq qilmaydi. Mutatsiya davrida esa ovozlar o‘zgarib, o‘g‘il bolalarda ovoz registri jihatdan bir oktava pasayadi va ovoz jarangsiz va notekis yoʼg‘onlashadi. Ba’zi bolalarda esa registr o‘z o‘rnida qolib, ovoz kuchi, tembrning mayinligi deyarli saqlab qolinadi. Shuning uchun qo‘shiqlarni o‘rgatishda dars mashg‘ulotlarini bolalarning ovoz imkoniyatlariga moslashtirib tashkil etish lozim bo‘ladi. Galdagi vazifalar milliy kuy-qo‘shiqlar tinglash hamda kuylash orqali yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiq, bir-birlariga do‘st va Vatanga sadoqatli yashashga o‘rgatishdan iborat. Bu o‘rinda yuqorida ta’kidlanganidek, umumta’lim maktablarining «Musiqa madaniyati» darslarida an’anaviy milliy qo‘shiqlardan keng foydalanishning muhimligi shundaki, asrlar mobaynida xalqimizning boy, ulkan merosiga aylangan maqom ijrochiligidan yoshlar tarbiyasida foydalanish yuqori samara beradi. Shular bilan bir qatorda mashhur hofizlarimiz tomonidan yuqori saviyada ijro etilgan ashulalar o‘quvchilar ichki tuyg‘usiga, ota-bobolarimizning ulkan tarixiy merosi o‘quvchilar tafakkuriga qay darajada ijobiy ta’sir etishini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Chunki musiqa insonning asab tizimiga ijobiy yordam beradigan tabiiy vosita. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Qahhorov N.V. Vokal asoslari. – T.: 2008. -314-b. 2.  Cathrine Sadolin. Complete vocal technique. 2012.
  1. Mirzaeva N.A. Xonandalik uslubiyoti asoslari.
  2. Ma’rJ.Ishmuxammedov. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. T.Nizomiy nomidagi TDPU, 2004 yil.
  3. Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari.T. «Fan», 2006 yil.
  4. Panjiev Q. B.Rahimov. Sh.N. Trigulova A.X.“Musiqa ta’limi  fanlarining taraqqiyot tendensiyalari va innovatsiyalari”  2008.