Jo‘lmurodov Oybek Asliddin o‘g‘li
JDPU stajyor-o‘qituvchisi
oybekjolmurodov@gmail.com
Annotatsiya: O’smirlar kattalarning ularga bildirilgan ishonchlariga kata ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o’smir yoshdagilar uchun ta’sir ko’rsatish, tarbiya berish uchun eng qulay shart-sharoit bu umumiy mehnat bilan shug’ullanishlar to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar: Osmirlik davri, nizo,ijtimoiy nizo, shaxslararo nizo,og’ir davr, qiyin davr, inqiroz davr,oildagi munosabatlar.
“O’smir davri ayrim psixologik adabiyotlarda “o’tish davri” “og’ir davr” “inqiroz davri” kabi nomlar bilan ham ataladi. Bu davrning og’irligi, keskinligi va murakkabligi bilan asoslanadi? O’smir davrning og’ir va murakkab davr ekanligini ko’plab psixologik, fiziologik va ijtimoiy omillar bilan bog’liq”.
Bu davrda o’smirlar ko’rgan narsalariga nisbatan tezda munosabatini bildiradigan ijobiy va salbiy holatlarga nisbatan tanqid munosabatini bildiradilar. Bu yoshda ularning jizzaki, jaxldor qolishlari ko’plab ko’zga tashlanadi.Bunga asosiy sabab oila va do’stlari o’rtasida keraklicha e’tiborning yetishmasligida. Oiladagi munosabatlar ayrim oiladagi janjallar ham bola holatiga sa’lbiy ta’sir etadi . Shuning uchun ham bola ota yoki onasini yomon ko’rib qolishi ushbu davrda ko’roq ko’zga tashlanadi. Bu davrda ota onalar farzandlari bilan do’stona munosabatda bo’lishlari, ularni ko’proq tinglashlari,ularni qo’llab quvvatlab yordam berishlari talab etiladi.
“O’smirlarning ota-onasi kattalar bilan qiladigan muloqoti uchun kata bo’ganlik hissi asosida bo’ladi ular kattalar tomonidan qilinadigan haq huquqlarni cheklashlariga qarshilik va e’tirozlariga qattiq qayg’uradilar. Biroq shunga qaramasdan o’smirlar muloqotda kattalarning qo’llab quvvatlashiga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o’smir kattalarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. O’smirlar o’zida bo’layotgan o’zgarishlar uni tashvishga solayotgani muommolar haqida kattalar bilan bo’lishishga ehtiyoj sezadi lekin buni hech qachon birinchi bo’lib o’zi boshlamaydi. O’smir o’ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomila munosabatlariga qattiq norozilik bildiradi. O’smirlar muloqoti nihoyatda o’zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi.”
Oilda odobli bo’lish o’smirlarda narsalarni teng taqsimlash, farzandlar o’rtasida o’zaro ishonch va hurmatni saqlash ota-onadan talab etiladi. Hozirgi kunda o’smir o’smir yoshdagi bolalar har tomonlama mehr va albatta alohida e’tiborni talab qiladi. Shu sababli o‘smirlarda vaziyatlarda xulq-atvorning ijtimoiy-psixologik omillarini nazorat qilayotganimizda muomila madanyati, xamda to’g’ri xulosa chiqara olishimizda biz amaliyotchi psixologlarning o’rni beqiyosdir. O’smir yoshdagi bolalrda maktabda ham dars dajoyoni va maktabdagi holatlar o’smirlarni qoniqtirmasligi mumkin. Ularning bu davrida o’qishdan ko’ra atrofdagilarning e’tiborini tortishga va o’zini ko’proq ko’z ko’z qilishga qaratiladi. Bundan tashqari nizoli vaziyatlarning ko’p hollarida o’quvchilarning dunyoqarashi tarqoq bo’ladi. O’smirlarda kayfiyat nuqtai nazaridan goh xushchaqchaq goh tushkun yoki parishonxotirlik holatlari kuzatilishi mumkin. Atrofdagilarga bo’lgan munosabatlarida agressiv holati yoki nizoli holatlarni vujudga keltirib salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Darslarga qiziqmaslik darslarni befarq kuzatish va darslarda bo’ladigan o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi yoki o’quvchi bilan ijtimoiy munosabatdagi tengdoshlari o’rtasida nizoli vayatlarni vujudga kelishi mumkin. Bunday holatlarda maktab jaomasi jazolash jarayonida do’stona va oqilona yo’l olib borishi kerak bo’ladi. Bunday salbiy oqibatlarni oldini olish uchun maktab jamoasidagi amaliyotchi psixolog, sinf rahbari, ota-ona va barcha fan o’qituvchilari hamkorlikda ish yurutishi kerak bo’ladi. Ko’proq o’quvchilar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish kerak o’quvchilar bilan do’stona munosabatda bo’lishi kerak va ularga ko’proq motivatsiya berish kerak bo’ladi.
Shaxsdagi nizo. Nizoning bu tipi biz yuqorida nizoga bergan taʼrifimizga toʼliq mos tushadi. By oʼrinda nizoning qatnashchilari odamlar emas, balki shaxs ichki dunyosining mutanosib boʼlmagan yoki odamda shunday tuyuladigan turli xil psixologik omillari nizoning qatnashchilari boʼlib xizmat qiladi: ehtiyojlar, motivlar, qadriyatlar hissiyotlar va h. O’smirlar bilan bogʼliq boʼlgan shaxsdagi nizolar turli xil shakllarni olishi mumkin. Ulardan nisbatan koʼproq tarqalganlaridan biri – bu rolli nizodir. Bunda odamning turli xil rollari unga qarama – qarshi talablarni qoʼyib boshlaydi. Masalan, o’mir oilada farzand, aka,uka rolida zarur, o’quvchilik roli esa maktabda bajarilishi talab qiladi.
Shaxslararo nizo. Bu nizoning eng koʼp tarqalgan tipi hisoblanadi. O’smirlarda turli xil yuzaga chiqadi, koʼplab olimlarning fikricha uning yagona sababi – xarakterlarning toʼgʼri kelmasligida yotadi. Darhaqiqat, xarakterlaridagi, qarashlaridagi, xulq – atvor usullaridagi farqlar oqibatida odamlar bir-birlari bilan chiqisha olmaydilar. Biroq nisbatan chuqurroq tahlil koʼrsatadiki, bunday nizolarning asosida, odatda, obʼektiv sabablar yotadi. Har qanday odam resruslarga oʼzga emas, aynan u muhtoj deb hisoblaydi. Nizo ko’proq o’smirlar va o’qituchilar oʼrtasida paydo boʼladi, masalan, o’smirning o’qituvchilari unga koʼp vazifalarni va cheklovlarni yuklagan, deb o’ylaydi, o’qituvchi esa o’smirni toʼliq kuchini sarflab bajarmayapti, deb hisoblaydi.
Shaxs bilan guruh oʼrtasidagi nizo. Norasmiy guruhlar oʼzining muomala, xulq-atvor normalarini oʼrnatadi. Shunday guruhning har qanday aʼzosi ularni bajarishi lozim. Qabul qilingan noumalaudan chetlashish guruh tomonidan salbiy hodisa, deb qaraladi va shaxs bilan guruh oʼrtasida nizo paydo boʼladi. Bu tipdagi tarqalgan nizo – guruh bilan rahbar oʼrtasidagi nizodir.
Ijtimoiy nizo. Bu “bir-biriga zid boʼlgan yoki oʼzaro bir-birini inkor qiladigan maqsadlariga intilgan oʼzaro taʼsir tomonlari (subʼektlari) oʼrtasidagi vaziyat”dir. Nizolarning mavjyd boʼlgan taʼriflaridagi farqlarga qaramasdan, uchta muhim vaziyatni ajratib koʼrsatish mumkin: birinchidan, bir ijtimoiy qarama-qapshiliklarning kuchayishining soʼnggi chegarasi, qarama-qarshi kurashning yashirish va ochiq holati, shuningdek oʼzaro taʼsir vaziyati, ikkinchidan, ijtimoiy nizo toʼplamlari, ijtimoiy toʼplamlapning, sinflarning, millatlarning, davlatlarning, ijtimoiy institutlarning, ijtimoiy sybʼektlapning toʼqnash kelishida oʼz ifodasini topadi Biroq aynan oʼz ehtiyojlariga, qiziqishlariga va maqsadlariga ega boʼlgan qarama-qarshi kurashayotgan tomonlarning mavjudligi nizolarning asosini, asosiy chiziqni tashkil qiladi.
“O’smir shaxsining takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo’lgan omillardan biri o’quv faoliyati motivlaridagi sifat o’zgarishidir. Kichik maktab yoshidagi boladan farqli, o’smir endi bilimlar tizimiga ega bo’lishi, o’qituvchining maqtovini eshitish va “5” baholarini ko’paytirish uchun emas, balki tenqurlari orasida ma’lum ijobiy mavqeni egallashi, kelajakda yaxshi odam bo’lish uchun o’qish motivlari ustuvor bo’la boradi. Lekin I.V.Dubrovinaning bergan ma’lumotlariga ko’ra o’quv faoliyati motivlari orasida umuman bilish, yaxshi bilimlarga ega bo’lish motivi kuchsiz bo’lganligi sababli o’smirlar maktabga borgisi kelmaydi.
O’smirlarda ijtimoiy-psixologik omillar shuni ko’rsatadiki, bunday holatlarda o’smir o’qishga og’rinib kelib, salbiy emotsiyalar va xavotirlik hislarini boshdan kechiradilar (o’rtacha 20% o’quvchilar). Bu kattalarning o’smir bilan ishlashini qiyinlashtiradi”.[3, b.360]
O’smirlarda uchraydigan holatlardan pedagog va o’smir o’rtasida nizoli vaziyatlar uchrab turadi. Ushbu holatda pedagog o’smir shaxsiyatiga tegmasdan, unga to’g’ri tushuncha berishi, “men senga ishonaman”, “bu qo’lingdan keladi”, “buni ajoyib qilib bajara olasan” kabi so’zlar pedagog va o’smir o’rtasida iliqlik munosabatini paydo qiladi. Bir og’iz shirin so’z o’smir uchun motivatsiya bo’ladi.
O’smirlar kattalarning ularga bildirilgan ishonchlariga kata ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o’smir yoshdagilar uchun ta’sir ko’rsatish, tarbiya berish uchun eng qulay shart-sharoit bu umumiy mehnat bilan shug’ullanishdir. O’smirlik davrida bolalarning atrofdagi odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo’ladigan munosabatdagi mavzu o’zgaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
- “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” M.G.Davletshin,
- Sh.Do’stmuhammedova, M.Mavlonov, S.To’ychiyeva: Tashkent. 2004
3.“Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari” maruzalar matni
4.Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). SUITSIDAL HOLAT VA UNING KELIB CHIQISH SABABLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).
5.Usarovna, M. R., & Ibrahimovna, S. Z. (2019). Yuldoshev Sardor Asliddin o’ gli, Akhmedova Shokhida Mukhtarovna. THE EDUCATION OF TALENTED STUDENTS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR)-ISSN, 2455-3662.
6.О.Жўлмуродов . Низоли вазиятларда ўсмир ҳулқ-атворининг ижтимоий-психологик омиллари.16.02.2022 Тўплам Э.Ғозиев «Глобал дунёда психология фани: назария ва амалиёт чақирувлар ва истиқболлар»
7.Yuldashev, S., & Arakulov, G. (2023). ETHNOPSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF AGGRESSIVE BEHAVIOR IN FAMILY DISPUTES. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, (Special Issue), 81-88.
8.Yo‘ldoshyev, S., & Bosimova, M. (2023). ZAMONAVIY PSIXOLOGIYANING PEDAGOGIKA BILAN UZVIY BOG ‘LIQLIGI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2).
9.Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). O ‘QUVCHI XULQ-ATVORNING PSIXOLOGIK KORREKSIYASI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2).
10.Asliddin o‘g, Y. L. S. (2022). PSIXOLOGIK ZO ‘RAVONLIK VA KIBERBULLING. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 62-66.
11.Yuldashev, S. (2021). THE PEDAGOGICAL ESSENCE OF THE PROFESSIONAL ACTIVITY OF A TEACHER IN MILITARY EDUCATION. International Journal of World Languages, 1(2).
- Yo‘ldoshyev, S., & Otaqulova, S. (2023). SHAXSDA QOBILYATLAR RIVOJLANISHINING INDIVIDUAL PSIXALOGIK XUSUSIYATLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2).
- Yo‘ldoshyev, S., & Jo‘lmurodov, O. (2023). PSIXOLOGIK SALOMATLIK QADRIYAT SIFATIDA. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(3), 3-7.
- Yo‘ldoshyev, S., & Fayzullayeva, M. (2023). STRESSNI KELIB CHIQISH SABABLARI VA ZAMONAVIY PSIXOLOGIK YECHIMLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(3), 8-14.