Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi

 
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig’i:

Axmatjanov Xurshid Shavkatovich

Telefon: +(99888) 185 00 07

Elektron manzil : hurshid87@yandex.ru

Ish vaqti: 09:00 — 17:00

Markaz faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • Universitetning kompyuter va axborot infratuzilmasini yaratish va uning dasturiy ta’minotini amalga oshirish;
  • Axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga kiritish, o’quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, axborot tizimlari va elektron kutubxonalarni yaratish;
  • Professor-o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistratura va bakalavriat talabalari uchun INTERNET va milliy ilmiy-o’quv tarmog’idan foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish;
  • Axborot – kommunikasiya tarmog’inining o’quv-metodik ta’minotini yaratish borasida universitet fakultetlari va kafedralarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
  • Axborot-kommunikasion texnologiyalarini rivojlantirish muammolariga bag’ishlangan ko’rgazmalar, anjumanlar, amaliy seminarlarda ishtirok etish va tashkil etish;
  • Respublikaning boshqa o’quv muassasalari, chet el davlatlari ta’lim muassasalari bilan o’zaro tajriba almashish, axborot texnologiyalari bo’yicha hamkorlikdagi o’quv kurslarini yaratish maqsadida ijodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish;
  • Universitetning rasmiy veb saytini yaratish, universitet yangiliklari haqidagi axborotlar bilan doimiy yangilanishini ta’minlash;
  • Universitetni zamonaviy kompyuterlar va tarmoq bilan ishlash uchun zaruriy ashyolar bilan ta’minlash haqidagi takliflarni tayyorlash;
  • Universitet kompyuterlar tarmog’ini yaratish va tarmoqning dasturiy ta’minotini amalga oshirish (Intranet va Internet);
  • Universitet kompyuterlarining dasturiy ta’minotini amalga oshirish;
  • Fakultetlarda Kompyuter sinflarini tashkil qilishga amaliy yordam ko’rsatish;
  • Kompyuter texnologiyalarini joriy etish bo’yicha o’quv-metodik ta’minotni yaratish;
  • Elektron o’quv qo’llanmalarni yaratishda va ularni o’quv jarayoniga joriy qilishga amaliy yordam ko’rsatish;
  • Elektron darsliklar va ma’ruzalar matnlarining elektron versiyalari yaratish bo’yicha amaliy yordam ko’rsatish;
  • Universitet Axborot resurs markaziga avtomatlashtirilgan (ARMAT) tizimini joriy etishda amaliy yordam ko’rsatish.
Raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo’limi boshlig’i:

Jabborov Olim To’ychiyevich

Telefon: +(99894) 577 01 23

Elektron manzil : olimjonjabborov1007@gmail.com

Ish vaqti: 09:00 — 17:00

Raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo’limi:

Raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo’limi universitetdagi axborot texnologiyalariga oid ko’plab masalalarni hal etadi: Yangi axborot texnologiyalari bo’yicha elektron ilmiy, uslubiy qo’llanmalar va darsliklarni yaratishda amaliy yordamlar ko’rsatish, hamda ularni Internet – xalqaro axborot tizimlari bo’yicha tarqatishni yo’lga qo’yish; masofaviy o’qitish ishlarini amalga oshirish; professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar, iqtidorli talabalarni kompyuter va axborot texnologiyalari bo’yicha savodxonligini oshirish maqsadida kurslar tashkil etish; professor-o’qituvchi xodimlar, tadqiqotchilar va talabalar uchun kompyuter hamda axborot texnologiyalari manbalaridan, Internet – xalqaro axborot tizimlaridan unumli foydalanishni yo’lga qo’yish; amaliyot va laboratoriya darslarini multimedia va kompyuter tizimlari orqali animatsion materiallar yaratish ishlarida amaliy yordam ko’rsatish va uni tashkil qilish; turli xil dasturlar yaratish va ularni tatbiq etish; ARM kutubxonasining elektron katalogini yaratish, “virtual kutubxona” joriy etish va undan foydalanishni yo’lga qo’yish; axborot uzatish va qabul qilish vositalaridan (Internet, elektron pochta, modem aloqa, faks va sh.k.) foydalanish ishlarini amalga oshirish; o’quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishni kompyuterlashtirish shu bilan birga yagona axborot makonini yaratish, mashg’ulotlar o’tkazish sifatini markazlashgan holda masofadan nazorat qilishni amalga oshirish; axborot texnologiyalari uchun zarur bo’lgan texnik vosita va jihozlarni zamon talablari asosida yangilab turish; oliy ta’lim tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish; axborotlar bazasini yaratish va ularni doimiy ma’lumotlar bilan yangilab borish; videokonferensiya, videokonsultatsiya va videodebatlarni tashkil etish; universitetning Web saytini yaratish va uni doimiy yangi ma’lumotlar bilan yangilab borishda amaliy yordamlar ko’rsatish.
Tarmoqlarni boshqarish bo’limi boshlig’i:

Abduraximov Uzoqboy Mirzayevich

Telefon: +(99898) 261 50 59

Elektron manzil : uzoqboyabduraximov@gmail.com

Ish vaqti: 08:30 — 16:30

Tarmoqlarni boshqarish bo’limi:

Tarmoqlarni boshqarish xodimlari foydalanuvchilarning tarmoq aloqalari bilan bog’liq turli xil nosozliklarni hal etadilar. Tarmoqlarni boshqarish bo’limi IP sozlamalarini sozlash,tarmoq xavfsizligini yaxshilash va tizim ishlashini kuzatish kabi vazifalarni bajaradi. Foydalanuvchilar operatsion tizimda aloqa dasturlari va xizmatlaridan foydalanish haqida to’liq ma’lumot topadilar. Shuningdek, universitet bosh binosi hamda boshqa binolarda joylashgan fakultetlar o’rtasidagi ma’lumot almashish va ulanishlarni yaxshilaydi. Bo’lim universitetning kerakli nuqtalariga wifi zonalarini tashkil etish bilan birga, universitetdagi barcha xonalarni hamda kerakli obyektlarga kamera nazoratini o’rnatadi. Tarmoqlarni boshqarish bo’limi xodimlari kameralar olayotgan tasvirlarning sifati yaxshiligi va wifi zonalardagi aloqalar uzluksizligini ta’minlaydi.
Texnik qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i:

Bekmurodov Tohir Rajabovich

Telefon: +(99899) 072 70 88

Elektron manzil: tohirboy9588@mail.ru

Ish vaqti: 08:30 — 16:30

Texnik qo’llab-quvvatlash bo’limi:

Bo’lim universitetning markazlashtirilgan bo’limlari foydalanuvchilarini texnik va axborot bilan ta’minlash, universitet axborot tizimlari (AT) serverlarining apparat va tizimli dasturiy ta’minotiga xizmat ko’rsatish, foydalanuvchi ish stantsiyalarini texnik qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlarni bajarish, tizim va amaliy dasturlarni o’rnatish va sozlash, dasturiy ta’minotni yangilash, shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalarini ulash va sozlash, dasturiy va apparat nosozliklarini bartaraf etish, foydalanuvchilarga joylarda maslahat berish, server tizimining dasturiy ta’minotini boshqarish, serverlarning tizim dasturiy ta’minotini o’rnatish, sozlash va yangilash, server tizimi va apparat nosozliklarini bartaraf etish, universitetning IP foydalanuvchilariga texnik yordam ko’rsatish, foydalanuvchi shaxsiy kompyuteridan universitet IP siga kirishni sozlash, sohada kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minotini hisobga olish bo’yicha ishlarni bajarish, kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minotini sotib olish uchun standart texnik shartlarni ishlab chiqish, universitetning shaxsiy kompyuterlari va AT foydalanuvchilarini universitetda mavjud va yangi joriy qilingan AT va xizmatlar, rejali va favqulodda ishlar haqida xabardor qilish.
Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limi boshlig’i:

Hasanov Sunnatillo Haydar o’g’li

Telefon: +998 93 009 02 07

Elektron manzil: sunnatillo92h@gmail.com

Ish vaqti: 08:30 — 16:30

Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limi:

Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limi oliy ta’lim muassasasida axborot xavfsizligini ta’minlaydi, oliy ta’lim muassasasida axborot xavfsizligiga paydo bo’layotgan tahdidlar to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo’yicha konsultatsiya xizmatlari ko’rsatadi, oliy ta’lim muassasasida axborot tizimlari resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlaydi, qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qiladi, internet tarmog’i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo’yicha o’zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi, bo’limning yillik va yarim yillik ish rejalarini ishlab chiqadi, rahbarlik qilayotgan bo’lim xodimlarining ish rejalarini tasdiqlaydi, har chorakda bo’lim o’zining ichki yig’ilishini o’tkazadi va ijro intizomi qoniqarsiz xodimlarni ogohlantiradi.