Nosirova Dilnoza Toir qizi
JDPI matematika o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
(ORCiD 0000-0003-3488-8899)
Annotatsiya
Ushbu maqolada pedagogika oliy o’quv yurtlarida kredit-modul tizimida professor-o’qituvchilarning vazifalari va faoliyat turlari: lektor, tyutor, edvayzer va bulardan tashqari xorijiy oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib boradigan supervayzerlik, moderatorlik, fasilitatorlik kabi pedagoglarning faoliyati va vazifalari ilmiy-metodik jihatdan asoslab berilgan.
Tayanch so’z va iboralar: lektor, tyutor, edvayzer, supervayzerlik, moderatorlik, fasilitatorlik
Виды деятельности преподавателей в кредитно-модульной системе
Носирова Дилноза Тоир кизиУчитель кафедры методики преподавания математики ЖГПИ
(ORCiD 0000-0003-3488-8899)
АннотацияВ данной статье рассмотрены задачи и виды деятельности профессоров и преподавателей в кредитно-модульной системе педагогических вузов: лектора, тьютора, эдвайзера, а также деятельность и обязанности преподавателей, работающих в зарубежных вузах, таких как научные руководители, модераторы, фасилитаторы -методологически обоснованы.
Ключевые слова и фразы: лектор, тьютор, эдвайзер, супервайзер, модератор, фасилитатор.
Types of activities of teachers in the credit-module systemNosirova Dilnoza Toir qiziTeacher at the Department of Mathematics Teaching Methods JSPI
(ORCiD 0000-0003-3488-8899)
Annotation In this article, the tasks and types of activities of professors and teachers in the credit-modular system of pedagogical universities: lecturer, tutor, adviser, as well as the activities and responsibilities of teachers working in foreign higher education institutions, such as supervisors, moderators, facilitators. -methodologically substantiated.
Key words and phrases: lecturer, tutor, adviser, supervisor, moderator, facilitator.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab barcha sohalarda bo’lgani kabi oliy ta’lim tizimida ham xalqaro hamkorlikka erishish, oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga yagona yondashuvni qaror toptirish yo’lida amaliy harakatlar olib borilmoqda.
Kredit-modul tizimi zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli sanaladi. Bugungi kunda taraqqiyparvar insoniyat davlatlar o’rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy sohalarda o’zaro kelishuvga erishish, hamkorlikni yo’lga qo’yishning yangidan yangi yo’llarini izlashda davom etmoqda[3].
Zamonaviy o’qitish texnologiyasi, OTMning jihozlanganligi, professor-o’qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo’lishi, o’qitishning yuqori sifatlari – ECTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi.
Kredit-modul tizimiga ko’ra o’quv mashg’ulotlari shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari va talabaning mustaqil o’qib o’rganishiga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi”da milliy kadrlarning raqobatbardoshligi va umumjahon amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim milliy tizimining sifati oshishiga, Bolonya jarayoni ishtirokchi-mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olishga, o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini
amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999-yil 19-iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish belgilab qo‘yilgan[1].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da oliy ta’lim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish, o‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan[2].
Kredit-modul tizimini yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida joriy qilishdan maqsad ta’lim sifatini oshirish, talabaning mustaqil o’qib o’zlashtirishiga e’tiborni kuchaytirish, shuningdek talabalarni baholashdagi shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan. Kredit-modul tizimiga o’tgan oliy ta’lim muassasalari professor o’qituvchilarining faoliyat turlari ham o’ziga xos tarzda avvalgi ta’limdan tubdan farq qiladi.
Kredit-modul tizimida akademik faoliyat turlari. Kredit ta’lim tizimini joriy etishning yangi sharoitlarida professor-o‘qituvchilarning roli ham sezilarli darajada o‘zgaradi.
Kredit ta’lim tizimida o‘qituvchi (pedagog) o‘zining vazifasiga ko‘ra ta’lim jarayonining quyidagi sub’ektlari sifatida faoliyat olib borishi mumkin[4]:
- lektor;
- tyutor;
- edvayzer;
- maxsus komissiya a’zosi.
Lektor sifatida yuqori akademik professorlar yoki dotsentlar safidan malakali o‘qituvchilar tayinlanadi. Ular ma’ruza darslarini yuqori ilmiy-uslubiy darajada olib borishadi.
Ma’ruzalar akademik potoklarga, ya’ni mutaxassisligi yaqin bo‘lgan bir nechta guruhlarga o‘qiladi. Auditoriyadagi talabalar soni lektorning malakasidan va auditoriyaning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Professor va dotsentlar o‘zlarining ilmiy saviyasi, ilmiy izlanish yo‘nalishlari va pedagogik mahoratidan kelib chiqib bir mutaxassislik ichida bir nechta fanlaridan ma’ruza o‘qishlari mumkin.
Oliy o‘quv yurtining Ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra ma’ruza o‘qish huquqi ilmiy darajasiz, lekin eng tajribali va yuqori malakali o‘qituvchilarga ham beriladi.
Lektor, tyutor, edvayzer va boshqa sub’ektlarning vazifalari.
Lektor o‘zining har bir ma’ruza mashg‘uloti bo‘yicha o‘qituvchi rahbarligisiz amalga oshiriladigan talabaning mustaqil ta’limiga (TMT) ga 0,5-1 soat oralig‘ida vaqt ajratishi maqsadga muvofiq.
Tyutor – fan o‘qituvchisi sifatida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi, maslahat beradi, O‘RTMI ni tashkil qiladi
va amalga oshiradi, kurs ishlariga rahbarlik qiladi, amaliyotlarni tashkil qiladi.
Tyutor har bir talabaning fanni o‘rganishini nazorat qiladi, shaxsiy topshiriqlarni bajarishini va amaliy mashg‘ulotlardagi faoliyatini baholaydi va zarur bo‘lsa yordam ko‘rsatadi. SHuningdek, tyutor talabaning aniq bir fanni o‘rganishdagi faoliyatini umumiy tahlil qilishi mumkin.
Tyutorlar quyidagi sifatlarga ega bo‘lishlari lozim:
- o‘qituvchilik: amaliy mashg‘ulotlarni talab darajasida olib borish,
talabalarga kasbiy o‘zini anglashda yordam berish, fanning o‘quv-uslubiy
materiallaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishlarini ta’minlash;
- maslahatchilik: talabalarning bilish jarayonlarini muvofiqlashtirish,
guruhli maslahat va muloqot darslarini olib borish, fanning turli masalalari bo‘yicha talabalarga yakka tartibda maslahatlar berish;
- menejerlik: talabalar guruhlarini yig‘ish va shakllantirish, guruhli mashg‘ulotlarni boshqarish, talabalarning fanni o‘zlashtirishini nazorat qilish.
Tyutorning vazifalari quyidagilardan iborat:
- talabaning o‘qishi maksimal darajada samarali bo‘lishiga yordam berish;
- talabalarning o‘zlashtirishini muntazam nazorat qilish;
- bajarilgan topshiriqlar bo‘yicha talaba bilan aloqani ta’minlash;
- guruhli va yakka tartibda maslahatlar berish;
- butun o‘qish davrida o‘qishga bo‘lgan qiziqishini ta’minlash.
Tyutor O‘RTMI uchun har bir amaliy mashg‘ulotga nisbatan 0,5-1 soat
oralig‘ida vaqt ajratishi tavsiya etiladi.
SHaxsiy o‘quv traektoriyasini tanlash va amalga oshirish, shuningdek o‘quv rejalarining mobilligi va moslashuvchanligini ta’minlash uchun kredit ta’lim tizimi sharoitida oliy o‘quv yurtlarida maslahat xizmati, ya’ni edvayzerlar – akademik maslahatchilar xizmati tashkil qilinadi. Ularning soni fakultetdagi talabalarning sonidan kelib chiqib aniqlanadi[5].
Edvayzerlar talabalarning akademik manfaatlarini himoya qilishi va o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha barcha zarur axborot materiallarini tayyorlashda ishtirok etishi, ularni talabalarga elektron shaklda taqdim
etishi va ularning shaxsiy o‘quv rejalarini tuzish va tuzatish kiritishda
yordam berishi, uslubiy materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishi va mavjudligini, yo‘nalishning barcha fanlari bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish qoidalarining bajarilishini nazorat qilishi zarur.
Edvayzer – o‘qish davri bo‘yicha shaxsiy o‘quv traektoriyasini tanlash va ta’lim dasturini o‘zlashtirishga yordam beruvchi o‘qituvchi hisoblanadi.
Bundan tashqari, edvayzer talabaga kelgusidagi karerasiga oid masalalarni yechishda, bitiruv ishi mavzusini tanlashda, kasbiy amaliyot bazalarini aniqlashda maslahat yordamini ko‘rsatishi mumkin.
Edvayzerning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- talabalarga shaxsiy o‘quv traektoriyalarini aniqlash va ta’lim dasturini o‘zlashtirishda yordam ko‘rsatish;
- o‘quv traektoriyasini tanlashda talabalarning ehtiyojlari, qiziqishlari va istaklarini aniqlash;
- talabalarga fanlarni tanlashda maslahatlar berish;
- talabalarga shaxsiy o‘quv rejalarini tuzish va zarur bo‘lsa tuzatishga yordam berish;
- talabalarning o‘zlashtirishi va akademik mavqei masalalari bo‘yicha ekspert komissiyalari ishida ishtirok etish.
Edvayzerlar kafedra mudirlari bilan kelishilgan holda oliy o‘quv yurti rektori buyrug‘i bilan tayinlanadi.
Edvayzer talabalarni oliy o‘quv yurtining o‘ziga xos jihatlari, ishchi o‘quv rejasi mazmuni, diplom olish uchun qo‘yiladigan talablar, tanlangan yo‘nalishning imkoniyatlari bilan tanishtiradi va talabalarning moyilligi, imkoniyatlari, qiziqishlari va maqsadlariga muvofiq shaxsiy o‘quv traektoriyalarini tanlashda yordamchi hisoblanadi[4].
Edvayzer qayd qilish tadbirlarida ishtirok etadi. Har bir edvayzerga RO tomonidan ma’lum miqdorda talabalar biriktiriladi. Talabalar biriktirilgandan so‘ng edvayzer ular bilan shaxsiy rejimda ishlashga o‘tadi.
Edvayzer tashkiliy-uslubiy ishlarda ishtirok etadi hamda fanlarni tanlash va ularga yozilish bo‘yicha maslahatlar beradi, yo‘nalishning tanlov fanlari kataloglari va ishchi o‘quv dasturlari bilan tanishtiradi.
O‘quv yili davomida edvayzer fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadigan maslahat jadvallariga muvofiq ishlaydi. Talabalarning shoshilinch akademik muammolarini hal qilish maqsadida edvayzer ish jadvalidan tashqari shaxsiy uchrashuvlarni ham belgilashi mumkin.
Edvayzerning maslahatchilik faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- talabalarni ta’lim jarayonining qoidalari bilan tanishtirish;
- talabalarning qarashlari, qadriyatlari, ularning moyilligi va imkoniyatlarini aniqlash;
- namunaviy o‘quv reja va tanlov fanlari katalogi bilan tanishtirish (majburiy, tanlov fanlari ro‘yxatini, fanlarning prerekvizitlarini tuzishga qo‘yiladigan talablar bilan);
- kreditlar miqdori va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha tushuntirishlar olib borish.
Kredit-modul tizimida xorijda keng tarqalgan supervayzerlik, moderatorlik, fasilitatorlik kabi faoliyat turlari ham ko‘zda tutilishi mumkin.
Fasilitator – (ingliz tilida facilitator, latincha facilis–engil, qulay) – guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy yechimini topishga yo‘naltirish, guruhdagi komunikatsiyani rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.
Moderator – qabul qilingan qoidalarga amal qilish tekshiradi, tinglovchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faolyatini faollashtirishga yordam beradi. Ma’lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi.
Supervayzer – quyidagi to‘rt fazifani bajaradi: o‘qituvchi sifatida o‘rgatadi, fasilitatorlik, maslahatchi, ekspert vazifani bajaradi. Bizning ta’limda ushbu faoliyatlarning hammasi professor-o‘qituvchilar tomonidan bajariladi. O‘qituvchilik faoliyatini bunday turlarga ajratish bu faoliyat turining samarasini yanada oshiradi[8].
Xulosa qilib aytganda, kredit-modul tizimining joriy etilishi o’qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashda muhim omil hisoblanadi.
O’qitishning kredit-modul tizimiga o’tish oliy o’quv yurti professor o’qituvchilar oldiga majburiyatni va talabni oshiradi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, modulli o’qitish tizimi bilan o’qituvchi nafaqat axborot beruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalarni, balki maslahatchi hamda muvofiqlashtiruvchilik vazifalarini ham bajaradi[7]. Kredit-modul tizimida o’qituvchi talabani mustaqil o’qib o’rganishiga, izlanishiga yo’nalish berib, uni nazorat qilib turadi. Pedagogik jarayonda o’qituvchining yetakchilik roli saqlanib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Prezident farmonlari:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevral “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmoni.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2020 yil 25 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
Nashr qilinganlari:
- Nosirova D.T., Kamolova A, Qazibekov M. Duties Of Professor-Teachers In The Credit-Module System. The American Journal of social science and education innovatsion.Volume 2 Issue 11, 2020 Impact factor 5.525
- Nosirova D.T., Pardaeva Z.O‘., Xummamatova K. The main forms of organization of independent work of students in the credit-module system. International Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT) Vol 23, №2(2020) November. Impact factor 5.6
- Nosirova M., Nosirova D.T., Kubaeva L. Kredit texnologiyasi asosida o‘qitish – talabalar kompetensiyalarini oshirish omili sifatida. Ta’limga kompetensiyaviy yondashuv: muammo va yechimlar. Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami I. Andijon-2020.
- Usmonov B.SH., Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur” nashriyoti, 2020 y. 120 bet.
- O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS kredit-modul tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020 y.