Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINING KREATIVLIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI

Burxonov Rasul Ramilovich-Jizzax davlat pedagogika Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayon tarzida namoyon bo‘ladi. Kasbiy yetuklik insonni muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g‘oyalarining qaror topishi yoshligidan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi nafaqa yoshigacha bo‘lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq. Kasbiy ijodiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqish bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ harakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o‘zlashtirilishini talab etadi [2]. So‘nggi yillarda o‘quvchi, talabalarning kreativlik sifatlarini shakllantirishga oid salmoqli ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz shaxs (o‘zlarida hamda talabalar)da kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar. Ta’lim tizimini boshqarish organlari tomonidan har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishish maqsadida o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. O‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi, shaxsda kreatiqlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’nosini tushunib olish talab etiladi. Masalan, Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “Kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui” sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “Kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebaylning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada  noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir. Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat o‘qituvchilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishi-dan bexabarlar. Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: “Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir” Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Kreativ ruhda tashkil qilingan mashg‘ulotlarda har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi [1]. Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushuncha sini quyidagicha sharhlash mumkin: Shaxsning kreativligi uning tafak kurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi.Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi [3]. Xozirgi kunda ta’lim amaliyotining kreativ harakter kasb eta olmayotganligi bir qator tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan va buning sabablari hamda ularni bartaraf etish shartlarini quyidagilar bilan izohlash mumkin:  Ko‘p hollarda, o‘qituvchilar fanning faqat mazmuni bilan tanishadilar, biroq fikrlash jarayoniga katta ahamiyat, e’tibor va talablar qanday rivojlanishlari mumkinligi haqida hech qanday ma’lumot bermaydilar. O‘qituvchining ko‘rsatmani aniq bermasligi, darsga yondashuvining samaradorligi talabalar o‘quv faoliyatini oshirishga yo‘naltirilgan metod va strategiyalardan sezilarni darajada past foydalanadilar. Vaholanki, talabalarda fikrlash ko‘nikmasi bo‘yicha ko‘rsatmalarni aniq va tushunarli yetkazib berish uchun o‘qituvchi (tanqidiy, kreativ) fikrlash usullari, ko‘nikmalarni samarali shakllantirish yo‘llari bilan talabalarni tanishtirish orqali talabalar o‘quv faoliyatini nazorat qilish va uni yo‘naltirishi lozim. Bugungi kunda talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirishga quyidagi muxim yondashuvlar asosida erishish mumkin bo‘ladi: talabalarning yosh va individual xususiyatlari, jamoaning ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosligini inobatga olgan holda o‘quv-tarbiyaviy vazifa-larni aniq belgilash; ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarni asosli ravishda tanlay olish; talabalar tomonidan o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda materiallarni o‘zlashtirganlik natijalarini, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini aniqlay bilish; talabalarning bilishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyoj va faolliklarini rivojlantirish bo‘yicha turli ko‘rinishdagi ishlarni olib borish; darsda, darsdan tashqari sharoitlarda to‘garak, klub yoki jamiyatlarda turli tarbiyaviy ishlarni olib borish; ta’lim jarayonida turli ko‘rsatmali qurollar, zamonaviy texnik vositalar, axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish; o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini baholash va shaxsiy faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish kabi tizimli vazifalar amalga oshirilishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar
  1. 1. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 9.
  2. 2. Ilin Ye.I. Psixologiya tvorchestva kreativnosti odarennosti. Mastera psixologii. – SPb: «Piter», 2009. -S. 434.
  3. Hasanboev J., To‘raqulov X., Haydarov M., Hasanboeva O., Usmanov N. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – T.: «Fan va texnologiyalar», 2009.