Muzraf Rabbimov – texnika fanlari nomzodi, dotsent
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida iqtisodiy tarbiya berish usullarini tadqiq etish va ularga ijodiy yondashish hamda masalalar yechish orqali o‘quvchilarda tejamkorlik hislatlarini shakllantirish haqida gap boradi.
Tayanch iboralar: tejamkorlik hislatlari, iqtisodiy tarbiya, tejamkorlik saboqlari, oila byudjeti, tejamli va saranjon – sarishtali, g‘oyaviy e’tiqod va matonat, kasb –hunarga qiziqtirish.
Annotatsiya: V state rassmatrivayutsya issleduyutsya metodы ekonomicheskogo vospitaniya na urokax matematiki v nachalnoy shkole i formirovanie u uchaщixsya chuvstv ekonomnogo otnosheniya posredstvom tvorcheskogo podxoda k resheniyu zadach.
Klyuchevыe slova: kachestva berejlivosti, ekonomicheskoe vospitanie, uroki ekonomii, semeynыy byudjet, berejlivost i akkuratnost, ideologicheskoe ubejdenie i nastoychivost, zainteresovannost k professii.
Annotation: This article discusses the study of economic teaching methods in elementary mathematics lessons and the formation of traits in students through a creative approach and problem solving.
Key words: economic education, austerity lessons, family budget, care, ideological faith and perseverance, interest in the profession.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlar halqimizning umuminsoniy mehnat, milliy an’analarini o‘zlashtirib, o‘zida katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini – g‘oyaviy e’tiqod va matonatini, Vatanga muhabbatni o‘rganishi, respublikamiz iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy qudratini mustahkamlashda katta yoshdagilarning shaxsiy namuna bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda insonning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga ta’sir ko‘rsatishga qodirdir. Bolalarni hayotni tushunishga, ular voyaga yetganlarida ko‘radigan qiyinchilik va muammolarni tushunishga tayyorlash zarur. Uyda yetarli sharoit yaratish, uyda to‘la mo‘l – ko‘lchilik bo‘lishi bolada mana shu mo‘l – ko‘lchilikka, uni o‘rab olgan barcha narsalarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi va bo‘lmasligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida iqtisodiy tarbiya berish usullarini tadqiq etish va ularga ijodiy yondashish hamda masalalar yechish orqali o‘quvchilarda tejamkorlik hislatlarini shakllantirish maqsad qilib qo‘yilgan.
Garchi qancha ota – ona bo‘lsa, shuncha tarbiya maktabi mavjud bo‘lsa-da, lekin o‘z vaqtida berilgan maslahat, olib borilgan nozik kuzatish mutaxassislarning tajribasi yosh avlodning shakllanishida muhim rol o‘ynashi mumkin. Bolalarni tejamkorlik va iqtisod qilishga o‘rgatish chindan ham murakkab. Bunday uquvga, albatta osonlikcha erishilmaydi. Chunki tejamkorlik shunchaki yirtmaslik, bulg‘amaslik, tashlab yubormaslik, sindirmaslik odati emas. Bu avvalo axloqiy fazilat, ma’naviy madaniyat ko‘rsatkichidir. Bu fazilat bola uy uchun, oila uchun yasagan buyumidan astoydil mehnat qilish ko‘nikmasigacha uy byudjeti qanday tarkib topishini tushunishiga imkon yaratadi. Keyinchalik davlat mablag‘larini yaxshi hisob – kitob qilish o‘quviga ega bo‘ladi. Bularning barchasi oiladan boshlanadi. Tejamkorlik saboqlarini bolalar kattalarga qaraganda tezroq qabul qiladi. Chunki bolalarda odat bo‘lib qolgan ko‘nikmalar yo‘q. Ma’lumki, xilma –xil faoliyat sharoitida bolaning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijobiy imkoniyatlari ochiladi, bolani oiladan boshqa qaerda ham faoliyatning xilma –xil turlariga jalb qilish mumkin? Oilaviy tarbiyaning qimmatligi va ahamiyati ana shundaki, kichik bolalik paytidan oilada egallagan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Xuddi shuning uchun ota – onalarning bolalarini har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo‘yilgan. Deyarli ko‘pchilik tarbiya sabr – toqatni talab etishni e’tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug‘ma qobiliyat va malaka, ya’ni ko‘nikma kerak deb o‘ylaydialr; lekin juda kam insonlar sabr – toqat, tug‘ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch bilan ta’kidlaydilar.
[1]
Zamonaviy oilada xo‘jalikni oqilona yuritish uchun shaxsiy madaniylikdan tashqari bir qator maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lmoq zarurdir. Bu oila xo‘jaligini oqilona boshqara bilish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, pulni joy – joyida sarflashdan iborat. Boy bo‘lishning oltin qonuni, qilinadigan xarajatlar qilinadigan daromaddan oshmasligi shart. Kimki, pulni ishlab topishdan ko‘ra, uni ishlatish qiyin desa, u inson tez boy bo‘ladi. O‘z uyida bekorga yonayotgan chiroqni o‘chirmaydigan, behuda oqayotgan vodoprovod jo‘mragini burab qo‘ymagan, pulni pala – partish sarflayveradigan, axlat idishga non tashlaydigan, ishlab chiqarishda materiallarni tejalmaydiganlar boy bo‘lishi mushkul.
Non insonning eng katta ixtirosi bo‘lib, uning yoshi 15000 yilga boradi. Bundan 5000 yil avval Qadimgi Misrda non pishirishning yangi davri boshlanadi. O‘sha davr nonvoylari xamirni ko‘pchitish, bilan g‘ovak – g‘ovak qilib non yopishni o‘rganib oldilar. Zamonaviy non yopish ham xanuzgacha ana shunga asoslanadi, “Oshirilgan xamirdan” non yopishni misrliklardan greklar o‘rganib olishadi. Buhanka non tayyorlash uchun zarur bo‘lgan tunuka qolip grekchasiga “klibos” deb atalgan, “hleb” so‘zi ana shundan olingan ekan.
[2]
“Non rizq – ro‘zimiz” degan so‘z O‘zbekistonliklarning qulog‘iga singib ketgan. Shuning uchun non insonni zoriqtirmaydigan darajada ko‘p ishlab chiqariladi va eng arzon bahoda sotiladi. Har bir inson nonni e’zozlashi shart, don yetishtiruvchi dehqon va non yopuvchi nonvoy qadriga yetishi zarur. Agar to‘rt jondan iborat bir oila har kuni 100 grammlik nonni isrof qiladigan bo‘lsa, bu bir yilda 36 kilogrammni tashkil qiladi. Bu mamlakat miqyosida bir yilda 242 ming tonna non demak. Shuning uchun “nonning uvog‘i ham non” deb bolalar qalbiga singdirish kerak. Shuni ham hisobga olish kerakki, non yopish og‘ir mehnatdir. Hozirgi davrda xonadonimizni muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari, pol artgich, kofe maydalagichsiz tasavvur qilish qiyin. Yelektr energiyadan tejamli foydalanish faqat maishiy elektr asboblaridan foydalanayotganlarninggina emas, balki barchaning vazifasidir. Har bir insonning ongliligi elektr energiyani tejashning eng muhim omillaridan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda 10 milliondan ortiq televizorlar o‘rtacha 4 soat ishlasa, yiliga 3 mlrd. kilovatt – soat elektr energiyasi sarf bo‘ladi. Turmushda tejalgan bir kilovatt – soat elektr 5 kg o‘simlik moyi, 14 kg un, 30 kg non – bulka mahsuloti ishlab chiqarish uchun yetarlidir. Agar kattalar bolalarga shaxsiy namuna ko‘rsatib umumiy va mahalliy yoritgchlarni ratsional joylashtirish bilan yillik elektr energiya sarfini 7 – 10 million kilovatt – soatga qisqartirish mumkin.
Hozirgi kunda har bir uyda stol lampalari va qandillar bor. Eng yaxshi holda uning lampalarini alohida – alohida yoqish mumkin. Xonada shinamlik (komfort) oshirish maqsadida ma’lum joyni yoritadigan stol lampalaridan foydalanilsa, elektr energiyasi tejaladi. Elektr energiyani tejash uchun avval past temperaturada dazmollashni talab qiladigan kiyimlarni dazmollab olish kerak.
Dunyo aholisi so‘ngi 50 yil davomida 2,2 marta ortib, suvga bo‘lgan talab 2,6 marta ko‘paydi, uning 80 foizi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun sarflanmoqda. Turmushda suvni tejash hisobiga bir necha mlrd. so‘mni tejash mumkin. Er sharidagi chuchuk suv zahirasi cheklangan bo‘lib, umumiy resurslar 2,5 foizini tashkil qiladi xolos.
Maishiy qulaylik qancha yuqori bo‘lsa, inson omili shunchalik hal qiluvchi bo‘lib qolmoqda. Aytaylik, suvni quduqdan chelaklab tashib ishlatsak, hayot uchun zarur bo‘lgan suv sarfi jon boshiga 25 – 40 litrni tashkil etadi. Sanuzellar bilan jihozlangan vodoprovoddan foydalanganda esa 150 – 200 litr va hatto bundan ham ortiq bo‘ladi.
Bolaga oila byudjetining nozik tomonlari uning o‘ziga ta’lluqli narsalardan uni habardor qilish bilan boshlanadi. Bola uning uchun olinadigan bir dona muzqaymoq bilan butun oila olinadigan baton nonning qiymati bir hil ekanligini bilish kerak, bolalarni konkret misollar orqali qiyoslashga baho berishga o‘rgatish kerak. Ota va ona bolaga eng avvalo, o‘zlarining kasb – hunarlariga qiziqtirish, ota payvandlashni, ona tikuvchilikni va boshqa kasblarni farzandlariga o‘rgata borishi ahamiyatlidir. Bu yosh insonda tejamli va saranjon – sarishtali, o‘z Vatani boyliklarini ehtiyot qila oladigan, inson mehnati bilan yaratilgan narsalarni qadriga yetadigan qilib tarbiyalash hamdir.
Matematika darslarida tejamkorlikka o‘rgatuvchi masalalar yechish muhim o‘rin tutadi. Qo‘yida shunday masalalardan namunalar keltiramiz:
Masala 1.O‘quvchilar o‘tgan yili 4 t 7 s temir – tersak to‘plagan edi. Bu yilgi to‘plangan temir – tersak bilan hammasi 10 t 3 s bo‘ldi. O‘quvchilar bu yil qancha temir – tersak to‘plashgan?
Ye
chish: Bu yil temir – tersak to‘plashganligi ayirish amali bilan topiladi. 10 t 3 s – 4 t 7 s = 5 t 6 s. Shu ma’lumotlar asosida yana ikkita masala tuzish mumkin:
- a) o‘quvchilar o‘tgan yili 4 t 7 s, bu yil esa 5 t 6 s temir – tersak to‘plashgan bo‘lsa, ular ikki yilda jami qancha temir – tersak yig‘ishgan?
- b) o‘quvchilar bu yil 5 t 6 s temir – tersak to‘plashdi. O‘tgan yilgi bilan birga hammasi 10 t 3s bo‘ldi. O‘tgan yili qancha temir – tersak to‘plangan?
Ye
chish:a) 4 t 7 s + 5 t 6 s = 10 t 3 s
- b) 10 t 3 s – 5 t 6 s = 4 t 7 s
Masala 2. Buzuq jo‘mrakdan bir soatda 18 l suv oqib ketmoqda. Shu jo‘mrakdan: bir sutkada, 30 kunda qancha litr suv bekorga oqadi?
Ye
chish:a) jo‘mrakdan 1 sutkada qancha suv oqadi?
18 l * 24 = 432 l
- b) 30 kunda qancha suv oqadi?
30 * 24 = 720
720 * 18 l = 12960 l.
Masala 3. Chevar ayol shogird qizi bilan birgalikda 4 soatda 68 ta qiyiqcha tikdi. Agar ona 1 soatda 12 ta qiyiqcha tiksa, qizi 1 soatda nechta qiyiqcha tikkan? Masalani ikki usulda yeching.
Ye
chish:a) ona 4 soatda nechta qiyiqcha tikkan?
12 * 4 = 48 ta.
- b) qizi 1 soatda nechta qiyiqcha tikkan?
68 – 48 = 20
20 : 4 = 5 ta qiyiqcha.
Masala 4.1) agar 1 ga yerda 1 kg dan paxta hosili chanoqlarda qolib ketsa, 1 000 000 ga yerdan qancha hosil yo‘qotamiz?
2) agar 1 ga yerda 1 kg dan g‘alla qolib ketsa, 100 000 ga yerdan qancha g‘alla yo‘qotamiz?
3) agar 1 ga yerda 100 kg kartoshka qolib ketsa, 100 ga yerdan qancha kartoshka yo‘qotamiz?
Ye
chish:1)1 000 000 kg – 1000 tonna
2) 100 000 ga – 100 tonna
3) 100 * 100 = 10 000 kg = 10 tonna
Masala 5. Bir tup daraxtdan 100 kg qog‘oz tayyorlash mumkin, deylik. Agar 4 – “A” sinf o‘quvchilari 1380 kg va 4 – “B” sinf o‘quvchilari 1520 kg qog‘oz qiyqimlari to‘plagan bo‘lsa, hammasi bo‘lib necha tup daraxt kesishdan saqlab qolingan?
Ye
chish: a) 4 – “A” sinf o‘quvchilari necha tup daraxtdan qog‘oz tayyorlashgan?
4 – “B” sinf o‘quvchilarichi?
1380 + 1520 = 2900
2900 : 100 = 29 tup.
Javob: 29 tup daraxt.
Masala 6.Agar oila bir kunda 1 metr kub gazni tejasa, u bir oyda qancha gazni tejaydi? 1 metr kub gaz 250 so‘m bo‘lsa, oila 1 oyda qancha oila daromadini tejaydi?
Ye
chish: a) 1 oyda oila 30 kub metr gazni tejaydi.
- b) Oila 1 oyda qancha pulni tejaydi?
30 * 250 = 7500 so‘mni tejaydi.
Xulosa qilib aytganimizda, matematika darslarida iqtisodiy tarbiya berish o‘quvchilarning tejamkorlik hislatlarini shakllantiradi, kelgusidagi bilimlarini ongli o‘zlashtirishiga hamda kundalik turmushdagi hayotiy faoliyatga tayyorlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
- A.Asimov, Sh.Jo‘raev, “Boshlang‘ich ta’limda iqtisodiy tarbiya muammolari”, Ilmiy maqolalar to‘plami, Farg‘ona 2011 – yil;
- M.A.Mirzaahmedov, “Matematika va iqtisod”, Boshlang‘ich ta’lim 2005 yil 4 – soni;
- D.Yusupxo‘jayeva, “Iqtisodiy tarbiyani shakllantirish”, Boshlang‘ich ta’lim 2004 yil 3 – soni;
[1] A.Aсимов, Ш.Жўрaев, “Бошланғич таълимда иқтисодий тарбия муаммолари”, Илмий мақолалар тўплами, Фарғона 2011 – йил;
[2] М.A.Мирзааҳмедов, “Математика ва иқтисод”, Бошланғич таълим 2005 йил 4 – сони;