JDPU Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchi: Baymanova Feruza Abralovna.
baymanova feruza@gmail.com
Annotatsiya:Mazkur maqolada Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari va musiqiy ta’limdagi ahamiyati haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: musiqa ta’limi, idrok, shaxs, kamolot, musiqa san’ati, kuylash, kompetentlik,tinglash, ruxiyat.
Ma’lumki, musiqa san’ati ajdodlarimiz ma’naviy hayotining mahsuli sifatida bizgacha yetib kelgan muhim meroslardan biridir. Aytish mumkinki, musiqa san’ati asrlar osha sayqal topib, milliy mumtozlik darajasiga ko’tarildi va bashariyat tomonidan e’tirof etildi. Shu bois sharq mutaffakkirlari musiqa san’atining inson kamolotidagi ahamiyatiga katta e’tibor berdilar, ushbu sohada mahsus tadqiqotlar olib bordilar va insoniyat uchun o’lmas asarlar yozib qoldirdilar.
Birinchi prezidentimiz I.Karimovning so’zlariga ko’ra ‘Madaniy jamoatchiligimiz, avvalambor musiqashunos olimlar, ustoz san’atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko’p sonli san’at ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o’z fikrini ochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to’g’ri tarbiya berishimiz ham qarz, ham farz, deb o’ylayman. Biz uchun axloqiy jihatdan noma’qul, milliy qadriyat va qarashlarimizga yot bo’lgan, lekin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib borayotgan mana shunday ko’rinishlarni bamisoli yuqumli kasallik deb qabul qilishimiz lozim. Ayni shu asosda bunday xurujlarning o’ta xavfli holat ekanini anglashimiz zarur. Nega deganda, agar insonning qulog’i yengil-yelpi, tumtaroq ohanglarga o’rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma’naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam «Shashmaqom» singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Mosart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo’ladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun san’atkorlar orasida sog’lom ijodiy muhit tashkil qilish, o’sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan birga, ularning kayfiyati va intilishlariga mos keladigan zamonaviy estrada san’ati namunalaridan keng bahramand bo’lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, musiqiy ta’limni yanada rivojlantirish masalalari o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Vatanimiz mustaqillikka erishgan kundan e’tiboran xalqimizning ma’naviy-ruhiy olamini yangilash borasidagi ahamiyati davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu meros O’zbekistonning rivojlanish xarakatlar strategiyasida o’z ifodasini topar ekan, O’zbekistonda maqom san’atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an’analarni, buyuk bastakorlar, hofizlar va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o’rganish va qayta tiklash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori milliy maqom durdonasini chuqur ilmiy o’rganish, bu boradagi tajribalarni keng targ’ib etish, ayniqsa, yosh avlodni mumtoz musiqiy merosimizni teran anglash ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan imkoniyatlar ochib berdi. Yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar shukronasidan kelib chiqib, biz an’anaviy xonandalik fanini o’qitish jarayonida bo’lajak musiqa o’qituvchisining kompetentligini tarkib toptirishga yo’naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqishimiz lozim.
‘Kompetentlik’ tushunchasi hozirgi kun pedagogini tarbiyalashda eng muhim omil hisoblanadi. Ushbu termin lotincha “Competo” (erishyapman, munosibman, loyiqman) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba degan ma’nolarni anglatadi.
Kompetentlilik – bilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik, tajribalilik, mas’uliyatlilik kabi boshqa xislat va fazilatlar tushuniladi. Muammo: 3-kurs ‘Musiqa tarixi’ darsini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etib ‘Farg’ona-Toshkent maqom yo’llarini o’zlashtirish’ bilan birga o’quvchilarni hayolan vodiy sayohatiga yetaklash, kuy tarkibidagi tuzilmani tabiat bezaklari bilan tasavvur qilish malakasini shakllantirish.
Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li -oily ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Kompetent yondashuv tinglovchidan bilim va ko‘nikmalarni alohida-alohida emas, balki yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda, o‘z navbatida, o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
Kompetent yondashuv oliy ta’limni modernizatsiyalash nuqtayi nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) – ‘bilim – ko‘nikma – malaka’ni oltita birlik (sekstet) – ‘bilim – ko‘nikma – malaka – amaliy faoliyat tajribasi – kompetensiya – kompetentlik’ tarzida tahlil qilish talab etiladi. Dastlab ‘kompetensiya’ tushunchasining mohiyatini aniqlashtirib olish zarur. Kompetensiya- (lotincha so‘z bo‘lib, erishaman, to‘g‘ri kelaman ma’nolarini bildiradi) – sub’yektning maqsadni qo‘yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat obyekti bilan bog‘liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ‘kompetensiya’ tushunchasiga berilgan aksariyat ta’riflar kasbiy ta’lim, kasbiy faoliyat bilan bog‘liqlikda bayon etilgan. Biroq umumiy o‘rta ta’lim bilan bog‘liqlikda mazkur tushuncha innovatsiya tavsifiga ega bo‘lganligi sababli, uning mohiyatini aniqlashtirishga alohida ehtiyoj mavjud.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishidir . L.M.Mitina pedagogik kompetentlik – deganda predmet haqidagi bilimlar, o’qitish metodikasi va didaktikasi, pedagogik muloqot ko’nikma va malakasi, shuningdek o’z-o’zini rivojlantirish, o’z-o’zini takomillashtirish, o’zo’zini amalga oshirish usullari va vositalarining uyg’un birlashishini tushungan. U pedagogik kompetentlik tuzilmasida quyidagi uchta tashkil etuvchini ajratgan: faoliyatli, kommunikativ va shaxsiy. L.M.Mitina tomonidan taklif etilgan pedagogik kompetentlikni tuzilmalashtirishdan kelib chiqqan holda, biz, bo’lajak mutaxassislar uchun egallanish darajasi pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan quyidagi kompetensiyalar majmuasi yetarli va zarur deb hisoblaymiz: – faoliyatli yoki maxsus kompetensiya (bilim, ko’nikma, malaka va pedagogik faoliyatni amalga oshirishning individual usullari); – shaxsiy yoki kasbiy kompetensiya (kasbiy o’z-o’zini takomillashtirish va o’zo’zini amalga oshirishga oid bilim, ko’nikma va malakalar); – kommunikativ kompetensiya (pedagogik faoliyatni ijodiy amalga oshirishga oid bilim, ko’nikma va malaka) Professionallik va kompetentlik tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, har doim ham belgilangan talablar va standartlarga to‘liq mos keladigan odamlar chinakam professionallar bo‘lavermaydi, sabab, ba’zilari bilimlarni amalda qanday qo‘llashni bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo‘lib qolaveradi.
Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga muvoqdir: – maxsus pedagogik kompetensiya; – pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga ega bo‘lish. Bundan tashqari, pedagogning o‘z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifatida o‘z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog’liq; – ijtimoiy pedagogik kompetensiya; – ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi. Samarali aloqa ko‘nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik; – bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan; – shaxsiy pedagogik kompetensiya; – bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo‘lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o‘sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir . Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bo‘lgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
- Qahharov N.V. Vokal asoslari. O’quv qo’llanma. Toshkent. Iqtisod-moliya. 2008. 314 b.
- Mirzaeva N.A. Xonandalik uslubiyoti asoslari. Ma’ruzalar matni. Toshkent. 2008. 48 b.
3.T.Ortiqov. Musiqa o`qitish metodikasi, o`quv qo`llanma. T., 2012 y.
- T.Ortiqov. Musiqa o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. T.2010 y.
- Mannonov S. O’zbek xalq musiqa madaniyati. Monografiya.
- H.Nurmatov, N.Yo‘ldosheva « O’zbek xalq musiqasi ijadiyoti» o‘quv qo‘llanma. – T.: «G‘ofur G‘ulom» nashriyoti, 2007 y.
- Hasanova, N. K. (2021). Possibilities of music education and upbringing in the formation of personal maturity. ISJ Theoretical & Applied Science, 08 (100),
http://s-o-i.org/1.1/TAS-08-100-79 Doi:
https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2021.08.100.79
8.Khasanova,Navbakhor (2020) “The role of music lessons in the formation of national and intercultural competence in students.”Mental Enlightemment Scientific-Methodological Journal.Vol.2020 :Iss.2. Article 15.
- Hasanova, Navbahor. (2020). METHODS AND WAYS TO DEVELOP THE MUSICAL FEELINGS OF STUDENTS IN TTTE LESSONS OF MUSIC EUITURE. Архив Научных Публикаций JSPI,1(42). извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/5579
- Muminova Muqaddas Riskulovna Development And Current Status
Of Uzbek Pop Music In Modern Approaches And Innovation Of Teaching The
Science Of Music Gulture International Journal of Advanced Science and
Technology Vol. 2020,29, No. 8, (), pp.3553-3561
Http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/article/view/25558 danolingan.