Skip to main content

Yangi o'quv yili boshlandi!

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2022/2023-o'quv yili boshlandi

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni

Mashaqqatli kasbingizda ulkan muvaffaqiyat tilaymiz, aziz ustoz va murabbiylar!

Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi

Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i:
Mo’minov Ilhom Urdushovich

Telefon: +(99872) 226 67 98

Elektron manzil: muminovilhom38@gmail.com

Qabul kunlari: dushanba — shanba 09:00-18:00

Uralov Baxriddin ХХХ

Marketolog

Telefon: +(99872) 226 67 98

Ne’matova Ra’no Nuriddin qizi

Bosh mutaxassis

Telefon: +(99872) 226 67 98

Xusanova Marxabo Xolmurodovna

Bosh mutaxassis

Telefon: +(99872) 226 67 98

Ravshanov Sunnat Ravshan o’g’li

Bosh mutaxassis

Telefon: +(99872) 226 67 98

Ochilov Azizjon Shuhrat o’g’li

Bosh mutaxassis

Telefon: +(99872) 226 67 98

Bo’limning maqsad va vazifalari:

  • Institutda tayyorlanayotgan oliy ma’lumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o’rganish asosida ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
  • Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o’z ichiga olgan holda ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo’lgan tashkilotlar – davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to’liq ma’lumotlar bankini yaratish.
  • Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni Institut Kengashida muhokamaga qo’yish uchun kiritish, bu borada Institutning tegishli bo’limlari bilan hamkorlik qilish.
  • Institutda kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish.
  • Institut bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash.
  • Ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko’maklashish, yosh mutaxassislarga bo’lgan talab ko’rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.
  • Institut joylashgan hududdagi muassasa, korxona va tashkilotlarining kadrlarga bo’lgan real ehtiyojlari qondirilishiga institut faoliyatini yo’naltirish.
  • Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha raqobatli ta’lim xizmatlarining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan xizmatlar bozori konyukturasining o’zgarishini tahlil qilib borish hamda yangicha rivojlanish yo’nalishlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash.
  • Oliy ta’lim tizimida marketing xizmati jarayonlarining tez o’zgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan o’zaro bog’liqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (iste’molchilar) bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy ma’lumotli yosh mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini hududlar bo’yicha o’rganish.
  • Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish bo’yicha takliflar ishlab chiqish.
  • Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik va aloqa o’rnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa ma’muriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati to’g’risidagi fikrlarini o’rganib borish.
  • Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash yo’nalishlari va ta’lim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash bo’yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
  • Yosh mutaxassislardan kadrlar iste’molchilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanilishiga ko’maklashish.
  • Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini Institut Kengashida muhokama qilish.
  • Kadrlar tayyorlashda mutaxassislik kafedralari va iste’molchi (buyurtmachi) korxonalar hamkorligini ta’minlash.
  • Bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin bo’lgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga ko’maklashish.
  • Belgilangan muddatlarda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga institutning joriy yildagi bitiruvchilari to’g’risida ta’lim yo’nalishlari (mutaxassisliklar), ishga yo’llanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) hamda hududlar kesimida shakllantirilgan ma’lumotlarni taqdim etib borish.
  • Mehnat bozori konyunkturasini o’rganish, qabul parametrlariga takliflarni iste’molchilarning bitiruvchilarga bo’lgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yo’naltirish to’g’risidagi institutning ma’lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni o’z vaqtida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etib borish.
  • Bitiruvchilarni iste’molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis to’g’risidagi tavsiya va takliflarini e’tiborga olgan holda taqsimlash.
  • Talabalar amaliyotini tashkil etish bo’yicha korxona, muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish hamda shartnomalar imzolash.
  • Talabalar amaliyotini ta’lim yo’nalishi va mutaxassislikka mos korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etilishini ta’minlash.
  • Talabalar amaliyotini korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini o’rganish, o’rganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib Institut rahbariyatiga taqdim etib borish.
  • Talabalar amaliyotini tashkil etish bo`yicha ilg’or xorijiy va milliy tajribalarni o’rganish hamda uni tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
  • Talabalar amaliyotini tashkil etilish yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
  • Ta’lim xizmatlari eksportini tashkil etish bo’yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bo’limning tuzilishi va moliyaviy ta’minlanishi:

  • Bo’lim xodimlarining soni oliy ta’lim muassasalarining namunaviy shtatlari asosida belgilanib, rahbarlikni boshliq amalga oshiradi. Bo’lim xodimlarining shtat jadvali belgilangan tartibda rektor tomonidan tasdiqlanadi.
  • Bo’lim xodimlarining ish haqi (razryad)lari oliy ta’lim muassasasi uchun belgilangan lavozimlar miqdorida tasdiqlanadi va bo’limning ish natijalariga ko’ra, rektor tomonidan belgilangan tartibda byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan ustama belgilanishi mumkin.

Bo’lim faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish:

  • Institut tashkiliy tuzilmasi bo’yicha bo’lim o’quv ishlari bo’yicha prorektorga bo’ysunadi.
  • Bo’lim o’z faoliyati natijalari bo’yicha Institut Kengashida har yili kamida bir marta hisobot beradi.
  • Bo’lim tegishli ma’lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.
  • Bo’lim faoliyati Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va o’rnatilgan tartibda nazorat qilinadi.