Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Musiqa madaniyati fakulteti

 

Musiqa madaniyati fakulteti

Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:

– Musiqa ta’limi kafedrasi.
– Vokal va cholg’u ijrochiligi.

Fakultetda 3 ta yo’nalish mavjud:

– 60111300 Musiqa ta’lim
– 60211400 Vokal san’ati (turlari bo’yicha)
– 60211500 Cholg’u ijrochiligi (turlari bo’yicha)
Musiqa madaniyati fakulteti dekani

Omonov Xasan Sulaymonovich

Faoliyati: 2019-yil 20-iyuldan

Telefon: +998 90 515 48 60

Email: omonovxasan354@gmail.com

Qabul vaqti: Chorshanba, payshanba 09:00–16:00

Fakultet 2019 yili O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-maydagi № 404 va Jizzax davlat pedagogika instituti rektorining 2019-yil 8 maydagi № 396-sonli buyrug’i asosida “San’atshunoslik” fakulteti tashkil etilgan. 30.06.2021-yilda fakultet nomi “Musiqa madaniyati” deb o’zgartirildi. Fakultet institutning madaniyat saroyida joylashgan. Hozirda fakultetda jami 12 ta o’quv xona 2 ta o’qituvchilar xonasi 2 ta kafedra mudiri xonasi mavjud. Fakultetda talabalar va professor – o’qituvchilar uchun barcha shart sharoitlar mavjud.

Fakultetda 46 nafar professor-o’qituvchilar va xodimlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning 1 nafari fani nomzodi, 1 nafari dotsent, 7 nafari katta o’qituvchi 14 nafari o’qituvchilar 13 nafar konsertmestr . Fakultetda hozirgi kunda 402 nafar bakalavr, 32 nafar magstir tahsil olmoqda. Fakultet o’qituvchilaridan biri Mamarasulzoda Zulxumor 2013-yilda “Nihol” mukofotini qo’lga kiritgan bo’lsa 2020-yilda “Shuhrat” medali sohibasi bo’lgan. 2019-2020 o’quv yilida 1 nafar talabamiz “Alisher Navoiy” nomidagi davlat stependiyasi sohibi bo’lgan. Musiqa madaniyati fakultetida iqtidorli talabalarning iqtidorlarini namoyon qilish va qo’llab-quvvatlash maqsadida “Iste’dod” nomli talabalar studiyasi tashkil etilgan. Fakultetda “Eson Lutfullayev nomidagi talabalar maqom ansambli”, “Xalq cholg’u orkestri”, “Dutorchi qizlar”, “San’at jozibasi” kabi to’garaklar faoliyat yuritib kelmoqda hamda QVZ jamoasi, Xor jamoasi va Orkestr jamoalari shakllantirilgan. To’garak a’zolari shu vaqtga qadar quyidagi yutuqlarga erishgan: Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazilgan “Talabalar teatri” festivalining hududiy bosqichida “Eng dolzarb mavzuda tanlangan asar” nominatsiyasini qo’lga kiritgan. Shukur Xolmirzayevning “Bodom qishda gulladi” asari asosida tayyorlagan spektakli bilan ishtirok etgan 4-kurs musiqiy ta’lim yo’nalishi talabasi Axmadov Yorqin “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasini qo’lga kiritgan.

Fakultetda tahsil olayotgan 2-bosqich talabasi Mavlonova Aziza “Bahor diydori” 2-onlayn Respublika tanlovida 1-o’rin sohibasi, Jo’raboyeva Shahzoda “Bahor diydori” 2-onlayn respublika tanlovida 1-o’rin sohibasi, O’razaliyev Shoxrux – Respublika miqiyosida o’tkaziladigan “Nihol” mukofoti viloyat bosqichida 1-o’rin, respublika yoshlar ishlari agentligi tomonidan o’tkazilgan “Yoshlar ovozi” respublika tanlovining viloyat bosqichida 1-o’rinni qo’lga kiritgan va respublika bosqichiga yo’llanma olgan. Shu bilan birga to’garak a’zolari “Muanbar navolar” 1-Xalqaro ko’rik tanlovida: 1. Akademik vokal yo’nalishi bo’yicha, 1-kurs magistr Quvvatova Nargiza. oliy darajali diplom; 2. Estrada cholg’u yo’nalishi bo’yicha, 3-kurs talabasi Yusupov Shaxzod 1 -o’rin; 3. Fortopiano yo’nalishi bo’yicha, 1-kurs talabasi Berdibekova Mashxura 2- o’rin; 4. An’anaviy xonandalik yo’nalishi bo’yicha, 2-kurs talabasi Haydarov Murodjon 2-o’rin; 5. Estrada xonandalik yo’nalishi bo’yicha, 1-kurs talabasi Ergasheva Rayhona 2-o’rin; 6. Akademik cholg’u ijrochiligi yo’nalishi bo’yicha, 2-kurs talabasi Mavlonova Aziza 3-o’rinlarni qo’lga kiritgan. Fakultet qoshida tashkil etilgan “Talabalar maqom ansambli” jamoasi “Vatan taraqqiyotida mening hissam” Respublika tanlovining Jizzax viloyat bosqichida “Milliy maqom va milliy estrada” yo’nalishida 1-o’rin va Xoshimxonov Muxiddinxon “Botir Zokirov davomchilari” Respublika ko’rik tanlovi Jizzax viloyat bosqichida 1-o’rinni qo’lga kiritgan. Institut talabalari o’rtasida o’tkazilayotgan “Yil talabasi” tanlovida fakultetning 3-kurs talabasi Botirjonov Muxammadsardor “Yilning eng faol targ’ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo’yicha ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritgan. Fakultetda “Osiyo san’ati” nomli elektron jurnal faoliyati yo’lga qo’yilgan. Har oyda professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan 50 dan ziyod maqolalar taqdim etib kelinmoqda.