Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

ZARRALAR FIZIKASINI O‘QITIShDA TALABALARNING EKSPERIMENTAL KO‘NIKMALARINI ShAKLLANTIRISh  p.f.b.f.d. (PhD), dos. v.b. Tugalov Farxod Qarshiboevich  (farxodtugalov@mail.ru) magistrant Boymurodova Go‘zal Abdumannon qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti  Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim mazmuni, uning strukturasi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, oliy ta’lim, ta’lim mazmunini zamonaviy bilimlar, maxsus malakali ta’lim bilan qurollantirib qolmay, fanlarning rivoji, ularning ilmiy-metodologik va g‘oyaviy negizlari bilan tanishtiradi. Shu bois, oliy ta’lim tizimidagi ta’lim jarayonini ijodiy loyihalashtirish pedagogdan yuksak mahorat, qobiliyat talab etadi. Ana shunday serqirra pedagogik komponentlardan biri – o‘qituvchining eksperimentatorlik qobiliyatidir. Hozirgi davrda har bir shaxs, nufuzli bilim sohibi bo‘lish bilan birga o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi lozim. Fizika ta’limida maxsus ko‘nikma sifatida eksperimental ko‘nikmalar qaraladi. Eksperimental ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish pedagogika oliy ta’lim muassasalari ta’limining talabalarni o‘qituvchilik faoliyatiga tayyorlashdagi asosiy vazifalaridan biridir. Eksperimental ko‘nikmalar deganda talabaning eksperimental tadqiqotni mustaqil bajarishini ta’minlovchi harakatlar majmui tushuniladi. Bular: eksperimentni rejalashtirish, qurilmani konstruksiyalash va uni ishga tayyorlash, hodisani kuzatish, o‘lchash ishlarini bajarish. Tadqiqotning har bir bosqichlari aniq xususiy ko‘nikmalarni talab qiladi. Masalan, «Eksperimental qurilmani yig‘ish» bosqichida talabalar quyidagi ko‘nikmalarni namoyon qilishi lozim: 1) jarayonni kuzatish; 2) o‘lchov asboblaridan foydalanish; 3) xatoliklarni aniqlash;             4) hisoblash ishlarini amalga oshirish va h.k. O‘z navbatida har bir xususiy ko‘nikmalar bir qator sodda amallar – ko‘nikma elementlariga bo‘linadi. Zarralar fizikasini o‘rganishda Standart modelida kvarklar, leptonlar va kalibrovka bozonlari elementar zarralar hisoblanishini tushunishdan iborat. Ularni fundamental zarralar deb ham atashadi. Kvark va leptonlar fermionlar hisoblanib, spinlari 1/2 ga teng. Kalibrovka bozonlar spini 1 ga teng. Fundamental fermionlar va bozonlar funksiyalari turlicha bo‘ladi. Fermionlar moddaning kichik tuzuvchi elementlari bo‘lishi bilan birga, fundamental ta’sirlashuvlarni ta’minlovchi maydon manbalari ham hisoblanadi. Kalibrovka bozonlari ushbu maydon kvantlari bo‘lib, ikki xil ko‘rinish – tajribalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatiladigan real zarralar, hamda virtual zarralar-ta’sir “tashuvchilari” ko‘rinishida bo‘ladi. Kvark va leptonlar har biri ikkita lepton (0 va -1 zaryadli) va ikkita kvarkdan (+2/3 va -1/3 zaryadli) iborat uchta avlodni tashkil qiladi. Talabalar bu to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirishlari eksperimental ko‘nikmalarning shakllanishiga olib keladi. Eksperimental ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida “Elementar zarralar xususiyatlarini AKT lari yordamida o‘rganish” laboratoriya ishini olib borishda, talabalarga nafaqat laboratoriya ishining maqsadiga erishishga, balki zarralarning fizik tavsiflarini, ularda saqlanish qonunlarining bajarilishini, materiyaning ichki tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishlariga imkon beradi, bu esa tahlil qilish va aniq xulosalar chiqarishni anglatadi. Muammoni talabaning o‘zi tahlil qilishi muammoli ta’limning elementi sifatida laboratoriya ishlarida talabalarning kognitiv – aqliy imkoniyatini faollashtiradi. Bugungi kunda pedagogika oliy ta’lim muassasalari fizika va astronomiya yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv fani sifatida kiritilgan «Umumiy fizika» kursi bo‘limlari bo‘yicha mavjud darsliklarda zamonaviy ma’lumotlar kiritilgan holda sistematik bayon qilingan. Fizika fanidagi rasional fikrlashlar har doim tajribadan olingan ma’lumotlarga asoslanadi. Fizika kursi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tuzilishi o‘quv muammosini ajratish va talabalarni ularning faol yechilishiga jalb qilishga qaratilishi kerak. O‘quv muammosi yechilishi tayyor namuna bo‘yicha olish mumkin bo‘lmagan masala, savol yoki topshiriq ko‘rinishida ifodalanadi. Bu yerda talabalardan mustaqillik va o‘zini-o‘zi namoyon qilishini talab qilinadi. Adabiyotlar
  1. Lyubimov A., Kish D. Vvedenie v eksperimentalnuyu fiziku chastis.-2- ye izd., pererab. i dop.- M.: FIZMATLIT, 2001.-272s.
  2. Perkins D. Vvedenie v fiziku vыsokix energiy. M.: Mir, 1991.
  3. Bekmirzaev R.N., Olimov Q., Xudoyberdiev G. Yadro va zarralar fizikasi 2-qism. Zarralar  Jizzax 2010. 128 bet.
  4. Okun L.B. Fizika elementarnыx chastis. M.: Nauka,1990.