Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Tarix fakulteti

tarix fakulteti

Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:

– Tarix va uni o’qitish metodikasi kafedrasi
– Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi

Fakultetda 2 ta yo’nalish mavjud:

– 60111100 Tarix va uni o’qitish metodikasi
– 60112100 Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi
Tarix fakulteti dekani

Akchayev Farruh Shavkatovich

Faoliyati: 2023-yildan
Telefon: +(99897) 644 84 44
Email: akchayev2402@gmail.com
Qabul vaqti: Chorshanba, payshanba 09:00–16:00

Jizzax davlat pedagogika universitetining Tarix fakulteti Sh. Rashidov tumani Pastki So’loqli MFY da joylashgan. Fakultetda jami 73 ta professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatadi. Ushbu fakultetdagi jami talabalar soni esa 724 nafardir.

Dars mashg’ulotlari 2 smenada, 1-smenada 1-3 kurs va 2-smenada 2-4- kurs talabalariga dars mashg’ulotlari olib borilmoqda. Bino joriy ta’mirdan chiqarilib, sharoitlar ancha yaxshilandi. O’quv auditoriyalaridan 2-qavatda 201, 203, 213, 214-auditoriyalarda 4 ta videoproyektorlar, 201, 204 va 214-xonalarda smart televizorlar, 1 ta 201-ma’ruza zaliga elektron doska, shuningdek 202, 203, 215, 216-xonalarda kichik televizor, 1-2-qavatga wifi qurilmalari o’rnatilgan. 1 ta kompyuter sinfi (205-xona) va 1 ta kutubxona mavjud. Kafedrada dunyoning top 500-o’rinni egallagan NGU (Rossiya) bilan 2021-yil 1-martdagi № 11-sonli shartnomasi asosida hamkorlik ishlari yo’lga qo’yilgan.

Talabalar uchun bugungi kunda ilm-fan yo’nalishida “Iqtidor”, “Yosh olima”, “Huquqshunos” to’garaklari, shuningdek, sport yo’nalishida kafedralardan biriktirilgan ustozlar rahbarligida shaxmat-shashka, stol tennis to’garaklari tashkil etilgan. 2022-yil fakultetimizning 3-bosqich talabasi Kavulov Jo’rabek “Alisher Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasini qo’lga kiritdi.