Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Ilmiy

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi  qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda hozirgi davr talablari asosida institutda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotishlarini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish, ta’lim muassasalari uchun Oliy pedagogik ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan, yuksak axloqiy, ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan pedagog kadrlar tayyorlash jamoaning asosiyvazifalaridan biri hisoblanadi. Institutda  jami 497 nafar  professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib shundan, 17 nafari fan doktori, 100 nafari fan nomzodi  ish olib boradi. Institut bo‘yicha ilmiy salohiyat 24 % ni tashkil etadi.  Bosh ilmiy mavzu  “Uzluksiz ta’lim tizimini texnologiyalashtirishning dolzarb muammolari”  bo‘lib, 2016 yil 26 fevraldagi № 5-sonli institut Kengashida tasdiqlangan.

          Institutida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida kafedralarning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 2015-2020 yillarga mo‘ljallangan istiqbol dasturi va rejalashtirilgan metodik ishlar va tayanch doktorantura (PhD) va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha kompleks istiqbol dastur tasdiqlangan (7+3 tizimi).

2016-2017 yillarga mo‘ljallangan yosh olimlar amaliy loyihalari tanlovida g‘olib bo‘lgan MUZ2015-0725140051 raqamli  “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tadbiq etish”  mavzusida f.f.n. G.Jumanazarova rahbarligidagi loyiha amalga oshirilmoqda.  Loyixani moliyalashtirish hajmi 19.000 mln. so‘m, loyixa bo‘yicha “Frazemalarning nutqda qo‘llanilishi” nomli monografiya (T.: Turon zamin ziyo 2017, 125 b), “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda iboralarni o‘rganish metodikasi” nomli uslubiy qo‘llanma tayyorlandi. Loyiha bo‘yicha xalqaro jurnallarda 2 ta, Respublika jurnallarida 1 ta maqolalar chop etilgan.  Xorijiy konferensiyalarda 3 ta va Respublika anjumanlarida  9 ta tezislar  chop etilgan. Institutning  Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Rossiya, Dubna shahri) bilan hamkorlikda   “02-1-1087-2009/2017 Issledovaniya po fizike relyativistskix tyajelыx i legkix ionov na Nuklotrone, SPS i SIS18”  mavzusidagi  shartnoma imzolandi. Shartnoma 19.05.2015 dan 31.12.2017 yilgacha amalga oshiriladi. Institut bilan Boshqirdiston davlat universiteti o‘rtasida 2016 yil 22 martdan boshlab 5 yillik shartnoma (№ 304.  22.03.2016 yil)  imzolandi.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2017 yil  20 apreldagi  “Oliy ta’lim tizimini  yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-2909-son Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib Moskva davlat pedogogika universiteti, Buyuk Britaniyaning Norvich instituti hamda  Qozoqistonning  Taraz davlat pedagogika institutlari bilan xamkorlik shartnomalari imzolandi. Ushbu hamkorliklar asosida ilmiy aloqalarni rivojlantirish, talaba, magistr, mustaqil izlanuvichilar va o‘qituvchilarning tajriba almashishlarini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

  • Institutimiz hozirgi kunda Moskva davlat pedagogika universiteti, Bashqiriston davlat pedagogika universiteti (UFA), Moskva davlat iqdisot, statistika va informatika universiteti, Yaderniy fizika instituti (Rossiya), Norvich (Buyuk Britaniya) va Taraz davlat pedagogika instituti (Qozoqiston) lari bilan xalqaro- ilmiy shartnomalarimiz bor.
  • Shartnomalar doirasida matematika o‘qitish metodikasi dotsenti O. Abdullaev 2017 yil 24 avgustdan 7 sentyabr kunlari Bashqiriston davlat universitetida ilmiy safarda bo‘ldi, safar natijasida institutidan ikki nafar talaba magistraturaga o‘qishga qabul qilindi.
  • Taraz davlat pedagogika institutining 2017 yil № 15-38/1-1099 sonli xatiga asosan 2017 yil 20 oktyabr kuni xorijiy tillar fakulteti dekani filologiya fanlari doktori, professor A. Mamatov Taraz davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi.
  • 2017 yil 31 oktyabrdan 5 noyabr kunlari Bashqiriston davlat universitetidan falsafa fanlari doktori, professor Salixov Gafur Gubaevich va biologiya fanlari doktori, professor Ishberdin Ayrat Rimovich tashrif buyirdi. Tashrif natijasida talabalar bilan maruza, seminar va master klasslar o‘tkazildi.

Institutda bugungi kunda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) faoliyat olib bormoqda:

  -03.00.05 – Botanika;

  -10.00.04 – Yevropa mamlakatlari tili va adabiyoti;

  -10.00.01-O‘zbek tili;

  -10.00.02-O‘zbek adabiyoti; 

ILMIY-TADQIQOT IShLARI NATIJALARI VA INNOVATSION LOYIHALAR

      Bugungi kunda institutning professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlari bilan doimiy ravishda shug‘ullanib keladi. Professor-o‘qituvchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish maqsadida yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy – uslubiy seminarlar tashkil etilgan. Pedagogika fakul’teti qoshida “Pedagogika fanining dolzarb muammolari va ta’limni texnologiyalashtirish” mavzusida, Fizika –matematika fakulteti qoshida “Yadro zarralar fizikasi” mavzusida, Tabiiy fanlar fakulteti qoshida “Tabiiy fanlar va ularni o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida, Xorijiy tillar fakulteti qoshida “Filologiya fanlarining dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy seminarlar faoliyat yuritadi. Barcha himoyaga chiqilayotgan tadqiqotchilar shu seminardan muhokamadan o‘tadi va unga himoya qilishga tavsiya beriladi. Seminarlarda SamDU, TDPU, O‘zMU, JPI, Jizzax viloyat PXQT va MOI, NavDPI, Qo‘qon DPI, Nukus DPI, Toshkent viloyati DPI hamda Jizzax harbiy oliy o‘quv yurtlaridan tadqiqotchilar qatnashadi.

2017 yilda ikkita pedagog-xodim fan doktori ilmiy darajasini (A.Nurmanov, G.Jumanazarova) xamda R.Yarmatov tayanch doktorantura (PhD) da ximoya qildi.

Institutda ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash sohasida 2017 yilda quyidagi o‘qituvchilar ximoya qilishi rejalashtirilgan:

  • Mirkomilov, R. Abdurasulovlar fan doktori ilmiy darajasini ximoya qilish uchun ixtisoslashgan Kengash huzuridagi seminarga taqdim etgan;
  • Abduvalieva, J.Ergashev, S.Axmedov, F.Rabbimova, N.Eshonqulova, O‘.Farmonov, F.Toshboev, Q.To‘xtamurod, A.Qurbonov, M. Muqimov, I.Rustamov, G‘.Abduraxmonov, A.Musaev, F.Jumaeva, D.Salimova, B.Boltaeva, M.Usmonov, O.Avalboev, X. Xamzaev, G.Azimovalar tayanch doktorantura bo‘yicha ximoya qilishuchun ixtisoslashgan Kengash huzuridagi seminarga taqdim etgan, (kafedralar tomonidan jami 250 nafar pedagogik-xodimning 2020 yilgacha ximoya qilish reja-grafigi ishlab chiqilgan);

Institutda t.f.d., prof.X.A.To‘raqulov, f-m.f.d.,prof.R.Bekmirzaev, b.f.n., prof. X.Mavlonov,  f.f.d., prof. M. Xolbekov, b.f.d., prof. U.Raxmonqulov, f.f.d., prof. Z.Pardaeva, f.f.d, prof.B.Ochilova, t.f.d., prof. F.Axmedshena, f.f.d., prof. U.Jumanazarovlar rahbarligida ilmiy maktab faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu maktablarda so‘ngi yillarda salmoqli ilmiy – tadqiqot ishlari bajarildi.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash

Institutda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha muntazam ishlar reja asosida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil  23 martdagi  “2017 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini tashkil qilish  va o‘tkazish to‘g‘risida”gi № 162-sonli buyrug‘iga asosan

“O‘zbek tili”  (umumkasbiy)  fanidan Respublika fan olimpiadasi  II bosqichi  2017 yil 12-13 may kunlari Jizzax Davlat pedagogika institutida o‘tkazildi. Institut rektorining 2017 yil 25 apreldagi 341–sonli buyrug‘iga binoan talabalar Respublika fan olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasining ish tartibi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. OTMlardan Respublika fan olimpiadasining II -bosqichida ishtirok etish uchun Respublika oliy o‘quv yurtlaridan 11 ta komanda tashrif buyurdi.

Respublika fan olimpiadalarida jami 2017 yilda institutning 5 nafar iqtidorli  talabalari:

  • xorijiy tillar fakulteti 1-kurs talabasi Ozotova Ozoda Azimboy qizi o‘zbek tili (umumkasbiy)  fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasida  birinchi o‘rinni;
  • xorijiy tillar fakulteti 1-kurs talabasi Kubaeva Nafisa Alisher qizi “Rus tili” (umumkasbiy) fanidan ikkinchi o‘rinni;
  • fizika-matematika fakulteti 4-kurs talabasi  Do‘stqulov Jahongir Muxiddin o‘g‘li “Informatika va Axborat texnologiyalari” (umumkasbiy) fanidan uchinchi o‘rinni egalladi.
  • Nizomning 6-bandiga ko‘ra olimpiada fanlari ro‘yhatiga kiritilmagan fanlardan o‘tkazilgan musobaqadafizika-matematika fakulteti 4-kurs talabasi Qayumova Sitora Norpo‘lat qizi va Maktabgacha va boshlang‘ich talim fakulteti 3-kurs talabasi Norova Nargiza Xalmamat qizi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2017 yil 28 sentyabrdagi № 698-sonli “2017/2018 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalarini (Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov) tayinlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan quyidagi talabalar Nomli Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi:

 Talabaning F.I.Sh. Yo‘nalishi Davlat stipendiyasi Ilmiy raxbari
1 Xidirova Maftuna Hasan qizi O‘zbek tili va adabiyoti Navoiy dos. N. Soatova
2 Ravshanova Adolat Ravshan qizi Biologiya o‘qitish metodikasi Navoiy dos. D.Imomova
3 Abdualimov Alisher Samandar o‘g‘li Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi Navoiy dos.N. Usmonov
4 Sindarov Bunyodjon Abduvohob o‘g‘li fizika – astranomiya o‘qitish metodikasi Islom Karimov prof. R.Bekmirzaev
 

Institutkafedralarida 25 ta fan to‘garagi faoliyat olib boradi va unda 1170 dan ortiq talabalar qatnashadi. Iqtidorli talabalar malakali professor-o‘qituvchilarga biriktirilgan va 2-kursdan boshlab bitiruv malakaviy ish mavzusi bilant a’minlanadi.

Ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi

So‘nggi 3 yil davomida  professor-o‘kituvchilar  tomonidan 7 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanma, 19 ta uslubiy qo‘llanma, 6 ta uslubiy ko‘rsatma, 7 ta monografiya, 140 OAK e’tirof etgan jurnallarda, 267 ta OAK e’tirof etmagan jurnallarda, 720 ta ilmiy anjumanlar to‘plamlarida, 160 ta xorijiy jurnallarda, 469 ta Respublika ilmiy anjumanlardagi tezislar, 160 ta xorijiy ilmiy anjumanlardagi tezislar chop etildi.

Institut professor-o‘qituvchilar tomonidan  5 ta ixtiro patenti olindi:

– Onlayn dars taqsimoti elektron qo‘llanmasi // O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi RASMIY AXBOROTNOMA. – Toshkent: – 2016. – № 2 (166). – B. 151. 08.06.2016 (Guvohnoma № DGU 03776)

– Informatika 5-sinf uchun elktron darslik  // O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi RASMIY AXBOROTNOMA. – Toshkent: – 2016. – № 5 (169). – B. 311-312. 21.06.2016 (Guvohnoma № DGU 03813)

– Windows -7 operatsion tizimi bo‘yicha elektron video darslik // O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi RASMIY AXBOROTNOMA. – Toshkent: – 2016. – № 5 (169). – B. 306-307. 05.04.2016 (Guvohnoma № DGU 03638)

– Integrativ yondoshuv asosida matematikani o‘qitishning dasturiy ta’limrti // O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi RASMIY AXBOROTNOMA. – Toshkent: – 2017. – № 2 (166).- B.331. 28.02.2017 (Guvohnoma № DGU 04195)

– Kompyuter grafikasi (elektron o‘quv-uslubiy majmua) // O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi RASMIY AXBOROTNOMA. – Toshkent: – 2017.- № 7 (195). –B. 234-235. 31.07.2017 (Guvohnoma № DGU 04513)

Innovatsion loyihalar

          O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda hozirgi davr talablari asosida institutda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish, ta’lim muassasalari uchun Oliy pedagogik ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan, yuksak axloqiy, ma’naviy fazilatlarga yega bo‘lgan pedagog kadrlar tayyorlash jamoaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Institut jamoasi so‘nggi yillarda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, uning amaliy samadorligini oshirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashishini jadallashtirish orqali o‘quv jarayonini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish bilan yangicha dunyoqarashga yega, jahon andozalariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlab yetishtirishga ye’tiborni kuchaytirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Maxkamasining «Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari ilmiy-tadqiqot ishlarimizda muhim dastur ulamal bo‘lib xizmat qiladi.

2017 yilda hamkorlik dasturiga muvofiq quyidagi ishlar amalga oshirildi:

         Institutimizdagi deyarli barcha fakultet va kafedralar respublikamizdagi yetakchi ilmiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatgan. Jumladan, Respublika Fanlar Akademiyasining Falsafa-huquq, Tarix, Til-Adabiyot institutlari, A. Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi, Fizika-quyosh IIChB, Kibernatika IIChB, Botanika instituti, Qori Niyoziy nomidagi PFITI bilan hamda UzMU, SamDU, Nizomiy nomli TDPU, SamDChTI, TDTU, O‘zDJTU, O‘zDJTI, FarDU, Navoiy DPI, Qo‘qon DPI, Nukus DPI, Toshkent viloyati DPI, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazlari bilan o‘zaro shartnoma asosida oliy malakali pedagog kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malkasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasining har yili chet el oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarida malaka oshirish uchun o‘tkazib kelayotgan grant tanlovlarida institutning bir qancha professor-o‘qituvchilar faol qatnashib kelishmoqda.