Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

— 60111900 —

Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport bakalavriat ta’lim yo’nalishining umumiy tavsifi

Ta’lim shakillari: kunduzgi
Beriladigan daraja: bakalavr
Ta’lim tillari: o’zbek, rus
Dastur kodi: 60111900
Dastur davomiyligi: 3 yil
Dastur nomi: Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport

Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 3 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 180 kredit to’lashi kerak.

Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

60111900 – Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport ta’lim yo’nalishi – umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha pedagogik kadr jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari;
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish;

60111900 – Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:

  • -maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini tashkil etish hamda olib borish;
  • -umumiy o’rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslari va sport mashg’ulotlarini tashkil etish hamda olib borish;
  • -maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar bilan jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini tashkil etish hamda olib borish;
  • -ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sport bo’yicha yo’riqchi, jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi lavozimlarida ishlash;
  • -maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi bo’limlari va ularning vakolatli organlarida, turli tadbirkorlik sub’ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash;
  • -mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda joylardagi jismoniy tarbiya va sport-sog’lomlashtirish markazlarida ishlash;
  • -ishlab chiqarish korxonalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish hamda olib borishjismoniy tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan bog’liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan magistratura mutaxassisliklari bo’yicha belgilangan muddatlarda o’qishni davom etirishlari mumkin.

I o’quv yili / 1-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.02 351ManM02 Ma’naviyatshunoslik 60 2 Majburiy fan
1.04 351XTM08 Xorijiy til 120 4 Majburiy fan
1.05 351O’EYaTM02 O’zbekistonning eng yangi tarixi 60 4 Majburiy fan
1.09 351AvaSJ18 Adaptiv va sog’lomlashtirish jismoniy tarbiyasi 120 4 Majburiy fan
1.10 351BGO’M06 Bolalar gimnastikasini o’rgatish metodikasi 180 6 Majburiy fan
1.11 351JTvaOXT06 Jismoniy tarbiya va olimpiya xarakati tarixi 180 6 Majburiy fan
1.12 351MTJT10 Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya 180 6 Majburiy fan
Jami: 900 30

I o’quv yili / 2-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.02 351FalM04 Falsafa 60 2 Majburiy fan
1.03 351O’RTM04 O’zbek (rus) tili 120 4 Majburiy fan
1.04 351XTM08 Xorijiy til 120 4 Majburiy fan
1.09 351AvaSJ18 Adaptiv va sog’lomlashtirish jismoniy tarbiyasi 120 4 Majburiy fan
1.11 351JTvaOXT06 Jismoniy tarbiya va olimpiya xarakati tarixi 120 4 Majburiy fan
1.13 351BEAO’М04 Bolalar engil atletikasini o’rgatish metodikasi 120 4 Majburiy fan
1.14 351BBO’M04 Bolalarga badmintonni o’rgatish metodikasi 120 4 Majburiy fan
1.15 351BSO’M14 Bolalarga suzishni o’qitish metodikasi 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 30

II o’quv yili / 3-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.16 351BTJTvaS10 Boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 120 4 Majburiy fan
1.17 351OBFO’M04 Bolalarga futbolni o’rgatish metodikasi 120 4 Majburiy fan
1.18 351MvaHO’O’M04 Milliy va harakatli o’yinlarni o’qitish metodikasi 120 4 Majburiy fan
1.19 351O`BO`STTE04 O`smirlar va bolalar o`rtasida sport tadbirlarini tashkil etish 120 4 Majburiy fan
351MPA04 Malakaviy va pedagogik amaliyot 120 4 Majburiy fan
Jami: 840 28

II o’quv yili / 4-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.06 351TATM04 Ta’limda axborot texnologiyalari 120 4 Majburiy fan
1.08 351UmPedM12 Umumiy pedagogika 180 6 Majburiy fan
1.16 351BTJTvaS10 Boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 180 6 Majburiy fan
351YDA04 Yakuniy davlat attestasiyalar 120 4
Jami: 960 32

III o’quv yili / 5-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.20 351ShNM06 Shaxmat-shashka o’rgatish metodikasi 120 4 Majburiy fan
1.21 351SST06 Sport sog’lomlashtirish turizimi 150 6 Majburiy fan
1.22 351AvaFA06 Anatomiya va fiziologiya asoslari 120 4 Majburiy fan
1.23 351MBTJTNM04 Maktabgacha va boshlangich ta`limda jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi 180 6 Majburiy fan
351YDA04 Yakuniy davlat attestasiyalar 120 4 Majburiy fan
Jami: 1080 36

III o’quv yili / 6-semester

Fan kodi Fanning malakaviy kodi Fan nomi Soat Kredit Tanlov turi
1.10 351MPA26 Malakaviy va pedagogik amaliyot 780 26 Majburiy fan
1.10 351YDA04 Yakuniy davlat attestasiyalar 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 30

Fanning maqsad va vazifalari

Fanining maqsadi — Birinchidan, talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiya asoslarining chuqur nazariy anglanishini ta’minlash, maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati bo’yicha pedagogning kasbiy faoliyatidagi asosiy nazariy-usuliy qoidalarini amalga oshirish malakasini shakllantirishdan iborat va o’rganiladi.

Fanining vazifasi Talabani maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati faoliyatining nazariy qoidalarini o’rganish, jismoniy tarbiya uslubiyatining asosiy tushunchalarini o’rganish, jismoniy tarbiya va sportning vosita va usullarini o’zlashtirish; jismoniy tarbiyaning tashkiliy shakllarini o’rganish; tayyorgarlik fanlari tizimida jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat nazariyasi hamda uslubiyatining integratsiyalovchi roli to’g’risida tasavvur hosil qilish; amalda harakat faoliyatilarini o’rganish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, bilimlarni shakllantirish nazariyasi va uslubiyatini qo’llashga o’rgatish.

Fan yakunida talaba qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi?

  • – maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya fanining rivojlanish tarixi;
  • – maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyasining tashkil qilinishi hamda uning ahamiyati;
  • – maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya tizimlari, jismoniysog’lomlashtirish ishlari va ularning ahamiyati haqida tasavvurga ega bo’lishi;
  • – harakatlarga o’rgatish va yosh davrlariga nisbatan vosita, uslublarni tanlash hamda jismoniy tarbiyaning qonuniyatlari;
  • – maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya va yoshlar sportning estetik, axloqiy va ma’naviy qadriyatlari; jismoniy tarbiyadagi didaktik qonuniyatlar;
  • – aholining maktabgacha ta’lim guruhlari bilan o’tkaziladigan sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya uslubiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • – O’zbekistonda maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan xuquqiy va me’yoriy xujjat asoslarini;
  • – maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiyaning vositalari, tamoyillari va uslublarini, shakli hamda ularni tuzilish qonuniyatlarini;
  • – yoshini hisobga olgan holda harakatlarga o’rgatish jarayonining asoslarini;
  • – maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya va jismoniy-sog’lomlashtirish ishlarini olib boorish asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi ko’nikmalariga ega bo’lishi;
  • – maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini tashkil qilish, rejalashtirish, nazorat qilish va o’tkazish;
  • – harakatlarga o’rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
  • – harakatlarga o’rgatishda qo’llaniladigan vosita, uslub va tamoyillarni tahlil qilish;
  • – maktabgacha ta’limda yoshga doir sport musobaqalarini tashkil qilish va o’tkazish;
  • – maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya va sport ishlarini targ’ibot qilish;
  • – maktabgacha ta’lim jismoniy tarbiyasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
  • – maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya tayyorgarligida majmuali nazoratning uslubiyatlari hamda uni tashkil etish malakalariga ega bo’lishi kerak

Fanning qisqacha bayoni:

Ushbu fan maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati ta’limining tarkibiy qismlari, uning vosita va uslublari, tamoyillari, ta’lim tizimidagi o’rni kabi masalalarni qamrab oladi. Jamiyatda jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaning mazmun-mohiyati hamda o’rni, mamlakatni demokratlashtirish va jahon hamjamiyatidagi nufuzini oshirishda jismoniy tarbiya va sportning o’rni qanchalik muhim ekanligini tushunishda talabalarni ular uchun zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi
“Мaktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya” fani ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1, 2-bosqichlarda o’qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o’quv rejasida oliy jismoniy tarbiya ta’limining umumiy ixtisoslik fani hisoblanadi hamda universitetda o’qitiladigan umumkasbiy va mutaxassislik fanlarining nazariy va uslubiy asosini tashkil etadi..

Dars turi va baholash usuli

Dars turi 1-semestr Nazoratlar Ball taqsimoti
Ma’ruza mashg’uloti 20 soat Oraliq nazorat 20 ball
Amaliy mashg’uloti 40 soat Joriy nazorat 20 ball
Mustaqil ta’lim 60 soat Joriy nazorat 10 ball
Yakuniy nazorat 50 ball
Dars turi 2-semestr Nazoratlar Ball taqsimoti
Ma’ruza mashg’uloti 20 soat Oraliq nazorat 20 ball
Amaliy mashg’uloti 40 soat Joriy nazorat 20 ball
Mustaqil ta’lim 60 soat Joriy nazorat 10 ball
Yakuniy nazorat 50 ball

Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o’tkazish jadvali

5 baholik shkala 100 ballik shkala
5,00 — 4,96 100
4,95 — 4,91 99
4,90 — 4,86 98
4,85 — 4,81 97
4,80 — 4,76 96
4,75 — 4,71 95
4,70 — 4,66 94
4,65 — 4,61 93
4,60 — 4,56 92
4,55 — 4,51 91
4,50 — 4,46 90
4,45 — 4,41 89
4,40 — 4,36 88
4,35 — 4,31 87
5 baholik shkala 100 ballik shkala
4,30 — 4,26 86
4,25 — 4,21 85
4,20 — 4,16 84
4,15 — 4,11 83
4,10 — 4,06 82
4,05 — 4,01 81
4,00 — 3,96 80
3,95 — 3,91 79
3,90 — 3,86 78
3,85 — 3,81 77
3,80 — 3,76 76
3,75 — 3,71 75
3,70 — 3,66 74
3,65 — 3,61 73
5 baholik shkala 100 ballik shkala
3,60 — 3,56 5 baholik shkala
3,55 — 3,51 5 baholik shkala
5 baholik shkala 70
3,45 — 3,41 69
3,40 — 3,36 68
3,35 — 3,31 67
3,30 — 3,26 66
3,25 — 3,21 65
3,20 — 3,16 64
3,15 — 3,11 63
3,10 — 3,06 62
3,05 — 3,01 61
3,00 60
3,0 dan kam 60 dan kam