- Ирматов Ф. М. Эффективность современных образовательных технологий в педагогическом процессе (на примере обучения физике). Научное знание современности. –Казан. 2019. -С. 34-37.
- Ирматов Ф. М. Особенности обучения нефизическим специальностям студентов. Образование и культура. Международная научно-практическая конференция «Наука, образование, культура», Посвященная 29-ой годовщине Комратского государственного университета. Комрат. –С. 130-132.
- Ирматов Ф. М. Эффективность модульного обучения физики для нефизических специальностей. Инновационные технологии в современном образовании. –С. 228-231.
- Irmatov F. Advantages of teaching physics on the credit system. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12). – Great Britain. –Р. 60-64.
- Ирматов Ф. М. Повышение уровня успеваемости по физике студентов в педагогических вузах посредством современных образовательных технологий. Современное государственное и муниципальное управление: проблемы, технологии, перспективы. VI Международной научно-практической конференции. – Донецк. 2020. –С. 117-119.
- 6. Abduraxmonov K.F. va b., Fizika kursi, Toshkent-2012
KVANT FIZIKASIGA OID HODISALARNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Irmatov Fozil Muminovich,
Jizzax davlat pedagogika universiteti
p.f.f.d, (PhD)
irmatov-fozil-84@mail.ru
Mazkur ish zamonaviy axborot va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida «Kvant fizika» fanini kompyuter imitatsion modeli asosida
samarali o‘qitishni tashkil etishga bag‘ishlangan.
Taraqqiy etgan xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlarida hamda
respublikamizning etakchi ta’lim muassasalarida kompyuter
texnologiyalari asosida o‘qitish jarayoni tahlil qilinganda bir
nechta yunalishlarni ko‘rish mumkin. SHulardan biri kompyuter
modelidan foydalanish hisoblanadi. Bu yo‘nalish o‘qitilayotgan
fanlarning ob’ektlarini tabiiy ko‘rinishda ko‘rsatish mumkin
bo‘lmagan ma’lumotlarni ifoda etish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o‘z
navbatida originalning tabiatini aniqlash, uning ichki, tashqi
xossalarini va rivojlanish jarayonini kuzatish imkoniyatini
yaratadi.
Hozirgi kunda kompyuterda modellashtirish texnologiyasi mavjud
bo‘lib, uning maqsadi atrofimizni o‘rab turgan tabiat, unda ro‘y
beradigan hodisa, voqealarni va jamiyatdagi o‘zgarishlarni anglash,
tushunib etish jarayonini zamonaviy usullar vositasida tezlashtirish
va qabul qilishdir. Kompyuterda modellashtirish texnologiyasini
o‘zlashtirish kompyuter tizimlarini (vositachi qurilma sifatida)
yaxshi bilishni va unda modellash texnologiyalarini ishlata olishni
talab qiladi.
Kompyuterda dasturlash tillaridan foydalanish matematik
modellashtirish usulida jiddiy burilish yasadi. Hozirgi davrda kompyuterlarda o‘rganilayotgan fizik jarayonlar modellarining turli xil ko‘rinishlarini (grafik, diagramma, animatsiya, multiplikatsiya va h k.) kompyuter monitorida hosil qilish mumkin. Ekrandagi modelni (masalan, rasm eskizini) turli xil darajada (tekislik, fa’zo bo‘yicha) harakatga keltirish imkoniyatlari mavjud.
Ushbu fikrlardan kelib chiqib, talabalarni kvant fizikaga oid tushunchalarini tabiiy sharoitda kuzatib bo‘lmaydigan jarayonlarini kompyuter imitatsion modelini yaratish va u asosida darslarni tashkil etish mumkin.
Kvant fizika tushunchalarida shunday jarayonlar mavjudki, ularni
oddiy usulda (rasmini ko‘rsatish yoki doskada chizib ko‘rsatish)
tushuntirish talabalarda aniq tasavvur hosil qilmasligi mumkin.
Kvant fizikasining fizik jarayonlarida kompyuter imitatsion modeli yaratilib, shu model asosida jarayon tushuntirilsa, talabalar bu jarayonlarni tushunishi, tasavvur qilishi osonlashadi hamda eshitish, ko‘rish orqali olgan bilimlari uzoq vaqt yodda saqlanadi va talabalarning o‘zlashtirish darajalari oshirilganligi kuzatiladi.
1-rasm. Kvant fizikasi hodisalarini dasturiy paketlar yordamida o‘rganish
Xulosa qilib aytganda, kompyuter imitatsion modellari
ma’lumotlarni ongli ravishda bir-biriga to‘g‘ri keladigan (uyg‘un)
holda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu esa zamonaviy o‘qitish
usullaridan foydalangan holda bilimni har xil shakllarda taqdim
etish imkoniyatini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI