- Fitrat. Chin sevish. Toshkent. G‘.Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996 yil
O‘zbek modern she’riyatining tarixiy asoslari va istiqboldagi taraqqiyoti
Tangirova Dilbar Eshboevna-katta o‘qituvc Jizzax DPU
Insoniyat nafaqat siyosiy turmush tarzida, balki madaniy va ma’naviy hayotida ham turli inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Buni birgina madaniyat va san’atning bir bo‘lagi bo‘lmish so‘z san’atida ham uchratish mumkin. Ushbu mo‘jazgina maqolada badiiy ijodda, ayniqsa, she’riy asarlarda ro‘y bergan inqilobiy o‘zgarishlar borasida to‘xtalib o‘tamiz.
Jahon adabiyotida ro‘y kabi bergani kabi o‘zbek adabiyotida ham qator inqilobiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Uzoq asarlar davomida shakllanib kelgan mumtoz adabiyotimizning shakl va mazmuni arablar bosqini va shuning oqibatida yuzaga kelgan madaniy o‘zgarishlar doirasida bir qator yangiliklarga yuz tutdi. Jumladan, o‘zbek mumtoz she’riyatida aruz vazni yoxud qat’iy qonun qoidalariga asoslangan badiiy ijod davri yuzaga keldi. Mazkur vazn asosan she’riy asarlarning shakliy unsurlari: ritm, ohang, pauza kabilarga xizmat qilgani bilan xarakterli bo‘sa, mazmunan badiiy asarlarning barcha janr va turkumidagi asarlarida tasavvuf ta’limoti va uning g‘oyalarini targ‘ib qilishga xizmat qilar edi. Bu jarayon XX asrlar boshlarigacha bo‘lgan davrda ommaviy tarzda saqlanib kelindi.
XX asr o‘zbek she’riyatida esa asosan rus adabiyoti orqali Yevropa adabiyotidan kirib kelgan barmoq va erkin vazndagi asarlarni yaratish an’ana tusini oldi. Barcha kichik janrdagi, qolversa, yirik plandagi doston, ballada kabi asarlar ham shu vaznlarda yaratildi.
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida o‘zbek adabiyoti, shu jumladan she’riyati ma’nao va mazmun jihatidan yangi to‘lqinga duch keldi. Bu to‘lqin jadid g‘oyalari va shu orqali paydo bo‘lgan jadid adabiyoti edi. Garchand bu adabiyotda publitsistik pafos ustivorlik qilib, badiiylik biroz sust bo‘lsada, o‘z zamonasida katta obro‘ qozondi va omma e’tiborini o‘ziga tortdi. Jadidlar tomonidan el orasiga olib kirilgan tom ma’nodagi sahna asarlari esa o‘zining minglab muxlislariga ega bo‘ldi.
Bugungi kunda o‘zbek adabiyotida tabora ommalashib borayotgan modern adabiyoti tushunchasi va adabiyotiri ham ana shunday badiiy ijodda, qolversa butun madaniy jabhada amalga oshayotgan inqilobiy yangiliklardan biri sifatida qarash nazarimizda birmuncha to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. Uning o‘zbek adabiyotiga, ayniqsa, she’riyatiga kirib kelishi bir jihatdan qaraganda tabiiy hol, zamon talabi. Adabiyotni, jamiyatni, hayotni va borliqni boshqacha tushunish va talqin qilish mazkur adabiyotning bosh tamoyili hisoblanishini yuqorida sanab o‘tilgan o‘zgarishlar kabi bir qatorda tushunish lozim.
To‘g‘ri modern adabiyoti va she’riyati tamomila yangi adabiy hodisa emas. U ham o‘zining tarixiy ildizlariga ega. Modern atamasining fransuzcha “moderne” so‘zidan olinganligi , uning ma’nosi “eng yangi”, “zamonaviy “ma’nolarini anglatishi kabi qarashlar, mazkur adabiy yo‘nalishning eng avvalo fransuz adabiyotida, xususan fransuz she’riyatida paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. P.Elyuar, Lui Aragon kabi XIX-XX asrlar fransuz modern she’riyatining yetakchi namoyandalari hisoblanadi.
Adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev esa o‘zining “Mojernizm:ildiz, mohiyat va belgilar” nomli maqolasida umumjahon adabiyoti taraqqiyotini quyidagi davrlarga bo‘ladi: 1.Klassik adabiyotgacha bo‘lgan bosiqich, 2.Klassik adabiyot bosqichi, 3 Noklassik adabiyot bosqichi, 4 Posklassik adabiyot bochqichi singari bosqichlardan iborat ekanligi qayt etib, “Modernizm esa aynan ana shu klassik qarashlardan yuz o‘girish, uni inkor etish natijasi o‘laroq yuzagan kelgan ilmiy-estetik qarashlar tizimi bo‘lgan edi.”, deya qayd etdi. Mazkur yo‘nalish aksariyat hollarda o‘z o‘tmish ananalarini inkor etib, tamomila yanicha qarashlarga asoslangan yo‘nalish bo‘lib maydonga keldi.
Albatta modern tushunchasini umuiste’mol darajasiga kiritish ham oson bo‘lmadi, qolaversa bo‘lmayapti ham. Shu o‘rinda Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Asl badiiylik hech qachon ommaviy bo‘lmagan. Bunday san’at hammmaga tushunarli ham, hammaga ma’qul ham bo‘laolmaydi” degan qarashlari nechog‘lik o‘zining haqqoniyligini yana bir bor ko‘rsatib kelmoqda. Shular bois hanuzgacha modern adabiyotini ommaviy qabul qilish hamda ommaviy tushunish holatlari vujudga kela olmayotganligini tushunish mumkin.
Modern adabiyoti va mohiyatini bir xilda tushunish va qabul qilish nafaqat kitobxonlar ommasi, hattoki, adabiyotshunoslik ilmi bilan bevosita shug‘ullanadigan munaqqidlar orasida ham mavjud emas. Ularning ishlari orasida ham bir-birini qo‘llagan yoxud o‘zaro tamomila qarama-qarshi tafsilotlarga ega bo‘lgan qator tadqiqotlarning yuzaga kelganligini ham ko‘rish mumkin. O.Sharafiddinovning “Modernizm jo‘n hodisa emas”, B.Sarimsoqovning “Absurd ma’nisizlikdir”, Ergash Ochilovning “Siz she’r aytasizmu yo odam qo‘rqutasiz?”, Damin To‘raevning “Davr va qahramon”, Qozoqboy Yo‘ldoshevning qator tadqiqotlarida ana shunday holatlarga duch kelish mumkin.
Ma’lumki, XX boshlarida o‘zbek ijodkorlari ham bevosta modern she’riyatida qalam tebratishni u yoki bu ko‘rinishda boshlab yubordilar. Uning dastlabki ko‘rinishlari Cho‘lpon, Fitratning ayrim asarlarida uchray boshladi.
Keyinchalik o‘zbek ijodkorlaridan Asqad Muxtor, Rauf Parfi , Abduvali Qutbiddin, Faxriyor kabi qalamkashlar ijodida modern she’riyatining turli shakllarini ko‘rish mumkin.
Xarakterli tomoni shundaki, modern she’riyatida lirik qahramon doimo otashin, shijoatkor va o‘z dardini o‘zgalarga yoxud o‘z yoriga yashirmasdan, turli o‘ramlarga o‘ramasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri bayon qiluvchi shaxsga aylanadi. Masalan, Fitratning quyidagi she’rida lirik qahramon o‘z kechinmalarini ochiq-oydin, to‘g‘ridan to‘g‘ri ifoda etganligi ko‘rish mumkin:
Sen kelgach,
Ko‘nglimni
Qayg‘ular-la, motamlar-la o‘ragan
Qora qalin pardalar
Yirtildi.
Bunday holatni Asqad Muxtorning quyidagi she’rida ham uchratish mumkin:
Men seni tushumda ko‘rdim chamasi
Umr yo‘llarida baxt, dard, to‘lg‘anish…
Qanday ajoyib tun buning hammasi!
Va qanday musibat birdan uyg‘onish!
Mening ham barglarim to‘kilayotir,
Quvonch mast qilmaydi chopsa omadim.
Notanish nochorlik solar havotir,
Seni ham arodoqlab qola olmadim.
Sen nima, men faqat shomda bir shivir,
Men ona ko‘zida yiltillagan nam
Yoki turnalarning vido qo‘shig‘i…
Faqat uh deyoldim o‘sha tongda ham…
Ko‘rinib turibdiki, har ikkala she’rda ham olamning bevofoligi, dunyoning beboqoligi kabi anbanaviy tasvirlar yo‘q . Ularda lirik qahramonning ichki kechinmalari u yoki bu ko‘rinishda ochiqlik bilan, tamoimla yangicha ifoda etilgan. Asqad Muxtor lirik qahramoni o‘zining barcha iztiroblarni birgina “uh” so‘ziga ifodalab qo‘ya qolgan. Bu o‘rinda ananaviy “o‘ldim”. “kuydim” kabi musibatni ifodalovchi tasvirlar yo‘q.
Modern she’riyatining yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, unda tarixiy voqealar bayoni ham an’anaviy she’riyatdagi qahramonning lirik kechinmalari qobig‘iga o‘ralgan holda emas, balki hikoyachining tasviri doirasida berila boradi va oson ifoda etiladi. Buni birgina Rauf Parfining quyidagi she’rida yaqqol ko‘rish mumkin:
Oh, so‘nggi qo‘shiqni kuylamoq bunchalar qiyin,
Viktor Xaraning ko‘zlari o‘ngida
Uning suyuk ona-Vatanini –
Yetti torli muqaddas sozini sindirdilar.
So‘ng uning sarbast qo‘shiqlariga
jo‘rovoz barmoqlarini kesib olishdi.
Bir emas,
Ikki emas,
Uch emas…
Uning o‘n farzandini-
Barmoqlarini so‘ydi jallodlar,
O‘zing yaratdingmi shularni, Tangrim!
Mazkur lavha muallifning “Viktor Xaraning so‘nggi qo‘shig‘i” she’ridan olingan bo‘lib, unda XX asrning yetmishinchi yillarida Chilida hukmronlik qilgan Avgusto Pinochet davrida sodir etilgan xunrezliklar: qo‘shiqchi shoir Viktor Xarani erk va ozodlik uchun kuylagan qo‘shiqlar sababli omma oldida avval panjalarini, so‘ngra qo‘llarini kesib halok qilgani tasviri berilgan.
Bir qarashda kitobxon ushbu lavhada ikki obrazga duch keladi. Ulardan biri voqea bayonchisi, ya’ni hikoyachi. U Viktor Xaraning o‘z boshidan kechirganlarini bor tafsilotlari bilan bayon qiladi. Ikkinchisi esa lirik qahramon. U voqeaga deyarlik aralashmaydi. U o‘zining birgiga O‘zing yaratdingmi shularni, Tangrim! –deya o‘zining barcha iztiroblarini ifoda etadi. Bir qarashda ushbu tasvir yuki yuqorida Asqad Muxtorning “uh” hayqirig‘i kabi butun asar mazmuniga lirik qahramon munosabatini o‘zida ifoda etadi.
Xulosa qilib aytganda, modern adabiyoti o‘zbek adabiyoti uchun ham yangi adabiyot bo‘lgani bilan uning ham adabiyotimiz davrasida o‘z o‘rni va imkoniyatlari mavjud. Uning o‘rnini hech bir ana’anaviy tasvir bosa olmaydi. Bu jihatdan modern adabiyotini ham omma orasida keng tarqalishini ta’min etish zarur. Qolaversa, mazkur asarlarni tushunib yetadigan kitobxonni ham har jihatdan tarbiyalash davrning eng muhim talablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki modern adabiyoti orqali xalqqa aytish mumkin bo‘lgan bir guruh muaamolar, istaklar, orzuyu umidlar borki, ularni an’anaviy tasvirlar orqali yetkazib berish ancha qiyinlik qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:
1.Xolbekov M. XX asr modern adabiyoti manzaralari. Maqolalar to‘plami. Toshkent: “Mumtoz so‘z” nashiyoti, 2014.