“Yuridik klinika” ruknidan
“Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–6313-son, 14.09.2021 y.).
Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 dekabrdan quyidagilar bekor qilinadi:
banklarga yetkazilgan mahsulot uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq;
davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulotlarni yetkazib berish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida to‘lovni oldindan belgilashga doir talab;
qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni belgilashga doir talab.
Ta’kidlansinki, ushbu bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan oldindan to‘lov va avans shartnoma taraflarining kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat berildi.
2022 yil 1 yanvardan:
➖ sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn auksionda sotuvga qo‘yilgan mol-mulk uni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobidan auksion g‘olibiga qarzlarsiz va taqiqlardan yechilgan holda topshiriladi. Bunda, mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganda qarzdorlikni to‘lash majburiyati uning sobiq egasi – qarzdor zimmasida qoladi.
Auksion g‘olibi tomonidan mulkni qabul qilib olmaslikning quyidagi hollarida zakalat puli auksion g‘olibi murojaat qilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida qaytarib berilishi shart:
auksionda sotilgan mol-mulk auksion ob’ektining ko‘rsatilgan texnik tavsiflariga mos kelmasa;
mol-mulk auksionda sotilgunga qadar uchinchi shaxslarning egaligiga o‘tib ketgan bo‘lsa va bu holat auksion yakunlanganidan so‘ng aniqlansa;
➖shartnomaning tarafi ikkinchi tarafdan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni to‘la yoki qisman bajarishini qabul qilgan yoxud shartnomaning amal qilishini boshqacha tarzda tasdiqlaganda, ushbu shartnomani keyinchalik haqiqiy emas deb topishni talab qilishga, agar bunday talab halollik prinsipiga zid bo‘lsa, haqli emas;
➖ xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan davlat xaridlari bilan bog‘liq tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar belgilanadi.
Shartnomaning tarafi va u tomonidan jalb qilingan shaxslar (yordamchi pudratchi tashkilotlar, agentlar va taraflar nazorati ostidagi boshqa shaxslar) tomonidan korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarga rioya etilmaganda, ikkinchi taraf shartnomani bir taraflama to‘xtatib turishga, bekor qilishga hamda zararni qoplab berishni talab qilishga haqli bo‘ladi;
➖ yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik to‘lanmaganda, soliq yoki bojxona organlari bankka to‘lovchining hisobvaraqlaridagi qarzdorlik summasiga teng miqdordagi pul mablag‘larini muzlatib qo‘yish va ularni o‘ttiz kalendar kunidan so‘ng undirish to‘g‘risidagi farmoyishni bu haqda to‘lovchini xabardor qilgan holda yuboradi.
Xabarnoma olingan paytdan boshlab o‘ttiz kalendar kun ichida to‘lovchi tomonidan ushbu farmoyish ustidan sudga shikoyat qilingan taqdirda, mijozning hisobvarag‘idan pul mablag‘larini chiqarish yoki chiqarmaslik sudning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
➖kommunal soha, energiya bilan ta’minlash, aloqa xizmati, yo‘lovchi va yuklarni tashish va boshqa shu kabi katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan ishlab chiqilgan ommaviy shartnomalar monopoliyaga qarshi kurashish organi bilan kelishilganidan so‘ng iste’molchilar bilan tuziladi.
Namunaviy shartnomalarni qonunosti hujjatlar bilan tasdiqlash amaliyoti bekor qilindi, qonun bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taraflar uchun majburiy bo‘lgan namunaviy shartnomalar tasdiqlanishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari orqali mahsulotlar oldi-sotdisi amalga oshirilayotganda va boshqa sohalarda bitimlar tuzishda eskrou tizimini joriy etiladi.
Fermer xo‘jaliklari va tayyorlov tashkilotlariga kontraktatsiya shartnomalarini axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron shaklda tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish tavsiya etildi.
2022/2023 ўқув йилидан ОТМда ўқитиш бўйича шартномалар электрон шаклда тузилади.
Фармонга кўра шунингдек:
хўжалик юритувчи субъектлар томонидан шартномалар тузишда қўллаш учун тавсиявий характерга эга бўлган коррупцияга қарши қўшимча шартлар ишлаб чиқилади;
шартномалар намуналари “yurxizmat.uz” махсус ахборот порталига жойлаштирилади.