- ekologiyaning umume’tirof etilgan ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqish;
- uning tarixi, hozirgi holati va kelajak istiqbollarini turli miqyoslarda uyg‘unlashgan holda aniqlash; ekologik ma’naviyatli, ya’ni ekologik ongli va madaniyatli shaxsni tarbiyalash;
- Yer planetasi tabiiy resurslari va boyliklarini hisobga olish, baholash, kadastrlash, auditlashtirish va ekspertizalashni xalqaro miqyosda olib borish;
- davlat va jamiyat ekologik boshqaruv talablarini amalga keng joriy qilish;
- atrof tabiiy muhit muhofazasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yґlga qґyish, nodavlat tashkilotlari va jamoat uyushmalari nazoratini ґrnatish va ularni tavsiya kuchidagi ma’lumotlaridan ekologik boshqaruvda keng foydalanish mexanizmini ishlab chiqish; lokal (mahalliy), milliy, regional (mintaqaviy), global (kurraviy) miqyosda ekologik xavfsizlik monitoringini olib borish;
- davlat, davlatlar va xalqaro hamjamiyat tomonidan ekologik nazoratni tashkil etish va ularning ishlash mexanizmini yaratish; istiqbolga yґnaltirilgan ekologik reja va dasturlarni mamlakat, mintaqa va global miqyosda ishlab chiqish, qabul qilish va amalga tatbiq etish;
- mahalliy, milliy va xalqaro miqyosda ekologik-huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish, qabul qilish va ishlash mexanizmini yaratishj ekologik huquqbuzarliklar va ularning javobgarligini belgilovchi regional va global miqyosdagi ixtisoslashgan tergov, prokuratura va sud organlari tizimini yaratish; mahalliy, milliy, regional va global miqyosda faoliyat yurituvchi «ekologik tez yordam» tashkilotlari, jamg‘armalari, guruhlarini tuzish yoki ular faoliyatini faollashtirish; regional va global miqyosdagi ekologik tanglikdagi quruqlik hududlari (Orolbo‘yi, Chernobil, Fukusimo, Markaziy Afrika…) va suv akvatoriyalarini (dengizlar, transchegaraviy 23 daryolar, Orol dengizi, Balxash va Chad kґ..) insonlarning birgalikdagi harakatlari orqali hal qilish;
- ekologik terrorizmni oldini olish yo‘llarini ishlab chiqish; jamiyatni tabiatga nisbatan ekologik yoinki ekologikiqtisodiy munosabat shakllarini o‘rnatish va h.k.
VALEOLOGIK VA EKOLOGIK MADANIYATNING SHAKLLANTIRIShNING AYRIM JIHATLARI
ANNOTATSIYa
Mazkur maqolada valeologik va ekologik madaniyat ta’riflari keltirilgan. Ekologik maqsad, ekologik vazifalar, valeologik va ekologik madaniyatni singdirish xaqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: inson-shaxs valeologik va ekologik madaniyat, tabiat, insoniyat, muammo, salomatlik, sog‘lom turmush tarzi, madaniyat, tarbiya, atrof muhit.
ANNOTATSIYa
V dannoy state predstavlenы opredeleniya valeologicheskoy i ekologicheskoy kulturы. Obsujdayutsya ekologicheskie seli, ekologicheskie zadachi, valeologicheskaya i ekologicheskaya kultura.
Klyuchevыe slova: valeologicheskaya i ekologicheskaya kultura cheloveka, priroda, chelovechestvo, problema, zdorove, zdorovыy obraz jizni, kultura, vospitanie, okrujayuщaya sreda
«Odam a’zolari ilmini o‘rganmay turib kishi komil, iymonli va yetuk bo‘la olmaydi».
(Abu Ali ibi Sino)
Jahonda ta’lim XXI asrning barqaror taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilib, talabalarning ekologik-valeologik madaniyati ta’lim jarayoniga tadbiq etilgan. Insoniyatning barqaror rivojlanishi tushunchasi ehtiyojlar kelajak avlodlarga ziyon yetkazmagan holda qondirilsa insoniyatning eklogik-valeologik xavfsizligini ta’minlaydi. Barqaror rivojlanish tamoyillariga muvofiq yashash, ota-bobolarimiz va bobolarimizdan olgan yurtni avlodlarimiz uchun saqlab qolish, ya’ni tabiiy ekosistemalarda ekotizimga olib keluvchi o‘z – o‘zini boshqarish jarayonlarini saqlab qolish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Har qanday jamiyatning kelajagi o‘sayoggan yosh avlodga, ularning avvalo sog‘lig‘iga, vijdonli bo‘lib, xalqparvar, Vatanparvar bo‘lib yetilishiga, ilmli va bilimli bo‘lishiga, madaniy taraqqiyotiga bog‘lik. Shuning uchun ham ularning sog‘lom va baquvvat hamda aqliy rivojlanishda yuqoridagilardan tashqari ota-onasining sog‘lomligi, oila, jamiyat, iqgisodiy ahvol, madaniyati va atrof muhitining sog‘lomligiga bog‘likligi hech kimga sir emas. Shunday ekan har bir inson-shaxs o‘zini, o‘z organizmining tuzilishi haqida biroz o‘ylab ko‘rishi, bilishligi darkor.
Bizga ma’lumki, har kanday inson, jonzot va tabiatdagi barcha hayot tarzini o‘tayotgan narsa-hodisalar (er, suv, havo, barcha mavjudot va boshqalar) doimo xarakatda, xatgo biz uchun xarakatsiz bo‘lib ko‘rinayotgan barcha borliqlar ham bir-birlari bilan uzviy bog‘liq holda beto‘xtov harakatda. Shuningdek, ular vaqt o‘tishi bilan turli xil o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Hayot — bu doimiy xarakat demakdir. Maqsad esa — yashash uchun kurashishdan iborat. Bular hayotning — tiriklikning o‘ziga xos xususiyatlari qonunidir.
Shunday ekan odamzot ham dunyoga kelgach, esini taniganidan boshlab, o‘zini muhofaza kiladi, yashash uchun kurashadi va buning uchun ovkatlanadi, kelgusida zurriyot qoldirishga intiladi, doimo xarakatda, o‘zaro muloqatda bo‘ladi. Ishlab chiqarishning turli xil turlari va jabhalarida qatnashadi. Bunda biri oddiy fuqaro bo‘lsa, ikkinchisi unga rahbarlik lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Odamlar oilada, ishlab chikarishda, ko‘chada, ko‘yingchi har xil holatda, joylarda o‘zaro muloqatda bo‘ladilar, o‘ziga xos yaptash tarzi boshlanadi va turlicha namoyon bo‘ladi. Bunda xarbir insonning maksadi yaxshi yashashlik, sog‘lom bo‘lishlik va uzoq umr ko‘rishga intilishdap iborat bo‘ladi. Bunday maksadlarga erishish uchun, eng muhimi har bir odam avvalo o‘zligini anglashi lozim. «Sog‘lom turmush tarzi» ni xar bir odam o‘zi va o‘zgalar uchun barpo qilishi kerak. Aql-idrok bilan yashashlikka intilishi kerak. Barcha salbiy oqibatlarning kelib chiqishini oldini olabilishi lozim. Buning uchun eng avvalo oilada, keyin ishlab chiqarishda, ko‘cha-kuyda, transport va boshqa holatlarda yuksak madaniyat bilan yashashlikka intilishi, albatta sog‘lom bo‘lishlik va uzoq umr ko‘rishlikka zamin-asos bo‘lib hisoblanadi.
Bizga ma’lumki ekologiya va valeologiya keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir. Ekologik va valeologik madaniyat muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan.
Ekologiyaning maqsadi – hozirgi va kelajak avlodlar uchun barcha organizmlar yashash muhitining xavfsizligini ta’minlash. Ekologik xavfsiz yashash muhiti – organizmlar, jumladan insonlarning muayyan ekotizimlarda normal holatda ko‘payishi, o‘sishi va rivojlanishi uchun toza, sog‘lom va qulay atrof tabiiy muhit holati demakdir. Ushbu maqsadga erishmoq uchun, bizning fikrimizcha, quyidagi ekologik tusdagi vazifalarni bajarish talab etiladi: