Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

MIRZACHO‘L OKRUGIDA REGIONAL MONITORING TASHKIL QILISHNING AHAMIYATI

Xoldorova G. M. – Jizzax Davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakul’teti Geografiya va istisodiy bilim asoslari kafedrasi dos.v.b.,PhD. Annotatsiya. Yer-suv resurslarini qishloq xo‘jaligi uchun baholash usullari va natijalari muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Maqolada Mirzacho‘l tabiiy geografik rayonda baholash usullari  o‘rganilgan bo‘lib,  rayoni landshaftlari iqlimini obikor dehqonchilik maqsadlarida baholashda  samarali haroratlar ko‘rsatkichlaridan foydalanildi.. Kalit so‘zlar. Tuproq, sho‘rlanish, yer, baholash, harorat, relef,geosistema, iqlim, boshqaruv, landshaft, termik resurslar,        Annotatsiya. Metodы i rezultatы otsenki zemelnыx i vodnыx resursov dlya selskogo xozyaystva imeyut bolshoe nauchnoe i prakticheskoe znachenie.V state issleduyutsya metodiki otsenki v prirodno-geograficheskom rayone Mirzachul i ispolzuyutsya effektivnыe temperaturnыe pokazateli dlya otsenki klimata landshaftov regiona dlya vedeniya naturalnogo xozyaystva.      Klyuchevыe slova. Pochva, zasolennost, zemlya, otsenka, temperatura, relef, geosistema, klimat, menedjment, landshaft, teplovыe resursы   Annotation. Methods and results of assessment of land and water resources for agriculture are of great scientific and practical importance. The article examines the methods of assessment in the Mirzachul natural geographical area and uses effective temperature indicators to assess the climate of the region’s landscapes for subsistence farming.         Keywords. Soil, salinity, land, assessment, temperature, relief, geosystem, climate, management, landscape, thermal resources   Hozirgi kunga kelib “monitoring” tushunchasi jamiyatning har bir tarmog‘ida keng ko‘lamda ommalashib bormoqda. Antropagen omilning atrof-muhitga ta’siri ortib borayotganligini sababli ham maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur kuzatishlar orqali  to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishilarni baholash va tegishli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Shu tufayli ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha takliflar berildi. “Monitoring” so‘zining lug‘aviy ma’nosi, rossiyalik olim Yu.A.Izrael ta’biriga ko‘ra: “takroriy kuzatishlar tizimi” ma’nosini bildiradi. Monitoring tadqiqotlar borasidagi dastlabki amaliy xarakatlar 1972 yilda BMT tomonidan Stokgolmda tashkil etilgan maxsus anjumanda “atrof-muhit monitoringi” deb nomlangan dasturni qabul qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu dastur asosida dunyo miqyosida keng ko‘lamli ishlarning tadbiq etilishi uchun asosiy bosqich bo‘ldi. Monitoring – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimini o‘z ichiga oladi. Monitoring tadqiqotining asosiy maqsadi inson faoliyati ta’sirida tabiiy muhitning o‘zgarishini kuzatish, to‘plangan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv apparatini ishga solish hisoblanadi. Natijada, monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yer osti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari orqali insonning ma’lum muhitda yashashi va uning o‘zgarish darajasi ifloslangan tabiiy sharoit holatiga nisbatan o‘rganadi. “Monitoring” tushunchasini aniqlash, uning nazariy asoslarini yaratish Sobiq Ittifoqda va dunyo bo‘yicha Yu.Izrael nomi bilan bog‘liq. Uning ta’rificha: “monitoring atrof-muhit holatidagi antropogen o‘zgarishlarni kuzatish, baholash va bashoratlashning global tizimidir”. Bu ta’rifni I.P Gera­simov ham qo‘llaydi. Monitoring g‘oyasi YuNEP, VMO (Vsemir­naya meteoroligicheskaya organizatsiya) va YuNESKO yo‘nalishi bo‘yicha Riga (1978), Tbilisi (1981) va Toshkentda (1985) o‘tkazilgan Xalqaro anjumanlarda har tomonlama muhokama qilindi va boyitildi. Endilikda “monitoring” atamasi keng miqyosda qo‘llaniladi. Hozir “monitoring” deyilganda atrof-muhit holatini kuzatish, nazorat kilish, baholash, boshqarish va bashoratlash tushuniladi. Yu.A.Izrael monitoring kuzatuvlarini amalga oshirishda nafaqat abiotik, balki biotik omillar ko‘rsatkichlaridan foydalanish orqali tabiiy muhit ekologik monitoringini ko‘rsatib berishni asoslab bergan. Shuningdek, muallif atrof-muhit “majmuaviy monitoringi”ni taklif etib, monitoring olib borishning konseptual yo‘llari (“kuzatish-baholash-bashoratlash”) ni o‘z tadqiqotlarida isbotlagan. Monitoring keng qamrovli tizim hisoblanib, V.A.Korolyov  e’tirofiga ko‘ra, uni bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan detal, lokal (mahalliy), regional, milliy va global darajadagi tizimlarga ajratish mumkin. Rossiyaning V.V.Dokuchaev nomli Tuproqshunoslik instituti Sho‘r tuproqlar genezisi va melioratsiyasi bo‘limi xodimi F.I.Kozlovskiy birinchilardan bo‘lib, 1970 yillarning boshlarida tuproq sho‘rlanganligini o‘rganishda aerofotosuratlardan foydalanib, “optik-strukturaviy” uslubi qo‘llab, uni matematik modellashtirgan. Tuproq sho‘rlanish jarayonlarini bashorat (prognoz) qilishda aerokosmik fotonusxalarni xaritada talqin (deshifrovka) qilish orqali tuproq sho‘rlanganligi kartogrammalarini tuzgan. Akademik D.S.Sattorov (1992) tomonidan O‘zbekiston biologiya jurnalida chop etilgan “Erning monitoringi nima va uni qanday tashkil etish kerak?” mavzusida chop etilgan maqolada O‘zbekiston sharoitida yer monitoringining mazmun mohiyati to‘g‘risidagi masalalar o‘rganilgan. Atrof-muhit monitoringi mamlakatimizdagi bir qancha muassasa va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishi O‘zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan, yer osti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy geografik jarayonlarning rivojlanishi O‘zbekiston Geologiya vazirligiga qarashli «O‘zbekgidrogeologiya» korxonasi tomonidan, tuproqning sho‘rlanishi va grunt suvlari me’yori, kollektor suvlari minerallashuv darajasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan, o‘rmonlar holati O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan, atrof-muhitning inson salomaligiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kuzatib va nazorat qilib turiladi. Bu tashkilot va muassasalarning monitoring sohasidagi faoliyati Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo‘mita atrof-muhit bo‘yicha turli axborot va ma’lumotlarni yig‘ib, yuzaga kelgan ekologik vaziyatni baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlarga xabar berish bilan bir qatorda uning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi. G‘.Yuldoshev, U.Hosilov va T.Uraimovlar  Respublikada “Er monitoringi xizmati”ning tashkil etilishi tuproqni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini yaratib beradi degan fikr-muloxazalarini bildirishib, tuproqning bir qator xususiyatlarini (gumus miqdori; sho‘rlanish jarayoni; sizot suvlari sathi va minerallashganligi; ikkilamchi sho‘rlanish; makro va mikroelementlar; tuproq zichligi; og‘ir metallar, zaharli ximikatlar va pestitsidlar bilan ifloslanish; eroziya va deflyatsiya jarayonlari va x-k.) nazorat kilish usullarini taklif etishgan. Yu.I.Shirokova va N.Sh.Sharafutdinovalar tuproq sho‘rlanganligi monitoringini yuritishda SANIIRI tomonidan ishlab chiqilgan yangi uslub (yangi texnologiya) – «IKS-Ekspress 1T» rusumli elektrokonduktometr asbobi yordamida tuproq sho‘rlanganligini aniqlash va Exceli Surfer(«test kartalari») kompyuter dasturlaridan foydalanib matematik hisoblashni qo‘llaganlar. Mualliflar tomonidan Sirdaryo viloyatining yangidan sug‘oriladigan hududi (Oqoltin tumani) da joylashtirilgan, tadqiqotlar uchun tanlangan 270 gektarlik kalit maydonning xar gektar yerida tuproq sho‘rlanganligi darajasini aniqlashga doir ilmiy izlanishlarida tuproq sho‘rlanganligi darajasini aniqlash bo‘yicha monitoring tadqiqotlarini o‘tkazishda, 0-60 sm li qatlam uchun xar 5-6 gektar yerga bittadan tuproq nuqtasi (kesmasi) qo‘yilsa, bo‘ladi degan xulosaga kelingan. Xorij mamlakatlarida yer monitoringi masalalari bo‘yicha turli xil uslublarga asoslangan tadqiqotlar F.I.Kozlovskiy va T.V.Korolyuk, F.I.Kozlovskiy, T.I.Topolnik, Ye.I.Pankova, D.A.Solovev , N.V.Stasyuk, N.A.Pronko, S.VLukin va L.V.Marsinevskaya, S.L.Furby, J.F.Wallace, P.Caccettaand, G.A.Wheaton , K.Herweg va boshq., A.Zavaleta ishlarida keng yoritib borilgan. Ye.I.Pankova nafaqat O‘rta Osiyo, balki Uzoq Sharq mamlakatlari (Mongoliya) hududlari tuproq-iqlim sharoitlari, sho‘rlangan tuproqlar genezisi, tuproq gruntlarda tuz to‘planish jarayonlari va yo‘nalishi intensivligini o‘rganishda hudud aerokosmik fotonusxalarini talqin qilish (deshifrovkalash) uslubidan foydalanib, o‘rganilgan hududlar «Tuproq sho‘rlanganligi» kartogrammasini tuzgan, masofoviy monitoring olib borishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqqan. Monitoring bilan umumiy an’anaviy kompleks nazorat o‘rtasidagi farqni aniqlagan holda, ba’zi bir ziddiyatlarni qayd etib o‘tish joiz. Xususan, monitoringda litosfera bilan G.K.Bondarikning e’tiroficha, tartibga soluvchi munosabatlar ta’siri ostida faoliyat ko‘rsatuvchi inshootlar o‘rtasidagi doimiy aloqadorlik tizimi ko‘rib chiqiladi. Bu yerda tabiiy omillar bilan texnogen ta’sirlar o‘rtasidagi eng kuchli (mexanik, gidromexanik, fizik, fizik-kimyoviy, biokimyoviy va b.) bog‘liqlik mavjud. Masalan, ekzogen jarayonlar (surilma, ko‘chki, sel, karst, suffoziya va boshq.) ustida olib boriladigan muntazam an’anaviy kompleks kuzatuvlardan maqsad, ularning avj olish mexanizmini o‘rganish va oldini olishdan iborat. Tabiiy komponentlar va jarayonlar ustida olib boriladigan monitoring va kuzatuv ishlarining maqsadlari turlichadir. Muhitning tabiiy va texnogen o‘zgarishlarini kuzatishga qaratilgan ikki yirik dasturni birlashtirish monitoring tizimida samara bermaydi, sababi, u tabiiy-geografik jarayonlarning ilk belgilarini aniqlab bera olmaydi. Monitoring kuzatuv tizimi alohida geografik komponentlar ustidan tartibli kuzatuvlarning an’anaviy tizimidan quyidagi belgilari bo‘yicha tubdan farq qiladi: 1) maqsadli dasturning aniq bir maqsadga mo‘ljallanganligi va tub maqsad  yo‘lining mavjudligi; 2) kuzatuvlarning optimal darajada mukammalligi, har taraflama – maqsadlari, obektlari , metod va metodikasi (distansion, yer usti va yer osti) bo‘yicha to‘liqligi; 3) tizimliligi – nazorat bashoratlarni amalga oshirish va rejimli kuzatuvlar kompleksi metodikasini boshqaruvchi va tuzatuvchi avtomatlashtirilgan tizim bilan to‘g‘ri va qaytuvchi kanallar bo‘yicha o‘zaro aloqadorligi; 4) avtomatlashtirilgan tizimda kuzatuv natijalarining saqlab qo‘yilishi. Ayni vaqtda bu, yirik sanoat inshootlaridan foydalanishdan avval atroflicha monitoring sifatida tabiiy-texnik tizim chegarasida muhit holatidagi tabiiy o‘zgarishlarni kuzatish zaruriyatini istisno qilmaydi. 1-rasm. Monitoring tuzilishi   Bugungi kunda qo‘shni hamdo‘stlik mamlakatlari qatori Rossiya Federatsiyasida davlat dasturiga kirgan – Postanovleniya Pravitelstvo Rossiyskoy Federatsii “O monitoringe zemel” va “Gosudarstvennыy monitoring zemel” nomli qarorlari (1992) asosida yer monitoringi tadqiqotlari boshlab yuborilgan[1]. Mamlakatimizda ham monitoring yuritishning davlat ustuvor yo‘nalishlari qatoriga kiritilishi alohida ahamiyatga molik. Chunki, tabiatdan, suvdan, shu jumladan yerdan to‘g‘ri, oqilona va samarali foydalanish hamda tuproq-meliorativ holatini yaxshilash agrar tarmokni yuksalib borishiga olib keladi. Bu borada A.Ergashev va T.Ergashevlarning agroekologiya monitoringning asosiy elementlari (atmosfera, suv, tuproq, o‘simlik, hayvon va inson) bir-birlari bilan bog‘langan va bir-birlariga ta’sir o‘tkazadi degan iborasini keltirish mumkin. Masalan, tuproqning ekologik monitoringi: tuproq holati va uni vaqt-makon birligidagi o‘zgarishlarini baholash, shu bilan birga tuproq hosildorligini saqlash, qishlok xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgai taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.Darhaqiqat. barcha tabiiy resurslarni, shu jumladan ”tuproq” ni kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylashimiz shart, buning uchun esa, albatta uzluksiz ravishda ”Er monitoringi” tadqiqotlari olib borish talab etiladi. Respublikamizda dastlabki “Er monitoringini yuritish” ilmiy-tadqiqot ishlari Tuproqshunoslik va agrokimyo institut tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining sug‘oriladigan va lalmikor tuproqlarida 2003-2008 yillar mobaynida olib borilgan, tadqiqot natijalari kalit maydonlarining tuproq-meliorativ holati karta-sxemalari ilova qilingan yakuniy xisobotlarda bayon qilingan. Tuproq xossalari va meliorativ-ekologik holatlarini aks etiruvchi bir qator maqolalar turli matbuot sahifalari va ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlarida chop etilgan. Jumladan, mamlakatimizda “Er monitoringini yuritish” Davlat dasturi bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar natijalari R.Q.Quziev, V.E.Sektimenko , A.U.Axmedov, A.J.Bairov, G‘.T.Parpiev, G‘.T.Parpiev, S.A.Arabov, A.U.Axmedov, R.Kurvantoev kabilar ishlarida batafsil yoritilgan. Demak, “Tuproq-melnorativ monitoringi” – umuman yer monitoringi tizimining ajralmas bir bo‘g‘ini hisoblanib, u tuproq meliorativ holatida yuzaga keladigan salbiy (negativ) jarayonlarii oldini olishga, uni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishga va albatga makon-vaqt oralig‘ida tizimli kuzatishlar orqali sug‘oriladigan tuproqlar holatini nazorat qilib borishga asos bo‘lib xizmat kiladi.       Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Arabov S.A., Axmedov A.U., Kuziev R.K. Mirzachulning sugoriladigan tuproklari meliorativ xolatini baxolash va suv-tuz rejimini tartibga solish masalalari. J.-l. Tuprokshunoslik va agrokimyo. Kozogiston. AlmaAta. 2009. 28-31 bb.
  2. Baratov P. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi // Toshkent: O‘qituvchi 1996 y 182 b.
  3. Mirzacho‘lO‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. 5-jild, – 696-697
  4. G‘o‘dalov M.R. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining landshaftlarga ta’siri // G.f.d. PhD ilm. dar. olish uchun taqdim et. diss. avt. – Toshkent: 2019. -19 b
  5. Gapparov, A., & Kholdorova, K. (2020). Population Systems In The Reclaimed Lands Of The Republic Of Uzbekistan. Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI. 6. Abdunazarov, U., & Sabitova, N. (2020). Morphological features of buried Soils of loess formations of the prytashkent region of Uzbekistan.
  6. Xoldorova, G. M. (2021). Rol kartograficheskix metodov v klassifikatsii oroshaemыx geosistem mirzachulya. Ekonomika i sotsium, (1-2), 640-647.
  7. Kholdorova, G. M. (2020). Changes In Natural Geographical Processes In The Mirzachul Region Under The Influence of The Sardoba Reservoir. European Journal o f Molecular & Clinical Medicine, 7(3), 3136-3147
  8. Xakimov, K. M., Xoldorova, G. M., & Ermatova, N. N. K. (2017). Prinsipы i osnovnыe polojeniya nominatsii geograficheskix ob’ektov. Problemы sovremennoy nauki i obrazovaniya, (4 (86)).
  9. Usmanov, M. (2020). Mirzachul tabiiy geografik rayoni xududining tuprok koplami monitoring tizimini tashkil etishning amaliy jixatlari.
9.G. Xoldorova Mirzacho‘l tabiiy o‘lkasi landshaftlarining o‘zgarishida shamolning ahamiyati,Ekologiya xabarnomasi 2021 №2(233) 10,Abdunazarov, U., & Sabitova, N. (2020). Morphological features of buried Soils of loess formations of the prytashkent region of Uzbekistan. Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI. 11, Kholdorova, G. M. (2020). Changes In Natural Geographical Processes In The Mirzachul Region Under The Influence of The Sardoba Reservoir. European Journal of Molecular & Clinical Medicine7(3), 3136-3147. 12, Xoldorova, G. M. (2021). Rol kartograficheskix metodov v klassifikatsii oroshaemыx geosistem mirzachulya. Ekonomika i sotsium, (1-2), 640-647. Xakimov, K. M., Ermatova, N. N., & Xoldorova, G. M. PRINSIPЫ B OSNOVNЫE POLOJENIYa NOMINATSII GEOGRAFIChESKIX OB’EKTOV. 13.Xoldorova G., Usmanov, M. (2020). Mirzacho‘l tabiiy geografik rayoni hududining tuproq qoplami monitoring tizimini tashkil etishning amaliy jihatlari. Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI, 1-7. 14Xoldorova, G. (2021). PROBLEMЫ MONITORINGA OKRIJAYuЩEY SREDЫ MIRZAChULYa. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, (1). izvlecheno ot https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/1455 [1] Постановления Правительство Российской Федерации «О Монито­ринге земель» // 15 июля 1992 г., №491 (РВ 92-37); Земельный кодекс РФ. Глава XI. Мониторинг земель, землеустройство н Государственный земель­ный кадастр Статья 67. Государственный мониторинг земель. [Электрон­ный ресурс] www.regrealty.ru/zk/zkstl2.htm19КБ; www.novostroy.ru/law/direct.php?num- 116 КБ.