MUNOSABAT
17 fevral kuni kuni ijtimoiy tarmoqdagi https://www.facebook.com/kobul.dusov.9 facebook ijtimoiy tarmog‘ida “ Jizzax, Korrupsiyani tozalaylik” sarlavhasi ostida murojaatga Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyatining
MUNOSABATI
ijtimoiy tarmoqdagi( https://www.facebook.com/kobul.dusov.9) facebook ijtimoiy tarmog‘ida “ Jizzax, Korrupsiyani tozalaylik” sarlavhasi ostida murojaat e’lon qilindi.
Ushbu murojaatda muallif “…universitetning sirtqi bo‘limi o‘qituvchilari talabalarga bilim bermasdan doim pul talab qilishlari, o‘qigan ham o‘qimagandan ham yakuniy nazoratlarda pul talab qilishini, pul bermagan talabalarni esa yakuniy nazoratdan o‘tkazmasdan kredit modul tizimi orqali 500 ming pul to‘lashga majbur qilinayotganligini, shuningdek darslarni onlayn emas oflayn bo‘lishi lozimligini” iddao qilishgan. Universitet rahbariyati shu kuninng o‘zida ushbu murojaat bo‘yicha o‘rganish olib bordi va quyidagilarni ma’lum qiladi.
Universitetda sirtqi ta’lim yo‘nalishlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 903-son qaroriga asosan, Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda masofadan turib o‘qitish talabalarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda o‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil masofadan turib o‘zlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin, masofadan turib o‘qitish onlayn (masofadan turib real vaqt rejimida videoma’ruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini o‘tkazish) va offlayn (masofadan turib o‘qitish tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) rejimlarida tashkil etilishini va talabalarga qulaylik yaratish maqsadida dars mashg‘ulotlari masofadan turib amalga oshirilshi belgilab qo‘yilgan. Shunga asosan universitetda sirtqi ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv jarayoni masofadan o‘qitiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 31 dekabrdagi №824-son qaroriga ko‘ra universitetdagi ta’lim yo‘nalishlar kredit-modul tizimi asosida o‘qitiladi.
Unga ko‘ra, nazorat turlarini topshira olmagan talabalar keyingi semestr boshlangandan so‘ng bir oy middatda qayta topirishlari mumkin. Belgilangan muddat davomida qayta topshirishni amalga oshira olmagan talaba kredit-modul tizimi asosida qo‘shimcha semestr tashkil etilgandan so‘ng talaba kreditlarni to‘plab nazorat turidan qayta o‘tadi. Bu holatda talaba o‘z hisobidan, ya’ni to‘play olmagan fanining kreditini pul to‘lab o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.
Murojaat egasining “o‘qituvchilarning pul talab qilish” haqidagi iddaosiga esa shuni qo‘shimacha qilamiz. Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan barcha xodimlar o’rtasida tushuntirish ishlari olib borilgan hamda barcha professor-o‘qituvchilardan kafolat xatlari olingan. Hurmatli talabalar agarda siz bilan shunday holat yuz bersa yoki shu kabi noxush voqelarga guvoh bo‘lsangiz universitetdagi Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limiga hamda @jdpiantikorrbot telegram kanaliga yoki tegishli tartibda xuquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilishingiz so‘raladi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati.