Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘ZBEK ADABIYOTINING NODIR DURDONASI “QISSASI RABG‘UZIY” MA’NAVIY BARKAMOLLIK ASOSI

Dunyo xalqlari orasida o‘zbek xalqi eng ko‘p ma’naviy merosga ega bo‘lgan xalqlardan biridir. Bu ma’naviy meros ming yillar davomida xalqimiz uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Ularni xalqimiz uzoq vaqt davom etgan turli tazyiqlarga qaramay bugungi Mustaqillik kunlarigacha saqlab keldi. Xalqimizning ana shunday qadimiy ma’naviy merosidan biri Nosiruddin Rabg`uziyning “Qisasi Rabg`uziy” asaridir. U turkiy (o‘zbek) adabiyotda qissa janrining ilk namunasi hisoblanadi. Adabiyotshunos olim E.Fozilov ta’kidlashicha «Qisasi Rabg‘uziy» kitobiga yozgan so’z boshisida asar hijriy hisob bilan 710 yilning hut oyi va melodiy hisob bilan 1310 yilda yozilgan, deya ta’kidlaydi (I. 7-bet). Bunday xatolik hijriy-qamariy yilni melodiyga aylantirishdan kelib chiqqan. “Qisasi Rabg’uziy” 72 qissadan tarkib topgan. Asar hamda muqaddima, lirik kechinmalar va xotima kabi tarkibiy qismlardan iboratdir. Qissalar nasrda, ulardan joy olgan ba’zi lirik kechinmalar, hikoyatlarning xulosalari va asar xotimasi nazmda ijod etilgan. Nosiruddin Rabg`uziy Qur’oni Karimda payg’ambarlar haqida kelgan qissa va hikoyatlarni qayta ishlab, sayqal berib, takomillashtiigan. Manbalarda ta’kidlanishicha, ijodkor Qur’oni Karimda mayjud bo’lmagan qissalarni yozishda bir qator mumtoz sarchashmalardan, jumladan, Abu Is’hoq Nishopuriyning «Qisasul – anbiyo» asaridan va islom diniga oid boshqa manbalardan foydalangan (O’zbek adabiyoti tarixi, 1-tom, Toshkent,1978, 180-bet). Axborot manbalari bugungi kunda shu qadar takomillashganki, ta’lim jarayonida o‘qituvchi eng qulay, eng zamonaviy, eng qiziqarli, eng oson usullarni qo‘llash orqali o‘quvchiga zaruriy bilimlarni yetkazmasa, ko‘zlangan ТИЛ ҲӘМ ӘДЕБИЯТ 7 maqsadga erishishi qiyin. Bu undan nafaqat, o‘z fanining bilimdoni, balki o‘z kasbining fidoyisi, o‘rni kelganda aktyori bo‘lishini talab etadi. Ayniqsa, fan o‘qituvchisi darslarni tashkil etishda o‘tiladigan mavzuning mazmunidan kelib chiqib materiallarni o‘quvchilarga singdirish yo‘llarini, qaysi usullarni qo‘llash yaxshi samara berishini oldindan belgilab olishi maqsadga muvofiq. Ilg`or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash darslarning sifatini, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, ularni mustaqil ishlashga va ijodiy fikrlashga o‘rgatadi. Maktablarda va oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan barcha darslarning zamon saviyasiga mos kelishi va ta’lim samaradorligining ortishi o‘qituvchining mavzu materialini tasviriy va ovozli texnik vositalardan foydalanib, jonli obrazlar yarata olishiga bog`liqdir. Yangi asrda jamiyatning barcha sohalarini shiddat bilan qamrab olayotgan globallashuv jarayoni dunyo miqyosida adabiyotshunoslik va pedagogika fanining zimmasiga yangidanyangi vazifalarni yuklamoqda. Barchamizga ma’lumki, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarda badiiy adabiyot va pedagogikaning tarbiyaviy ahamiyati katta. Shunday ekan, fanning imkoniyatlaridan samarali foydalanish kompetensiyasini rivojlantirish masalasi bilan shug`ullanish zarurligi belgilab berildi. Asarda har bir qissadagi o‘ziga xoslik ularning kompozision qurilishida ham ko‘rinadi.Ulardagi bayonda xalq og`zaki ijodining bevosita ta’siri yaqqol ko‘zga tashlanadi.Shu jihatdan Sulaymon, Luqmon hakim, Nuh, Yusuf to‘g`risidagi qissalar xarakterlidir. Masalan, Sulaymon to‘g`risidagi qissaning o‘zi “Sulaymon bilan mo‘rcha” (chumoli), “Sulaymon bilan boyqush”, “Sulaymon va Samandun dev”, “Sulaymon va hudhud”, “Sulaymon va Bilqis”, “Sulaymon va burga”, “Sulaymondan hayvonlar tilini o‘rgangan kishi”, “Ho‘kiz bilan eshak” kabi nomlash mumkin bo‘lgan hikoyatlarga bo‘linadi. Bularning hammasi alohida- alohida kichik hajmdagi hikoyatlar bo‘lib, ularning har biri sujet liniyasiga ega. Ularning hammasi qo‘shilib Sulaymon to‘g`risidagi qissani to‘ldiradi, voqealarning rang-barangligini ta’minlaydi. Sulaymonning podshohlik shon-shavkati,dabdabasining tasviri esa xuddi sarguzasht xarakteridagi ertaklarni eslatadi. Bu qissadagi syujet liniyasi Sulaymonning payg`ambar, podshoh sifatidagi obro‘-e’tiborini yoritishga muvofiqlashgan bo‘lib, qissa yechimida esa uning oqil va odil shaxs sifatidagi fazilati namoyon bo‘ladi. Bu bilan Rabg`uziy Sulaymonning payg`ambar va podshoh sifatidagi mavqeining balandligi-yu, muhimi, uning inson sifatidagi yaxshi fazilatlarini namuna sifatida tasvirlaydi, shunday kishilarning hayoti, faoliyati, portreti, xatti-harakati o‘sha davr hukmronlariga o‘rnak bo‘lishi МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 8 ko‘zda tutiladi. Sulaymon Dovudning o‘g`liga podshohlik otasidan meros qoladi. Xudo farmoni bilan hayvonot-u parrandalar, ins-u jinslar, dev, parilar, shamol, bulut-hammasi Sulaymonga tobelik ko‘rsatadilar. Oltindan to‘qilgan beqiyos katta gilamda oltin taxt atrofida kumush kursilarda o‘tirgan vazir-u fuzalolari, jin-parilari, lashkarlari bilan Sulaymon istagan tomonga shamol yordamida uchib yuradi, qushlar uning boshiga soyabon bo‘ladi. Bu hikoyatlardagi voqealar bayonida Sulaymon payg`ambar to‘g`risida emas, birinchi navbatda, Sulaymon podshoh to‘g`risida gap borayotgandek seziladi. Sulaymonning payg`ambar sifatidagi karomati ko‘rinmaydi, u faqat xudoga iltijo qilish orqali turli shon-shavkatga erishib, dev-parilarni tobe qiladi. Vaholanki, payg`ambarlarga xos dinga da’vat etish bu qissalarda ko‘zga tashlanmaydi. “Qisasi Rabg`uziy”dagi personajlar portreti tasvirida xalq og`zaki ijodining ta’sir kuchi seziladi. Avtor tasvirida personaj real hayotiy kuchdan, ko‘rinishdan ko‘ra, ko‘proq fantastik qiyofadagi o‘ta bahodir, o‘ta yaxshi yoki o‘ta yomon xislatlarga ega holda namoyon bo‘ladi: Masalan, Yusufning akalaridan Yahudo na’ra tortsa, Misr xalqi hushsiz yiqilar ekan. Yoki Muso (payg`ambar)ning hassasi yerga sanchilganda mevali daraxt, dushmanga qarshi katta ilon, daryoga ko‘prik bo‘lish kabi xosiyatlarga ega ekan. Yana bir misol. Amalqa qabilasi odamlari g`oyat uzun bo‘ylik bo‘lib, Bani Isroil ularga o‘n ikkita baquvvat, novcha kishilardan elchi yuboradi. Ular ancha yurib bir kishining bog`iga kirib uzum eb tursa, egasi ularni tutib oladi va oltitasini bir engiga, oltitasini boshqa bir engiga solib shoh huzuriga olib boradi va yengini qoqadi. U yerdagilar hayron bo‘lib, bu qanday qo‘llik, oyoqlik qurtlar? – deb, kaftlariga olib, tomosha qiladilar. Shunday qilib, “Qisasi Rabg`uziy” XIII asr oxiri va XIV asr boshidagi o‘zbek adabiyoti tarixida proza janri taraqqiyotini belgilashda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorlikdir. Asar, undagi diniy qarashlardan qat’iy nazar, o‘zining u yoki bu darajadagi dunyoviy motivlari bilan XIII-XIV asr nasr namunasi va adabiy tili yodgorligi sifatida muhim qimmatga egadir. “Qisasi Rabg`uziy” asaridagi Dovud payg`ambar qissasida har bir kishi kasb-hunar bilan tirikchilik qilishi lozimligi mavzusi bayon qilinadi. Asarda aytilishicha, Dovud payg`ambar kechalari qo‘l ostilaridagi shaharni aylanib, o‘zlarini tanitmasdan odamlar bilan suhbatlashar ekanlar. Bir kechasi shahar aylanib yurib, bir kampirga duch keldilar. Undan podshoh “Dovud qanday?” deb so‘radilar. Kampir esa: “Dovud yaxshi podshohda, ammo uning kasbi yo‘q. Kasbi bo‘lmaganligi uchun uning tirikchiligi xalqning bo‘ynidadir. ТИЛ ҲӘМ ӘДЕБИЯТ 9 Aslida, kim bo‘lishidan qat’iy nazar tirikchiligini hamma o‘zi qilish kerak. Birovning bo‘yniga yukini ortishlik boshqa odamlarga zulm qilishlikdir”- deydi. Kampirning bu gapi Dovud payg`ambarga qattiq ta’sir qildi. Uylariga qaytib kelib, tong otguncha yig`ladilar va Alloh taolodan tirikchilik qilish uchun bir kasb berishni so‘raydilar. Shu sababli Alloh taolo Dovud payg`ambarga temirchilik kasbini beradi. Hazrati Dovudning qo‘llarida temir mumdek eriydi. Bu haqda asarda: “Aymishlar, Dovud yalavoch tunla o‘zin belgusiz qilib ra’iyatlardin so‘rar erdikim, podshoh sizning birla netak muomila qilur? Aytur erdilar: Yavloq odil turur. Bir kecha andog` so‘zlayurda Mavlo taolo bir farishtani izdi, bir qurtqa surati uza. Andin so‘radi: “Podshohingiz netak turur? ” teb. Qurtqa aydi: “yavloq odil turur, onchasi bor kishilar molin yeyur”. Dovud duo qildi: “Iziyo, manga bir harf o‘gratgil. Aning birla qazg`achimni yeyayin. Xalq mani so‘zlamasunlar”. Mavlo taolo bir taqachilik sanoatin anga o‘gratu berdi. Aymishlar, temur Dovud ilkinda mumtek yumshar erdi”. Darhaqiqat, “Qisasi Rabg`uziy” asaridagi Dovud payg`ambar qissasida har bir inson kasb o‘rganib, shu kasbi bilan o‘z tirikchiligini o‘tkazishi lozimligi uqtiriladi. Inson o‘z qo‘li kuchi, kasbi, mehnati bilan ajoyib narsalarni yaratadi. U inson kasbi bilan xalqning hojatini chiqaradi va uning olqishiga sazavor bo‘ladi. Qissasi Rabg`uziy asari turkiy xalqlar orasida tarqalgan. U payg`ambarlar haqidagi qissalardan iboratdir. Bu asar o‘zbek nasrining eng qadimiy namunalaridan biridir. Unda XIII asr oxiri XIV asr boshlaridagi o‘zbek adabiyotining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo‘lgan. Rabg`uziyning payg`ambarlar, olam va odam haqidagi qarashlarini badiiy jihatdan ifodalash uchun vosita bo‘lgan. Ularda adib olamning yaratilishi, tabiat va jamiyat hodisalari, insoniy munosabatlar borasida fikr yuritadi. Qissalar asosini tarixiy voqealar tashkil qiladi. Ular o‘z ildizlari bilan «Qur’on» va «hadis»larga, tarixiy manbalarga, xalq og`zaki ijodiga borib taqaladi. Ammo bularning hammasi birinchi navbatda, Rabg`uzuy badiiy tafakkur mevalaridir. Mavzu doirasiga ko‘ra asar qissalari juda rang- barang, xilma xil va yorqin tasvirlarga ega. Olamdagi butun mavjudot egasi bo‘lgan Allohni ulug`lash payg`ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, Vatan, vatanparvarlik, erk va adolat, ota-ona, farzand munosabatlari, sevgi-sadoqat, do‘stlik va hamjihatlik urush va tinchlik kabi mavzular shular jumlasidandir. Bular asardagi 72 bob qissalarda o‘z ifodasini topgan. Bu qissalarning hajmi turlicha. Masalan, «Qissasi Yusuf» salkam yuz sahifadan iborat bo‘lsa, «Lut» haqidagi qissa bir necha sahifadan iborat. Qissalarning ko‘pi hayot va qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi. So‘ng she’riy madh, keyin asosiy voqealar bayoni keladi. Ba’zi qissalar ichida yana mustaqil hikoya, rivoyat va naqllari ham bor, Masalan, МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 10 Yusuf qissasida bir necha hikoya, latifa, bayt, g`azal va boshqa janr namunalari uchraydi, ammo ular asarda olg`a surilgan asosiy g`oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi. Misol sifatida «Dovud haqida» gi qissa bilan tanishish mumkin. Qissa Dovudning ta’rifi bilan boshlanadi. So‘ng she’riy tavsif beriladi. Undan keyin Dovud payg`ambar haqidagi umumiy tasavvurlar bayon etiladi. «Dovud Yalavoch (payg`ambar) bani Isroildan erdi. O‘n qarindosh erdilar. Otalari Isho otlig` Dovud qomug`idan (barchasidan) kichik erdi. Tun-kun yig`layur erdi ibodat ichinda» Ko‘rinib turganidek Rabg`uziy nasrda nihoyatda sodda, lo‘nda, tushunarli, ta’sirchan ifodalarni topa olgan. Shuning uchun ham bu asar asrlar davomida qo‘ldan tushmay o‘qildi. Dovud bilan bog`liq hikoyalarda adib adolat va zulm, hunar egalari, ota-ona, farzandlar munosabati singari muammolarga asosiy e’tiborni qaratgan. «Aytmishlar, Dovud yalavoch tunla o‘zin belgusiz qilib raiyatlardin so‘rar erdikim, podshoh sizing birla netag muomala qilur? Aytur erdilar: “yavloq juda odil turur”. O‘zbek adabiyotidagi payg`ambarlar tasvirida Dovud va Sulaymon nomi ko‘p uchrab turadi. Ayniqsa, «Taxti Sulaymon» iborasi ko‘p qo‘llanadi. Rabg`uziyning yozishicha: «Taxti bir yig`och yer ichinda erdi. Ul taxtni oltun, kumush birla qilmish erdi. Sulaymonni chumolilar podshosi bilan suhbati hikoyasi katta ma’rifiy va axloqiy-ta’limiy ahamiyatga bog`liq hodisa hisoblanadi. Unda kishilik jamiyatiga xos bo‘lgan ayrim illat va kamchiliklar ustida so‘z boradi. Hikoyada Sulaymon katta mavqega ega bo‘lgan manman, kibrli, manfaatdor hukmdor sifatida gavdalanadi. Aksincha, qarinchqa chumolilar podshosi dono, tadbirkor, xalq g`amini yeydigan hukmdor sifatida gavdalanadi. Chumolilar podshosi sifatida Sulaymonni izza qilish tasviri kishining qiziqishini uyg`otadi. Rabg`uziy shaxs kamoloti faqat shaxsning jismoniy sifatlari bilan belgilanmasligini, buning uchun aqliy, ma’naviy belgilar mezon bo‘lishini ta’kidlaydi. Bu nodir asar, ya’ni “Qisasi Rabg`uziy” o‘zbek badiiy nasrining ilk namunalaridan bo‘lishiga qaramay, unda adib Nosiruddin Rabg`uziyning yuksak badiiy mahorati atroflicha namoyon bo‘lgan. Bu asar shunisi bilan ahamiyatliki, o‘zining ma’rifiy hamda badiiy estetik jihati bilan barcha avlodlarning ma’naviy kamoloti uchun xizmat qilishi uning cheksiz qadr – qimmatga ega ekanligining yorqin ifodasidir. Biz, pedagoglar o‘quvchilar ongiga bu noyob asarning bosh g`oyasini teran singdira olsak, yosh avlodni barkamol avlod ruhida tarbiyalagan bo‘lamiz. Shu o‘rinda “Qobil va Hobil“ hikoyasi ham insonni hayotda to‘g`ri yo‘l tanlay olishida, yomon illatlardan yiroq bo‘lishiga, ezgu fazilatlar egasi bo‘lishiga, hasad bilan emas, balki havas bilan yashash naqadar zavqli ekanligini tushunib yetishlarida xizmat qiladi, desak, to‘g`ri bo‘ladi. ТИЛ ҲӘМ ӘДЕБИЯТ 11 Asar insonlarni halol yashashga, insonparvarlikka, vatanni sevib, uning xizmatlariga labbay deb javob berishga tayyor turuvchi farzandlar bo‘lib kamol topishlariga xizmat qiladi. Demak, biz, pedagog – o‘qituvchilar qadimiy yozma yodgorliklarda ilgari surilgan g`oyalarni o‘quvchilar qalbiga singdira olsak, zimmamizdagi burchimizni bajargan va buyuk kelajak uchun yosh avlodni barkamollik ruhida tarbiyalashga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Adabiyotlar: 1. Adabiyot nazariyasi II jildlik, Ijild. 2. Lapasov J. «Mumtoz adabiy asarlar o‘quv lug`ati» T. «O‘qituvchi» 1994y 3. N.Burhonuddin Rabg`uziy «Qissasi Rabg`uziy» 1-nashr T. «Yozuvchi»1990y 4. B.Valixo‘jayev «O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi» T. 1993y» 5. Hojiahmedov A. «Mumtoz badiiyat malohati» Sharq 1990y 6. Nosiruddin Burhonuddin Rabg`uziy «Qissasi Rabg`uziy» Namrudning ko‘kka og`gan so‘zlari» hikoyati 7. I. Abdurahmonov B. To‘xliyev «Adabiyot» Ikitob 3nashr «Cho‘lpon» T 2012y (Majmua) l. Valixo‘jayev «O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi» T. 1993y РЕЗЮМЕ Ushbu maqola ta’lim samaradorligini yuqori bosqichga ko‘tarish hamda dars sifatini oshirishda uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olish, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi haqida batafsil yoritilgan. РЕЗЮМЕ Данная статья направлена на то, чтобы поднять эффективность образования на более высокий уровень и улучшить качество проведения уроков работниками системы непрерывного образования, педагогами-педагогами, эффективно использовать современные образовательные технологии в образовательном процессе, а также организовать воспитательную работу. Подробно объясняется важность творческого подхода к принятию решений. SUMMARY This article aims to raise the effectiveness of education to a higher level and to improve the quality of lessons by employees of the continuous education system, pedagogues-teachers, to effectively use modern educational technologies in the educational process, as well as to organize the educational process. It is explained in detail about the importance of a creative approach to decision-making.