Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

SAN’AT MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNI TASVIR, MUSAVVIR, TASVIRIY SAN’ATNING VAZIFASI, OBRAZLI XARAKTERI VA XILLARI BILAN TANISHTIRISH

Baymurzayeva Oykaram Shodiyevna- Baymurzayeva77@gmail.com “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi   Annotatsiya: Maqolada rassomchilik san’atiga oid masalalar, rassomchilik san’atining paydo bo‘lishi, rivojlanishii va o‘ziga xos hususiyatlari haqida mulohazalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Tasvir, pastel, etyud, illyustratsiya, rassomlik san’ati, kompozitsiya. Аннотация: Статья содержит комментарии по вопросам, связанным с искусством живописи, возникновением, развитием и особенностями живописного искусства. Ключевые слова: Образ, пастель, этюд, иллюстрация, живопись, композиция. Annotation: The article contains comments on issues related to the art of painting, the emergence, development and specific features of the art of painting. Key words: Image, pastel, etude, illustration, painting art, composition. Tasvir-qog‘oz, karton, faner, mato, metall, devor va boshqaga chizib, bo‘yab ishlangan rasm. Qadim zamonlarda papirusga, o‘rta asrlarda pergamentga ham ishlangan. Rasm deganda avvalo grafika vositalari – qalam, pero, mo‘yqalam, bo‘r, ko‘mir bilan kontur chiziq, shtrix chizib, rang bilan bo‘yab ishlanadigan tasvirlar nazarda tutiladi. Akvarel, guash, pastel rassomlik san’atidla keng ishlatilganidek, rasm chizishda – ham foydalaniladi. Rasm rassomlik, haykaltaroshlik, arxitekturada xomaki (loyiha) material bo‘lib xizmat qiladi. Odatda rassom biror kartina ustida ishlayotganida hayotni o‘rganib, naturadan ko‘pgina rasmlar chizadi, kishilarning qiyofalarini, manzaralarni, turli holat va ko‘rinishlarni chizib, ko‘p sonli etyudlar yaratadi. Ana shu har bir etyud ham rasmdir. Bundan tashqari, rasm grafikaning mustaqil sohasi bo‘lib, u tematik rasm, portret, manzara, illyustratsiya, karikatura, gazeta-jurnal rasmlari, plakat kabi turlarga bo‘linadi. Rasm qadimdan SHarq (ayniqsa Xitoy, Hindiston, YAponiya) da rivoj topgan o‘rta asrlarda o‘rta Osiyoda miniatyura sifatida rivojlangan. Musavvir – tasviriy san’at sohasidagi ijodkor. Qog‘oz, karton, mato va boshqa materiallar, shuningdek devor va shiftlarga tasviriy san’atning turli texnikalarida chizib, bo‘yab rasm soluvchi kishi. Rassom inson faoliyati, hayoti uchun zarur bo‘lgan har xil narsalarning shaklini, hajmini yaratishga, ularni did bilan bezatishga, xam hissa qo‘shadi. Tasviriy san’at, nafis san’at, rangtasvir, “jivopis”-bo‘yoq yordamida yaratiladigan badiiy asar. Insoniyat jamiyatida ta’sir, tarbiya, tashviq quroli xizmatini o‘taydi, ayrim namunalari esa hujjatli informatsiya qimmatiga ham ega. Ijodning bu turi bilan shug‘ullanuvchi san’atkor-rassom rang bilan rasm vositasida tabiatni, muhitni (uning ma’lum bir qismini, ma’lum bir daqiqadagi holatini) gavdalantirish bilan birga ro‘y berayotgan voqea, hodisa mohiyati, kishilarning ichki dunyosini va ma’lum bir g‘oyani aks ettiradi. Vazifasi va obrazlari xarakteriga ko‘ra rassomlik san’atining arxitektura inshootlarida bezak bo‘lib ham xizmat qiladigan monumental- dekorativ, devoriy rasmlar (panno), biror joy, narsa bilan bog‘liq bo‘lmay, mustaqil tarzda o‘z vazifasini o‘taydigan dastgoh kartinalari, teatr va kinofilmlar uchun tayyorlanadigan dekoratsiya, diorama, panorama, kichik hajmli minia-tyura xillari ham bor. Bo‘yoq xili va tasvir hosil qilishdagi texnologik usullariga ko‘ra moybo‘yoq rassomligi, freska, tempera, elim rassomligi, emal, keramika bo‘yoklari rassomligi (chinni va sopolga gul, naqsh, tasvir ishlanib so‘ng qattiq qizdiriladi), silikat bo‘yoqlar rassomligi va shu kabi turlarga bo‘linadi. Mozaika, vitraj ham rassomlik san’ati xili bo‘lib, monumental-dekorativ san’at vazifasini bajaradi. Rassomlik san’ati asarlari akvarel, guash, pastel, tush bilan ham ishlanadi. O‘zbekistondarassomchilik san’ati sobiq sovet hokimiyati yillarida ham rivoj topdi. Revolyusiyadan oldin Turkistonga (kelib, mahalliy hayot lavhalarini katta iste’dod bilan tasvir etgan V. V. Vereshchagin, O‘zbekistonga kelib ijod etgan rus sovet rassomlari I. Kazakov, P. Benkov, A. Volkov, O. Tatevosyan, L. Bure,         Usto Mo‘min (A. Nikolaev), V. Kaydalov, M. Kurzin va boshqa rassomlar O‘zbekistonda rassomlik san’ati rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdilar. Ularning ta’siri         va bevosita yordami bilan ijodi shakllangan U. Tansikboev, CH. Ahmarov, L. Abdullaev, B. Hamdamiy, shuningdek keyinroq ijod maydoniga kirib kelganR. Ahmedov, M. Nabiev, A. Abdullaev,Z. Inog‘omov, N. Qo‘ziboev, M. Saidov, R. CHoriev, R. Temirov, B. Boboev va boshqa o‘zbek rassomlik san’atining turli janrlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar. Foydalanilgan adabiyotlar:  
  1. Kantor A. M., Izobrazitelnoe iskusstvo XX veka. – M., 1973.
  2. Nedoshivin G.A. Teoreticheskiye problemi sovremennogo izobrazitelnogo iskusstva. – M., 1972.
  3. Pugachenkova G. A., Rempel L. I. Istoriya iskusstva Uzbekistana. – M., 1965.