Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Universitet haqida

Jizzax maftunkor tabiati, o’ziga xos iqlimi, betakror hayvonot va nabotot dunyosi bilan ajralib turuvchi go’zal vohadir. Vohaning maqtasa arzigulik diqqatga sazovor joylari juda ko’p, lekin siz ko’plab ziyolilarni tayyorlab bergan Jizzax davlat pedagogika universiteti haqida eshitganmisiz? Ilm maskani haqida nimalarni bilasiz?

Jizzax davlat pedagogika universtiteti 48 yoshda. Agar uni bir inson umriga qiyoslaydigan bo’lsak, demak, u navqiron va ayni kuchga to’lgan, shijoatli yoshdadir. O’zbekistondagi navqiron oliygohlardan biri hisoblangan ta’lim maskani 1974 yil tashkil topgan. Unga 1989 yil Abdulla Qodiriy nomi berilgan. 2 ta fakultetda 5 ta yo’nalish hamda 6 ta kafedra va 50 nafar professor-o’qituvchilar jamoasi va 425 nafar talabalar bilan ish boshlagan institut bugungi kunga kelib 13 ta fakultet va 41 kafedraga ega katta ilm dargohiga aylangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 21.06.2022 yil «Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida» gi PQ-289 sonli qaroriga ko’ra A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga, Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi. Ayni paytda Universitet rektori: pedagogika fanlari doktori. prof. Sh.S.Sharipov.

Jizzax davlat pedagogika universiteti raqamlarda

Bugungi kunda Universitetda 13 fakultet, 41 ta kafedra mavjud. Talabalar soni: 27 bakalavriat yo’nalishi kunduzgi bo’limda 11044 nafar, 11 ta bakalavriat yo’nalishi sirtqi bo’limda 7086 nafar, 20 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 1271 nafar magistrant mavjud. Professor o’qituvchilar : 836 nafarni tashkil etadi.

Universitet o’z faoliyati davomida viloyatimiz, respublikamiz ta’lim tizimiga malakali pedagoglar va ilmiy xodimlar tayyorlab berish kabi ezgu niyatni o’z oldiga maqsad qilib olgan.

Shahar ichidagi «shaharcha»…

Siz ham talaba bo’lgansiz. Talabalikning eng yorqin damlari Talabalar turar joylarida bo’ladi. Yana aytishadiki yotoqxonada yashamagan talaba u haqiqiy talabalik gashtini surmagan. Jizzax davlat pedagogika institutidagi TTJ bugun tubdan o’zgargan. Bundan bir necha yillar muqaddam o’ta abgor holdagi yotoqxonalar bugungi kunda ko’zni quvnatar darajada ta’mirlangan. Bugun jami 465 nafar talaba barcha sharoitlarga ega TTJ da istiqomat qilishadi. Shahar ichidagi shaharchaning o’ziga xos qonunlari bor. Bular tozalikka rioya qilish, barcha tadbirlarda faol bo’lishdir.

O’qituvchi aslida kim ?

Abdulla Avloniy: «Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir,» – degan. Demak, ustozlarning zimmasida juda ham buyuk mas’uliyatli vazifa yuklangan. Bu ham bo’lsa, kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama yetuk va barkamol, ma’nan va axloqan pok, vatanparvar va insonparvar insonlarni tarbiyalab chiqarish vazifasi. Saboq berish – mahorat, dars o’tish – san’at. Yaxshi pedagog bo’lish uchun o’z fanini chuqur bilishning o’zi yetarli emas. Shundaylar bor, o’z fanini yaxshi biladi, lekin uni boshqalarga o’rgata olmaydi. O’qituvchilik serqirra faoliyat, aslida. O’qituvchi deyarli har bir fan bo’yicha hech bo’lmaganda umumiy bilimlarni egallashi, yaxshi notiq, malakali psixolog, o’rni kelganda mahoratli aktyor ham bo’lishi kerak. Jizzax davlat pedagogika instituti o’z oldiga ana shunday yetuk mutaxassislarni tarbiyalashni maqsad qilib olgan.

Betakror a’nanalar

Har yerning o’z toshu tarzosi bo’lganidek universitetda ham o’ziga xos an’analar bor. Bu yerda har bir bayram o’zgacha shukuh bilan kutib olinadi. Ularning ichida eng go’zali bu Navro’z ayyomidir.

Navro’z yangilanish va yasharish bayrami. Qadimiy bahor bayram hisoblanmish Navro’z ayyomini institut talaba yoshlari va professor o’qituvchilar o’zgacha ishtiyoq bilan nishonlaydilar. Turli xalq o’yinlari va takrorlanmas urf-odatlarga boy bu bayram har yili mart oyi davomida nishonlanadi. Bahoriy tansiq taom – sumalak doshqozonlarda qaynatilib uning atrofida turli sport musobaqalari, aytishuv va bellashuvlar o’tkaziladi. Bir so’z bilan aytganda bu bayramni talaba yoshlar festivaliga ham qiyoslash mumkin. Eng iqtidorli talabalar, yosh o’qituvchilar turli yo’nalish va nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanishadi.

Sa’nat va sportda…

Sahna hayoti, kuy-qo’shiq va ijodni qadrlovchi talaba yoshlar uchun institutda turli to’garaklar va klublar tashkil etilgan. Jizzax davlat pedagogika instituting o’z xor jamoasi, cholg’u orkestri, «Yosh ijodkorlar» klubi va «Ilhom» teatr jamoasi E.Lutfillev nomidagi talabalar maqomchilar ansambli faoliyat yuritadi. O’z iqtidorini sinab ko’rib, yutuqlarga erishmoq istagida bo’lgan yoshlar uchun eshigimiz doimo ochiq. Turli sport musobaqalarida qatnashib qobiliyati va qiziqishni namoyon etmoqchi bo’lgan talabalar «Universiada» sport musobaqalari haqida eshitgan bo’lishsa kerak. Yurtimizdagi oliygohlar o’rtasida bo’lib o’tadigan ushbu musobaqalarda Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba yoshlari ham munosib ishtirok etishgan va ko’pgina faxrli o’rinlarin qo’lga kiritgan. 2021 yilda O’zbekiston yoshlari Osiyo chempionatini 8 ta oltin medal bilan yakunlashdi Ular orasida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari Jaxongir Zokirov hamda Nigina O’ktamovaning borligi universitet jamoasi uchun faxr. Dubay shahrida yoshlar o’rtasidagi o’tkazilgan Osiyo chempionati natijalariga ko’ra ikki nafar sportchi talabalarimiz Nigina O’ktamova hamda Jahongir Zokirovlar oltin medalni qo’lga kiritishdi. Shuni faxr bilan aytish joizki Nigina O’ktamova yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionatida qizlar orasida eng yaxshi bokschi deb tan olindi. Shuning bilan birga yaqindagina Qozog’istonda o’tkazilgan musobaqalardan birida Nigina O’ktamova yana birnchilikni qo’lga kiritib barchamizga quvonch nashidalarini hadiya etdi. Albatta bu biz faolyait yuritayotgan jamoa uchun faxr hisoblansa bo’lajak sportchi talabalarimiz uchun motivatsiyadir. Yana bir misol Turkiyada o’tkazilgan boks bo’yicha ayollar o’rtasidagi jahon chempionatida Aziza Yoqubova bronza medalini qo’lga kiritdi. Aziza Yoqubova Jizzax davlat pedagogika universitetining Jismoniy madaniyat fakultetining bitiruvchisi hisoblanadi. Bunday talabalarimiz bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz chunki u kattalar o’rtasidagi jahon chempionatlarida medal qo’lga kiritgan birinchi o’zbek qizi sifatida tarixda qoldi.

Yuz marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi deyishadi donolar… Vaqtni boy bermay BIR KELIB KETING UNIVERSITETIMIZGA… Sizni bilim va ziyo maskani, tamomila yangicha uslubda ish boshlayotgan, o’z imidjini o’zgartirish uchun dadil qadam qo’yayotgan Jizzax davlat pedagogika universitetida kutib qolamiz!!!