XOTIN-QIZLARNI JISMONIY RIVOJLANISHIDA BADMINTON SPORT TURI VOSITA SIFATIDA
JDPU o’qituvchisi, O’.Samadova
JDPU 1- bosqich talabasi K.Qo’chqarova
Annotatsiya
Ushbu maqola xotin-qizlar sportining bir qancha turlarini rivojlantirishning tarbiyaviy ahamiyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi muhim qadam bo‘ldi. Shu o‘rinda qizlar sportining bir qancha turlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtalmoqchimiz.
Kalit so‘zlar: sport, sog’lomlashtirish, badminton, jismoniy tarbiya, aylanma tartibda o’tkazish musobaqasi.
Abstract
This article was an important step in supporting the educational value of developing several types of women’s sports. Here we would like to dwell on the specific features of the development of several types of girls’ sports.
Key words: sport, fitness, badminton, physical training, round-robin competition.
Mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash, yuksak ma’naviyat, milliy o‘ziga xoslik va xalq an’analarining mavjud ko‘p asrlik sarchashmalarini butun choralar bilan rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va har tomonlama barkamol shaxslar jamiyatini barpo etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nufuzli xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish va yuksak marralarni zabt etishga qodir mahoratli sportchilar tayyorlashning samarali tizimi yaratildi.
2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan madaniyat va sport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, mazkur sohada O‘zbekiston xalqining sog‘lom turmush tarziga intilishni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil qilindi. Bunga asosan yurtimizda sportni yanada ommaviylashtirish va rivojlantirish bo‘yicha, yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish sohasida, ayniqsa, qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini, stadionlar va inshootlarni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali murabbiylar bilan mustahkamlash bo‘yicha xayrli ishlar olib borilayapti.
Masalan badmintonning o‘ziga xos xususiyatlariga ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan yondashadigan bo‘lsak, badminton mashqlari organizmning qon aylanishini, nafas olish va o‘pkaning ritmik faoliyatini yaxshilaydi, tanani pishitadi, irodani mustahkamlaydi, chiniqtiradi, ayniqsa, sog‘lom onalarni tayyorlash, sog‘lom zurriyodni dunyoga keltirish, ularni parvarishlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, millat genofondini sog‘lomlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Badminton sport turi bo’yich gapiradigan bo’lsak – qadimgi o’yin bo’lib, uning kelib chiqishi haqida ko’plab manbalar mavjud. Eng qadimgi “Uchadigan par” o’yini Xitoyda milodiy 1000 yil avval paydo bo’lgan. Badminton sport turi bo’yich musobaqalarni olib boorish masalalari bugungi kunda dolzarb masala bo’lib bormoqda. musobaqa davomida odobsizlik holatlari ro’y berishining oldini olishga, do’stona munosabatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu ayniqsa, hakamsiz o’tkaziladigan havaskorlik bahslarida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, o’yin boshlanishi oldidan raqiblar o’zaro tanishadilar: bir-birlarining qo’llarini siqib o’z ismi shariflarini aytishadi. O’yin davomida begona gap-so’zlar va xatti harakatlarga chalg’imaydilar, qo’pol va odobsiz so’zlarni ishlatmaydilar.
Musobaqalarni aylanma tartibda o’tkazishning mohiyati shundaki, unda har bir sportchi boshqa barcha badmintonchilar bilan navbatma-navbat o’ynab chiqadi. Eng ko’p g’alabaga erishgan ishtirokchi musobaqa g’olibi bo’ladi.
Agar ishtirokchilar soni juda ko’p bo’lsa, ular bir nechta guruhlarga bo’linadi. Guruhlarga bo’lish kuchlilarni bo’lib chiqish yo’li bilan qur‟a tashlash orqali amalga oshiriladi. Har bir guruhda o’yinlar aylanma tartibda o’tkaziladi. Shundan so’ng guruhlarning g’oliblari yana o’zaro aylanma tartibda o’ynab, o’zaro o’rinlarni aniqlashadi. Aylanma tartibdagi musobaqalarda olingan o’rin yutilgan uchrashuvlar soniga qarab aniqlanadi. Agar ishtirokchilardan ikki nafari bir xil yutuqlar soniga ega bo’lsa, o’zaro uchrashuvda g’alaba qozongan sportchi yuqoriroq o’rinni egallaydi. Agar uch va undan ortiq ishtirokchi bir xil yutuqlar soniga ega bo’lsa, ular o’rtasida o’rinlar mazkur ishtirokchilarning barcha uchrashuvlardagi yutuqlari va mag’lubiyatlarining eng yaxshi farqiga qarab taqsimlanadi. Agar shundan keyin ham ikki nafar ishtirokchi teng kelib qolsa, o’zaro uchrashuvda g’alaba qozongan sportchi yuqoriroq o’rinni egallaydi. Agar uch va undan ortiq ishtirokchi bir xil yutuqlar soniga ega hamda barcha uchrashuvlardagi yutuqlari va mag’lubiyatlari ham teng bo’lsa, mana shu ishtirokchilarning o’zaro uchrashuvlarida yutuqlari va mag’lubiyatlari soni eng yaxshi farqqa ega bo’lgan sportchiga ustunlik beriladi. Agar shundan keyin ham ikki nafar ishtirokchi teng kelib qolsa, o’zaro uchrashuvda g’alaba qozongan sportchi yuqoriroq o’rinni egallaydi. Agar barcha hisob-kitoblardan keyin uch va undan ortiq ishtirokchi bir xil natijaga ega bo’lib qolsa, ular o’rtasida o’rinlar qur‟a tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Jamoaviy bahslarda ikkita jamoada g’alabalar soni bir xil bo’lib qolsa, o’zaro uchrashuvda g’alaba qozongan jamoa yuqoriroq o’rinni egallaydi. Agar uch yoki undan ortiq jamoalarda yutuqli o’yinlar soni bir xil bo‟lsa, ular o’rtasida o’rinlar mazkur jamoalarning barcha uchrashuvlardagi yutuqlari va mag’lubiyatlarining eng yaxshi farqiga qarab taqsimlanadi. Agar shundan keyin ham ikki jamoa teng kelib qolsa, ular o’rtasidagi o’zaro uchrashuvda g’alaba qozongan jamoa yuqoriroq o’rinni egallaydi.
Natijalar va muhokama chiqib ketish tartibidagi musobaqalar. Yakkalik va juftlik bahslarida musobaqalarni chiqib ketish tartibida o’tkazishning mohiyati shundan iboratki, o’yinchi (jamoa) birinchi mag’lubiyatdan keyin musobaqani tark etadi. Natijada birorta ham uchrashuvda mag’lubiyatga uchramagan ishtirokchi g’olib bo’ladi. Jamoaviy bahslarda o’yin g’olibi aniqlanishi bilan match to’xtatiladi.
Ishtirokchilar o’yin jadvaliga kuchli badmintonchilar (reyting yoki boshqa ko’rsatkich bo’yicha) ro’yxati asosida kiritiladi. Imkon qadar ikki kuchli ishtirokchi qur‟a tashlash paytida jadvalning turli qismlariga tushishiga harakat qilish kerak. Agar musobaqada ishtirok etishni istovchilar soni turnirning asosiy jadvalidagi o’rinlardan ko’p bo’lsa, kvalifikatsiya turnirini o’tkazish tavsiya qilinadi. Bu holatda musobaqa to’g’risidagi Nizom yoki tashkiliy qo’mitaning qarori bilan kvalifikatsiya turnirida qatnashishga ruxsat beriladigan ishtirokchilar soni belgilanadi. Kvalifikatsiya turniri jadvali ham asosiy musobaqa jadvali kabi shakllantiriladi. Agar kvalifikatsiya turniri ishtirokchilarning jadvalda joylashuvi qur‟a tashlash yo’li bilan aniqlanadigan bo’lsa, bitta tashkilot vakillarini tarqatib yuborish zarur bo’lmaydi. Kvalifikatsiya turnirida asosiy turnirda qatnashish huquqini qo’lga kiritadigan ishtirokchilar soni asosiy turnir ishtirokchilarning sakkizdan biridan oshmasligi zarur. Agar buning iloji bo’lmasa, turnirni ikki bosqichda o’tkazish tavsiya qilinadi, ya‟ni: dastlabki bosqichda ishtirokchilarning oldindan belgilangan soni aniqlab olinadi; asosiy bosqichda esa kuchli ishtirokchilar safiga kvalifikatsiya bosqichidan o’tgan qatnashchilar qo’shiladi. Agar asosiy yoki kvalifikatsiya turnirida bo’sh joylar soni ishtirokchilar sonidan ortiq bo’lsa, bo’sh joy qur‟a tashlash yo’li bilan to’ldiriladi. Aralash tartibda o’tkaziladigan musobaqalar. Musobaqalarni aralash tartibda o’tkazishning mohiyati shundan iboratki, dastlab ishtirokchilar, masalan, ikki yoki uchta turni chiqib ketish tartibida o’tkazishadi, keyin esa har bir turda yutqazgan va yutgan ishtirokchilardan alohida guruhlar tuziladi. Ushbu tuzilgan sakkizliklar (to’rtliklar) aylanma tartibida tegishli o’rinlarning (jumladan, sovrinli o’rinlarning ham) egalarini aniqlashadi. Bu musobaqalar o‘z navbatida yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, ma’naviy va jismoniy jihatdan yetuk bo‘lishi; ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usining shakllanishi; o‘z Vatani oldidagi burchni his etishi va vatanparvarlik tuyg‘usining shakllanishi; o‘sib kelayotgan yosh avlodda jismoniy tarbiya va sportga mehr-muhabbat hissining oshishi; yoshlarning sog‘lom turmush kechirishini ta’minlash, iste’dodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish imkonini beradi.