Кафедра узбекского языка и литературы
Kafedra mudiri:
Qosimov Usmonjon
Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD)Telefon raqami:
+(99893) 829 48 20
Elektron pochta:
murodmuzbel@gmail.com
Qabul kunlari:
dushanba-shanba, 14:00-18:00
O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilar tarkibi:
Jami o’qituvchilar – 13 ta
Katta o’qituvchilar – 1 ta
Fan nomzodi – 3 ta
O’qituvchilar – 2 ta
Falsafa doktori – 4 ta
Stajyor-o’qituvchilar — 3 ta
Jumayeva Zybayda
falsafa doktori (PhD)
Xidirov Otabek
falsafa doktori (PhD)
Fayzullayeva Dilnoza
katta o’qituvchi
Abdujalilova Feruza
o’qituvchi
Ne’matova Sapura
stajyor o’qituvchi
Jo’rayev Shukrullo
stajyor o’qituvchi
Kiryigitova Nigora
stajyor o’qituvchi
Sultonova Vazira
stajyor o’qituvchi
Sobirova Mohira
o’qituvchi
To’lisheva Gulzina
o’qituvchi
Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari:
O’zbek tili va adabiyoti
Kafedra mutaxassislik fanlari:
O’zbek folklori, O’zbek adabiyoti tarixi, Navoiyshunoslik, XX asr o’zbek adabiyoti, O’zbek bolalar
adabiyoti, O’zbek adabiyoti o’qitish metodikasi,Mutolaa madaniyati va ifodali o’qish, Jahon adabiyoti, MDH
davlatlari adabiyoti, O’rta Osiyo xalqlari adabiyoti, Badiiy tahlil asoslari, Folklorshunoslik, Adabiyot
fani o’qitishning tadqiqot metodi va metodologiyasi, Milliy uyg’onish davri adabiyoti.
O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi tarixi:
Kafedra 1974-yil 1-sentabrdan, institut tashkil topganining ilk kunlaridanoq faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Kafedra uch a’zo va bir laborant bilan ish boshlagan. Bular filologiya fanlari nomzodi, kafedra mudiri
A.Soliyev, dotsentlar V.Mirzayev, O.Jo’rayev va katta laborant S.Bobonazarov. Keyinroq kafedraga dotsentlar
Z.Xo’jayeva, O’.Nosirovlar kelishdi. O’qituvchilardan f.f.n.M.Karimov, U.Qosimov, F.Boynazarov, D.Akbarova,
A.Pardayev, Yu.Botirova va A.Oqmurodovlar faoliyat ko’rsatdilar. Shu yillar davomida dotsent A.Soliyev,
O’.Nosirov, Z.Xo’jayeva, M.Karimov, F.Boynazarovlar kafedrada mudirlik qildilar. O’zbek adabiyoti
kafedrasiga so’nggi yillarda dotsent I.Ikromov, o’qituvchilardan A.Tangirov, S.Yunusov, A.Hasanov,
Yu.Karimova va N.Soatovalar kelib qo’shilishdi. 1995-2005-yillarda f.f.n. dotsent U.Qosimov, 2005-
2011-yillarda dots. I. Ikromov, 2012-2017-yillarda f.f.n. Y. Karimova, 2017-2019-yillarda f.f.f.d(PhD)
T.Qo’chqorov, 2019-2022-yillarda f.f.d. Sh.Doniyariva, hozirgi kunda esa f.f.f.d (PhD) M.Jo’rayev boshqarib
kelmoqda. Kafedrada 5111200 – O’zbek tili va adabiyoti ta’limi yo’nalishida bakalavr, 5A111201 — O’zbek tili
va adabiyoti mutaxassiligidan magistrlar tayyorlanadi. Hozirgi kunda kafedrada jami 13 nafar
professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 7 nafar professor-o’qituvchilar ilmiy darajaga ega. Ilmiy
salohiyat ko’rsatkichi 57% ni tashkil etadi. Jumladan, 7 nafari fan nomzodi va falsafa doktorlari (PhD)
(Yu.Karimova, N.Soatova, Z.Mamadaliyeva, A.Tursunqulov, D.Salimova, M.Jo’rayev, P.Turopova), 1 nafar katta
o’qituvchi (S.Boysinov ) va 5 nafar o’qituvchilar (G.Qurbonova, I.Bo’ronov, D.Hakimova, G’.Israilov,
R.Saidova) faoliyat yuritishmoqda. Shuningdek, kafedrada 2 nafar tayanch doktorant (Sh.Axmedova- I bosqich),
(M.Xidirova-III bosqich) ITI bilan shug’ullanmoqda. Doktorant M.Xidirova ilmiy ishlarini muddatidan oldin
yakuniga yetkazib, 10.00.02-o’zbek adabiyoti mutaxassisligi bo’yicha “Tog’ay Murod asarlari poetikasi
(Milliy xarakter va uslub masalalari)” mavzuidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini tayyor holga keltirgan.
O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi hamkorlik faoliyati:
Kafedramizning Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi adabiyot instituti “Ozarbayjon-O’zbekiston-Turkmaniston adabiy
aloqalari”bo’limi hamda Janubiy Koreyaning Donguk xotin-qizlar universiteti qoshidagi Yevrosiyo
turkshunoslik instituti bilan xalqaro hamkorlik shartnomalari mavjud. Shartnoma asosida ilmiy-pedagogik va
ta’lim sohasida tegishli ishlar amalga oshirib borilmoqda. Jumladan Ozarbayjon fanlar akademiyasi huzuridagi
Nizomiy Ganjaviy nomidagi milliy adabiyot instituti professori Almaz Ulvi Binnatova tomonidan
2021-2022-o’quv yilida “Sharq adabiyotida Alisher Navoiy ijodining o’rganilishi” mavzusida Navoiyshunoslik
fanidan master klass binar maruza darslari olib borilgan.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi,
2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy va о’rtа maxsus ta’lim vazirining
202O-yil 3O-iyundagi «Oliy ta`lim muassasalari huzuridagi texnikumlar faoliyatini tashkil etish
to’g`risida”gi З55-sопli buyrug’i hamda institutning 2020-yiI 29-avgustda «Мirzаchо’l agrosanoat texnikumi,
G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis texnikumlarida tа’lim sifatini oshirish va o’quv-uslubiy yordam
ko’rsatish to’g’risida”gi 467-U sonli buyrug’i ijrosi hamda institut rektorining 2022 yil 10 maydagi 194-U
sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o`qituvchilari
2022 yil 18 may kuni Мirzаchо’l agrosanoat texnikumi hamda G’allaorol xizmat ko’rsatish va servis
texnikumlarida O`zbek adabiyotini o`qitish metodikasi kafedrasining filialini tashkil etishga kelishib
olishdi. Filialning ish rejasi hamda amalga oshirilishi lozim bo`lgan o`quv-uslubiy, ma`naviy-marifiy
tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Shu bilan birga JDPI akademik litseyi, Jizzax shahridagi 7-o’rta maktab, 26-o’rta maktab, H.Olimjon va
Zulfiya ijod maktabi hamda “Mening baxt uyim”nomli 29-mehribonlik uyi bilan o’zaro hamkorlik shartnomalari
imzolangan va unga ko’ra o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.