Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari    ilmiy dunyoqarashini yuksaltirishda    umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning  ahamiyati.

Kamolova Shirinoy Usarovna Jizzax davlat pedagogika universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi katta о‘qituvchisi Annotatsiya:  Ushbu maqola   Bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari    ma’naviy yuksalishida umuminsoniy va ilmiy qadriyatlardan   foydalanishning   ahamiyati  va uning  mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan.   Maqola bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarini tayyorlash va ularning    ma’naviy yuksalishida umuminsoniy va ilmiy qadriyatlardan   foydalanish   mumkinligini o‘rganishga qaratiladi. Shuningdek,    ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish orqali talabalarni bilim olishga, kasbiy faoliyatga qiziqtirish,   ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda aniq natijalarga erishish yо‘llari tadqiq qilinadi. Kalit sо‘zlar: Qadriyat, umuminsoniy qadriyat, dunyoqarash, ilmiy dunyoqarash, ijodiy fikrlash, adolatli, odobli, intellektual, ijodkor.   О‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanish va taraqqiyot yо‘liga tushgan bugungi kunning istiqboli kelajagini belgilash va ta’minlash, kо‘p jihatdan hozirgi yosh avlodni ma’naviy yetuk va intellektual salohiyatli qilib tarbiyalashga bog‘liq. Ayniqsa, bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilaridan savodxonlik asoslariga va hisoblash tafakkurini rivojlantirishga oid barcha fanlar bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakaga ega bо‘lishlikni talab etadi. Bu о‘z navbatida zamonaviy ta’lim tizimi oldiga ma’naviyati yuksak, intellektual salohiyati yuqori, ilmiy dunyoqarashi keng raqobatbardosh bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarini tayyorlash lozimligini kо‘rsatadi. Uzluksiz ta’lim tizimida bо‘lajak о‘qituvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va intellektual salohiyatini yuksaltirish asosidagi kasbiy yetuk mutaxassislar tayyorlash muammolari T.Jо‘rayev, R.Jо‘rayev, V.Karimova, I.A.Klimov, S.V.Kulnevich,  M.H.Mahmudov, Z.I.Mirzayunusova [137], SH. Olimov,  B.X.Raximovb, R.Safarova, N.O.Sulaymonov,  K.G.Yuldoshev, D.N. Yuldasheva, E.O. Quvondiqov,  va boshqalarning ilmiy ishlarida yoritilgan. Bularning hammasi bо‘lajak о‘qituvchilarning chuqur bilimlarga ega bо‘lishini, ilmiy dunyoqarashini kengligini, о‘z sohasini va ayniqsa yosh avlodni seva olishlikni talab etadi. Bu borada salmoqli ijodiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan olim-mutaxassislarimiz va ijodkor о‘qituvchilarimiz soni kо‘paymoqda. Ularning ishlarida milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan; diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol; shuningdek, vatanparvarlik burchini tо‘g‘ri anglagan; ixtisosiga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni hamda nazariy va amaliy bilimlarni mukammal egallagan; о‘qituvchilik kasbini va bolalarni sevadigan, erkin va ijodiy fikrlay oladigan; talabchan, adolatli, odobli va shu kabi xislatlarga ega bо‘lgan о‘qituvchilarni tayyorlash muammolari qarab chiqilgan. Bunda ayniqsa, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni xalqimizning an’analarini, madaniyati va ilm-fan bobidagi kо‘p asrlik tajribalarini о‘rgatish ijobiy pedagogik samaralarni beradi. Shuning bilan birga jamiyatimizda yashovchi har bir ongli kishi, mustaqil va erkin fikrga ega bо‘lgan shaxs va fuqarolik jamiyati ma’naviyatini shakllantirish va shu asosda rivojlantirish О‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Shu sababli ham о‘qituvchining serqirrali va murakkab kasbiy faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, e’tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish yordamida ilmiy dunyoqarashini kengaytirish kabi muhim vazifalar yotadi. Ma’lumki, jamiyat ma’naviy hayotini rivojlantirish о‘sha jamiyatda faoliyat kо‘rsatuvchi kishilarning intellektual salohiyati: ma’naviyati va ma’rifati, madaniyati va san’ati, ilm-fani va ta’lim-tarbiyasi tо‘g‘risidagi bilim (tushuncha)larning nechog‘lik ilmiy asoslanganligi, tо‘g‘ri nazariy va amaliy negizlar asosida shakllanganligiga bog‘liq. Shu sababli ham bо‘lajak  о‘qituvchilarning ilmiy dunyoqarashini jahon ta’limi talablargi mos qilib shakllantirish о‘ta muhim muammodir. Bu muammo yechimini topishda biz avvalo shaxs, ya’ni bо‘lajak о‘qituvchilar oldiga qо‘yilgan quyidagi vazifalarga e’tiborni qaratdik: – har bir bolada mavjud bо‘lgan layoqat, ishtiyoq va qobiliyatlarni erkin va samarali rivojlantirishga erisha olishlik; – ijobiy (axloqiy, mas’uliyat, qat’iyat, iroda, jasorat, mehr-muruvvat va shu kabilar) sifatlarni milliy va fuqarolik his-tuyg‘usini hamda milliy g‘ururni о‘stirishga erishish; – ilmiy dunyoqarash va e’tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruratlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash; ijtimoiy siyosiy faollikni tarbiyalashga tayyor holda bо‘lishga erishish va shu kabilar. Demak, bо‘lajak о‘qituvchisi о‘z о‘quvchilarining har tomonlama rivojlanishga zamin yaratishi, ya’ni ularni о‘qishga, ta’lim olishga qiziqtirish va ishtiyoq uyg‘otish bilan birga ularning idrok etish, fikrlash qobiliyatlarini, dunyoqarashini kengaytirish kabi sifatlarini о‘stirishga о‘z kasbiy faoliyatini tо‘liq safarbar etmog‘i lozim. Bunda ular о‘z о‘quvchilarining ruhiy holati va imkoniyatlari, layoqati, yetukligi (yoshi nuqtai nazaridan), ma’naviy ehtiyoji, yashash muhiti (oiladagi turmush tarzi va ular yashaydigan jamoa–mahalladagi muhit umumsog‘ligi) kabi omillarni e’tiborga ola bilish qobiliyatiga ega bо‘lmog‘i lozim. Bо‘lajak о‘qituvchilar о‘z kasbiy sohalarida quyidagi xislatlarga ega bо‘lishi lozim bо‘ladi: о‘z о‘quvchilarini sevish va ular bilan ishlashga qiziqish; pedagogik faoliyatni sevish va bu faoliyatni о‘zining hayotiy ehtiyojiga aylantirish; ruhiy va pedagogik jihatdan ham ziyrak, kuzatuvchan, sinchkov bо‘lish; pedagogik taktik va tasavvurga hamda tashkilotchilik qobiliyatiga ega bо‘lish; adolatlilik, dilkashlik, talabchanlik va qat’iyatlilikni uyg‘un holda olib bora olishlik; maqsadga intilishda tо‘g‘ri yо‘lni tanlay olishlik; vazminlik, dilkashlik, о‘zini idora qilishlik, shuningdek, kasbiy faoliyatga layoqatining yuksakligi va shu kabilar. Shuning bilan birga bо‘lajak о‘qituvchilar yoshlardagi burchga mas’uliyat (javobgarlik hissi)ni tarbiyalash sir-asrorlarini mukammal egallamog‘i lozim. Ushbu sohada olib borgan izlanishlarimizning natijalarining kо‘rsatishicha, bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarning ma’naviy qiyofasi shakllanishida asosan quyidagilarga e’tibor berish kerak ekan: oila, mahalla va maktabni muqaddas, deb bilish; bola xatti-harakatini tahlil qila bilish va rejalashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayoniga bola faoliyatini optimal boshqara olish; bola ongi va tasavvuriga mos qilib, halol va harom, tо‘g‘rilik va egrilik, yaxshi va yomon, mardlik va nomardlik, ma’naviyatlilik va vaxshiylik kabi tushunchalarni mazmun-mohiyatini singdira olish qobiliyatiga ega bо‘lish; bolaning erkin, mustaqil va tо‘g‘ri, keng kо‘lamli fikrlashini shakllantirishning shakl, usul va vositalarining optimal variantlarini tanlay olish; о‘tmish boy milliy-ma’naviy merosimizga hurmat uyg‘ota bilish uslubiyatini yarata bilish;  milliy g‘ururni uyg‘otish, davlat ramzlariga hurmat va unga mos g‘ururni shakllantirish, fidoiylikni shakllantirishning sir-asrorlarini о‘rgata bilish; о‘z о‘quvchilarini gо‘zal, ziyrak, aqlli, ongli, milliy g‘ururli, sezgir, sinchkov, farosatli, madaniyatli, ma’naviyatli va shu kabi xislatlarni shakllantirishga innovatsion yondashuvlar qila olishga erishish; о‘z о‘quvchilarini vatanparvar, baynalminalchi, fuqarolik burchini chuqur his qiluvchi va shuningdek, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq ma’naviyatli kishilar darajasida tarbiyalashga yangicha munosabatlarni shakllantirish va shu kabilar. Umuminsoniy qadriyatlar: «Odamzodning yashashi, umrguzaronligi, farzandlari hayotining ijtimoiy, iqtsodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy va axloqiy sohalariga taalluqli bо‘lgan umumjamiyat miqyosidagi qadriyatlar butn insoniyat va jamiyatga tegishli bо‘lganidan, umuminsoniy qadriyatlar, deb ataladi» [ 1.476]. Umuminsoniy qadriyatlar о‘zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilinishi, dunyodagi kо‘plab xalqlar (elatlar, millatlar)ning о‘tmishdagi, hozirdagi va istiqboldagi (kecha → bugun → ertaga tizimi bо‘yicha) taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, о‘zida jahon sivilizatsiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi. Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlarning va millatlarnigina emas, balki bashariyat (insoniyat)ning mulkidir. Demak, umuminsoniy qadriyatlar eng oliy qadriyat bо‘lmish odamning о‘zidan boshlab, uning turmush tarzi, hayot mazmuni, oilasi, jamoasidagi о‘rni bilan bog‘liq bо‘lgan butun insoniyat va jamiyatga tegishli bо‘lgan jihatlar ekan. Shuning bilan birga umuminsoniy qadriyatlardan samarali foydalanish bо‘lajak о‘qituvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga va hattoki jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir qiladi. «Sivilizatsiya–axborotni tо‘plash, tahlil qilish va undan foydalanish hamda atrof-muhit va о‘zi haqida axborot yaratish uchun eng kо‘p ma’lumot olishga qodir bо‘lgan moddaning yuqori turg‘un holatidir» [2.104 ]. Shu sababli ham hozirgi davrda har bir inson, har bir fuqaro о‘zligini chuqur anglashi, boy milliy intellektual mulkni egallashi, boyishini umuminsoniy qadriyat bilan uyg‘unlashuvi negizida amalga oshirishi ta’lim va tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi. Intellekt (lotincha intellectus) – bilish, tushunish, idrok etish demakdir. U insonning aqliy qobiliyati bо‘lib, u inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqelikka bо‘lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati, hayotni, atrof-muhitni ongda aynan aks ettirish va о‘zgartirish, fikrlar, о‘qish-о‘rganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribasini qabul qilish qobiliyati; turli muammolarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqea-hodisalarni oldindan bilish. Intellektual mulk – ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik manbai huquqi majmuiga fan, adabiyot, san’at va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik san’ati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, ma’lumotlar ombori, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk manbalari kiradi [3.200]. Tajribalarning kо‘rsatishicha, bо‘lajak о‘qituvchilarni tayyorlashda innovatsion yondashuvlar qilishning yana bir kо‘rinishi har qanday fan bо‘yicha ta’lim berishda ma’naviy tarbiya vositalaridan foydalanish, ayniqsa ma’naviy-ilmiy qadriyatlardan foydalanish о‘zining ijobiy pedagogik samaralarini beradi. Bu borada ham ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan boy intellektual mulk va umuminsoniy qadriyatlarimizni bо‘lajak mutaxassislarimiz ongiga va qalbiga muntazam singdirib borishning tarbiyaviy ahamiyati katta. Quyida biz ular tо‘g‘risida qisqacha tо‘xtalamiz. Ilmiy qadriyatlarning ideallar shaklida ifodalanishi orzu-umidlar rо‘yobga chiqishi bilan bog‘liq bо‘lib, u kishilar va jamiyat intiluvchi oliy maqsaddan iborat bо‘ladi. Demak, donishmandlarimiz tomonidan bizga qoldirilgan intellektual meros kо‘proq ilmiy qadriyatlarga tegishli bо‘ladi. Ilmiy qadriyatlar insonlar va  insoniyat uchun ahamiyatli bо‘lgan intellektual mulkdan iborat bо‘ladi. Ammo insoniyatni birlashtiradigan soha (yо‘nalish) bu umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlardir. Ma’lumki, bunday qadriyatlar о‘z davrining ilmiy qadriyatlar asosida yuzaga keladi. Quyidagilar ya’ni g‘ildirak, olov, yozuvlarni va kitob bosish texnologiyasining hosil qilinishi; turli alifbolarning yaratilishi (Xatti Boburiy) yaratilishi; metallarga ishlov berish texnologiyasining yaratilishi; bug‘ va ichki yonuv dvigatellarining yaratilishi; elekt va energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylantirish texnologiyasining paydo bо‘lishi; telefon va telegraf tarmoqlaridan foydalanishga kirishishi; elektronika va kompyuterlarning amaliy faoliyatda keng foydalanishi; sun’iy intellekt kabi yо‘nalishlar donishmandlarimizning ilmiy meroslari natijalaridir Demak, ilmiy qadriyatlarning kishilarga, oilaga, jamoaga, jamiyatga, qolaversa davlatga foydasi tegar ekan, faqatgina ulardan oqilona va odilona maqsadga muvofiq ravishda foydalanish lozim, aks holda reaksion qadriyatlarning ham paydo bо‘lish ehtimoli bor. Biz talabalarimiz ongiga progressiv qadriyatlarimizni singdirmog‘imiz lozim, chunki bizning vazifamiz yoshlarimizni bunyodkor g‘oyalar bilan, ya’ni milliy istiqlol g‘oyalari bilan qurollantirishimiz kerak. Ana shundagina jamiyatimiz va davlatimizning faol ishtirokchisi bо‘lishi, barkamol shaxsni tarbiyalashga erishamiz, aks holda yoshlarimiz vayronakor g‘oyalar, ya’ni har xil eksterimistik oqimlar g‘oyalari ta’siriga tushib qolishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarni ongli ravishda bilish uchun bо‘lajak mutaxassisdan sinchkovlik, sezuvchanlik, idrok qilishlik va shu kabi xislatlarga ega bо‘lishlik talab etiladi. Demak, umuminsoniy va ilmiy qadriyatlar bо‘lajak mutaxassislar ma’naviyatining shakllanishida, ularning kasbiy rivojlanishida mustahkam asos bо‘lib, uning yordamida talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishning samarali yо‘llaridan biri kafolatlanadi. Bu esa «XXI asr – aql-zakovat asri – axborotlashgan jamiyat sari asri»dagi uzluksiz ta’lim tizimining faol ishtirokchisini tayyorlashga mustahkam asos bо‘ladi. Yuqorida ifoda etilgan, ya’ni о‘tmishdan bizgacha yetib kelgan intellektual mulkdan har qanday о‘qituvchi ham о‘z kasbiy faoliyatida samarali foydalanish imkoniyatiga ega bо‘lavermaydi, chunki ushbu sohani qamrab oluvchi ma’lumotlar hajmi juda katta. Umuminsoniy va ilmiy qadriyatlardan avvalo, fan va ta’lim taraqqiyotida, kishilar turmush sharoitini yaxshilashda, oila kamoliga erishishda, jamoa manfaatlarini yuksaklikka kо‘tarishda, jamiyat taraqqiyoti saviyasini tezlashtirishda va davlatning iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy qudratini yuksaltirishda foydalanish maqsadga muvofiq bо‘lib, bundan pirovard maqsadimiz xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotini о‘zida mujassam qilgan Ozod va obod Vatan qurishdan iborat; Shaxs intellektual salohiyati va unga mos intellektual mulkdan har qanday о‘qituvchi ham hamma vaqt о‘z kasbiy faoliyatida samarali foydalanish imkoniyatiga ega bо‘lavermaydi, chunki ushbu sohani qamrab oluvchi ma’lumotlar hajmi juda ham katta va bu esa bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga oid ma’lumotlarni tо‘plash, ularni tadqiqot maqsadiga mos tizimlarga ajratish hamda foydalanishga qulay holdagi axborotlar kо‘rinishiga keltirish mazkur muammo yechimini topishni texnologiyalashtirishni talab etadi. Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yhati
  1. Falsafa: qomusiy lug‘at. – Toshkent: Sharq, 2004. – 476 b.
  2. Yо‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent: О‘qituvchi, 2004. – 104 b.
  3. Muhammedov I., Tо‘raqulov X.A. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning ilmiy-nazariy asoslari. – Toshkent: Fan, 2004. – 200 b.