Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

XALQ HUNARMANDCBILIGIDAN MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL QILISH VA O’TKAZISFI BO’YICBA AYRIM MULOBAZALAR 

Umarov R. T. o’qituvchi, Ravshanova Z. magistrant. A.Qodiriy nomidagi Jizzax DPU, Jizzax sh. O’rolova F. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi. Jizzax shahar 3-sonli umumiy o’rta ta’lim maktab  Respublikamizning mustaqilikka erishishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barcha sohalarida, jumladan yoshlarni kelajak hayotga, mehnatga tayyorlash ishiga bevosita ma’sul bo’lgan xalq ta’limini ham tubdan isloh qilishni taqozo etdi. O’sib kelayotgan barkamol avlodni kelajak hayotga tayyorlashda xalq ta’limini tizimining umumiy o’rta ta’lim maktablari bo’g’inidagi ta’lim-tarbiya mazmuni, tuzilishini yan gilash, ya’ni aynan Texnologiya fanining xalq hunarmandchiligi bo’yicha mashg’u lotlarni hozirgi zamon ruhida qaytadan ko’rib chiqish muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu maqolada asosan Texnologiya fanining xalq hunarmandchiligi bo’limida o’tiladigan mashg’ulotlarni mazmuni, tuzilishi, tarkibi va o’tkazilish uslubi haqida fikr yuritiladi. O’zbekiston Respublikasida yoshlarning mehnat va kasb tayyorgarligi tizimini amalga oshirida milliy, tarixiy hududiy, ma’naviy, madaniy va etnik xususiyatlarini yetarlicha ifodalash maqsadida umumiy o’rta ta’lim DTS va dastur ishlab chiqildi. U O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-   apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3 iyundagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ushbu uarorisa ko’ra umumiv o‘rta ta’limnins texnolosiva fani dan davlat ta’lim standarti va o‘Ouv dasturi Texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida(1-4 sinflarda) umumlashgan holda, 5-9-sinflarda 2 ta yo’nalishda olib borilishi belgilangan “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Bu yo’nalishlarning har birida xalq hunarmandchiligi nazarda tutilgan [1. 19-20 b.].   Texnologiya fanini o’qitishda xalq hunarmandchiligi sohalarini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli umumiy o’rta ta’lim maktablarining 2-9 sinflarida o’tiladigan texnologiya fani tarkibiga “Xalq hunarmandchiligi txnologiyasi” bo’limi kiritilgan. bo’lib, bunda xalq hunar mandchiligi kasblari hamda ishlarini o’rganish ko’zda tutilgan. Binobarin, hyech kimga sir emaski, ko’pchilik yoshlarning kelgusida kasb tanlashlari va o’z kasbining ustasi bo’lib yetishishlarida maktabda berilgan bilim, o’rganilgan mehnat malakalarining o’rni beqiyosdir. Shuning uchun ham hozirgi paytda texnologiya fanini o’qitish jarayoniga ham yangi o’qitish usullarini tatbiq etish davr talabidir. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi oldida mavjud o‘quv dasturlari asosida texnologiya ta’limi yunalishlari buyicha yog‘och, metal, gazlama va turli xildagi materiallarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik turlarini, qaysi tartibda o‘quvchilarga o’rgatish kerak degan muammoni hal qilish vazifasi turadi. Ko’p yillik tajribadan kelib chiqqan holda, o‘quvchi yoshlarni yosh xususiyatlari va hunarmandchilik texnologiyasi mohiyati bo’yicha milliy xalq hunarmandchilik soha larini quyidagi tartibda o‘qitilsa maqsadga muvofiq bo’ladi[3. 7-8 b.]:
  1. 5- sinflarda yog’ochga ishlov berishga asoslangan uymakorlikka oid yog‘och uymakorligi, beshikchilik, egarchilik, metalga ishlov berishga asoslangan degrezlik, zargarlik, chilangarlik, gazlamalarga ishlov berishga asoslangan kashtaluzlik buyiucha kashtachilik, choponchilik do‘ppichilik quroqchilik kabi hunarmandchilik sohalari bo’yicha tarixi, ularda tayyorlanadigan mahsulotlar haqida o’tilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
  2. 6- sinflarda yog’ochga ishlov berishga asoslangan sandiqchilik, aravachilik, karovot(suri)chilik, metalga ishlov berishga asoslangan pichoqsozlik, quymakorlik, rixnakorlik, gazlamalarga ishlov berishga asoslangan zarduzlik, suzanachilik, pardachilik kabi hunarmandchilik sohalarining tarixi, ularda tayyorlanadigan mahsulotlar haqida o’qitisa maqsadga muvofiq bo’ladi.
  3. 7- sinflarda yog’ochga ishlov berishga asoslangan savatchilik, buyrachilik, sandalchilik, kuvichilik, metalga ishlov berishga asoslangan misgarlik, qandakorlik, gazlamalarga ishlov berishga asoslangan gilamchilik, kunchilik, kiygizchilik kabi hunarmandchilik sohalari bo’yicha ularni tarixi, ularda tayyorlanadigan mahsulotlar haqida o’qitilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
  4. 8-9 sinflarda yog‘ochlarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik sohalaridan yog‘och uymakorligi, beshikchilik, aravachilik, egarchilik, sandiqchilik, sandalchilik, savatchilik, buyrachilik, karovot(suri)chilik, musiqa cholg‘u asboblarini tayyorlaydigan hunarmand chilik, mebelchilik, milliy rom va eshiklar, o‘y jihozlari tayyorlaydigan hunarmandchilik va boshqa hunarmandchilik sohalari bo’yicha kamida ikkitasini bevosita mahsulot tayyorlash asoslarilarni amaliy o’rgatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
  5. 8-9 sinflarda metallarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik sohalaridan degrezlik, pixtakorlik, quymakorlik, chilangarlik, zargarlik, pichoqsozlik, misgarlik, qandakorlik kabilar
  buyicha kamida ikkitasini bevosita mahsulot tayyorlashning texnologiyalarini amaliy o’rga tish maqsadga muvofiq bo’ladi.
  1. 8-9 sinflarda gazlamalarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik sohalari dan quroqchilik, kashtachilik, zarduzlik, choponchilik, do’ppichilik, gilamchilik, kiygizchilik, kun chilik, muynachilik, suzana-pardachilik kabilar buyicha imkon qadar ko’proq, hech bo’lmaganda ikkitasini bevosita mahsulot tayyorlashning texnologiyalarini amaliy o’rgatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
  2. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limi buyicha tashkil qilinadigan tugarak larda yosh avlodga turli xil materiallarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik sohalaridan ganchkorlik, haykaltaroshlik, kulolchilik, suyak va tosh uymakorligi, tandirchilik, qandolatchilik kabilarini o‘rgatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Agar qabul qilingan DTSlarga tahlil asosida etibor qilsak, har qanday hunarmand chilikni asosi va uni yuzaga chiqaradigan hamda bezash vazifasini bajaradigan naqqoshlik haqida kam e’tibor qilingan. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi buni e’tiborga olib, qaysi xalq hunarmanchiligi sohasi bo’lmasin, uni urgatishdan oldin o‘quvchilarga albatta naqqoshlik yoki naqshchilik haqida o’rgatish lozimdir. Chunki, qaysi xalq hunarmand chiligi sohasini olmang, unda tayyorlanayotgan buyum mahsulotini naqsh solmasdan mahsulotni bezak naqshsiz tayyorlay olmaydi. Shuning uchun texnolo giya ta’limi o‘qituvchisi hunarmandchilikda naqqoshlikni tutgan urni haqida o‘quvchilarga o’rgatish kerak bo’ladi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi o‘quv dasturlarini va ish rejalarini tayyorlash da ushbu qayd etilgan uzluksizlikni taminlaydigan samararviylik mezonini e’tibordan qochirmasligi kerak. Shunday ekan, bo’lajak texnologiya ta’limi o’qituvchisini tayyorlaydigan oliy ta’lim tizimi ham tayyorlash jarayonida talabalarni xalq hunarmandchilik sohalarini barchasi haqida to’liq o’quv materiallari asosida o’rgatishlariga to’g’ri keladi. Chunki oliy ta’lim tizimi etishtirib bergan tex nologiya fani o’qituvchilari qaysi maktabga borib ishlashlaridan qa’tiy nazar, maktabdagi texnolo giya ta’limi fanini milliy xalq hunar mandchili bo’limi buyicha samarali dars mashg’ulotlarini o’tishi lozim. Oliy ta’lim tizimida bo’lajak texnologiya ta’limi o’qituvchilariga xalq hunarmand chiligi fanidan dars mashg’ulotlarini olib boradigan o’qituvchilar milliy xalq hunar mandchilikni umymiy tomonlariga, bir- biriga yaqin tomonlariga, hunarmandchilikda ishlatiladigan umumiy ish qurollariga, hunarmandchilikda mahsulot tayyorlash texno logiyalarini umumiy va xususiy tomonlariga, hunar mandchilikda tayyorlanadigan mah sulotlarni o’xshashlik va farq qiladigan tomonlariga va boshqa hunarmandchiliklarni texnologik usullariga uslubiy va didaktik jihatidan e’tibor qilishlari kerak. Shuningdek, oliy ta’lim tizimida ushbu fan buyicha dars mashg’uloti olib boruvchi lar xalq hunarmandchilgini o’tmishdagi va hozirdagi mavjud ahvoli, hozirda mavjud xalq hunarmandchilik sohalari qanday  faoliyatda  ish  yuritayotganligi, hunarmandlar uyushmalarini   faoliyatlari bo’yicha bo’lajak texnologiya ta’limi o’qituvchilariga keng va mukammal o’quv dars materiallarini berishlari lozim bo’ladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, umumiy o’rta ta’lim maktablariga texnologiya ta’limi o’qituvchilarini tarbiyalab etishtirib beradigan oliy ta’lim tizimida xalq hunarmandchiligi bo’yicha amaliy mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tishda avvalom bor umumiy o’rta ta’lim maktfblaridagi texnologiya ta’limi bo’yicha o’qitishning samaravliylik mezoni va yuqorida keltirilgan ftkrlar e’tibordan chetda qoldirilmasa biz o’ylaymizki Texnologiya fani bo’yica mashg’ulotlarda yaxshi natijalarga erishiladi.       Adabiyotlar:
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
 
  1. Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3 iyundagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amali yotga joriy etish to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrug‘i
  2. Z.Murtozayev. Xalq hunarmandchiligi texnologiyalarini o‘qitish. O‘quv qo‘llan ma. —T.. «Fan va texnologiya», 2017, 188 bet.