Utamurodova Gulchexra Norboevna
Jizzax davlat pedagogika universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
Annoatsiya: Ushbu maqolada, Xarakter va uning ma’naviy-ahloqiy xislatlari shakllanishining psixologik jixatlari, ilmiy-nazariy, amaliy asoslarini ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash masalalari o‘rganilgan. Bu borada mutafakkirlarning, psixolog olimlarning fikrlaridan metodologik asos sifatida foydalanilgan. O‘qituvchi va tarbiyachi bola xarakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta’sir etishi va oilada bolalar xarakterining ma’naviy-axloqiy xislatlarining shakllanishi masalalari yoritilan.
Kalit so‘zlar: Xarakter, xarakter xislatlari, qat’iylik, jasorat, iroda kuchi, saxiylik, ma’naviy , jismoniy barkamol,tarbiya, odoblilik, halollik.
Annotatsiya: V dannoy state issleduyutsya psixologicheskie aspektы formirovaniya xaraktera i yego duxovno-nravstvennыx kachestv, nauchno-teoreticheskie i prakticheskie osnovы vospitaniya duxovno i fizicheski zrelogo pokoleniya. V svyazi s etim v kachestve metodologicheskoy osnovы ispolzovalis mneniya mыsliteley i psixologov. Osveщaetsya vopros vliyaniya uchitelya i vospitatelya na vospitanie otdelnыx chert xaraktera rebenka tolko cherez kollektiv i formirovanie duxovno-nravstvennыx osobennostey xaraktera rebenka v seme.
Klyuchevыe slova: Xarakter, chertы xaraktera, reshitelnost, mujestvo, sila voli, velikodushie, duxovnaya, fizicheskaya podgotovlennost, vospitanie, poryadochnost, chestnost.
Annotation: This article explores the psychological aspects of the formation of character and its spiritual and moral qualities, scientific, theoretical and practical foundations for educating a spiritually and physically mature generation. In this regard, the opinions of thinkers and psychologists were used as a methodological basis. The question of the influence of the teacher and the educator on the upbringing of individual traits of the child’s character only through the team and the formation of the spiritual and moral characteristics of the child’s character in the family is highlighted.
Key words: Character, character traits, determination, courage, willpower, generosity, spiritual, physical fitness, upbringing, decency, honesty.
Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash – faqat milliy extiyojgina emas, balki umumdavlat ahamiyatiga molik masala – ko‘p millatli Vatanimizda tug‘ilib o‘sgan, tomir yoygan barcha qardosh xalqlar uchun birday ezgu murod maqsaddir. Bu nuqtada milliy va umuminsoniy qadriyatlar, boy ma’naviy merosimizning eng yaxshi an’analari hamda shakllanib kelayotgan yangi udumlar birlashadi, tarbiyaning qudratli omiliga aylanadi.
Xarakter va uning ma’naviy-ahloqiy xislatlari shakllanishi xususiyatlari, ilmiy-nazariy, amaliy asoslarini xorij va hamdo‘stlik mamlakatlari psixologlari tadqiq etgan. Psixolog olimlardan R.Menton, K.Xorni, E.Fromm, Krechmer, Sheldon, Kettell, Feofrast kabilar xarakter xususiyatlarini har tomonlama o‘rganishgan. Shuningdek, hamdo‘stlik mamlakatlari psixolog olimlaridan B.G. Ananev, A.A.Bodalev, V.N.Myasihev, V.V. Davidov, A.G. Kovalev, Asmolovlar xarakter va uning ma’naviy-ahloqiy xislatlari shakllanishi xususiyatlari va uning boshqa jihatlarini tadqiq etganlar. O‘zbekiston olimlari ta’limotida xarakter va uning xususiyatlari muammosi o‘rganilishi tahlil qilinadi.
Xarakter muammosi bilan E.G‘.G‘oziev, M.G.Davletshin, V.A.Tokareva, M.M.Mamatovlar qiyosiy tadqiqotlar olib borishgan. Xarakter borasidagi ta’limotlar tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Xususan, Arastu va Aflotun kishi xarakterini yuziga qarab aniqlashni taklif qilgan edi. Bu borada mutafakkirlarning, psixolog olimlarning fikrlari metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Muttafvkkirlardan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida fikr bildirib, yaxshilik baxt-saodat keltirishini, yomonlik esa kishiga baxt-saodat keltirmasligini aytadi. U kishilarni shijoat, saxovat, iffat, sadoqat, jasorat, matonatli, mustaqil fikrlovchi, tajribali, odobli odam bo‘lishga da’vat qiladi. Farobiyning fikrlari inson xarakterida ijobiy sifatlarni shakllantirish to‘g‘risida boradi
[1].
Xarakter muammosi psixologiyada keng o‘rganilgan bo‘lsada, xali juda ko‘p nazariy izlanishlar va amaliy tadqiqotlarga ehtiyoj sezadi. Husayn Voiz Koshifiy aytadi: „Go‘zal fe’l — atvorning nishonasi o‘n narsadir: birinchi nishonasi yaxshilik; ikkinchisi — insofli bo‘lish; uchinchisi – boshqa odamdan ayb qidirmaslik; to‘rtinchisi — biror kishida ham nojo‘ya harakat ko‘rsa, uni yaxshi yo‘lga boshlash; beshinchisi — bir odam o‘z aybiga iqror bo‘lib uzr aytsa, uzrini qabul qilish; oltinchisi — boshqalar uchun mashaqqatni o‘z ustiga olish; yettinchisi — faqat o‘z manfaatini ko‘zlamaslik; sakkizinchisi — ochiq yuzli, shirin so‘zli bo‘lish; to‘qqizinchisi — muhtojlarning hojatini chiqarish; o‘ninchisi — muloyim va tavozeli bo‘lishdir“
[2].
Buyuk mutafakkirlar aytganlaridek, axloq shunday oynaki, unda insonning tashqi qiyofasigina emas, balki ichki dunyosi ham ko‘zga tashlanib turadi.Ularning xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo‘lsa, shunchalik g‘aroyib faraz yotardi.
Kishining tashqi ko‘rinishida qandaydir hayvon bilan o‘xshashlik belgisini topish tavsiya qilinardi, so‘ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonnning xarakteri bilan aynan bir xil deb qarash kerak edi.
Bu kabi vaziyatlar doim shaxsning o‘z xarakterini o‘zi tarbiyalash va o‘z xarakterini qaytadan tarbiyalashni ishga soladi. Ya’ni kishi ma’lum yoshdan boshlab o‘z xarakteri va uning sifatlari uchun o‘zi javobgardir. O‘z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarini ko‘zda tutmog‘i lozim. O‘z kamchiliklariga iqror bo‘lish kamchiliklarini yo‘qotishga boshlaydi. Har bir xalq o‘ziga xos xususiyatlari va mentalitetiga ega ekan, ajdodlar milliy, ma’naviy merosi taraqqiyot va istiqbol uchun asosiy manba xisoblanadi. O‘z negizlari asosida rivojlanish yo‘lidan bormaydigan millat istiqbolda, o‘zligini yo‘qotadi
[3]. Bunda, millatning o‘z negizlariga tayanib rivojlanishini xisobga olish, amal kilish zarur. Bunday yuksak, ma’naviy jihatdan munosib xususiyatlar:
- Qat’iylik. Mumkin bo‘lgan oqibatlarni bajonidil qabul qilib, hayotda keskin o‘zgarishlar qilish qobiliyati.
- Jasorat. Inson qo‘rquvga qaramay, biror narsa qila oladigan sifat.
- Iroda kuchi. Farovon kelajak foydasiga bir lahzalik vasvasalarga qarshi turish qobiliyati.
- Saxiylik. Biror kishi boshqasining manfaati uchun o‘z resurslaridan osongina ajralib ketganda. Saxiylik odatda pul bilan bog‘liq bo‘lsa-da, vaqt kabi boshqa resurslar ham bo‘lishi mumkin. Ba’zida ikkinchisi yaqinlar tomonidan yanada ko‘proq qadrlanadi. Umuman olganda, keng va tor ma’noda saxiy bo‘lishi mumkin.
- Maqsadlilik. Bu sifat, ayniqsa, inson va uning yaqin atrofi bir xil natijalarga intilayotganda ijobiy hisoblanadi. Keyin u etakchiga aylanadi, unga rahmat, guruhning barcha a’zolari yaxshiroq yashay boshlaydi. Maqsadlilik faqat insonning o‘z maqsadlariga qaratilgan bo‘lsa, u halokatli bo‘lishi mumkin, chunki u boshqa odamlarning manfaatlarini hisobga olmaydi.
- Odoblilik, halollik. Bunga o‘z yaqinlaridan biror narsani yashirish itsagi yo’qligi, ularga ochiqlik kiradi.
- Empatiya. Boshqa odamning his-tuyg‘ularini his qilish va ularga amal qilish qobiliyati.
Shaxs xarakterining ma’naviy-axloqiy xislatlarining shakllanishi murakkab jarayon bo‘lib, bir tomondan ta’lim tarbiya muhitiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan shaxsning individual xususiyatlariga va shaxslararo munosabatlariga bog‘liqdir.
Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko‘pincha ob’ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo‘llaydi. Xarakter xislatlari ma’lum tarzda harakat qismlariga, ba’zan esa sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga undar ekan, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon bo‘ladilar va bu xarakterni, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vazifasidir. Shaxsning qa’tiyatlilik, tanqidiylik, fahm- farosat, kuzatuvchanlik kabi xislatlari intellektual, quvnoqlik, mehribonlik hissiy-irodaviy sifatlarga kiradi.
Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi. Insonning yashashiga yordam beradigan va odamlarga foyda keltiradigan sifat ijobiy hisoblanadi. Oiladagi tez-tez nizolar, ota-onalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, o‘smirlarning jismoniu jazolanishi tabiiy ravishda ularning xatti-harakatlarida o‘zgarishlarga olib keladi. Bunday muhitda tarbiyalangan bolalar va o‘smirlar qo‘zg‘aluvchanlik, asabiyalashish, o‘zini tuta olmaslik, rashk, norozilik, dushmanlik, qo‘rquv, o‘ziga ishonchni yo‘qotish, yolg‘izlik, befarqlik bilan ajralib turadi. Bu sifatlarning har biri bolaning aqliy va shaxsiy fazilatlariga, bolaning shakllanishi va aqliy rivojlanishiga, shuningdek, iroda kuchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ota onalar o‘z farzandlari uchun xamisha o‘rnak bo‘lishgan. Bolalar eng avvalo ota onalariga ergashishadi va faxrlanishadi. Oilada yaxshi psixologik iqlim qaror topgan bo‘lsa ota-onalar o‘z farzandlari uchun hamisha o‘rnak bo‘lishadi. Oiladagi yosh bolalar, eng avvalo, ota-onasiga e’tibor qilishadi, ularga ergashadi, ular bilan faxrlanadi.Oilada yaxshi psixologik muhit qaror topgan bo‘lsa, yosh bolalar stressga kamroq chalinadi, o‘zining kuchli va zaif tomonlarini to‘g‘ri baholay oladi, maqsad sari intilishda kuch-g‘ayratini safarbar eta oladigan bo‘lishadi. O‘ziga nisbatan ishonch bolaga jamoa va tengdoshlari orasida mustaqil bo‘lishga yordam beradi. Depressiv holatdagi bolalardan farqli o‘laroq, bunday xarakterli bolalarning ijtimoiy xatti-harakatlari pozitiv xususiyatli bo‘ladi, u o‘zining ichki ziddiyatlari ta’siriga kamroq beriladi, o‘z fikrlarini ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalaydi. Depressiya ta’siriga tushib qolishga moyil bo‘lgan bolalar aksincha passiv, o‘ziga nisbatan ishonchi kuchli emas, boshqalarning ta’siriga beriluvchan, shaxsiy fikr-mulohazalarini ifodalashga hayiqadigan bo‘lishadi. Oilada avtoritar (ota-onalar, kattalarning o‘z hukmini o‘tkazishiga asoslangan) xarakterdagi munosabatlar hukmron bo‘lsa, odatda bunday muhitda o‘sib ulg‘ayayotgan farzandlar osongina tashvishga tushadigan, bezovtalanadigan, frustratsiya belgilari kuzatiladigan, ijtimoiu hayot (munosabatlar)da o‘zini passiv namoyon etadigan bo‘lishadi.Oilaviy muhitda o‘zaro munosabatlar ota-onalar, kattalarning kichiklar haqidagi g‘amxo‘rligi, mehribonligi, talabchanligiga asoslangan bo‘lsa, bunday farzandlar ijtimoiy hayot (munosabatlar)da o‘zini faol tutadi, atrofdagilarga nisbatan pozitiv ruhiyatda munosabat qiladigan bo‘ladi. Yosh bola va o‘smirlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan deviant xulq-atvorning asosiy tiplari quyidagicha:Tartib-intizomga bo‘ysunishni xush ko‘rmaydi. Ijtimoiy tartibga nisbatan isyonkorona munosabatda bo‘ladi. Ijtimoiy tartiblarni mensimaydi. Delinkvent xulq-atvor. Jamiyatda qaror topgan huquq normalarini buzishga moyillik kuchli ifodalangan bo‘ladi. Birinchi tipdagi deviant xulq-atvor jumlasiga xususan, ta’lim-tarbiya maskanida o‘rnatilgan tartibot va intizomni buzishga moyillikni kiritish mumkin. Odatda bunday fe’l-atvorli bolalar darslarni buzishga, o‘qituvchi topshiriqlarini bajarishdan bosh tortishga harakat qilishadi. Umume’tirof etilgan ijtimoiy normalarga zid keluvchi (antisotsial) xatti-harakatlar jumlasiga quyidagilar kiritilishi mumkin:
-o‘qish va ijtimoiy foydali mehnat faoliyatidan bosh tortish;
-yoshiga nisbatan erta jinsiu aloqaga kirishish;
-jinsiy munosabatlarda haddan ortiq tiyiqsizlik;
-spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruju qo‘yish;
Bunday vaziyatlarda jinoyatchilik yo‘liga kirgan yoshlarning fe’l-atvorini yaxshilab o‘rganish kerak. Ularning ta’lim-tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xato va
kamchiliklarni aniqlab, ularni tuzatishga harakat qilish zarur.
Olib boriladigan psixo profilaktik tadbirlarda o‘smirlarni uning atrofidagi shaxslarning salbiy ta’sirlaridan saqlash maqsadida psixologik–pedagogik xamda ijtimoiy ko‘mak berishda qaratilgan, ya’ni:
- a) oila, mahalla, o‘quv guruhi, sinf va pedagogik jamoa, ommaviy axborot vositalari;
- b) o‘smirlar shaxslararo munosabatlari asosiy qirralariga ta’sir qiluvchi ta’lim va tarbiya sharoitlarini optimallashtirishdan iborat.
Xulosa urnida aytish joyizki, to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayoni xarakter aksentuatsiyasini tarbiyalashi va tuzatishi mumkin.
Har bir o‘qituvchi va tarbiyachi bola xarakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta’sir qilib, ijobiy natijalarga erishishi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yhati
1.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. I.Ergashev taxriri ostida., 2005.
2.Iskanderov J.S.Ajdodlarimiz ta’limotida xarak ter muammosining o‘rganilishi. // Ijtimoiy-falsafiy fanlar; nazariya va amaliyot ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plami). – Toshkent, 2008, -B. 98-101
3.Kamolova, S. (2022). Amir Temur qarashlaridagi psixologik g‘oyalardan foydalanish texnologiyasi. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 2(2).
4.Kamolova, S. (2022). Abu Rayxon Beruniyning ma’naviy sog‘lom avlodni tarbiyalash g‘oyasi. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 2(2).
5.Kamolova, S. (2022). Abu ali ibn Sinoning axloq haqidagi qarashlarining bo‘lajak o‘qituvchilar ilmiy dunyoqarashi shaklanishidagi ahamiyati. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 2(4).
[1] Iskanderov J.S.Ajdodlarimiz ta’limotida xarak ter muammosining o‘rganilishi. // Ijtimoiy-falsafiy fanlar; nazariya va amaliyot 9ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plami). – Toshkent, 2008, -B. 98-101
[3] Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. И.Эргашев тахрири остида., 2005.