Toxirjon Oltmishev Turgunovich- JDPU katta o’qituvchisi.
O’zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi.
oltmishevtohir@gmail.com
Annotasiya: Komil inson shaxsida, eng avvalo, aqliy zukkolik, xuquqiy komillik, axloqiy yetuklik, siyosiy teranlik, mehnatga halol munosabat,yuqori madaniyat, ma’naviy saviya, yuksak iftixor, milliy va umuminsoniy g‘urur shakllangan bo‘lishi kerak.
Jamiyatda jamoada, oilada o‘z o‘rnini topgan, uning rivojida faol ishtirok etadigan, ijtimoiy siyosiy qonuniyatlarni yaxshi bilan, milliy o‘zlikni anglagan, o‘zbekona qadriyatlar, urf-odatlarni e’zozlaydigan, kasbi bo‘yicha zamonaviy texnologiyalardan xabardor, tadbirkor bilimdon bo‘lishi kerak.
Kalit so‘zlar: Komil, mehnat,umuminsoniy, milliy, jamiyat, xislat, odamiylik, halollik.
Annotation: First of all, a perfect person should have intellectual intelligence, legal perfection, moral maturity, political depth, honest attitude to work, high culture, spiritual level, high pride, national and universal pride.An entrepreneur who has found his place in the society, in the team, in the family, actively participates in its development, understands the social and political laws well, understands the national identity, respects Uzbek values and traditions, is aware of modern technologies by profession. should be knowledgeable.
Keywords: Perfect, work, universal, national, society, character, humanity, honesty.
Аннотация: Прежде всего, совершенный человек должен обладать интеллектуальным интеллектом, юридическим совершенством, нравственной зрелостью, политической глубиной, честным отношением к делу, высокой культурой, духовным уровнем, высокой гордостью, национальной и общечеловеческой гордостью.Предприниматель, нашедший свое место в обществе, в коллективе, в семье, активно участвует в ее развитии, хорошо понимает социальные и политические законы, понимает национальную идентичность, уважает узбекские ценности и традиции, осведомлен о современных технологии по профессии.должны быть хорошо осведомлены.
Ключевые слова: Sovershennyy, rabota, obshchechelovecheskiy, natsional’nyy, obshchestvo, kharakter, chelovechnost’, chestnost’.
[1]Inson komillikka intilib yashaydi.Muttasil kamolotga intilish-taraqqiyot boisidir.Bu jarayonda,nuqson, xatolik, kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yish mumkin, ammo ularni tushunib, o‘z vaqtida tuzatib, takror etmaslikka harakat qilgan kishi barkamol insondir.Komil inson shaxsida shakillanishi kerak bo’lgan sifatlar, xislatlarni birma-bir sanab ko‘rsatish o’ta mushkul ish.Shu darajada ko‘p qirraliki, ular insoniyat orzulari, umudlari, ideallari, istiqbollari bilan bog‘liq.Lekin mazkur sifat va xislatlarning ba’zilarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Komil inson shaxsida, eng avvalo, aqliy zukkolik, xuquqiy komillik, axloqiy yetuklik, siyosiy teranlik, mehnatga halol munosabat,yuqori madaniyat, ma’naviy saviya, yuksak iftixor, milliy va umuminsoniy g‘urur shakllangan bo‘lishi kerak.
Jamiyatda jamoada, oilada o‘z o‘rnini topgan, uning rivojida faol ishtirok etadigan, ijtimoiy siyosiy qonuniyatlarni yaxshi bilan, milliy o‘zlikni anglagan, o‘zbekona qadriyatlar, urf-odatlarni e’zozlaydigan, kasbi bo‘yicha zamonaviy texnologiyalardan xabardor, tadbirkor bilimdon bo‘lishi kerak.
O‘zbek pedagog olimlarimiz komil insonning sharqona xislatlarini turkumlab, faoliyatining zaruriy yo‘nalishlari bo‘yicha belgilashga xarakat qilganlar.Jumladan:
1.Umumiy xislatlari:
–yoqimlilik, jozibadorlik, dilbarlik, ko‘rkamlik, maftunkorlik, fusunkorlik, salobatlilik, hurmatga sazovorlik, oydinlik, ochiqlik, yetuklik, iqtidorlilik, salohiyatlilik, ko‘tarinkilik, jo‘shqinlik, jiddiylik, moslashuvchanlik, ziyolilik, savodxonlik, tabiiylik, oddiylik kabi;
2.Ahloqiy sifatlari:
–odamiylik, qanoatlilik, jonkuyarlik, mehribonlik, rahimdillik, hikmatlilik, bolajonlik, muloyimlik, hushmuomalalik, do‘stlik, samimiylik, kechirimlilik, andishalilik, mehmondo‘slik, halollik, to‘g‘rilik, diyonatlilik, pokizalik kabi;
3.Ishbilarmonlik xislatlari:
– kuntlilik, tirishkoklik, javobgarlik, mas’uliyatlilik, raqobatlilik, ishchanlik, malakalilik, abjirlik, saranjom-sarishtalik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, sabr-toqatlilik, rejalilik, tejamkorlik, xomiylik, insoflilik kabi;
- Zakovatlilik xislatlari:
– zexnlilik, ziyraklik, zakovatlilik, teran fikrlilik, asos-lilik, oldindan aytib bera olishlik, ijodkorlik, tankidiylik, omilkorlik, kizikuvchanlik, ishkibozlilik, sinchkovlik, topkirlik kabi;
- Irodalilik xislatlari:
– serg‘ayratlilik, kat’iyatlilik, epchillik, serzavklik, inti-zomlilik, bosiklik, me’yoriy chegarani bilishlik, o‘zini yo‘kotmaslikkabu;
- Extiroslilik xislatlari:
–
shodmonlik, kuvnoklik, o‘z xayotidan rozilik, baxtiyorlik, xazil-mutoyibalik, kek saklamaslik, ozodalik, nozik tabiatlilik, ezgulik, kelajakka ishonch, iffatlilik kabi.
Komil insonni tarbiyalashsh – oilalarimizning, ta’lim-tarbiya muassasalarimizning , umuman, davlatimizning, jamiyatimizning, mustaqil O‘zbekistonimizning oliy maqsadidir. Bu yo‘lda yoshlarimiz sabr va chidam bilan bilim olishga astoydil xarakat qilishlari kerak bo‘ladi. Mamlakatimizda yashayotgan xar bir yosh bitta maqsad yo‘lida izlanishlari bilim olishlari shart.Bu-yo‘l O‘zbekistonimizning ertangi kuni, kelajagi va istiqbolini belgilab beruvchi yo‘ldir.Bu ezgu maqsadga faqat bilim orqali erishish mumkinligini barcha yoshlarimiz teran anglab yetishlari lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 31 oktyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport inshootlarini barpo etish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi.
[2]Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o’rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishda ham muhim o’rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g’urur-iftixor bag’ishlaydi.
Darxaqiqat sport bu sog‘lom tana demakdir, sog‘lom tanada esa sog‘lom aql degani.Yuqorida sanab o‘tilgan insoniylik sifatlar va hislatlarni bugungi kunda mamlakatimizda yashayotgan har bir inson o‘zida jo qilishi va rivojlantirishi lozim.
Sog‘lom va insoniy fazilatlarga ega inson har qaysi sohada ulkan yutuqlarga erisha oladi.
Adabiyotlar ro’yxati
1.T.Madumarov,M.Kamoldinov.Toshkent”TALQIN‘‘2012-yil.Innavatsion pedagogik texnologiya asoslari va uni talim-tarbiyaga jarayonida qo‘llash.
- Manba : president.uz
- https://olamsport.com/oz/news/10793
Oltmishev Toxirjon Turgunovich.
Tel: 91 591 49 46
[1] Innavatsion pedagogik texnologiya asoslari va uni talim-tarbiyaga jarayonida qo‘llash.98-99-betlar.
[2] Manba : president.uz https://olamsport.com/oz/news/10793