{"id":37565,"date":"2023-03-11T12:29:21","date_gmt":"2023-03-11T07:29:21","guid":{"rendered":"https:\/\/jdpu.uz\/?p=37565"},"modified":"2023-05-11T12:32:38","modified_gmt":"2023-05-11T07:32:38","slug":"%d1%80%d1%83%d1%81%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-valeologik-va-ekologik-madaniyatning-shakllantirishning-ayrim-jihatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jdpu.uz\/ru\/%d1%80%d1%83%d1%81%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-valeologik-va-ekologik-madaniyatning-shakllantirishning-ayrim-jihatlari\/","title":{"rendered":"\u00a0\u00a0VALEOLOGIK \u00a0VA EKOLOGIK MADANIYATNING \u00a0SHAKLLANTIRIShNING\u00a0 AYRIM JIHATLARI"},"content":{"rendered":"<p><strong>ANNOTATSIYa<\/strong><\/p>\n<p>Mazkur maqolada\u00a0 valeologik va ekologik\u00a0 madaniyat ta\u2019riflari keltirilgan. Ekologik maqsad, ekologik vazifalar, \u00a0valeologik va ekologik\u00a0 madaniyatni singdirish \u00a0xaqida\u00a0 fikr yuritiladi.<\/p>\n<p><strong>Kalit\u00a0 so\u2018zlar<\/strong>:\u00a0 inson-shaxs valeologik va ekologik madaniyat,\u00a0\u00a0 tabiat,\u00a0 insoniyat,\u00a0 muammo, salomatlik,\u00a0 sog\u2018lom turmush tarzi, madaniyat, tarbiya, atrof muhit.<\/p>\n<p>ANNOTATSIYa<\/p>\n<p>V dannoy state predstavlen\u044b opredeleniya valeologicheskoy i ekologicheskoy kultur\u044b. Obsujdayutsya ekologicheskie seli, ekologicheskie zadachi, \u00a0valeologicheskaya i ekologicheskaya kultura.<\/p>\n<p><strong>Klyuchev<\/strong><strong>\u044b<\/strong><strong>e slova:<\/strong> valeologicheskaya i ekologicheskaya kultura cheloveka, priroda, chelovechestvo, problema, zdorove, zdorov\u044by obraz jizni, kultura, vospitanie, okrujayu\u0449aya sreda<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00abOdam a\u2019zolari ilmini o\u2018rganmay turib kishi komil, iymonli va yetuk bo\u2018la olmaydi\u00bb.<\/strong><\/p>\n<p><strong>(Abu Ali ibi Sino)<\/strong><\/p>\n<p>Jahonda ta\u2019lim XXI asrning barqaror taraqqiyotini ta\u2019minlovchi asosiy omil sifatida e\u2019tirof etilib, talabalarning ekologik-valeologik madaniyati ta\u2019lim jarayoniga tadbiq etilgan. Insoniyatning barqaror rivojlanishi tushunchasi ehtiyojlar kelajak avlodlarga ziyon yetkazmagan holda qondirilsa insoniyatning eklogik-valeologik xavfsizligini ta\u2019minlaydi. Barqaror rivojlanish tamoyillariga muvofiq yashash, ota-bobolarimiz va bobolarimizdan olgan yurtni avlodlarimiz uchun saqlab qolish, ya\u2019ni tabiiy ekosistemalarda ekotizimga olib keluvchi o\u2018z \u2013 o\u2018zini boshqarish jarayonlarini saqlab qolish bo\u2018yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Har qanday jamiyatning kelajagi o\u2018sayoggan yosh avlodga, ularning\u00a0 avvalo sog\u2018lig\u2018iga, vijdonli bo\u2018lib, xalqparvar, Vatanparvar bo\u2018lib yetilishiga, ilmli va bilimli bo\u2018lishiga, madaniy taraqqiyotiga bog\u2018lik. Shuning uchun ham ularning sog\u2018lom va baquvvat hamda aqliy rivojlanishda yuqoridagilardan tashqari ota-onasining sog\u2018lomligi, oila, jamiyat, iqgisodiy ahvol, madaniyati va atrof muhitining sog\u2018lomligiga bog\u2018likligi hech kimga sir emas. Shunday ekan har bir inson-shaxs o\u2018zini, o\u2018z organizmining tuzilishi haqida biroz o\u2018ylab ko\u2018rishi, bilishligi darkor.<\/p>\n<p>Bizga\u00a0 ma\u2019lumki, har kanday inson, jonzot va tabiatdagi barcha hayot tarzini o\u2018tayotgan narsa-hodisalar (er, suv, havo, barcha mavjudot va boshqalar) doimo xarakatda, xatgo biz uchun xarakatsiz bo\u2018lib ko\u2018rinayotgan barcha borliqlar ham bir-birlari bilan uzviy bog\u2018liq holda beto\u2018xtov harakatda. Shuningdek, ular vaqt o\u2018tishi bilan turli xil o\u2018zgarishlarda namoyon bo\u2018ladi. Hayot &#8212; bu doimiy xarakat demakdir. Maqsad esa &#8212; yashash uchun kurashishdan iborat. Bular hayotning &#8212; tiriklikning o\u2018ziga xos xususiyatlari qonunidir.<\/p>\n<p>Shunday ekan odamzot ham dunyoga kelgach, esini taniganidan boshlab, o\u2018zini muhofaza kiladi, yashash uchun kurashadi va buning uchun ovkatlanadi, kelgusida zurriyot qoldirishga intiladi, doimo xarakatda, o\u2018zaro muloqatda bo\u2018ladi. Ishlab chiqarishning turli xil turlari va jabhalarida qatnashadi. Bunda biri oddiy fuqaro bo\u2018lsa, ikkinchisi unga rahbarlik lavozimida faoliyat ko\u2018rsatadi. Odamlar oilada, ishlab chikarishda, ko\u2018chada, ko\u2018yingchi har xil holatda, joylarda o\u2018zaro muloqatda bo\u2018ladilar, o\u2018ziga xos yaptash tarzi boshlanadi va turlicha namoyon bo\u2018ladi. Bunda xarbir insonning maksadi yaxshi yashashlik, sog\u2018lom bo\u2018lishlik va uzoq umr ko\u2018rishga intilishdap iborat bo\u2018ladi. Bunday maksadlarga erishish uchun, eng muhimi har bir odam avvalo o\u2018zligini anglashi lozim. \u00abSog\u2018lom turmush tarzi\u00bb ni xar bir odam o\u2018zi va o\u2018zgalar uchun barpo qilishi kerak. Aql-idrok bilan yashashlikka intilishi kerak. Barcha salbiy oqibatlarning kelib chiqishini oldini olabilishi lozim. Buning uchun eng avvalo oilada, keyin ishlab chiqarishda, ko\u2018cha-kuyda, transport va boshqa holatlarda yuksak madaniyat bilan yashashlikka intilishi, albatta sog\u2018lom bo\u2018lishlik va uzoq umr ko\u2018rishlikka zamin-asos bo\u2018lib hisoblanadi.<\/p>\n<p>Bizga ma\u2019lumki ekologiya va valeologiya keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo\u2018lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko\u2018p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog\u2018liqdir. Ekologik va valeologik madaniyat\u00a0 muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan.<\/p>\n<p>Ekologiyaning maqsadi \u2013 hozirgi va kelajak avlodlar uchun barcha organizmlar yashash muhitining xavfsizligini ta\u2019minlash. Ekologik xavfsiz yashash muhiti \u2013 organizmlar, jumladan insonlarning muayyan ekotizimlarda normal holatda ko\u2018payishi, o\u2018sishi va rivojlanishi uchun toza, sog\u2018lom va qulay atrof tabiiy muhit holati demakdir. Ushbu maqsadga erishmoq uchun, bizning fikrimizcha, quyidagi ekologik tusdagi vazifalarni bajarish talab etiladi:<\/p>\n<ul>\n<li>ekologiyaning umume\u2019tirof etilgan ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqish;<\/li>\n<li>uning tarixi, hozirgi holati va kelajak istiqbollarini turli miqyoslarda uyg\u2018unlashgan holda aniqlash; ekologik ma\u2019naviyatli, ya\u2019ni ekologik ongli va madaniyatli shaxsni tarbiyalash;<\/li>\n<li>Yer planetasi tabiiy resurslari va boyliklarini hisobga olish, baholash, kadastrlash, auditlashtirish va ekspertizalashni xalqaro miqyosda olib borish;<\/li>\n<li>davlat va jamiyat ekologik boshqaruv talablarini amalga keng joriy qilish;<\/li>\n<li>atrof tabiiy muhit muhofazasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini y\u0491lga q\u0491yish, nodavlat tashkilotlari va jamoat uyushmalari nazoratini \u0491rnatish va ularni tavsiya kuchidagi ma\u2019lumotlaridan ekologik boshqaruvda keng foydalanish mexanizmini ishlab chiqish; lokal (mahalliy), milliy, regional (mintaqaviy), global (kurraviy) miqyosda ekologik xavfsizlik monitoringini olib borish;<\/li>\n<li>davlat, davlatlar va xalqaro hamjamiyat tomonidan ekologik nazoratni tashkil etish va ularning ishlash mexanizmini yaratish; istiqbolga y\u0491naltirilgan ekologik reja va dasturlarni mamlakat, mintaqa va global miqyosda ishlab chiqish, qabul qilish va amalga tatbiq etish;<\/li>\n<li>mahalliy, milliy va xalqaro miqyosda ekologik-huquqiy me\u2019yorlarni ishlab chiqish, qabul qilish va ishlash mexanizmini yaratishj ekologik huquqbuzarliklar va ularning javobgarligini belgilovchi regional va global miqyosdagi ixtisoslashgan tergov, prokuratura va sud organlari tizimini yaratish; mahalliy, milliy, regional va global miqyosda faoliyat yurituvchi \u00abekologik tez yordam\u00bb tashkilotlari, jamg\u2018armalari, guruhlarini tuzish yoki ular faoliyatini faollashtirish; regional va global miqyosdagi ekologik tanglikdagi quruqlik hududlari (Orolbo\u2018yi, Chernobil, Fukusimo, Markaziy Afrika&#8230;) va suv akvatoriyalarini (dengizlar, transchegaraviy 23 daryolar, Orol dengizi, Balxash va Chad k\u0491..) insonlarning birgalikdagi harakatlari orqali hal qilish;<\/li>\n<li>ekologik terrorizmni oldini olish yo\u2018llarini ishlab chiqish; jamiyatni tabiatga nisbatan ekologik yoinki ekologikiqtisodiy munosabat shakllarini o\u2018rnatish va h.k.<\/li>\n<\/ul>\n<p>A.R.Malikova ekologik madaniyat tushunchasining ilmiy ta\u2019rifini beradi. Olimaning fikriga ko\u2018ra, \u201cEkologik madaniyat \u2013 bu tirik mavjudotlar bilan atrof-muhit o\u2018rtasidagi o\u2018zaro uzviy aloqadorlik to\u2018g\u2018risidagi tushuncha, bilim, tafakkur, ong va ularni amaliy faoliyatga tatbiq etish ko\u2018nikmasi, malakasi va mas\u2019uliyatidir\u201d (8-bet). O\u2018z qarashlarini oydinlashtirib, olima ekologik madaniyat bu &#8212; \u201ctabiat va jamiyatning o\u2018zaro mutanosibligi va uyg\u2018unligi ta\u2019minlovchi amaliy faoliyat ko\u2018rsatkichidir\u201d, deydi.<\/p>\n<p>N.Sh.Bozorova esa kuyidagi ta\u2019rifni keltiradi: \u201cEkologik madaniyat \u2013 bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo\u2018llay bilish faoliyati, atrof muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko\u2018rsatkichi, ongli va mas\u2019uliyatli yondashuvdir\u201d (9-bet). Unda tabiat bilan inson o\u2018rtasida o\u2018zaro oqilona, mas\u2019uliyatli munosabat tarkib topadi, deyiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANNOTATSIYa Mazkur maqolada\u00a0 valeologik va ekologik\u00a0 madaniyat ta\u2019riflari keltirilgan. Ekologik maqsad, ekologik vazifalar, \u00a0valeologik va ekologik\u00a0 madaniyatni singdirish \u00a0xaqida\u00a0 fikr yuritiladi. Kalit\u00a0 so\u2018zlar:\u00a0 inson-shaxs valeologik va ekologik madaniyat,\u00a0\u00a0 tabiat,\u00a0 insoniyat,\u00a0 muammo, salomatlik,\u00a0 sog\u2018lom turmush tarzi, madaniyat, tarbiya, atrof muhit. ANNOTATSIYa V dannoy state predstavlen\u044b opredeleniya valeologicheskoy i ekologicheskoy kultur\u044b. Obsujdayutsya ekologicheskie seli, ekologicheskie zadachi, \u00a0valeologicheskaya [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":11,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[145],"tags":[],"sdg_goal":[],"class_list":["post-37565","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-ommaviy_maqolalar"],"acf":[],"views":808,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jdpu.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37565","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jdpu.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jdpu.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/11"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=37565"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37565\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37566,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/37565\/revisions\/37566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jdpu.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=37565"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=37565"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=37565"},{"taxonomy":"sdg_goal","embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/sdg_goal?post=37565"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}