Jizzaxlik tilshunoslarning mehnati Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropada e’tirof etildi
Bugun yurtimizda yosh avlod vakillariga chet tillarni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida bir qator amaliy, xayrli va ezgu ishlar amalga oshirilayotir.
Prezidentimizning tashabbuslari bilan ba’zan qadri toptalgan, ba’zan past nazar bilan qaralgan o‘qituvchiga uni o‘ziga munosib ustoz maqomi qaytarib berildi, bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilarning o‘z kasbidan faxrlanish hisini uyg‘otdi. Shu bilan birga, bu tashabbus ularni ruhiyatini ko‘tardi, ijodiy ishlarga undadi. Shuni quvonch bilan aytaolamizki barcha sohalardagi kabi ta’lim sohasidagi xalqaro uchrashuvlarda ham xalqaro arenada shaffoflik, oshkoralik, samimiylik prinsiplari asosida olib borilayotga siyosat tufayli respublikamizdagi chet tili o‘kituvchilarining o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha chet eldagi oliy o‘kuv yurtlari, kutubxonalar, uyushmalar va kasbdoshlari bilan bevosita aloqaga kirishish va hamkorlik qilishlari uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochildi. O‘zbekiston tarixida chet tili o‘qituvchilari uchun hech qachon bunday imkoniyatlar bo‘lmagan. Jumladan, A. Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika institutining chet tili o‘kituvchilari ham bu imkoniyatlardan foydalanib institut rektori prof. Sh. S. Sharipov ko‘magida Angliya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya, Rossiya va boshqa dunyoning yetuk davlatlari bilan aloqaga kirishgan, hamkorlik qilishmoqda va samarali natijalarga erishishmoqda.Ushbu halqaro aloqalari samrasi o‘laroq institutning fakultetlararo chet tillar kafedrasining bir guruh o‘kituvchilarining kitobi dunyodagi yetakchi davlatlardan hisoblangan Germaniya va Shveysariyada e’tirof etildi. Ushbu kitob 688 betdan iborat bo‘lib, DEUTSCH-USBEKISCHES WÖRTERBUCH, NEMISCHA –O’ZBEKCHA LUG’AT deb ataladi va 2016 yili Toshkentda chop etilgan. Bu lug‘at ustida chet tillar kafedrasining dotsenti Abdujabbor Boymatov, katta o‘qituvchilar Ural Inomov, Guljaxon Umrzoqova, Ro‘zigul Qarshieva , Abduaziz Boymatovlar birgalikda 10 yil davomida ish olib borishdi. Lug‘at nemis tilidagi tarjimalari berilgan so‘z va iboralar miqdori buyicha hozircha respublikada yagona bo‘lib turibdi.
Jizzaxlik tilshunoslarning lug‘ati Germaniya milliy kutubxonasining ekspertlar Kengashi tekshiruvidan o‘tgach 4 noyabr 2019 yildan boshlab kutubxona fondiga qabul qilindi, katalogiga kiritildi va o‘quv zallariga qo‘yildi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu kutubxona bugungi kunda dunyo kutubxonalari reytingida 13-o‘rinni egallab turibdi (Kutubxona sayti : http://www.dnb.de Lug‘at joylashgan Link: http://d-nb.info/1198252642 Lug‘at uchun kutubxonadagi Signatur kodi: 2019 A 96940)
Bundan tashqari, ushbu lug‘at Shveysariyadagi “ Übersetzerhaus Looren” Xalqaro tarjimonlar uyushmasi kutubxonasining ekspertlar Kengashi tekshiruvidan o‘tgach 4 noyabr 2019 yildan boshlab kutubxona fondiga qabul qilindi, katalogiga kiritildi va o‘quv zallariga qo‘yildi. Bu xalqaro uyushma ingliz, nemis, fransuz, italyan va ispan tillaridan dunyodagi barcha tillarga adabiy asarlarni tarjima qilish bilan shug‘ullanadigan tarjimonlar uyushmasidir, shuning uchun ham bu uyushmaga butun dunyodan adabiy tarjimonlar tashrif buyuradi Shuningdek lug‘at mualliflari yuqorida aytib o‘tilgan yutuqlar bilan cheklanib qolishmadi. 2019 yil dekabr oyida AQShdagi “AMAZON” kompaniyasining “Kindle” nashriyotidan, Germaniyadagi “Buske” va Gonkongdagi “t&p books publishing” nashriyotlaridan lug‘atni nashr qilishga ruxsat so‘rab takliflar tushdi. Lug‘at mualliflari “AMAZON” kompaniyasini tanlashdi, chunki bu kompaniya internet magazinlarining soni va ular orqali amalga oshirilayotgan savdo-sotiqlar, shu jumladan kitoblar savdosi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. Kompaniyaning Yevropa(Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Gollandiya), Amerika(AQSh, Kanada, Meksika, Braziliya) va Osiyo(Xitoy, Hindiston,Singapur, Avstraliya, Yaponiya) qit’alarida 15dan ortiq filiallari bor.Tabiiyki, agar Jizzaxlik tilshunoslarning lug‘ati ushbu kompaniyaning “Kindle” nashriyotida chop etilsa butun dunyodagi nemis va o‘zbek tillariga qiziquvchi o‘quvchilarni qamrab olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Albatta, “Kindle” nashriyotining kitob nashr qilish bo‘yicha, ya’ni kitob mazmuni, dizayni, o‘lchamlari bo‘yicha o‘z standartlari bor.Lug‘at mualliflari 2020 yili yanvar oyida “AMAZON” kompaniyasi bilan kitob nashri bo‘yicha shartnoma tuzib olishgach, o‘z lug‘atlarini “Kindle” nashriyotining standartlariga mos ravishda qayta tuzish ishlarini boshlab yuborishdi. Pandemiya tufayli xalqaro aloqalarning sustlashuvi va xalqaro hamkorlikning qiyinlashuviga qaramasdan Jizzaxlik tilshunoslar tomonidan yaratilgan lug‘at joriy yilning may oyida nashrga tayyor bo‘ldi va “Kindle” nashriyotining kitob nashr qilish bo‘yicha ekspertlar Kengashi tekshiruvidan o‘tgach nashrga ruxsat etildi. AQShdagi “AMAZON” kompaniyasining “Kindle” nashriyoti Jizzaxlik tilshunoslar yaratgan lug‘atni Universal Wörterbuch DEUTSCH-USBEKISCH Universal Lug’at NEMISCHA-O’ZBEKCHA nomi bilan 2020 yil iyul oyidan boshlab chop etishni boshladi.ayni damda bu lug‘at AQShdagi, hamda butun dunyodagi filiallaridagi internet-magazinlarida sotuvga chiqarilgan. Bundan tashqari, lug‘at “AMAZON” kompaniyasining dunyodagi barcha filiallarining internet saytlariga va Google qidiruv saytiga joylashtirilgan. Afzalligi shuki siz lug‘atni kitob shaklida sotib olishingiz, yoki mobil telefoningizga, planshetingizga yuklab olishingiz mumkin. Yaqinda Shveysariyadagi “Übersetzerhaus Looren” Xalqaro tarjimonlar uyushmasidan yana bir xushxabar keldi. Shu kafedraning katta o‘qituvchisi Ural Inomov 2020 yil 14 sentabrdan boshlab ushbu Xalqaro tashkilotga a’zo etib saylandi. Bu lug‘atning Germaniya va Shveysariyadagi kutubxonalarning fondiga kiritilishi bilan nemis va o‘zbek xalqi, Shveysariya va o‘zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik ko‘prigi yaratilishiga zamin bo‘ldi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Lug‘at Germaniya va Shveysariyada yashayotgan yurtdoshlarimiz, tahsil olayotgan talabalarimiz, tarjimonlar, tilshunos olimlar, tadbirkorlar, sayyohlar va barcha yurtimizga qiziqqan nemis tilida gapiruvchi xalqlar uchun dasturilamal bo‘ladi deb umid qilib qolami
Jizzax davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
.