Ochiq darslar 2022-2023
Ochiq darslar 2022-2023
|
28/11/2022
Chop etish
Frazealogiya

Fan: Hozirgi o‘zbek adabiy tili
Fakultet: O‘zbek tili va adabiyoti
Bosqich: 2
Guruh: 612-21
Manzil: O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 113-xona
Kun: 29-noyabr, 2022-yil
Vaqti: 11-30
Seminar mashg’ulot: Imamova Gulnora Talibovna
O’quv dasturi:

Frazeologiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tilning lug‘at tarki¬bidagi frazemalar haqida ma’lumot beradi.
Frazema ko‘chma ma’noli turg‘un konstruksiyadir. Masalan, zo‘raymoq (leksema) — avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema) — azob chekmoq (frazema) kabi. Demak, frazema ham leksema kabi lug‘aviy birlik sanaladi, ammo o‘zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi. Frazemalar tarkibidagi so‘zlarning bog‘lanishi erkin birikma yoki gap tarkibidagi so‘zlarning bog‘lanishidan farq qilmaydi: ularning barchasida so‘zlar tobelanish asosida bog‘lanadi, biroq: a) erkin birikmadagi yoki gapdagi bog‘lanish nutq jarayonida, nutq bilan birpaytda sodirboiadi; frazemadagi bog‘lanish esa nutq paytidan ancha awal yuzaga kelib, turg‘unlashib qoladi, inson xotirasida va tilda yaxlitligicha saqlanadi; b) erkin birikmadagi yoki gapdagi so‘ziarni so‘zlovchi o‘z ixtiyori bilan almashtira oladi: «kengko‘cha» birikmasi o‘rnida «tor ko‘cha» birikmasini, «men o‘qiyman» gapi o‘rnida «men ishlayman» gapini qoilashi mumkin, ammo «yulduzni benarvon urmoq» birikmasi o‘rnida «yulduzni narvonsiz urmoq», «yulduzni shotisiz urmoq», «yulduzni beshoti urmoq» birikmalari qo‘llanmaydi.


Ulashish:
851
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Xitoy tili va madaniyati markazi ochildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Xitoy Xalq Respublikasi bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Xitoy tili va madaniyati markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Yangi imkoniyatlar va yangi maqsadlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurоdov va Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori ishtirokida talaba-yoshlar bilan “Yangi imkoniyatlar va yangi maqsadlar” mavzusida...
Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.