{"id":36912,"date":"2023-01-22T09:27:34","date_gmt":"2023-01-22T04:27:34","guid":{"rendered":"https:\/\/jdpu.uz\/?p=36912"},"modified":"2023-05-06T09:27:58","modified_gmt":"2023-05-06T04:27:58","slug":"english-introduksiya-kilishga-doir-ilk-asar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/english-introduksiya-kilishga-doir-ilk-asar\/","title":{"rendered":"Introduksiya kilishga doir ilk asar."},"content":{"rendered":"<p><strong><em>Shaymatov<\/em><\/strong><em> <strong>Sayfullo<\/strong> <strong>Rahmatullaevich<\/strong><\/em><\/p>\n<p><strong><em>JDPU<\/em><\/strong><em> <strong>Sirtqi<\/strong> <strong>bo\u2018lim<\/strong>,<strong>Tabiiy<\/strong> <strong>va<\/strong> <strong>aniq<\/strong> <strong>fanlarda<\/strong> <strong>masofaviy<\/strong> <strong>ta\u2019lim<\/strong> <strong>kafedrasi<\/strong> <strong>o\u2018qituvchisi<\/strong><\/em><!--more--><\/p>\n<p>Yurtimiz dunyoning eng kadimiy tamaddun o\u2018choklaridan biri xisoblanadi. Ko\u2018xna Turon zaminiga yashab ijod etgan olimlar dunyo tarixi, ilm-fani, madaniyati ravnaqiga ulkan hissa ko\u2018shganlar. Bu asarlar dunyo sivilizatsiyasining o\u2018lmas yodgorlnklari sifatida alohida e\u2019zoz topgan. Butun jaxonga ma\u2019lum va mashxur bo\u2018lgan shunday yodgorliklardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning &#8220;Boburnoma\u201d asaridir.<\/p>\n<p>XVI asrning noyob yodgorligi hisoblangan bu asarda Mirzo Boburning tarixda nafaqat kuchli sarkarda, xukmdor va shoir, balki yetuk ilmiy iqtidorga ega bo\u2018lgan tabiatshunos alloma sifatidagi faoliyati ham aks etib turibdi. \u201cBoburnoma\u201d mazmun e\u2019tibori bilan qomusiy asardir. Unda Markaziy Osiyo va Hindiston o\u2018lkalarining tarixi, adabiyoti, geografiyasi, tabiati, o\u2018simlik va xayvonot dunyosiga oid qimmatli va eng ishonchli ma\u2019lumotlar jamlangan.<\/p>\n<p>Mirzo Boburning kuzatuvlari shunchalik aniq va obrazliki, ular XIX- XX asrlardagi mashhur Yevropa sayohatchilari ma\u2019lumotlaridan ahamiyati, to\u2018liq va ishonchli bayonlari bilan ustun turadi. Bobur shunday yozadi: \u201cHisor va Xatlon va Samarkand va Farg\u2018ona yayloqlari tamom Qobul viloyatining yayloklariga o\u2018xshashdir&#8230; Tog\u2018lari tamom Kofiristondur (hozirda Nuriston). Toglarida noju (qarag\u2018ay) va chilg\u2018o\u2018za (kedr) va balut (dub) va yong\u2018ok yog\u2018ochlari bisyor bo\u2018lur, o\u2018simliklari serob&#8230;\u201d<\/p>\n<p>\u201cBoburnoma\u201ddan keltirilgan ma\u2019lumotlarning naqadar ishonchliligini aynan mana shu joylarda Boburdan to\u2018rt asr keyin 1916-1926 yillarda ilmiy safarda bo\u2018lgan akademik N.I.Vavilovning murakkab ekspeditsiyasi kundaliklari xam tasdiqlab turibdi. Uning \u201cBesh qit\u2019a\u201d deb nomlangan kitobida ekspeditsiya kundaliklari quyidagicha bayon etilgan:<\/p>\n<p>\u201c&#8230;Qobul tumani katta edi. Biz bu yerning florasi sovetlar O\u2018rta Osiyosidagi o\u2018simliklardan kam farq qilishini ko\u2018ramiz&#8230;.\u201d. N.I.Vavilov Nuriston tog\u2018 yonbag\u2018irlarini: &#8220;Nuriston 2950-3000 metr balandlikdan boshlanadi. U yerda tipik o\u2018rmon zonasi, ninabarglilar saltanati; qarag\u2018ay, yong\u2018oq va dub o\u2018sadi. O\u2018t qoplamlari boy, ajoyib o\u2018simliklar makoni&#8230;\u201d, deya ta\u2019riflaydi.<\/p>\n<p>Bu ikki kitobda keltirilgan ma\u2019lumotlar bir jixatdan bir-biriga naqadar yaqin bo\u2018lsa, ikkinchidan, \u201cBoburnoma\u201dning nixoyatda yuqori ilmiy saviyada yozilganini tasdiqlaydi.\u201cBoburnoma\u201dning katta bir qismi biologiya fanining turli tarmoqlari, xususan introduksiya, sistematika va klassifikatsiya, biologik xilma-xillik, ekologiya, kurikxonalar va bog\u2018 yaratish sohalariga bag\u2018ishlangan. Ularni o\u2018rganish, ilmiy izlanishlarda<\/p>\n<p>foydalanish, tarixiy-ilmiy xaqiqatni ro\u2018yobga chiqarish va barkamol avlodni tabiatsevarlik ruhida tarbiyalashda nihoyatda qo\u2018l keladi.<\/p>\n<p>Bobur zamonida biologiya hali fan sifatida shakllanmagan edi. Shunga qaramay, u o\u2018z asarida birinchilardan bo\u2018lib tabiat va uning muvozanati, o\u2018simlik va xayvonlarni nomlash, ularning tasnifi, turli mintaqalarning o\u2018simliklarini iqlimlashtirish, bir joydan ikkinchi joyga ko\u2018chirib o\u2018tqazish hamda tabiatni e\u2019zozlash haqida qimmatli ma\u2019lumotlar yozib qoldirgan. \u201cBoburnoma\u201d muallifi o\u2018simliklar introduksiyasi, ya\u2019ni o\u2018simlik turlarini ilgari o\u2018smagan, tabiiy sharoiti o\u2018zgacha joylarga ko\u2018chirish, iqlimlashtirish va tarqatish masalalariga katta e\u2019tibor bergan. Bu jarayon butun jaxon ko\u2018lamida asosan XVI-XVII asrlarda boshlangan. Olimlarning ta\u2019kidlashicha, xozir yer kurrasining barcha qit\u2019alarida yetishtirilayotgan madaniy o\u2018simliklarning aksariyati introduksentlar hisoblanadi. XVI-XVII asrlarda Amerikadan Yevropaga makkajuxori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, tamaki, qalampir va boshqa ne\u2019matlar keltirilgan. Shakarqamish esa Amerikaga Janubi-sharqiy Osiyodan Kanar orollari orqali introduksiya qilingan. XVII asrdan boshlab Amerikada Yevropadan keltirilgan olxo\u2018ri, olma, nok, kashtan va boshqa daraxtlar o\u2018stiriladi.<\/p>\n<p>O\u2018simliklar tabiiy yashash jonlaridan yangi xududlarga ko\u2018chirilganda uning xo\u2018jalik jixatidan qimmatli hisoblangan belgilari yaxshilangan. Ya\u2019ni hosildorlikning oshishi o\u2018simlik vaznining ko\u2018payishi, xar-xil kasallik va zararkunandalarga nisbatan chidamliligi ortishi kuzatiladi. Urta Osiyo ham bir qator madaniy o\u2018simliklarning kelib chiqish markazi hisoblanadi. Shu bilan birga XVI asrda va undan avvalroq O\u2018rta Osiyoga ham bu yerning tabiati uchun noma\u2019lum bo\u2018lgan o\u2018simliklar keltirilgan. Shunday o\u2018simliklardan biri shakarkamish u Xindistondan Afg\u2018onistonning Qobul viloyati orqali hozirgi Surxondaryo viloyatining Denov va Sariosiyo tumanlariga keltirilgan.<\/p>\n<p>\u201cBoburnoma\u201dni mutolaa qilgan kitobxon Markaziy Osiyoda o\u2018simliklar introduksiyasi yer kurrasining boshqa qit\u2019alari kabi aynan XVI asrda boshlanganligiga guvoh bo\u2018ladi. Lekin ilmiy va o\u2018quv adabiyotlarida bu xaqda ma\u2019lumot berilmagan. Ayrim olimlar Yevropadan Xindiston va Xitoyga dengiz yo\u2018llarining ochilishi Markaziy Osiyoga yangi, noyob va g\u2018aroyib o\u2018simliklarning kirib kelishini cheklab qo\u2018ygan, O\u2018rta Osiyo xonliklarining tarqoqligi tufayli nafaqat Amerika va Yevropadan, balki qo\u2018shni yurtlardan ham o\u2018simliklarni olib kelib iqlimlashtirishning iloji bo\u2018lmagan, deb hisoblaydilar.<\/p>\n<p>Bugun bozorlarimiz issiq iqlimli mamlakatlarning mevalari bilan ham to\u2018lib-toshmoqda. Ayniqsa banan, ananas, kivi, kokos yong\u2018og\u2018ini yilning hoxlagan faslida xarid qilishingiz mumkin. Biroq ilmiy-texnik saviya taraqqiy etgan hozirgi kunda xam ko\u2018pchilik kokos yong\u2018og\u2018ini qanday chaqishni bilishmaydi. Uni og\u2018ir narsalar bilan o\u2018rib sindirish natijasida yong\u2018ok ichidagi sharbatning katta qismi to\u2018kilib ketadi. Xolbuki, \u201cBoburnoma\u201dda kokos yong\u2018og\u2018i sharbatining bir tomchisini ham isrof qilmasdan ajratib olish yo\u2018llari ko\u2018rsatilgan. &#8220;&#8230;Yana norguldur, arablar norjil derlar. Xindistonliklar nolir deydi. Norgul mevasi Xindiston yong\u2018og\u2018idir, andin qora qoshiklar yasaydilar, ulug\u2018rog\u2018idan g\u2018ijjakning kosasini qilurlar. Xuddi yong\u2018oqqa o\u2018xshash ustida ko\u2018k po\u2018sti bo\u2018lur. Norgulni po\u2018stini artgach, bir uchida musallas uch tushuk (chuqurcha) o\u2018rni zohir bo\u2018lur, ikkitasi qattiq, biri esa bo\u2018sh, andaq ishorat bilan teshiladur, bu tushukni teshib, ul suvni ichadurlar. Mazasi yomon emas&#8230;\u201d.<\/p>\n<p>Bobur Markaziy Osiyoning deyarli hamma shaharlarida bo\u2018lgan. U joylarning iqlim sharoitlari va atrof-muhit tozaligiga tavsif bergan. U shunday yozadi: \u201cFarg\u2018ona shaharlaridan biri O\u2018sh. U yerda havo toza, oqar suvlar ko\u2018p. Bahori ko\u2018p yaxshi bo\u2018ladi, Andijon soyi O\u2018shning mahallalari ichi bilan o\u2018tib Andijonga boradi. Bu soyning har ikki tomonida bog\u2018lar ko\u2018p. Bog\u2018lar soy bilan ko\u2018shilib ketgan, binafsha gullari ko\u2018p latif bo\u2018ladi, oqar suvlari bor, bahori juda yaxshi bo\u2018ladi, qalin lolalar va gullar ochiladi. Farg\u2018ona viloyatida safo va havoda O\u2018shga o\u2018xshash shahar yo\u2018q\u201d.<\/p>\n<p>Boburning tabiatga, uni bilishga ona yurtning o\u2018ziga xos tabiiy xususiyatlarini anglashga muxabbati benixoya kuchli bo\u2018lgan. U xayotdan, tabiatdan zavqlangan, tabiat va jamiyat xodisalariga ilmiy tafakkur, ya\u2019ni olimona e\u2019tibor bilan yondoshgan Bobur \u201cYomonlik qilganingdan keyin ofatlardan emin bo\u2018lmagin. Chunki tabiatning jazosi aniqdir\u201d, deb yozishining boisi ham shunda.<\/p>\n<p>Bobur kaysi viloyatga borgan bo\u2018lsa, u yerning tabiati, o\u2018simlik va xayvonot dunyosining xilma-xilligini ilmiy asosda tasvirlagan. \u201cBoburnoma\u201dda keltirilgan botanika va ekologiyaga oid ilmiy dunyokarash bilan tanishuv orqali har bir kitobxonning tabiat in\u2019om etgan mujizalar, xayvonot va o\u2018simlik olami, tabiiy resurslar, musaffo xavoni e\u2019zozlash, himoya qilish va kelgusi avlodlarga yetkazish burchini ongli ravishda idrok etish xissi kuchayadi.<\/p>\n<p>\u201cBoburnoma\u201dda Markaziy Osiyo za Hindistonning tabiati, hayvonot va o\u2018simlik dunyosi, iqlimi, atrof-muhit holatiga oid boy ma\u2019lumotlar mavjud. Bu qomusiy asarni chuqur tahlil qilish tabiatshunoslik, biologiya va ekologiya fanlari tarixini o\u2018rganishda ham muhim tarixiy manba bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<table>\n<tbody>\n<tr>\n<td>&nbsp;<\/td>\n<\/tr>\n<\/tbody>\n<\/table>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shaymatov Sayfullo Rahmatullaevich JDPU Sirtqi bo\u2018lim,Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta\u2019lim kafedrasi o\u2018qituvchisi<\/p>\n","protected":false},"author":11,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[145],"tags":[],"sdg_goal":[],"class_list":["post-36912","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-ommaviy_maqolalar"],"acf":[],"views":734,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36912","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/11"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=36912"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36912\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36913,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/36912\/revisions\/36913"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=36912"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=36912"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=36912"},{"taxonomy":"sdg_goal","embeddable":true,"href":"https:\/\/jdpu.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/sdg_goal?post=36912"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}