Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘quvchi yoshlarda nota savodxonligini shakllantirish bo’yicha zamonaviy uslublar yuzasidan amaliy tajribalar mohiyati.

JDPU  Sirtqi bo’lim “Musiqa ta’lim”  o’qituvchisi  Egamkulov Oybek Altmishevich (+998911907798)  Annotatsiya: Maqolada maktab o‘quvchi yoshlarda nota savodxonligini shakllantirish bo’yicha zamonaviy uslublar yuzasidan amaliy tajribalar mohiyatihaqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘quvchi tomonidan olingan barcha nazariy bilim va ko‘nikmalar bo‘lajak ijrochining amaliy tayyorgarlik jarayonida kasbiy bilimga aylanadi. Kalit so’zlar: Nota, nota yozuvi, musiqa cholg’u asboblari, notani varaqdan o’qish, pedagogika, qo‘shiq, ashula kuylash, musiqa savodi.   Аннотация: В статье представлена ​​информация о практическом опыте современных методов формирования нотной грамотности школьников. Все теоретические знания и навыки, приобретенные студентом, переходят в профессиональные знания в ходе практической подготовки будущего исполнителя. Ключевые слова: Ноты, ноты, музыкальные инструменты, чтение нот, педагогика, песня, пение, музыкальная грамотность.   Annotation: The article provides information about the practical experience of modern methods for the formation of musical literacy of schoolchildren. All theoretical knowledge and skills acquired by the student are transferred to professional knowledge during the practical training of the future performer.Key words: Sheet music, sheet music, musical instruments, music reading, pedagogy, song, singing, musical literacy.   Bugun bolalarni maktabgacha ta’limga jalb etish, umumta’lim maktablarida yangi texnologiyalar asosida ta’lim olish, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, oliy ta’limda o‘qish uchun qo‘shimcha kvotalar ajratish va talabalarga ta’lim olishlarida qator imkoniyatlar yaratish hamda bo‘lg‘usi magistr va doktorlarning ilmiy ishlarida izlanishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish kabi samarali ishlarning guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu esa pedagogika sohasida izlanishlar olib borish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish va zamonaviy ta’lim uslublarini yoshlarga taqdim etish imkoniyatlarini yaratib bermoqda. Ohang deb biror tabiiy jism, mexanik vosita yoki ovoz chiqaruvchi omillardan xosil bo‘luvchi tovushlarga tushuniladi. Tovushlar haqidagi ma’lumotlarimizni eslab o’tamiz, tovushlar yuqorida aytib o’tganimizdek, ikki xil, shovqinli va musiqiy tovushlardan iboratdir. Turli qattiq jismlarning bir biri bilan zarb berishi yoki turli tabiat hodisalari orqali hosil bo‘luvchi tovushlarga shovqinli tovushlar deymiz. Musiqiy tovushlarga esa ma’lum bir balandlikka ega bo‘lgan tovushlar kiradi. Musiqaning ta’sirchanligi, uning xarakteri ana shu turli balandliklardagi tovushlarning xarakati bilan belgilanadi. Tovushlarni bunday harakati orqali esa biz ohangni tinglaymiz. O‘quvchiga u nimani tasavvuriga sig‘dira olsa yoki tovushlarni o‘z ongida qanday aks ettirsa xuddi shu yo‘l orqali unga tushuncha bersa bo‘ladi. Masalan, molekulalarning joylashishi, kimyoviy moddalarning xususiyatlari, astronomik jismlar va boshqa shu kabi misollarni ham ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Biz musiqa pedagoglar barcha fanlarning asosini va mavzularini qisqacha mazmunini bo‘lsada bilishimiz zarurdir. Chunki musiqani o‘zlashtirayotgan o‘quvchiga qaysidir o‘zi qiziqadigan fani va undagi mavzular bilan bo‘glab tushuntirilsa unda o‘zlashtirish ancha sifatli bo‘ladi. Musiqani o‘qitishga oid pedagogik texnologiyalar yuzasidan olib borilgan barcha izlanishlar va tadqiqotlar natijarini o‘rgansak shuni ko‘rishimiz mumkinki, joriy etilgan pedagogik texnologiyalar umumiy ta’lim uchun ishlab chiqilgan. Kasbiy tayyorgarlik ko‘rishda va yoshlarni kasbga yo‘naltirishda maktabdan tashqari maktablarning faoliyati muhimdir. Bilamizki, umum ta’lim maktabi musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi, bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilari yoki san’atga ixtisoslashgan boshqa ta’lim muassalari va tashkilotlariga mutaxassislar tayyorlashda boshlang‘ich musiqiy saboqni o‘quvchi yoshligidan olmog‘i loim. O‘quvchiga musiqa yo‘nalishi bo‘yicha tanlagan ixtisosligi bo‘yicha uning undividual qobiliyati va o‘zlashtirishi hisobga olinib vazifalar va ijro uchun asarlar beriladi. Bolalar musiqa va san’at maktablarining bunday individuallik asosida darslari tashkil etilishi o‘ziga xos, umumta’lim maktablari uchun ishlab chiqilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan farqli ravishda zamonaviy o‘qitish uslublarini talab etadi. Shu davrgacha mashg‘ulotlarni tashkil etish, ustoz-shogird an’anasida bolalar bilan ishlash, o‘quvchilar bilan ishlashda o‘zining uslublariga ega bo‘lgan buyuk pedagog-kompozitorlarni tilga olish joizdir. Bular Karl Cherni, Robert Shuman, Dmitriy Kabalevskiylar shular jumlasidandir. O‘tgan asrda o‘zining yangi g‘oyalari bilan ijod qilgan Dmitriy Kabalevskiyning pedagoglik faoliyatiga alohida to‘xtab o‘tamiz. Pedagogik va tarbiyaviy ishlarda oʻzidan oldingi va zamondoshlarining tajribasi va gʻoyalariga tayangan holda D.B. Kabalevskiy 70-yillarning boshlarida musiqa ta’limining prinsipial jihatdan yangi badiiy-pedagogik konsepsiyasini taklif qildi. Unda u birinchi marta maktab “Musiqa” fanining maqsadi sifatida musiqa madaniyatini shakllantirishni ilgari surdi, musiqani jonli tasviriy san’at sifatida o‘qitish tamoyillarini e’lon qildi. U yaratgan musiqiy-pedagogik kontseptsiya bir necha jihatlardan o‘z ichiga oladi. Uning ma’naviy, axloqiy yo’nalishi, ayniqsa, zamonaviy jamiyatda shaxsning ma’naviy qadriyatlarining emirilishi sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Kabalevskiy badiiy pedagogika va musiqa o‘rgatish uchun qiziqish, san’atga ishtiyoq muammosining ahamiyatini ta’kidlaydi. Cholg‘u yoki vokal ijrochiligining biron turini o‘ganishda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyos. Ushbu maskanlarda o‘quvchilarning iqtidori va qobiliyatiga asosan o‘qishga qabul qilinadilar. O‘quvchilarning ijro mahorati va bilim-ko‘nikmalari rivojlanishi avvalo darslarni to‘g‘ri rejalashtirishga bog‘liqdir. Musiqa ilmini o‘rganishda tarixdan nota savodiga alohida fan nazarida qarab kelingan. Buning isbotini tarixiy yodgorliklar va manbalarda kuzatishimiz va guvohi bo‘lishimiz mumkin. Nota yozuvining shakllanishi oxir oqibat uni bir o‘rganuvchi fan sifatida shakllanishiga zamin yaratdi. Fan sifatida o‘rganishda har bir sohaning individual xususiyatlari muhim ro‘l o‘ynaydi. Musiqa ilmi ham turli emotsional harakterlar bilan va insonning sub’yektiv xususiyatlari bilan bog‘liqligi o‘zgacha o‘rganish uslublarini talab etadi. Musiqani va notalarni o‘ganishda qo‘llanilayotgan bugungi kun pedagogik texnologiyalari nafaqat fanning xususiyati, balki ta’lim oluvchilarning individini ham inobatga olmog‘i lozim. Uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish umumta’lim maktabi o‘quvchlari yoki bitiruvchilari musiqani va biron cholg‘u turini ijro etishni o‘rganishi bugun Yangi O‘zbekiston yoshlariga qo‘yilayotgan talabdir. Cholg‘uni o‘rganish o‘quvchini nafosat va ezgulik sari yetaklaydi. Musiqa tilini o‘rganish esa jahonning barcha nuqtalarida musiqa tilida so‘zlasha olish va hislarini namoyon etish imkonini beradi. Demak musiqani o‘rganish boshqa fanlarni o‘rganish va isloh qilishdan farqli o‘laroq, bu yo‘nalishga alohida nazar bilan qarashimiz lozim. Chunki bu fanni o‘rganish insondan nafaqat bilim va ko‘nikmalaridan foydalanish balki ichki hissiy harakteridan ham foydalanmog‘i lozim. Nota yozuvini va nota savodxonligini o‘quvchi – yoshlarga o‘rgatishda shu kabi xususiyatlarni inobatga olgan holda yangi metodlar ishlab chiqish va shu bilan birga klassik o‘qitish uslublari bilan integratsiyalashgan holda olib borish maqsadga muvofiq. Aksariyat hollarda o‘qitishning zamonaviy uslublari haqida gap ketganda darslarda axborot kommunikatsiyalaridan foydalanish, multimediya va boshqa shunga o‘xshash vositalarni darslarda qo‘llash  nazrda tutiladi. Qaysidir ma’noda bu ham o‘z o‘rnida samarasini beradi. Lekin ayniqsa guruhli darslarda musiqani o‘qitishda  har bir o‘quvchining individini inobatga olishimiz zarur. Bitta mavzuni turlicha yondoshgan holda va turlicha uslublarda o‘tmoq lozim. Dars so‘ngida esa umumlashtirish o‘quvchilar bir-biridagi hissiyotlarini tushunishlari va hamohanglik shakllanishiga yordam beradi. Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani darsliklarini ko‘rib chiqib shunday hulosa qilish mumkinki, o‘quvchi musiqa haqida umumiy tushuncha olishi va nota yozuvi to‘grisidagi ma’lumotlarni o‘zlashtirishi mumkin. Lekin ushbu darsliklarda berilgan mavzular va manbalar bilan “musiqa” deganda ko‘z oldimizda gavdalanadigan ritmik, melodik qobiliyatlarni va notani o‘qiy olish kabi ko‘nikmlarni o‘zlashtira oladimi? Musiqani bo’lajak har bir soha egasi o’rganib olishi uning mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi. Musiqaning asosini tashkil etuvchi vositalardan biri ritm va tempning ahamiyati kattadir. Har qanday jamoaviy faoliyat turida insonlarning birgalikda harakatiga yordam beradi. Qadimdan bu uslub ko’plab jamoaviy mehnat turlarida foydalanilganini alohida aytishimiz xato bo’lmaydi. Masalan, qadimda qayiq eshkakchilarini birga harakat qilishlarini ta’minlash uchun nog’orada bir tempda zarb yoki ritm berilgan. Bu holat esa barcha eshkaklar bir vaqtda harakat qilishiga sabab bo‘lgan. Bilamizki, jismoniy tarbiya fani ham musiqa fani bilan doim yonma yon olib borilgan birga o‘rganilgan. Sport va musiqa bola tarbiyasida muhim jarayonni tashkil etadi. Bolani ham ruhan va ham jismonan tarbiyalashda asosiy omillardir. Musiqa va sport har ikkovi ham amaliy mashg‘ulotlar jaryonini o‘z ichiga oladi. Amaliy jarayonsiz bu fanlarni o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Jismoniy tarbiya fani o‘ziga xos normativlarni va ko‘nikmalarni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-sonli farmonida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar, talabalarning yosh toifasiga qarab ularning jismoniy ko‘rsatkichlarini (yugurish, otish, sakrash, tortilish) baholash mezonlarini ishlab chiqib, “Kundalik” reyting daftariga alohida sahifada kiritsin hamda har chorak tahlillari va natijalari aks ettirilishini ta’minlash vazifalari allohida takidlab o‘tilgan. Bu esa bolalarda jismoniy tarbiyaga e’tibor qaratishi va sog‘lom avlod tarbiyalashning omilidir. Shunday ekan musiqani o‘rganishda ham uni o‘rganish va ijro etishda muhim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish bugungi o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlari talablariga kiritilmog‘i lozim. Muhtaram prezidentimiz takidlaganidek, bugungi yoshlar cholg‘uning biron turlarini o‘rganishlari lozim. Buning uchun esa maktabda musiqa faniga qator normativ yoki talablarni qo‘ymoq talab etiladi. Har qanday tilni o‘rganish avvalo tilni eshitib, unga paydo bo‘lgan qiziqishdan boshlanadi. Tilni o‘rganish bu tilning asosiy strukturasini tashkil qiladigan ana shu 4 ta ko‘nikmaga asoslanadi. Chet tillarni o‘qitish umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birinchi sinfidan o‘yin, og‘zaki nutq darslari shaklida olib borilsa, ikkinchi sinfdan boshlab alifbo, o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishga bosqichma-bosqich o‘tib boriladi. Musiqa ham bir tildir. Musiqani o‘rganishda ham xuddi biron xorijiy tillarni o‘rganishdagi amaliy vazifalarni bajarish talab etiladi. Xorijiy tillarni o‘rganishdagi pedagogik texnologiyalarni musiqa tilini o‘rganishda qo‘llasak ham bo‘ladi. Xorijiy tilni o‘rganishda “listening”-tinglash, “speaking”-so‘zlash, “writing”- yozish kabi amaliy ishlar bajariladi. Buning darsliklarda, o‘quv qo‘llanmalarda va boshqa vositalarda bir qancha malumot va manbalarni ko‘rishimiz mumkin. Musiqada ham tinglash, notani o‘qiy olish va notadan o‘qib kuylay olish (solfejio) ko‘nikmalarini shakllantirish muhimdir. Bu amaliyotlarsiz musiqani to‘la to‘kis o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Ushbu amaliyotlarni darslarda qo‘llash uchun bugun zamonaviy uslublar, pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar ustida ishlashni taqozo etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

  1. М.Андреев Основные вопросы начального обучения игре на ударных инструментах. М.,
  2. А.Баташев История джазовой музыкальной культуры М.М.,
  3. К.Бюхера Работа и ритм М., 1923.
  4. Л.Ганиева Методология фортепианно-ансамблевой музыки Узбекистана. Т.: Нишон ношир, 2016.
  5. Л.Ганиева Эстрадно-инструментальное исполнительство Учебник. Т.: Musiqa, 2019.
  6. Р.Грубер   История музыкальной культуры. Т. I. – Л., 1941. – 595 е.; Т.П.-М., 1953.
  7. Э.Денисов Ударные инструменты в современном оркестре. М.:Советский композитор, 1982.
  8. А.Панайотов Ударные инструменты в современных оркестрах. М.: Музыка, 1973.
  9. В. Никитин. «Начинающий джазовый пианист». М., 1982.
  10. образовании. // Сборник научных трудов. Т.2. Т.: «Янги авлод», 2018.
  11. А.Измайлов  Ощущение времени для исполнителя на ударных инструментах. Т .: Музыка, 2019.
  12. Egamqulov, O. (2020). Эстрадно-джазовые произведения и методы их изучения. Архив Научных Публикаций JSPI, 1(83). извлечено от https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/7233
  13. Egamkulov, O. (2022). Ритмические джазовые формулы исполнителъства на ударной установке.
  14. Egamkulov, O. (2022). Problems of instrumental and vocal performers in developing the ability of reading notes from a sheet of paper.
  15. Egamkulov, O. (2022). Urma va zarbli cholg’u asboblarining musiqa darslarida tutgan o’rni.