Skip to main content

Hot line: +(99872) 226 68 10

Department of fine arts and engineering graphics

 
Kafedra mudiri:

Pardayev Baxtiyor

o’qituvchi
Telefon raqami:
+998 99 380 30 89
Elektron pochta:
baxtiyor@jdpu.uz
Qabul kunlari:
dushanba-shanba, 14:00-18:00

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi professor-o’qituvchilar tarkibi:

Jami o’qituvchilar – 13 ta
Katta o’qituvchilar – 3 ta
Fan nomzodi,Falsafa doktori – 1 ta
O’qituvchilar – 9 ta
Fan doktori – ta
Stajyor o’qituvchilar – ta

Zoyirov Kamolitdin

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Xudoyberdiyev Pardaboy

katta o’qituvchi

Oltmishev Toxir

katta o’qituvchi

Baymurzayeva Oykaram

katta o’qituvchi

Ibragimov Abduraxim

o’qituvchi

Xudoynazarova O’g’iloy

o’qituvchi

O’taboyev Baxtiyor

o’qituvchi

Raximov Azizbek

o’qituvchi

Soliyev Jo’ramurod

stajyor-o’qituvchi

Nurnazarov Xudoyberdi

stajyor-o’qituvchi

Xudoyberdiyev Mirolim

stajyor-o’qituvchi

Maxmudov Abdunabi

stajyor-o’qituvchi

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari: Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, Rangtasvir (dastgohli)
Kafedra mutaxassislik fanlari: Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi: Qalamtasvir, Rangtasvir, Chizmachilik, Chizma geometriya, Miniatyura, Tasviriy san’at tarixi, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o’qitish metodikasi, Amaliy bezak san’ati, Akademik qalamtasvir asoslari, Dastgohli rangtasvir, Haykaltaroshlik, Kompozitsiyasi, Plastik anatomiya, Mashinasozlik chizmachiligi, Arxitektura elemantlarini loyihalash, Tasviriy san’at texnologiyasi va nusxa ko’chirish, Topografik chizamchilik, Kitob grafikasi, Muhandislik kompyuter grafikasi, Ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, Badiiy ijod asoslari. Rangtasvir (dastgohli) mutaxassisligi bo’yicha: Natryumort chimatasvir, Dekorativ rangtasvir, Manzara rangtasviri va kompozitsiyasi, Anatomik chizmatasvir, Qiyofa rangtasvir, Figurali kompozitsiya, Ashyoda ishlash, Figurali chizmatasvir, Figurali rangtasvir, Mavzuli kompozitsiya, Materialshunoslik turlari, Rangtasvir o’qitish metodikasi, Akademik chizmatasvir, Akademik dastgohli rangtasvir, Jonli odam qomatidan anatomik chizmatasvir, Tasviriy san’atning umumiy tarixi. Izox: fanlar ro’yxati 2022-2023 o’quv yilining miqdoridagi asosiy fanlardan kelib chiqib yozilgan, tanlov fanlar kiritilmagan.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi tarixi: Kafedra 2001 yil 12-iyunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 250 – sonli qarori bilan tashkil etildi. Kafedra dastlabki 2001-2002 o’quv yilida -“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejasida belgilangan barcha fanlar bo’yicha ta’lim beruvchi 5 o’qituvchi(P.Xudoyberdiev, A.Umirov, K.YUsupov va O.Narziev) bilan ish boshladi. Kafedra mudiriligiga katta o’qituvchi P.Xudoyberdiev tayinlandi. 2003-2004 o’quv yiliga kelib talabalar soni ko’payganligi bois professor-o’qituvchilar safiga mutaxassisligi bo’yicha tasviriy san’at va chizmachilik o’qituvchilari Xayitboy Sultanov X.Sangirov va U.Abdirazzoqovlar kelib qo’shildi. 2004-2005 o’quv yiliga kelib, kafedrada ilmiy darajali o’qituvchilarning bo’lmaganligi bois, “Ishlab chiqarish asoslari” kafedrasi bilan birlashtirildi va “Tasviriy san’at va ishlab chiqarish asoslari” deb nomlandi. Shu yili kafedraga “Kitob grafikasi” magistri B.O’taboev, “Amaliy san’at” kasbiy ta’lim magistri O. Boymirzaeva va “Tasviriy san’at, chizmachilik va mehnat” o’qituvchisi R.Esanovlar ishga qabul qilindi. 2007-2008 o’quv yilida kafedraga T.N.Qori – Niyoziy nomidagi O’zPFITI kunduzgi bo’lim doktoranturasi bitiruvchisi, pedagogika fanlari nomzodi Kamolitdin Zoyirov kafedra dotsenti lavozimiga ishga taklif etildi. 2009 yil Institut ilmiy Kengashining №1(23.09.2009 y.)-sonli qarori bilan kafedra qayta tashkil etilib, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” deb nomlandi. Dotsent K.A.Zoyirov kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Kafedra katta o’qituvchilar: P.Xudoyberdiev, A.Umirov, X.Sangirov, o’qituvchilar: T.Oltmishev, O.Boymirzaeva, R. Esonov, B.O’taboev va kabinet mudiri YU. Meliboeva va kata laborant Z.Kaynarovalardan iborat tarkibda tasdiqlandi. Va kafedraga badiiy grafik ta’lim sohasining taniqli olimlari – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika iuniversitetining professorlari t.f.n. R.Ismatillaev, p.f.d. S.Bulatov va dotsent, p.f.n. B.Boymetovlar o’rindoshlik asosida ishga qabul qilindilar. Kafedrada 24 ta o’quv fani bo’yicha ta’lim-tarbiya olib borilishi bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borishdi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan badiiy-grafik ta’lim muammolari bo’yicha 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar nashr etilgan. Jumladan 20 dan ko’proq o’quv-uslubiy qo’llanma va uslubiy tavsiyanomalar tayyorlangan. 6 marta Xalqaro(Moskva(2005), Almati(2006), Minsk(2007), Samarkand (2008), Chistopol(2009) ilmiy-nazariy konferensiyalarda ma’ruza materiallari chop etilgan. Kafedra professor-o’qituvchilari “Uzluksiz ta’lim tizimida badiiy-grafik ta’limning shakl, metod va vositalarini takomillashtirish” mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishdi. Jumladan, katta ukituvchi P.Xudoyberdiev, katta o’qituvchi Abdinazar Umirov va o’qituvchi Ro’zimurod Esonovlar kompyuter grafikasi va badiiy-grafik ta’lim muammolari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalari ustida ishlamoqdalar. Dotsent K.A.Zoyirovning 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(chizma geometriya va muhandislik grafikasi) ixtisosligi bo’yicha “Uzluksiz ta’lim tizimida bo’lajak mutaxassislarning grafik tayyorgarligini jadallashtirish nazariyasi va metodikasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi yakunlanish arafasida. Kafedra qoshidagi “YOsh rassomlar” to’garagi faoliyat ko’rsatmoqda. To’garakning faol a’zosi Sarvar Sobirov 2005 yilda ”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etilgan “Kelajak ovozi” yoshlar ko’rik-tanlovida o’z ijodiy ishi bilan ishtirok etib, diplom bilan taqdirlandi. Sanjar Arifjonov 2006 yilda Toshkent shahrida o’tkazilgan Xalqaro Amir Temur jamғarmasi va temuriylar tarixi Davlat muzeyi tomonidan o’tkazilgan “Amir Temur va Temuriylar davri tarixining bilimdoni” tanlovida ijodiy ishi bilan qatnashib, faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi va diplom bilan taqdirlangan. Kafedra qoshidagi “Yosh rassomlar” to’garagi faoliyat ko’rsatmoqda. To’garakning faol a’zosi Sarvar Sobirov 2005 yilda ”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etilgan “Kelajak ovozi” yoshlar ko’rik-tanlovida o’z ijodiy ishi bilan ishtirok etib, diplom bilan taqdirlandi. Sanjar Arifjonov 2006 yilda Toshkent shahrida o’tkazilgan Xalqaro Amir Temur jamғarmasi va temuriylar tarixi Davlat muzeyi tomonidan o’tkazilgan “Amir Temur va Temuriylar davri tarixining bilimdoni” tanlovida ijodiy ishi bilan qatnashib, faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi va diplom bilan taqdirlangan. To’garakning faol a’zolaridan – yo’nalishning 2-bosqich talabasi Maxkamova Shoxida Kamolovna(ilmiy raxbari-dots. Zoyirov K.A.) 2011 yilda Chizma geometriya va muxandislik grafikasi fani bo’yicha Respublika talabalar Fan olimpiadasida qatnashib, faxrli 3-o’rinni egalladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining III darajali diplom(qayd raqami-D11-0041)i bilan taqdirlangan. Shuningdek, shu yili 3- bosqich talabasi Ғafforov Asqar(ilmiy raxbari- o’q. Esonov R.R.) Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi(Me’morlik san’ati) fani bo’yicha Respublika talabalar fan olimpiadasida faxrli 3-o’rinni egallab III darajali diplomi bilan taqdirlangan. 2016-2017 o’quv yilida kafedra katta o’qituvchisi P.Xudoyberdiev kafedra mudiri etib tayinlandi. Ayni vaqtda kafedrada 14 nafar professor-o’qituvchi ta’lim-tarbiya olib bormoqdalar. Shundan 1 nafari dosent, 3 nafari katta o’qituvchi va 10 nafari o’qituvchilardir. Kafedrada 32 ta o’quv fani bo’yicha ta’lim-tarbiya olib borilishi bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda. Jumladan, dosent K.A.Zoyirov, katta o’qituvchilar P. Xudoyberdiev, B.Pardaev, A. Ibragimov, O. Baymurzayeva, O’. Xudoynazarova kabi o’qituvchilar tasviriy san’at va kompyuter grafikasi ta’limi muammolari bo’yicha dissertasiya tadqiqotlari olib bormoqdalar. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash yo’lga qo’yilgan. Kafedra qoshida 3 ta ijodkor talabalar to’garagi- “Yosh rassomlar” (to’garak rahbari Xudoynazarova O’.), “Ranglar jilosi” (to’garak rahbari Pardaev Baxtiyor), “Nafis san’at” (to’garak rahbari Boymirzaeva Oykaram) ishlab turibdi. 2012 yilda ham yo’nalish talabalari bir qancha muvaffaqiyatga erishdilar. 3-bosqich talabasi Abzoyirov Murod (Ilmiy raxbari- dots. Zoyirov K.A.) Respublika talabalar Fan olimpiadasida qatnashib, faxrli 2-o’rinni egallab, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining II darajali diplom(qayd raqami-V11-0064)i bilan taqdirlangan. 2014-2015 o’quv yilida Toshkent shahrida o’tkazilgan Tasviriy san’at o’qitish metodikasidan o’tkazilgan olmpiadada Ropieva Shohlo faxirli III-o’rin egalladi. 2015-2016 o’quv yilida ham yo’nalishning 3-bosqich talabasi Rashidova Lobar (ilmiy raxbari- k.o’q. Xudoyberdiev P.) zafar quchdi: U Respublika talabalar Fan olimpiadasida qatnashib, Tasviriy san’at fanlari va uni o’qitish metodikasi fani bo’yicha faxrli 2-o’rinni egallab, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining II darajali diplomi bilan taqdirlandi. Umirqulova Gulnoza 103 guruh talabasi (ilmiy raxbari – dots. Zoyirov K.) O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi tomonidan o’tkazilgan “YAngi asr iste’dodlari -2016” Respublika tanlovida “Eng yaxshi tasviriy san’at asari” uchun 3-darajali diplom bilan taqdirlandi. 2018-2019 o’quv yilida ham yo’nalishning 2-bosqich talabasi Samariddinova Umida (ilmiy raxbari- k.o’q. Esonov R.) zafar quchdi: U Respublika talabalar Fan olimpiadasida qatnashib, Tasviriy san’at tarixi fani bo’yicha faxrli 2-o’rinni egallab, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining II darajali diplomi bilan taqdirlandi. 2020-2021 o’quv yilida Raxmonov Mirjalol Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Ranglar jilosida-ona diyor” respublika yosh ijodkorlar ko’rik tanlovida O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan I-Darajali diplom bilan taqdirlandi. Kafedra yo’nalishda yagona mutaxassis chiqaruvchi kafedra bo’lib, shu vaqtga qadar 600 dan ortiq talabalar bitirib chiqdi va respublikamizning turli viloyatlari maktablarida tasviriy san’at va chizmachilik fanlaridan dars bermoqdalar.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi hamkorlik faoliyati: Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Nyukastl universiteti, Valensia Universitetlari kabi xorijiy OTMlar bilan xamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish uchun aloqalar yo’lga qo’yilgan. Xususan, joriy yilning The Ohio State universitetining (2022 yil yanvar) professori Stephen Dale bilan online webinar-seminar tashkil etilib hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish va shartnomalar imzolash, o’quv va ilmiy-uslubiy yo’nalishlarda xamkorlik chora-tadbirlari haqida kelishib olingan.