{"id":8799,"date":"2020-03-23T17:57:34","date_gmt":"2020-03-23T12:57:34","guid":{"rendered":"http:\/\/jdpu.uz\/?p=8799"},"modified":"2020-03-23T17:58:55","modified_gmt":"2020-03-23T12:58:55","slug":"umbrella-yoxud-kim-qanday-foydalanadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/umbrella-yoxud-kim-qanday-foydalanadi\/","title":{"rendered":"(O`zbek) \u201cUmbrella\u201d yoxud kim qanday foydalanadi?"},"content":{"rendered":"<p><br \/>\n\u201cUmbrella\u201d yoxud kim qanday foydalanadi?<\/p>\n<p>Umbrella (zontik, soyabon)- mazkur terminning mavzu qilib olinishi bejizga emas.  Dunyo xalqlarini sarosimaga solgan koronavirus balosi inson sog\u2018ligi, iqtisodiy tizimni izdan chiqaribgina qolmasdan, insoniyat uchun muhim sinov vazifasini o\u2018tamoqda. Kimdir mazkur karantin holatdan boyish uchun imkoniyat deb qaraydigan bo\u2018lsa, yana kimdir yaxshi amallar qilish orqali oxiratini mustahkamlamoqda. Guyoki, bu soyabonning ostida nima bo\u2018layotganidan hech kimning xabari yo\u2018q deb uylayotganlar adashadi.  Do\u2018st &#8211; tashvishda sinaladi. Ana shunday qiyin paytda narxlarni sun\u2019iy oshirmasdan, daromadlarini halol yo\u2018l bilan ko\u2018paytirish maqsadga muvofiqdir.  Har kim o\u2018z qilmishiga davlat qolaversa yaratganning oldida o\u2018zi javob beradi.<br \/>\n  Umbrella (zontik, soyabon) haqida gap ketganda kimdir olis dam olish maskanida (dengiz bo\u2018yida) xordiq chiqarishni, yana kimdir sharros yomg\u2018irdan himoyalanish vositasi deb talqin qilishadi. Aslida ham shundaymi? Mantiqan olganda hammasi to\u2018g\u2018ri biroq, karantin holatini \u201cumbrella\u201d ga qiyos etish mumkin. Chunki, farzandi bor har bir ota-ona o\u2018z jigarbandlarini mazkur holatda koronoavirus pandemiyasidan himoyalash, unga yovuz virus soya solishini hoxlashmaydi.<br \/>\nHar yili Navro\u2018z ayomlarida silai rahim qilardik, bemorlarning holidan xabar olishni targ\u2018ib qilar edik. Karantin vaqtida yaqin insonlarga silai rahim qilish \u2014 ularning oldiga bormaslik muhimdir. 2020 yil                  16 mart sanasidan  maktab va kasb-hunar kollejlari o\u2018quvchilari hamda oliy ta\u2019lim muassasalari talabalari karantin tufayli ta\u2019tilga chiqishdi.<br \/>\nKarantin vaqtida foydalanish samaradorligi xususida yaqindan ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan bir maqola e\u2019tiborimni tortmasdan qolmadi. Boisi, inson hoxlasa ilmi olish uchun to\u2018siq bo\u2018lmasligiga yana bir bor amin bo\u2018ldim. \u201c1665-1666 yillarda Londondagi Buyuk o\u2018lat davrida Londonning chorak qismi (25%) o\u2018latdan qirilib ketgan. O\u2018lat tarqagan yili mashhur olim Isaak Nyuton Kembrijning Trinitiy kollejida 22 yoshli oddiy talaba edi. O\u2018sha paytda ham hukumat epidemiya tarqalishining oldini olish uchun odamlarni ommaviy yig\u2018ilishini cheklagan. Kembrij universiteti ham talabalarni uyiga jo\u2018natgan va talabalar uyida mustaqil o\u2018qishni davom ettirgan. Nyuton oilasining Vulstorp mulkida joylashgan uyiga qaytadi va 1 yildan ortiqroq davr mobaynida o\u2018qituvchilarning yordamisiz ushbu uyda mustaqil tahsil olishni davom ettiradi. Nyuton uyida o\u2018qigan aynan shu yil keyinchalik uning \u201cmo\u2018jizalar yili (annus mirabikis)\u201d degan nom olgan. Chunki Nyuton aynan shu davrda, uyida mustaqil o\u2018rganish davomida eng mashhur nazariyalarini yaratgan ekan. Buyuk o\u2018lat davri tugagach, 1667 yili Nyuton uyda o\u2018rganganlari asosida ishlab chiqilgan nazariyalari va shu nazariyalar haqida yozilgan ilmiy ishlari bilan universitetga qaytadi. 6 oy ichida Nyuton universitetning a\u2019zosiga (fellow) aylanadi, 2 yildan keyin esa professor darajasiga erishadi.<br \/>\n Inson hayoti uchun o\u2018rnak bo\u2018lishga arzigulik hikmat. Bugun innovatsion dunyoda yashayapmiz, biz uchun ilm olish va uni tarqatishdan oson narsa bo\u2018lmasa kerak, boisi onlayn video darslar, elektron kitoblar va hokazo imkoniyatlar cheksiz. Jahonning eng mashhur odamlari o\u2018z vaqtlarini katta qismini kitoblar o\u2018qishga sarflaydilar. Kitob o\u2018qish bu ilm, bu bilim, bu kelajakdir. Muvaffaqiyatli insonlar har doim o\u2018zini o\u2018zi tarbiyashga yordam beruvchi va pullarini boshqarishni o\u2018rgatadigan kitoblarni sevib o\u2018qishgan. Statistikaga qaraganda, dunyoning 85 foiz boylari har oyda 2 va undan ko\u2018p kitobni mutoala qilar ekan. Tadqiqotlar xulosa qilsak, har birimiz hayotda o\u2018z o\u2018rnimizni topish va muvaffaqiyatga erishish uchun kitob o\u2018qishni odatga aylantirmog\u2018imiz kerak.<br \/>\n\u201cMicrosoft hammuassislaridan biri Bill Geyts yiliga 50 kitob mutolaa qiladi. Milliarder Mark Kuban kuniga uch soatdan kitob o\u2018qiydi. Facebook asoschisi Mark sukerberg har yili 24 kitob o\u2018qish qarori haqida ma\u2019lum qilgan, sarmoyachi Uorren Baffet esa 80 foiz vaqtini kitob o\u2018qishga sarflaydi\u201d(internet nashridan).<br \/>\nEurostat ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, Yevropaning aholisi eng mutolaa qiluvchi davlatlari reytingiga Estoniya yetakchilik qilmoqda. Bu davlat aholisi kitob o\u2018qishga kuniga o\u2018rtacha 13 daqiqa ajratar ekan. Undan keyingi o\u2018rinlarni polyaklar va finlar egallamoqda \u2013 12 daqiqa, vengerlar 10 daqiqada, greklar esa 9 daqiqadan vaqt sarflar ekanlar. Yaqinda bir ayanchli manzara guvohi bo\u2018ldim, katta bir siyosiy tashkilotda xodimga \u201coxirgi marotaba qachon kitob mutolaa qildingiz?  degan savol berildi. Xodim ham top tortmasdan 2018 yil deb javob berdi. Xulosa o\u2018zingiz chiqarib oling!<br \/>\n Shu o\u2018rinda ta\u2019kidlab o\u2018tish kerakki, kitob yozish va uni chop etish ham oson ish emas. Siz sevib mutolaa qilayotgan asar mualliflari o\u2018z farzandidek ulug\u2018layotgan asarlarni chop ettirguncha juda mashaqqatli yo\u2018llarni bosib o\u2018tishgan. Joan Rouling mana shunday adibalardan biridir. U Garri Potter haqidagi ilk asarini juda qiyin ahvolda, depressiyada yozgan. Uning oilaviy muammolar girdobidan chiqib ketishi oson kechmagan. Joan Rouling yosh sehrgar haqidagi asarini ko\u2018tarib, 12 ta nashriyotga borgan, ammo ular asarni chop etishni istamagan. Faqatgina Bloomsbure nashriyotigina asarni olib qolishga rozi bo\u2018lgan. Biroq keyinchalik uning asaralarini chop etish uchun nashriyotlar o\u2018rtasida tom ma\u2019noda kurash boshlangan. Hatto chop etish imkoniyatini qo\u2018lga kiritish uchun auksion o\u2018tkazilgan.<br \/>\nDavlatimiz olib borayotgan odilona siyosat sizning va yaqinlaringizni asrash uchun qilinmoqda. Siz eng avvalo davlatimiz himoyasida ekanligingizni unutmang. Karantin vaqtidan unumli foydalanish, farzandlar tarbiyasi bilan shug\u2018ullanish asosiy vazifangizga aylanmog\u2018i kerak. Shu o\u2018rinda italiyalik doktorning fikrini keltirish joiz deb uylayman \u201cQari bemorlar ko\u2018zlarida yosh bilan vafot etmoqdalar. Chunki ular ketar chog\u2018i o\u2018z yaqinlari bilan vidolasha olmaydilar. Ular yolg\u2018iz jon berishni istashmaydi, ammo uyidagilar uchun so\u2018ngi xayrlashuv so\u2018zlarini kameraga qarab aytishdan boshqa ilojlari yo\u2018q. Ular ulug\u2018 yoshga kirganlarida nobud bo\u2018lmoqdalar. Ko\u2018p hollarda, er va ayoli bir kunda jon bermoqda. Ular nabiralarini xatto oxirgi marotaba ham ko\u2018ra olishmaydi\u201d. Garchi achinarli holat bo\u2018lsada, ushbu holatdan to\u2018g\u2018ri xulosa chiqarmog\u2018imiz kerak.<\/p>\n<p>Yoshlar bilan ishlash prorektori<br \/>\nS.Nazarqosimov<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sorry, this entry is only available in O`zbek.<\/p>\n","protected":false},"author":22,"featured_media":8800,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[29],"tags":[],"sdg_goal":[],"class_list":["post-8799","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"acf":[],"views":1888,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8799","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/22"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8799"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8799\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8801,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8799\/revisions\/8801"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8800"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8799"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8799"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8799"},{"taxonomy":"sdg_goal","embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/sdg_goal?post=8799"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}