Maxmudov Salimjon Uralovich
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti o’qituvchi
Mardiyeva Sevinch Xusanxon qizi
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti 1-bosqich talabasi
maxmudov.salim@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada erkaklar va ayollarning teng huquqli ekanligi, xotin-qizlarga nisbatan bo’layotgan zo’ravonliklar oldini olish, jabr ko’rgan xotin-qizlarni himoyaga olish hamda ularga psixologik yordam berish, zo’ravonliklarni amalga oshirayotgan shaxslarga nisbatan olib borilayotgan amaldagi huquqiy chora-tadbirlar, bu bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlik, Himoya orderi, gender tengligi, diskriminatsiya, konvensiya
Insonlar o’zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishar ekan ular o’rtasida ma’lum darajada huquqbuzarliklar, xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonliklar bo’layotganligini ko’rishimiz mumkin. Eng achinarlisi shundaki, ayollar hamda yosh qizlarga nisbatan zo’ravonliklarning sezilarli darajada oshib borayotganligi xech birimizga sir emas. Zo’ravonliklarning eng sodda ko’rinishi bu oila a’zolari tomonidan xotin-qizlarga jismoniy zarar yetkazish ya’ni bolalar ko’z o’ngida kaltaklashdir. Ayniqsa ota-onalarining zo’ravonlik qurboniga aylanganligini ko’rish o’sib borayotgan yosh avlodda ruhiy tushkunlik, qo’rquv, tashvish, maktabda yoxud o’qish joyida o’zlashtirish darajasining tushib ketishi kabi hissiy muammolarning paydo bo’lishi yuqori bo’ladi. Keyinchalik bu bolalar o’smirlik davrida tajovuzkor xatti-harakatlarga moyil bo’lib qolishi yoki umuman atrofdagi insonlarga nisbatan befarqligi va kelajakda oila qurishdagi qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligi ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Chunki ota-onalar bolalarining o’sib-ulg’ayishida katta ta’sir ko’rsatadi albatta. Farzandlar uchun ota-onalarning qilayotgan xatti-harakatlari ularga namuna bo’lib xizmat qiladi. Asosan kichik yoshdagi bolalarda ota-onalar o’rtasida bo’layotgan zo’ravonliklar tushunarsiz namoyon bo’ladi, ba’zan bu voqealar ularning ruhiyatiga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Hozirgi kunda asosan ayollarga nisbatan oiladagi ruhiy zo’ravonliklar, haqorat, tuhmat, shuningdek sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, xohish-irodalarini cheklash ham kichik zo’ravonliklar qatoriga kirib, bu voqealar tazyiq va zo’ravonlikka duch kelgan jabrlanuvchida o’z xavfsizligiga nisbatan xavotir uyg’onishi yoki o’zini-o’zi himoya qila olmaslik tuyg’usining paydo bo’lishi ham salbiy oqibatlarga olib keladi. Jamiyatda bu illatlarning kamayib borishi nafaqat xotin-qizlarda balki yosh avlodda ham qo’rquv hissining kamayishi, omma oldida shaxsiy fikrini aniq va ravon ifoda eta olishi, insonlar bilan o’zaro muloqot qilish jarayoni yaxshilanib boradi, erkaklar va ayollar teng huquqda shaxsiy fikrlarini ayta olishlarida ham gender tengligi qaysidir jihatdan namoyon bo’ladi.
Rivojlanib borayotgan mamlakatimizda xotin-qizlarni himoyaga olish, ularga bo’layotgan tazyiqlarga huquqiy, ijtimoiy va psixologik yordam berish, erkaklar va ayollarning teng huquqli ekanligi borasida bir qator ishlar olib borilayotganligi, ayniqsa yaqinda qabul qilingan yangi konstitutsiyamizda ham bu borada so’z ketganligi bunga yaqqol misoldir. Xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi rolini oshirishda ularning ta’limda, kasb hunarda olib borayotgan faoliyatlarini ham ko’zdan qochirmaslik zarur.
«Gender» atamasi 1968-yil amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan iste’molga kiritilgan bo’lib, «jins» ma’nosini bildiradi.
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan so’nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Shularning eng asosiylaridan biri gender tengligi ya’ni erkaklar va ayollarning teng huquqliligini ta’minlash maqsadida Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 23-avgustda ma’qullangan hamda 2019-yil 2-sentabrda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan imzolangan «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida»gi qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida ma’qullangandi.
1-modda. Ushbu qonunning maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Xotin-qizlarni tazyiqmva zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa hujjatlaridan iborat.
Undan tashqari yuqori davlat lavozimlariga ham ayollarning saylanayotganligi xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqli ekanligini ko’rsatadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bunga yaqqol misol qilib ichki ishlar organlarida xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektor lavozimlarining joriy etilganligini ko’rishimiz mumkin. Hozirgi kunga kelib respublikamizda xotin-qizlarning deyarli 80%i asosan ikkita soha-ta’lim va sog’liqni saqlashda faoliyat yuritib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida respublikamizda ta’lim olish huquqi barcha fuqarolar uchun jinsidan qat’iy nazar amal qilishini ko’rishimiz mumkin. Undan tashqari ayollar va erkaklar teng huquqda ta’lim olishi O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni hamda jismoniy rivojlanish va sport bilan shug’ullanish borasida «Jismoniy tarbiya va sport haqida»gi qonuni (2-modda) bilan belgilangan. Ayollar va erkaklarni teng huquqli ekanligini ko’rsatuvchi mamlakatimizning asosiy qonuni – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan, undagi 46-moddada aytilganidek: «Xotin qizlar va erkaklar teng huquqlidir». Bu qonun har bir fuqaroning shaxsiy, ijtimoiy, siyosiy huquqlarini himoyalaydi. Shu o’rinda yana bir qator xalqaro qonunlar qabul qilinganligi ya’ni 1954-yilda qabul qilingan «Ayollarning asosiy huquqlari to’g’risida» konvensiya, 1958-yilda qabul qilingan «Turmushga chiqqan ayollarning fuqaroligi to’g’risida» konvensiya, «Ayollarga nisbatan qo’llaniladigan diskirminatsiyaning har qanday shakllariga barham berish haqida»gi konvensiya kabilarni aytib o’tish lozim. Undan tashqari «Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risida»gi konvensiya (1979-yil 18-dekabr, Nyu-York), O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-sonli «Zo’rlik ishlatishdan jabr ko’rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 625-sonli «Zo’rlik ishlatishdan jabr ko’rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o’z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori ham shular jumlasidandir. O’zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida»gi qonunida «Himoya orderi» tazyiq va zo’ravonlik qurboni bo’lgan jabrdiyda xotin-qizlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan beriladi. Turmush o’rtog’i, sevgan yigiti, qaynona-qaynotasi, qaynsingillari, qo’ni-qo’shni, ish joyida bo’lsa rahbari va boshqa shaxslar tomonidan jismoniy yoki ruhiy zo’ravonlik qurboniga aylangan ayollar mazkur order asosida qonuniy tarzda muhofaza qilinadi deb ta’kidlab o’tilgan. Jamiyatda barcha qatlam vakillarining maqsadli faoliyatini tashkil etish zarur gender-dezagratsiyalangan axborot bazasini yaratish, barcha mamlakatlar darajasida gender tahlili va monitoringini o’tkazishni talab etadi. Pekin Harakat dasturining 206-a moddasiga ko’ra, milliy statistika xizmatlari jamiyatda ayollar va erkaklar ahvoli bilan bog’liq muammolar va masalalarni aks ettiruvchi, jinsi va yoshiga ko’ra ajratilgan statistika ma’lumotlarini yig’ish, ishlov berish hamda tahlil qilishni ta’minlashi zarur.
O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-sonli qarori bilan zo’rlik hamda o’z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish, ushbu harakatlardan jabrlanganlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qabul qilingan «Yo’l xaritasining 17-bandida 25-noyabr-Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish» Xalqaro kunini ham aytib o’tish lozim.
Xulosa qilib aytganda jamiyatimizdagi xotin-qizlarga nisbatan ro’y berayotgan zo’ravonliklar, tahdidlarni kamaytirish, balki umuman jamiyatdan chiqarib yuborish borasida amaldagi qonunlar sonini oshirish lozimligi hamda ayollar va erkaklar huquqlaridagi tenglikni amalda qo’llash, jamiyatimizda erkaklar qanday huquqlarga ega bo’lsa ayollarga ham shu huquqlarni joriy qilish asosiy maqsad sifatida olingan.
Adabiyotlar ro’yhati:
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
- O’zbekiston Respublikasi 2019-yil 2-sentabr kuni «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida» qonuni (02.09.2019)
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-sonli «Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish» to’g’risida qarori (19.05.2021)
4.I.Sh.Fayziyevning «Gender tengligi: ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» nomli maqolasi Academis Research Educational Sciences. (2021)
- Uralovich, M. S. (2022, April). OZARO BIR-BIRINI ANGLASH SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING FENOMENI SIFATIDA. In E Conference Zone (pp. 41-43).
- 6. Шамсиев Ў.Б. “Оилавий муносабатлар тизимида боланинг ўзини-ўзи англаш жараёни” Ўқув-услубий қўлланма “Мумтоз сўз” нашриёти, 2012 йил, 52-бет.
- 7. https://tiiame.uz
- https://xviib.uz