Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Rektor yordamchisi

 
Rektor yordamchisi:

Bahromov Javohir Rustam o’g’li

Telefon: +998 90 182 66 19

Elektron manzil: bahromov_javohir@mail.ru

Rektor yordamchisining lavozim vazifalari:

  • Kelib tushgan, jo’natiladigan va ichki hujjatlar rektorga ma’lum qilinishi uchun ularning o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta’minlash;
  • Rektorning topshirig’i bo’yicha hujjatlarning o’z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish;
  • Rektorat yig’ilishlarining ishini tashkil etishni ta’minlash, majlislarda bevosita qatnashish hamda qabul qilingan qarorlar va rektorning ko’rsatmalari bajarilishini nazorat etish;
  • Rektorning respublika, yuqori tashkilotlarida qiladigan ma’ruzalari va axborotlari uchun rektor ko’rsatmasiga binoan dekanatlar, bo’limlar va xizmatlarning axborotini yig’ish va umumlashtirish;
  • Yuqori tashkilotlarning talablariga binoan ma’lumotnomalar tayyorlash va imzolash uchun rektorga taqdim etish;
  • Rektor tomonidan fuqarolarni qabul qilishda ishtirok etishi va qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlari bilan belgilangan lavozim vazifalarini talab darajasida bajarilishi va ijro-intizomiga rioya qilinishi;
  • OTMsi tarkibiy bo’linmalarini aylanib chiqish hamda ularning ishlarini tekshirish chog’ida rektorga hamrohlik qilish, u bergan farmoyishlarning ijro etilishini nazorat qilish

Bilishi kerak:

O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, OTMga oid me’yoriy hamda boshqa hujjatlarni.

Malaka talablari:

  • Yuqori tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari, buyruqlarini, fuqarolarning xatlar, shikoyatlar va arizalarini ko’rib chiqish tartibini bilish;
  • Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
  • Hujjatlarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomani, jo’natiladigan hamda ichki hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini bilishi zarur.