Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

 Talabalarda  kreativlik sifatlarini rivojlantirishda  innovatsion texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati

   Xasanova Iroda  Alimjonovna JDPU Umumiy psixologiya kafedrasi  oqituvchisi   Abralov Shokir Pedagogika va psixologiya  fakul’teti 2-bosqich talabasi Annotatsiya: Maqolada  talabalarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish kreativ fikrlashini  rivojlantirishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning   ahamiyati     yoritilgan.        Kalit so’zlar: Kreativ fikrlash, ta’lim –tarbiya, texnik ta’minot,   ong, jamiyat   . ruhan pok,  jismonan sog‘lom, komil inson. Mamlakatimizning istiqboli shubhasiz bugungi avlodning bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib yetishishiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi 2022-2026-yillarda mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmonida inson qadrini ulug‘lash shaxs kamolati, rivoji, ma’naviy barkamolligi hamda shaxs va jamiyat manfaatlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi jarayoniga muhim qadriyat sifatida qarab, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, ilmiy kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko‘tarish masalasini ustuvor soha sifatida belgilash oid ishlar rejali amalga oshirib kelinmoqda. Bugun o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga har qachongidan ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, sog‘lom fikrlaydigan, ijod qiladigan yoshlarni tarbiyalash eng asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. 1 Darhaqiqat, qaysi jamiyat ko‘proq ma’naviy yetuk, ruhan pok, jismonan sog‘lom komil insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazsa, ana shu jamiyat barqarorlik va barkamollikka erishishi muqarrardir. Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda о‘quv dasturlari ishlab chiqiladi, yangi о‘quv darsliklari yaratiladi. Bu  ham talabalar, ham о‘qituvchilarni kasbiy о‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bо‘lgan ehtiyojni muayyan darajada yuzaga keltiradi, ularning о‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.Sо‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida  talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan kо‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian kо‘rish mumkin. Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, о‘qituvchilar kreativlik asoslarini о‘rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). О‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv kо‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti. Ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, kо‘pchilik о‘qituvchilar hali hanuz shaxsan о‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini о‘zlashtira olmayaptilar. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini tо‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’nosini tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga kо‘ra, “kreativlik – о‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa о‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bо‘lib, u о‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bо‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bо‘yicha о‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy kо‘nikmalarga ham ega bо‘lish” Biroq, о‘quv yilining oxiriga kelib oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fanlarni о‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Kо‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yо‘qolgan. Buning natijasida о‘qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni о‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi bо‘lmagan talabalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni о‘qitishni istamayotgan о‘qituvchilar faoliyatini о‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilasa-da, ahvol о‘zgarishsiz qolmoqda. Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan о‘ylab, rejalashtirilib qо‘yilishi talabalar uchun qiziq bо‘lmayotgandir, balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat bildirmayotgandir. О‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni о‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bо‘lgan munosabatni о‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bо‘lar? Zotan,о‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan  asosiy  omil – kreativlik bо‘lib qolaveradi. Mutaxassislarning yuqori malakali bо‘lishi, ijodkorligining ortishi ilmiy – innovatsion faoliyat tufayligina amalga oshadi.  Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda talabalar faqat tayyor bilimlarni egallashga о‘rgatib kelingan edi. Bunday usul talabalarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni sо‘ndirar edi. Pedagog – olimlar yillar davomida ta’lim tizimida “Nega о‘qitamiz? Nimani о‘qitamiz? Qanday о‘qitamiz?” savollariga javob izlash bilan bir qatorda “Qanday qilib samarali va natijali о‘qitish mumkin?”-degan savoliga javob qidirdilar. Bu esa olim va amaliyotchilarni о‘quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni о‘qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib kо‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi. Dunyoning turli mamlakatlarida kо‘plab tadqiqotchilar ta’limda innovatsiyalarni qо‘llash bо‘yicha har doim izlanishlar olib borishgan. Ular “innovatsiya”, “interfaol usullar”, innovatsion texnologiyalar tо‘g‘risida yaxshi axborotlar yig‘ishgan. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni qо‘llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi:
  • о‘quv fanini aniq maqsadini aniqlash;
  • fanning hajmini va mazmunini aniqlash;
  • zarur bо‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;
  • fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;
  • ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini о‘rganish;
  • о‘qituvchini tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.
Kreativlik shaxsning ijodiy kо‘rsatkichlari bilan belgilanadi.  Kreativlikni о‘rganish asosan ikki yо‘nalishda olib boriladi: 1-yо‘nalish.  Kreativlikni intellekt bilan bog‘liqligi masalalarini va kreativlik bilan bog‘liq ta’limiy jarayonlarni belgilashni о‘rganadi. 2-yо‘nalish.  Shaxs va uning psixologik о‘ziga xosligi kreativlikning asosiy aspekti ekanligi,  shaxsga va uning motivatsion chizgilariga urg‘u berilishi bilan tasniflanadi.  Intellektual faktorlarni ta’limiy yо‘nalishlarda qо‘llanilishida,  kreativlikni о‘rganish,  baholashda 1950-yillarda J. Gilford va uningizdoshlari 16 ta gipotetik intellektual qobiliyatni ajratib kо‘rsatadilar.  Ular orasida: – fikrning turliligi (ma’lumvaqt oralig‘idagi g‘oyalarning miqdori), – fikrning (bir g‘oyadan ikkinchisiga kо‘cha olishi) originalligi (о‘ziga xoslik), -umume’tirof etilgan qarashlardan farq qiluvchi g‘oyani yaratish qobiliyati), – qiziquvchanlik (о‘zini о‘rab turgan olamdagi muammolarga ta’sirchanlik), – gipoteza qilish qobiliyati (reaksiyaning stimuldan mantiqiy mustaqilligi), – fantastikali (stimul va reaksiya orasidagi mantiqiy bog‘liqlikning borliq hayotdan butunlay uzilganligi). Shu tariqa fikr yuritadigan,  sо‘nggi yangiliklardan boxabar о‘qituvchilar bugungi kunda juda dolzarb va bolaning rivojlanishi uchun muhim sanalganin tegrallashgan darslarni tashkil etishga qodir bо‘ladilar. Adabiyotlar rо‘yhati 1.Kala  U.V.  O  kreativnosti  v  sfere  obsheniya//  Problemi  detskoy  i pedagogicheskoy psixologii. Obzornaya informatsiya NII OP APNSSSR. Vip. IX. Moskva, 1976. — S. 35-38. 2.Kleg  B.   Intensivniy  kurs  po  razvitiyu  tvorcheskogo mishleniy.  –  M. :   OOO «IzdatelstvoAstrel».  2004.  –  392 s. 3.Muslimov N.A. Bо‘lajak kasb ta’limi о‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish /MonografiY. – T.: Fan,2004. 4.Kamolova SH. О‘quv bilish faoliyatining tasnifi haqida  // “Fan, ta’lim va amaliyot” majmuasining dolzarb muammolari: ilmiy maqolalar tо‘plami. – Jizzax: JDPI, 2006. – № 1. – B. 83 – 88. 5.Akmalov A. Dunyoviylik daxriylik emas  //  Ma’rifat. – Toshkent: 2004 (27.03.04). – B. 7. 6.Kamolova, SH. О‘., &  Munarova, R. О‘. (2010). Urovni sovershenstvo lichnosti. Issledovatel nauchniy jurnal.–Qozo g’iston, 5(49), 100-105. 7.Kamolova, S., & Amanxonova, Y. (2022). О‘quvchilar tafakkur jarayonlarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 2(6). 8.Kamolova, S., & Maxmudova, A. (2023). Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik kadrlarni tayyorlashning psixologik jihatlari. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 3(1). 9.Yaxshiyeva, M. SH., Kamolova, SH., Eshonkulov, E. S., Jumartova, U. U., & Urazoliyev, X. A. (2015). Formirovaniye nauchnogo mirovozzreniya studentov. In Aktualniye zadachi pedagogiki (pp. 184-186).