Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Maktagacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til kafedrasi

Kafedra mudiri:

G’aniyeva Xayriniso Baxtiyarovna

Dotsent
Telefon raqami:
+998 90 180 07 78
Elektron pochta:
khayrinisoganiyeva@gmail.com
Qabul kunlari:
dushanba-shanba, 14:00-18:00

Maktagacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til kafedrasi professor-o’qituvchilar tarkibi

Jami o’qituvchilar – 7 ta
Dotsent – 1 ta
Katta o’qituvchilar – 1 ta
O’qituvchilar – 3 ta
Stajyor o’qituvchilar – 2 ta

Usmonova Umida

katta o’qituvchi

Archaboeva Nargiza

o`qituvchi

Babadjanova Go’zal

o`qituvchi

Majidova Gulruh

o’qituvchi

Mamarasulova Iroda

stajyor o’qituvchi

Qurbonboyeva Dilfuza

stajyor o’qituvchi

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari: Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (tillar bo’yicha)
Kafedra mutaxassislik fanlari: Grammatika moduli, Asosiy o’rganilayotgan chet tili, Amaliy fonetika, Tili o’rganilaetgan mamlakatlar adabiyoti, Tilshunoslik, O’rganilayotgan tili nazariy aspektlari, Asosiy o’rganilayotgan chet tili (O’qish yozish amaliyoti), Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda ingliz tilini o’qitish metodikasi, Xorijda maktabgacha ta’lim, Asosiy o’rganilayotgan chet tili, Ingliz tili amaliy kursi, Ingliz tili nazariy aspektlari, Madaniyatlararo muloqot.
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim jismoniy tarbiya kafedrasi tarixi: Kafedra 2022-yil 5-sentabrdan, universitet maqomi berilgan ilk kunlaridanoq faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedra uch a’zo va bir kabinet mudiri bilan ish boshlagan. Bular katta o’qituvchi, kafedra mudiri G’aniyeva Xayriniso Baxtiyarovna, katta o’qituvchi Usmonova Umida Baxtiyorovna, o’qituvchi Archaboeva Nargiza Nasimovna va kabenit mudiri Xazratkulova Matluba Xudaykulovna. Keyinroq kafedraga o’qituvchilar Majidova Gulruh Kamariddinovna, Babadjanova Go’zal Baxtiyorovna, stajyor-o’qituvchilar Mamarasulova Iroda Jumanovna, Qurbonboeva Dilfuza Shukur qizilar kelishdi. Katta-o’qituvchi G’aniyeva X boshqarib kelmoqda. Kafedrada 60112600 – Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (tillar bo’yicha) yo’nalishida bakalavrlar tayyorlanadi. Hozirgi kunda kafedrada jami 8 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritishmoqda. Shundan, kafedrada 2 nafar mustaqil ilmiy izlanuvchilar katta o’qituvchilar G’aniyeva X, Usmonova U, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqda. G’aniyeva Xayriniso Baxtiyarovna 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. Punktuatsion belgilari pragmalingvistik xususiyatlarining qiyosiy tadqiqi (ingliz, o’zbek tilidagi matnlar asosida) mavzuidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini 2 bobigacha tayyor holga keltirgan. Usmonova Umida Baxtiyorovna 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. “Ingliz va o’zbek tili publitsistik matnlarining funksional-stilistik va pragmatik tadqiqi” mavzuidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim jismoniy tarbiya kafedrasi hamkorlik faoliyati: Kafedramizning 2022 yil oktyabrdan Belorussiya Respublikasi Baranovichskiy davlat universiteti bilan xalqaro hamkorlik shartnomalari mavjud. Shartnoma asosida ilmiy-pedagogik va ta’lim sohasida tegishli ishlar amalga oshirib borilmoqda. Filologiya fanlar nomzodi, dotsent Leon Olga Vyacheslavovna bilan xalqaro xamkorlik shartnomasi tuzilgan bo’lib, hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan, ular ishtirokida ta’lim jarayonini tashkil etilgan. Xalqaro hamkorlik shartnomalari mavjud. Shartnoma asosida ilmiy-pedagogik va ta’lim sohasida tegishli ishlar amalga oshirib borilmoqda. Jumladan Belorussiya Respublikasi Baranovichskiy davlat universiteti filologiya fanlar nomzodi, dotsent Leon Olga Vyacheslavovna Ingliz tili nazariy aspektlari fanidan master klass binar maruza darslari 2022 yil yanvar-fevral oylarida olib borilgan. Bundan tashqari xo’jalik va xamkorlik shartnomalari imzolangan. Shu bilan birga, Jizzax shahridagi 1-son Oygul bog’cha, 7-son Yulduzcha bog’cha, 8-son Nihol bog’cha, 10-son DMTT Do’stlik bog’cha, 29-son Xumo bog’cha, 37- son “Umid” IDUMI bog’cha, Afrosiyob Kuchi bog’cha, Jizzax viloyati IIB bog’cha, 1-son maktab, 2-son maktab, 3-son maktab, 4-son maktab, 6-son maktab, 19-son maktab, 21-son maktab, 25-son maktab, G’allaorol tumani 56-son maktablari bilan o’zaro hamkorlik shartnomalari imzolangan va unga ko’ra o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.