Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Umumiy pedagogika kafedrasi

 
Kafedra mudiri:

Kushvaktov Nemat Xusanovich

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon raqami:
+998 93 301 33 35
Elektron pochta:
nkushvaktov@amail.ru
Qabul kunlari:
dushanba-shanba, 14:00-18:00

Umumiy pedagogika kafedrasi professor-o’qituvchilar tarkibi:

Jami o’qituvchilar – 21 ta
Katta o’qituvchilar – 9 ta
Fan nomzodi – 6 ta
O’qituvchilar – 6 ta

Atamurodova Rohila

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Jumanazarova Dilnoza

pedagogika fanlari nomzodi dotsent.

Xamzayev Haqnazar

falsafa doktori (PhD), v/b. dotsent.

Primov Sherzod

falsafa doktori (PhD), katta o’qituvchi.

Yunusov Dilshod

falsafa doktori (PhD), katta o’qituvchi.

O’ralova Odina

katta o’qituvchi

Pardayeva Komila

katta o’qituvchi

Muhammadiyea Sayyora

katta o’qituvchi

Isaqulov Mamadoli

katta o’qituvchi

Boyturayeva Nasiba

katta o’qituvchi

Sanaqulova Zilola

katta o’qituvchi

Munarova Ra’no

katta o’qituvchi

Soyibnazarova Muqaddas

katta o’qituvchi

Sheranova Maryam

katta o’qituvchi

Siddiqova Sanobar

o’qituvchi

Sodiqova Dilfuza

o’qituvchi

Egamnazarov Murod

o’qituvchi

Axmedova Shohida

o’qituvchi

Sadriddinova Feruza

o’qituvchi

Zokirova Umida

o’qituvchi

Musayeva Umida

o’qituvchi

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari: Barcha ta’lim yo’nalishlari.
Kafedra mutaxassislik fanlari: Umumiy pedagogika.
Umimiy pedagigika kafedrasi tarixi Kafedra dastlab 1974 yildan boshlab «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi nomi bilan ish boshlagan. 1974-1988 yillar davomida kafedraga prof. X.Jo’raev, dots. Z.Hamdamova, katta o’qituvchi Z.Xo’jaaxmedovlar rahbarlik qilgan. 1988-1990 yillarda Pedagogika va Psixologiya kafedrasiga dotsent X.T.SHodiev rahbarlik qilgan. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 1990 yil 10 noyabrdagi, institut ilmiy kengashning 1990 yil 13 noyabrdagi majlisining qarori bilan kafedra ikkiga ajratiladi yani Pedagogika kafedrasi aloxida, Psixologiya kafedrasi aloxida nom bilan ish boshlashdi. SHu davrdan boshlab 2006 yilga qadar pedagogika kafedrasiga pedagogika fanlari nomzodi X.K.Payzimurodov, Psixologiya kafedrasiga psixologiya fanlari nomzodi dotsent X.T.SHodievlar mudirlik qilib kelishdi. Bu davr maboynida ham kafedra har tomonlama katta muvaffaqiyatlarga erishdi deya olamiz. 2006 yilning boshidan noyabr oyiga qadar, ya’ni umrining so’ngi kunigacha Pedagogika kafedrasini pedagogika fanlari nomzodi, dotsenti Q.Karmishev boshqarib, uning har tomonlama tarkib topishiga, ilmiy salohiyatning yuksalishiga o’zining katta hissasini qo’shdi. 2006 yilning dekabr oyidan boshlab 2008 yilgacha kafedraga katta o’qituvchi M.SHeranova rahbarlik qilib keldi. Bu davrda ham kafedra ilmiy salohiyat bo’yicha katta yutuqlarga erishdi. Jumladan, N.Kushvaktov nomzodlik diplomiga ega bo’ldi. SHuningdek, Pedagogika mutaxassisligi bo’yicha 12 ta magistrant o’z magistirlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishib magistirlik diplomlarini olishdi. SHulardan 6 tasi shu kafedrada o’z faoliyatini boshlashdi. Mazkur kafedraga 2008 yildan boshlab 2013 yil aprel oyiga qadar p.f.n. N.Kushvaktov rahbarlik qilib kelish bilan birgalikda kafedraning har tamonlama yuksalishiga o’zining katta xissasini qo’shib keldi. Bu vaqtlar ichida ya’ni 2009 yil dekabr oyida S.Aliqulov nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Xuddi shuningdek “O’zbekiston madaniyati va san’ati jamg’armasi” tamonidan tashkil etilgan “Pedagogik dasturlar-2008” tanlovida g’olib bo’ldi. Kafedraga 2013 yil 16-aprel kunidan boshlab 2015 yil mart oyiga qadar filalogiya fanlari nomzodi, dotsent N.U.Usmanov rahbarlik qilib keldi. Rahbarlik qilish bilan birga barcha kafedrada intelektual salohiyatli kadrlar tayyorlash masalasiga e’tiborni qaratmoqda. Jumladan, kafedra o’qituvchisi O’.Farmonov O’zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutiga maqsadli katta ilmiy xodim-izlanuvchilikka jo’natildi. 2015-yil 28-fevralda Xalq ta`limi vazirligi qaroriga binoan Umumiy pedagogika va Umumiy psixologiya kafedralari birlashtirilib “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi tashkil etildi. Natijada kafedra jamoasi kengayib ilmiy salohiyat va o’quv tarbiya ishlari yanada yuqori darajaga olib chiqildi. Kafedra mudiri sifatida dotsent N.U.Usmanov ish olib bordi. 2015 yil noyabr oyidan boshlab kafedrani dotsent A.Tangirov boshqarish bilan birga kafedraning har tomonlama ravnaq topishiga o’zining katta xissasini qo’shib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 25/36 dan ortiq o’qituvchi, 10/13 dan ortiq katta o’qituvchi, 7 ta dotsent, fan nomzodlari samarali mehnat qilib kelishmoqda. 2020-yil 6-sentyabrdan boshlab kafedra Boshlang’ich ta’lim fakulteti tassaruufidan, Pedagogika va psixologiya fakulteti tassaruufiga o’tkazildi, kafedraga pedagogika fanlari nomzodi dotsent N.H.Kushvaktov mudir etib tayinlandi. SHu vaqtlar mobaynidan kafedraning ilmiy salohiyati 20 foizga ko’tarildi. Jumladan: H.Hamzaev, H.Sodiqov, D.YUnusov, SH.Primovlar ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishgan bo’lsa, N.Boyto’raeva, D.YUnusov, Sadriddinova F , Egamnazarov M, Zokirova U, M.SHeranovalar fakultet ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda o’z ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, o’z hujjatlarini ilmiy seminardan o’tib. Himoya qilish uchun ilmiy kengashga topshirishdi.
Umumiy pedagogika kafedrasi hamkorlik faoliyati: Kafedramizning M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti bilan xalqaro hamkorlik shartnomalari mavjud. Shartnoma asosida ilmiy-pedagogik va ta’lim sohasida tegishli ishlar amalga oshirib borilmoqda. Shu bilan birga JDPI Jizzax shahridagi 18, 23 -o’rta maktab, 29-mehribonlik uyi bilan o’zaro hamkorlik shartnomalari imzolangan va unga ko’ra o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.